11.1-jadval
Oziq-ovqat xavfsizligining subyektlar nuqtayi nazaridan
darajalari
Darajalar
Muammoni hal
etuvchi subyekt
Subyektning funksiyalari
1.Global
BMT, ixtisoslashgan
tashkilotlar (FAO,
JST, Oziq-ovqat
xavfsizligi bo‗yicha
qo‗mita) Umumjahon
banki va bosh.).
Barqaror iqtisodiy rivojlanishga
ko‗maklashish, uzoq muddatli
ochlikka qarshi dasturlar, oziq-
ovqat zaxiralarini yaratish
2.Mintaqa-
lararo
Mintaqalararo
uyushmalar, tegishli
organ va forumlari
Barqaror iqtisodiy rivojlanishga
ko‗maklashish, oziq-
ovqatlarning sifat parametrlarini
yaxshilash
3.Millat-
lararo
(davlatlar-
aro)
Mintaqaviy
birlashmalar, ularga
tegishli boshqarish
organlari. Kuchsiz
tashkillashtirishgan
(YI tashqari).
Savdo, narxlar, standartizatsiya
bo‗yicha kelishuvlar tuzish
orqali, hamkorlikda
harakatlanish
4.Davlat
Hukumat, qonun
chiqaruvchi organlar.
Oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash uchun qonuniy,
me‘yoriy-huquqiy va resurs
bazalarini yaratish, tegishli
fondlar va ularning zaxiralarini
shakllantirish. Oziq-ovqat sifati
parametrlarini oshirish
yo‗nalishlarini belgilash
5.Mahalliy
Hududiy boshqarish
organlari (viloyat,
tuman)
Uy xo‗jaliklarida daromadlar
olish uchun sharoitlarni yaratish.
Mahsulotlar bilan ta‘minlash
sifatni nazorat qilish.
6.Aholi
Guruhlari
Daromadlar bo‗yicha
uy xo‗jaliklari
guruhlari
Ratsional iste‘molni
ta‘minlashga yetarli
daromadlarga erishish
7.Oilaviy
Uy xo‗jaliklari
Oziq-ovqat mahsulotlariga ega
bo‗lish va foydalanish
308
Millatlararo (davlatlararo) oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
maqsadida Yevropa Ittifoqi, Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi va
shu kabi davlatlararo uyushmalarda unga a‘zo davlatlar o‗zaro
savdo, narx va standartlar bo‗yicha shartnoma, kelishuvlar tuzish
orqali o‗z faoliyatlarini uyg‗unlashtirish vazifalarini amalga
oshirishga harakat qiladilar. Oziq-ovqat xavfsizligining davlat
darajasida hukumat qonun chiqaruvchi va sud organlari bilan
birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida uning
qonunchilik, huquqiy-me‘yoriy asoslarini va resurs bazasini
yaratish, oziq-ovqat fondlarini va zaxiralarini vujudga keltirish,
oziq-ovqat sifati ko‗rsatkichlarini va parametrlarini oshirish
yo‗nalishlarini belgilash vazifalarini bajaradilar.
Har bir shaxs darajasidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Har bir insonning ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlari uning organizmi, xohishi, orzu-istaklari, hayot
tarziga bog‗liq ravishda individual bo‗ladi. Shuning uchun har bir
shaxs sog‗lom va faol hayot tarziga muvofiq ravishda o‗zining
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha individual vazifalari
boshqalarnikidan, hatto yaqin oila a‘zolarinikidan ham farq qiladi.
Muhammad payg‗arimizning hadislarida shaxs iste‘moli, o‗zini
oziqlantirishi, o‗zini parvarishlashi, o‗zining sog‗lig‗ini o‗ylashi,
o‗zini moddiy ta‘minlashi lozimligi birlamchi ekanligiga ishoralar
mavjud. Jumladan, unda ―nafaqa va sadaqa berishda avvalo,
o‗zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga ber. Yana
biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa
boshqalarga ber‖, -deyilgan.
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga tashqi tahdidlar mamlakat
tashqarisida, shu jumladan, jahon va global miqyoslarda hamda
qo‗shni va hamkor mamlakatlarda yuzaga keladigan va unga xavf
tug‗diradigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, omillar
309
hamda voqeliklarda namoyon bo‗ladi. Ularning asosiylari
quyidagilarda ifodalanadi:
jahon iqtisodiyotida inqirozli tendensiyalarning kuchayishi,
global iqtisodiy, moliyaviy, agrar inqirozlarning yuz berishi,
xalqaro oziq-ovqat bozorlarining qisqarishi va ularda narx-
navoning oshib borishi;
dunyo aholisi sonining o‗sib borishi va urbanizatsiya
jarayonlarining kuchayishi sharoitida jahon qishloq xo‗jaligi ekin
maydonlarining kamayib borishi;
aholi soni va uning ehtiyojlarining o‗rtacha yillik o‗sishi
sur‘atlariga nisbatan asosiy oziq-ovqat turlari, shu jumladan,
bug‗doy, sholi, guruch ishlab chiqarishning yillik o‗sish
sur‘atlarining pasayishi va orqada qolishi, ularning jami hajmlari
va zaxiralarining kamayishi;
chorvachilik
mahsulotlariga
bo‗lgan
ehtiyoj
va
iste‘molining ortib borishi sharoitida yaylovlarning kamayishi
natijasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sur‘atlarining
pasayishi;
ekologiyaning yomonlashuvi, iqlim o‗zgarishlarining oziq-
ovqat
mahsulotlari
ishlab
chiqarishga
salbiy
ta‘sirining
kuchayishi;
dunyo bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
tannarxini pasaytirish va yuqori foyda olish maqsadida yirik
eksportyor mamlakatlardagi transmilliy korporatsiyalar tomonidan
qishloq xo‗jaligi va sanoatda ularni ishlab chiqarish jarayonlarida
turli antibiotik, gormonlar va shu kabi inson salomatligi uchun
zararli komponent va qo‗shimchalarni keng miqyosda qo‗llash
natijasida sifatsiz va xavfli mahsulotlar ishlab chiqarish
hajmlarining o‗sib borishi.
310
Mamlakat
hududiga
noqonuniy
tarzda
oziq-ovqat
mahsulotlari kiritilishi, oziq-ovqat kontrabandasining kuchayishi;
ayrim mamlakatlarda qurg‗oqchilikning yuz berishi, dunyo
miqyosida chuchuk suv resurslarining kamayib borishi va ulardan
samarasiz foydalanish, sel va suv toshqinlari;
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rtasidagi
farqlarning
kuchayib
borishi,
ayrim
rivojlanayotgan
mamlakatlarning oziq-ovqat importiga bog‗liqligining o‗sishi,
aholisi to‗yib ovqatlanmayotgan va ochlik hukm surayotgan
mintaqalarning ko‗payib borishi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
ichida
oziq-ovqat
mahsulotlarini importiga qaramlar soni ko‗payib bormoqda. Oziq-
ovqat importerlari bo‗lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni
o‗tgan asrning 90-yillarida 74 tadan 89 taga yetdi. Oziq-ovqat
mahsulotlarining importiga bog‗liq (qaram) bo‗lgan mamlakatlar
ulushi Afrikada 70% atrofini, Janubiy Osiyoda 37%ni, Lotin
Amerikasida 26,7%ni tashkil etadi. Bu esa jiddiy tahdiddir.
Dunyoning ayrim hududlarida o‗zaro va fuqarolik urushlari,
terroristik harakatlarning hamda siyosiy keskinlikning kuchayishi
natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining
keskin kamayib ketishi, qochoq va migrantlarning ko‗payishi,
ularning mamlakat hududiga norasmiy kirib kelishi natijasida
xalqaro va mamlakat ichki oziq-ovqat bozorlarida narx-
navolarning oshib ketishi oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashni
qiyinlashtiradigan muammoli vaziyatlarni vujudga kelishiga sabab
bo‗ladi. Shuningdek, an‘anaviy hamkor mamlakatlardagi siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi, ular bilan oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish, eksport va import aloqalarining
uzilishi yoki susayishi ham oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga
xavf soluvchi jiddiy tashqi tahdid hisoblanadi.
311
Mamlakat ichida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadigan, xavf soladigan, uni qiyinlashtiradigan,
muammoli vaziyatlarning vujudga kelishiga sabab bo‗ladigan
omillar, jarayon va voqeliklar ichki tahdidlar deb ataladi. Oziq-
ovqat xavfsizligiga ichki tahdidlar xilma-xil va nihoyatda ko‗p
bo‗lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatining yomonlashuvi;
investitsion, innovatsion faollik va ilmiy-texnikaviy
salohiyatining pasayishi;
qishloq xo‗jaligi va sanoat oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish
potansialining
pasayishi, texnik va texnologik
bazasining
rivojlanmaganligi,
ularda jismoniy va ma‘naviy
eskirgan
asosiy
fondlar
ulushining yuqoriligi;
mamlakatda
texnik,
texnologik,
iqtisodiy
va
moliyaviy
resurslarning
yetishmasligi, kamligi;
ekologik vaziyat yomonlashuvining salbiy ta‘sirining
kuchayishi;
aholi sonini yillik o‗sish sur‘atining YAIM yillik o‗sish
sur‘atiga nisbatan yuqoriligi;
urbanizatsiya jarayonlari ta‘sirida qishloq xo‗jaligi yerlari
va ekin maydonlari, yaylovlarning qisqarib borishi, suv resurslari
tanqisligining kuchayishi;
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hosildorligi va chorva mollari
mahsuldorligining pasayishi;
312
mamlakatda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari
tannarxi va narxlarining o‗sib borishi, yuqoriligi;
mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
samaradorligi va unumdorligining pasayishi;
oziq-ovqat mahsulotlari sifatining pastligi. Sifatni nazorat
qilish va boshqarish tizimining xalqaro me‘yorlardan orqada
qolganligi;
milliy oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi
bozorlarda raqobatdoshligining pasayishi;
mamlakatning oziq-ovqat importiga qaramligi;
aholining
daromadlar
bo‗yicha
tabaqalanishining
kuchayishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta‘minlangan aholi
sonining ko‗payishi;
aholi to‗lov qobiliyatining past darajadaligi, narxlar o‗sishi
darajasining aholi daromadlari o‗sishi darajasiga nisbatan
yuqoriligi;
iqtisodiyotni, shu jumladan, qishloq xo‗jaligini tartibga
solishning bozor va davlat mexanizmlarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi. Iqtisodiyotni tartibga solishning soliq-byudjet
va pul-kredit dastaklaridan foydalanish samaradorligining pastligi;
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashga xizmat
ko‗rsatuvchi bozor, yo‗l-transport, savdo-tijorat, ovqatlanishni
tashkil
etish
infratuzilmalarning
yetarli
darajada
rivojlanmaganligi;
aholi
ovqatlanishining
sog‗liqni
saqlash
vazirligi
tomonidan tavsiya etilgan me‘yorlariga, tartib-qoidalariga,
sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish madaniyatining yetarli
darajada shakllanmaganligi va boshqalar.
Jahonda to‗yib ovqatlanmaslik muammosi bilan birga katta
yoshdagilar orasida ortiqcha semirish muammosi ham mavjud
313
bo‗lib, 2018-yilda ularning soni 672 million kishidan ortiqni
tashkil etdi. To‗yib ovqatlanmaslik va ortiqcha vazn hamda
semirish oziq-ovqat xavfsizligining yo‗qligi sabablari hisoblanadi.
Bu holatlar to‗liqsiz, me‘yorsiz ovqatlanish tufayli vujudga kelib,
oziq-ovqat xavfsizligining mavjud emasligidan dalolat beradi.
Buning natijasida besh yoshgacha bolalarda bo‗y o‗sishining
sekinlashishi 2018-yilda 151 million (bolalar umumiy sonining
22%)
bolalarda
kuzatilgan.
Bundan
tashqari,
organizmi
quvvatsizlanishga duchor bo‗lgan besh yoshgacha bolalar soni 51
millionni (7,5%), ortiqcha vaznga ega bo‗lgan bolalar soni 38
millionni (5,6%) tashkil etgan.
Jahonda
oziq-ovqat
xavfsizligi
yo‗qligining
og‗ir
shaklini
o‗z
boshidan
kechirayotgan aholi soni 2014-
yildagi 647,3 milliondan 2015-
yilda 618,9 million kishiga
kamaygan. Ammo 2017-2018-
yillarda esa bu ko‗rsatkich o‗sish
tendensiyasiga ega bo‗lib, 769,4 million kishiga, ya‘ni aholi
umumiy sonining 10,2%ga yetdi. Bu toifadagi kishilar 2020-yilda
Afrika qit‘asida 374,9 million (aholi umumiy sonidagi ulushi
29,8%), Osiyo qit‘asi mamlakatlarida 311,9 million(6,9%),
Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida 15,2 million
kishini (1,4%) tashkil etdi.
Jahonda va har bir mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlash uchun ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish,
ularning
ta‘sirini minimallashtirishga qaratilgan iqtisodiy
strategiya va tizim hamda uni amalga oshirish mexanizmining
vujudga keltirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
|