See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   224
30 06 2022 . (1)

10.1-jadval 
Investitsion xavfsizlik indiktorlari 
Mezonlari 
Indiktorlari
Omillari 
Iqtisodiy o‗sish 
dinamikasi 
va 
sifati 

innovatsion 
iqtisodiyotga 
o‗tish 
1)
YaIM 
va 
YAXMda 
yalpi 
investitsiyalarda jamg‗armalar ulushi. 
2)
Tarmoqlar 
va 
hududlarda 
investitsiyalarni 
va 
YaIMni 
o‗sish 
sur‘atlari o‗rtasidagi nisbat. 
3)
Asosiy kapitalni modernizatsiyalash 
va yangilanish darajasi. 
Mak 
ro-
iqtisodiy 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
strategik 
ustuvorliklari 
1)
Fan sig‗imkor ishlab chiqarishning 
tarmoq ustuvorliklari. 
2)
Xo‗jalik obyektlarini joylashtirish va 
investitsiyalashning 
hududiy 
ustuvorliklari 
va 
ijtimoiy 
sohani 
rivojlanishi. 
3)
Hududlararo va tarmoqlararo bozor 
aloqalarini rivojlantirish ustuvorliklari.
Mezoiqtis
odiy 
(hududiy 
va 
tarmoq) 
Daromadlarning 
o‗sish 
ustuvorliklari 
(rentabellik) va 
ishlab chiqarish 
samaradorligi 
1)
Diskontlashni hisobga olgan holda 
investitsion loyihalarning rentabelligi. 
2)
YaIMni o‗sish sur‘atiga va byudjet 
samaradorligiga qo‗shilgan hissa. 
3)
Raqobatbardoshlikning o‗sishi. 
Mik 
roiqtisodi

O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan har qanday aniq biror-
bir investitsion loyihalarda davlat va xalqaro moliya, siyosiy 


292 
institutlari 
orqali 
amalga 
oshuvchi 
nisbatan 
rivojlangan 
mamlakatlarning pozitsiyalari shakllangan. Agarda uncha katta 
bo‗lmagan xorijiy investor kompaniyalar va jismoniy shaxslar 
haqida gapirilganda ularning har qanday yo‗l bilan foyda olish 
maqsadini ham hisobga olish lozim. Investitsion faoliyatda 
tavakkalchilik omillari turli (makro, mikro, mezodarajalar) 
darajalarda iqtisodiy faoliyat omillari bilan o‗zaro aloqadorlikda 
bo‗lgani sababli qo‗shimcha o‗zgarishlarga duchor bo‗ladi. 
Quyidagi jadvalda investitsion xavfsizlikning asosiy indiktorlari 
investitsion tavakkalchilikni hisobga olgan holda keltirilgan. 
Investitsion xavfsizlikni ta‘minlash tizimi umummilliy va 
hududiy darajalarda investitsion faoliyat ustidan majmuali chora-
tadbirlar va nazorat mexanizmini o‗rnatuvchi, hamda xorijiy 
kapitalni O‗zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta‘sirini aniqlash, uning 
oldini 
olish 
yoki 
uni 
neytrallashtirish 
faoliyati 
bilan 
shug‗ullanuvchi yalpi korxonalar va institutlar faoliyati sifatida 
baholash mumkin. Shu bilan birga, investitsion xavfsizlik sohasida 
qabul 
qilingan 
qarorlar 
tizimni 
mos 
ko‗rsatkichlaridan 
foydalanishni, masalan, investitsiyalar dinamikasi va tarkibidan 
foydalanishni talab etadi. 
Mamlakatning 
investitsion 
xavfsizligini 
kuchaytirish 
jarayonini bugungi holatini aniq yo‗nalishlar bo‗yicha statistik 
ma‘lumotlarni to‗plash asosida baholashdan boshlash kerak: 

xo‗jalik subyektlarining investitsion faolligining aniq 
ko‗rsatkichlari; 

iqtisodiyotda joriy etilayotgan investitsion loyihalarning 
umumiy samaradorligi; 

asosiy kapitalga sarflangan kapitalning mavjud tarkibi.
Olingan ma‘lumotlar asosida investitsion xavfsizlik holati 
tahlil etiladi. Uning doirasida aniqlanadi: 


293 

mavjud real tahdidlar; 

monitoring va nazoratning asosiy obyektlari; 

hisoblanishi lozim bo‗lgan bazaviy ko‗rsatkichlar; 

investitsion xavfsizlik indikatorlari; 

investitsion 
xavfsizlik 
holati 
tahlili 
va 
uni 
umumlashtirish. 
Ushbu omillar O‗zbekiston Respublikasining ishlab chiqarish 
bazasini 
shakllanishiga 
sezilarli 
ta‘sir 
etadi. 
Agarda 
O‗zbekistonning importi tarkibini tahlil qiladigan bo‗lsak, 
rivojlangan mamlakatlar kreditlari hisobiga unda investitsion 
loyihalarni moliyalashtirish uchun yoki xorijiy investitsiyalarni 
olish uchun rivojlangan mamlakatlardan kelayotgan mashina-
texnik tarmoq mahsulotlari ustuvorlik qilmoqda.
O‗zbekiston kreditor mamlakatlardan yangi va ba‘zi hollarda 
eski texnologik vosita va uskunalarini sotib olmoqda. Bu bilan 
O‗zbekiston rivojlanayotgan davlatlarning ishlab chiqarishini 
modernizatsiya qilib bermoqda va shu bilan birga, o‗zini 
innovatsion jarayonlardan chetga surmoqda. Bu milliy iqtisodiyot 
raqobatbardoshligini pasayishiga olib kelmoqda. 
Davlatning 
investitsion 
xavfsizligini 
joriy 
holatini 
baholashning qator aniq ko‗rsatkichlar va indikatorlar to‗plami 
mavjud. Mavjud ko‗rsatkichlarning natijalariga ko‗ra milliy 
iqtisodiyotning uzoq muddatli istiqbolli rejalariga tuzatishlar 
kiritiladi. Investitsion xavfsizlik ko‗rsatkichlariga quyidagilar 
qabul qilingan: 

YaIMning tarkibiy qismi sifatida asosiy kapitalga 
investitsiya; 

YaIMga nisbatan ITKIga qilingan investitsiya, foizda; 

Yalpi kapital qo‗yilmalarda xorijiy investitsiyalar ulushi.


294 
Bu ko‗rsatkichlar tizimi yakuniy emas, ular o‗zgarishi va 
to‗ldirilishi mumkin. Biroq investitsion xavfsizlik to‗g‗risida 
to‗liq, obyektiv holatni bilish uchun yuqoridagi ko‗rsatkichlarni 
dinamikada ko‗rish maqsadga muvofiq.
Investitsion xavfsizlik indikatorlari sifatida quyidagilar qabul 
qilingan: 

Asosiy kapitalni jismoniy va ma‘naviy eskirish holati; 

mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
investitsion 
jarayonlarning rentabelligi; 

YaIM hajmida yalpi investitsiyalar ulushi, foizda; 

iqtisodiyotning raqobatbardoshligi; 

investitsiyaning mavjud dinamikasi. 
Innovatsion xavfsizlik kategoriyasini tizim sifatida ham va 
har bir tashkil etuvchi bo‗yicha ham alohida ko‗rib chiqish 
mumkin. Innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash uchun O‗zbekiston 
Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks 
rivojlantirish 
konsepsiyasida 
belgilangan 
bir 
qator 
ko‗rsatkichlarga erishish darajasi bilan baholanadi: 

O‗zbekiston Respublikasini Global innovatsion indeks 
reytingi bo‗yicha jahonning 50 ta ilg‗or mamlakati tarkibiga 
kiritish; 

band bo‗lganlar umumiy sonida oliy ma‘lumotli 
xodimlar ulushi 2019-yilda 16% dan, 45-50 foizga erishish;

ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun 
xarajatlarni oshirish va bu ko‗rsatkichni YAIMga nisbatan 1-1,5 
foizga yetkazish; 

O‗zbekistonning band bo‗lgan aholisida tadqiqotchi 
olimlar soni 0,21 foizga nisbatan 0,4 foizni tashkil etadi


295 

iqtisodiyotda tadbirkorlik sektorining ilmiy tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlari ulushi innovatsiyalar 
uchun barcha xarajatlarning 50-55 foizini tashkil etadi; 

internet 
tezligini 

baravarga 
oshirish, 
Telekommunikatsiya 
infratuzilmasini 
rivojlantirish 
reytingi 
bo‗yicha mamlakatlarning Top-90 taligiga kiritish; 

yuqori texnologiyali tovarlarning jahon miqyosidagi 
eksportida mahalliy yuqori texnologik tovarlar eksporti hajmini 
2% gacha oshirish; 

Yalpi ichki mahsulotda innovatsion sektorning yalpi 
qo‗shilgan qiymatini 17% dan 20% gacha o‗sishiga erishish; 

sanoat 
ishlab 
chiqarishining 
umumiy 
hajmida 
innovatsion mahsulotlar ulushini 25 % dan. 35% gacha yetkazish; 

tadqiqot 
va 
ishlanmalarga 
sarflanadigan 
ichki 
xarajatlarning yalpi ichki mahsulotning 2,5 -3 foizigacha 
bo‗lishiga erishish va ularning yarmidan ko‗pini xususiy sektor 
hisobiga ta‘minlash; 

jahon ilmiy jurnallaridagi jami nashrlarda mahalliy 
tadqiqotchilarning nashrlari ulushini 3 foizga o‗sishini ta‘minlash. 
O‗zbekistonda innovatsion xavfsizlikni ta‘minlashning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) fan, ta‘lim, texnologiya va innovatsiyalar sohasida kadrlar 
salohiyatini rivojlantirish. 
2) biznesning innovatsion faolligini oshirish va yangi 
innovatsion kompaniyalarning paydo bo‗lishini faollashtirish. 
3) barqaror va muvozanatli rivojlanayotgan ilmiy tadqiqot va 
ilmiy ishlanmalar sektorini shakllantirish. 
4) milliy innovatsion tizimning ochiqligini, shuningdek, 
mamlakatning innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish 
borasida global jarayonlarga qo‗shilishini ta‘minlash. 


296 
5) markaziy va mahalliy davlat organlari tomonidan olib 
borilayotgan innovatsion siyosatni amalga oshirish bo‗yicha 
faoliyatni faollashtirish. 
6) fan, ta‘lim, texnologiya va innovatsiya sohasida kadrlar 
salohiyatini rivojlantirish. 
7) iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini belgilaydigan, 
shuningdek, ushbu rivojlanishni ta‘minlaydigan ta‘lim va fan 
sohalariga eng malakali mutaxassislar, faol tadbirkorlar, ijodkor 
yoshlarning kirib kelishi uchun samarali moddiy va ma‘naviy 
rag‗batlarni yaratish. 
8) aholining innovatsiyalar - innovatsion mahsulotlar va 
texnologiyalarga moyilligini oshirish. 
9) innovatsion tadbirkorlar sonini ko‗paytirish. 
10) innovatsion tadbirkorlik va ilmiy-texnik faoliyatni targ‗ib 
qilish. 
11) bolalikdan boshlab yoshlarda innovatsion jamiyat va 
innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan bilim, kompetensiya, 
ko‗nikma va xulq-atvorni shakllantirish, shuningdek, uzluksiz 
ta‘lim tizimini shakllantirish maqsadida ta‘lim tizimini 
innovatsion iqtisodiyot talablariga moslashtirish. 
Innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash uchun O‗zbekiston 
Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks 
rivojlantirish konsepsiyasida maqsadli ko‗rsatkichlarga erishish 
belgilangan. Ushbu ko‗rsatkichlar quyidagi jadvalda keltirilgan. 


297 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin