Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
O‗zbekistonning ilmiy-texnik xavfsizligiga qanday
tahdidlar mavjud?
2.
Ilmiy-texnik xavfsizlikning qanday ko‗rsatkichlarini
sanab bera olasiz?
3.
Ilmiy-texnik xavfsizlik sohasida milliy manfaatlar
qanday?
4.
Qanday qilib ilmiy-texnik xavfsizlik mamlakatning
iqtisodiy o‗sishiga ta‘sir etadi?
5.
Mamlakatimizda tashkil etilgan Innovatsion rivojlanish
vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6.
Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga
oshirishdan ko‗zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering.
7.
Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni
samarali tashkil etish borasida to‗siq bo‗layotgan asosiy
muammolar nimalardan iborat?
8.
Innovatsion muhit tushunchasini sharhlab bering.
9.
Milliy innovatsion tizim nima?
300
10.
Milliy iqtisodiyot darajasida innovatsion faoliyat
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy ko‗rsatkichlarni sanab
bering.
11.
Innovatsion xavfsizlik nima?
12.
Innovatsion iqtisodiyotga o‗tish sharoitida investitsion
xavfsizlikni ta‘minlash yo‗llari nimalardan iborat?
13.
Innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash yo‗nalishlarini
izohlab bering.
14.
O‗zbekistonda innovatsion xavfsizlikni ta‘minlash
qanday yo‗nalishlarda amalga oshiriladi?
301
XI BOB. OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
11.1-§. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasining mohiyati va
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda
ta‘minlash, ocharchilik yuz berishining oldini olish, oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash masalalari hamisha har qanday
mamlakatda muhim hayotiy muammo hisoblangan. Chunki, tabiiy
ofatlar, qurg‗oqchilik, urushlar va boshqa sabablar tufayli azaldan
aholi o‗rtasida ocharchiliklar, qahatchiliklar bo‗lib turgan. Shu
boisdan,
qadimdan
turli
mamlakatlarda
ocharchilik
va
qahatchilikning oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash
maqsadida
qishloq
xo‗jaligini
rivojlantirish,
oziq-ovqat
zaxiralarini tashkil etish chora-tadbirlari ko‗rilgan. Jumladan,
qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va boshqa mamlakatlarda qishloq
xo‗jaligini inqirozga uchramasligini ta‘minlash maqsadida serhosil
yillarda dehqonlar o‗z hosillarining ma‘lum qismini majburiy
soliq
sifatida
qishloq
oqsoqollariga
yoki
soliqchilarga
topshirishganlar. Yig‗ilgan hosilning bir qismi davlat ehtiyojlariga
yo‗naltirilgan bo‗lsa, qolgan qismi bir necha yillarga yetadigan
miqdorda maxsus urug‗lik g‗alla va sholi hamda boshqa ozuqabob
ekinlar zaxirasiga yo‗naltirilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida jahon miqyosida aholini oziq-
ovqat
mahsulotlari
bilan
ta‘minlash
muammosining
keskinlashganligi
tufayli
oziq-ovqat
mahsulotlari
ishlab
chiqarishni va qishloq xo‗jaligini rivojlantirish masalalariga
e‘tibor kuchaydi. Ushbu muammoni hal etish maqsadida
Birlashgan Millatlar tashkiloti doirasida oziq-ovqat va qishloq
xo‗jaligi masalalari bilan shug‗ullanuvchi xalqaro tashkilot
tuzishga harakat boshlandi. 1943-yilning 18-maydan 3-iyungacha
302
bo‗lgan vaqt oralig‗ida AQSHning Xot-Springs shahrida
dunyoning 46 ta mamlakatlar vakillari ishtirokida oziq-ovqat va
qishloq xo‗jaligi masalalari bo‗yicha xalqaro tashkilot tuzish
bo‗yicha konferensiya tashkil etilgan. Konferensiyada davlatlarga
milliy qishloq xo‗jaligini rivojlantirish va qishloq xo‗jaligi oziq-
ovqat mahsulotlariga bojxona bojlarini pasaytirish bo‗yicha
tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, yangi tashkilotning nomini
Birlashgan millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti
(FAO) deb nomlash taklif qilindi. Ammo 1951-yilda Italiyaning
Rim shahriga ko‗chib o‗tgan. Mazkur tashkilotning ustavida
dunyo miqyosida kambag‗allikni kamaytirish, aholining oziq-
ovqat ta‘minotini yaxshilash va uning xavfsizligiga oid
muammolarni yechish, barchaning salomatligini ta‘minlash uchun
zarur bo‗lgan arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazishga
yo‗naltirilgan
vazifalar
belgilangan.
A‘zo davlatlar o‗z
zimmalariga quyidagi maqsadlarni amalga oshirish vazifasini
olganlar:
o‗zlarining yurisdiksiyasi doirasida kishilarning ovqatlanish
sifatini va turmush darajasini oshirish;
barcha oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish va taqsimlash samaradorligini oshirishni ta‘minlash;
qishloq aholisi ahvolini yaxshilash;
jahon
iqtisodiyotini
rivojlantirish
va
insoniyatni
ocharchilikdan xalos qilishga ko‗maklashish.
FAO ustavida turli mamlakatlarda oziq-ovqat tangligi yuzaga
kelishi ehtimoli tug‗ilgan hollarda yordam ko‗rsatish nazarda
tutilgan. Ta‘kidlash kerakki, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida
strategiyani
belgilab
beruvchi
asosiy
xalqaro
tashkilot
Umumjahon oziq-ovqat xavfsizligi bo‗yicha qo‗mita (UOOXK)
hisoblanadi. Bu qo‗mita 1974-yilda oziq-ovqat xavfsizligi
303
bo‗yicha siyosatiga bog‗liq chora-tadbirlarni ko‗rib chiqish va
qabul qilish uchun hukumatlararo tashkilot sifatida tashkil topgan.
Qo‗mita oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash muammolariga
bag‗ishlangan xalqaro sammit va forumlar uyushtiradi. Ularda
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha yaqin istiqbolga
mo‗ljallangan vazifa va chora-tadbirlar belgilanadi. UOOXK,
tomonidan
belgilangan
yo‗nalishlar
bo‗yicha
oziq-ovqat
xavfsizligini joriy baholash va tadbirlar FAO (FAO), ya‘ni
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti tomonidan
amalga oshiriladi. Bu ishlarga YuNISEF va Umumjahon sog‗liqni
saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilot hamda uyushmalar
jalb etiladi .
Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1972-
1973 yillarda yuz bergan don inqirozidan keyin kirib keldi. Bu
davrda rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha oziq-ovqat ishlab
chiqarish yuzaga kelgan holatda uchinchi dunyo mamlakatlarida
aholi o‗rtasida ocharchilik vujudga kelgan. Bu muammo jahon
hamjamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar
zamirida 1974-yilning dekabr oyida bo‗lib o‗tgan BMT Bosh
Assambleyasida Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq
xo‗jaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ―Jahonda oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha Xalqaro majburiyatlar‖
ma‘qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga
ta‘rif berilmagan.
1996-yilning noyabr oyida bo‗lib o‗tgan oliy darajadagi Rim
xalqaro uchrashuvida ―Butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligi
bo‗yicha Rim deklaratsiyasi‖ qabul qilingan.Ushbu deklaratsiya
har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqiga muvofiq
salomatligi uchun xavfsiz va to‗laqonli oziq-ovqat mahsulotlariga
erishish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.
304
Oziq-ovqat xavfsizligi
mamlakat aholisini asosiy
oziq-ovqat
mahsulotlari
bilan o‗zini o‗zi, mustaqil
ta‘minlashga
qodirligini
ifodalaydi.
Shuningdek,
oziq-ovqat importiga o‗ta
bog‗liqlikdan
xalos
bo‗lganligini
anglatadi.
Ta‘kidlash joizki, oziq-
ovqat xavfsizligi faqat ichki o‗zini o‗zi to‗liq oziq-ovqat
mahsulotlari ta‘minlash bilan cheklanmaydi. Buning uchun oziq-
ovqat importi ham e‘tiborga olinadi. Davlatning oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash borasidagi siyosatida, asosan, o‗zining
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi va ichki sotish bozorlarini
rivojlantirishga, qisman, chet ellardan oziq-ovqat mahsulotlarini
import qilish asosida aholini oziq-ovqatga bo‗lgan maqbul
darajadagi ehtiyojini qondirish ko‗zda tutiladi.
Oziq-ovqatga jismoniy erishish deganda, kishilarning xavfsiz
va
to‗yimli
oziq-ovqat
mahsulotlariga
yetarli
miqdorda
ta‘minlanish imkoniyatiga ega bo‗lishi tushuniladi. Bunga erishish
maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari mamlakat hududida qabul
qilingan iste‘mol me‘yorlariga muvofiq yetarli miqdorda va
assortimentda mavjud bo‗ladi hamda ularni aholiga yetkazib
berish uzluksiz bo‗lishi kerak. Bunday imkoniyatni vujudga
keltirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ichki va tashqi yetkazib
berish manbalari hamda ularning zaxiralari ustidan davlat nazorati
tashkil etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga iqtisodiy jihatdan aholining
barcha ijtimoiy qatlamlari yetarli hajmda va sifatli ta‘minlanishi
305
mamlakatning har bir fuqarosi uning yoshi, mulkiy va ijtimoiy
mavqYIdan qat‘i nazar oziq-ovqat mahsulotlarining minimal
turkumiga ega bo‗lishi uchun zarur miqdordagi daromadga ega
bo‗lishi lozimligini ifodalaydi. Bunday imkoniyat, sharoit
aholining yetarli daromad darajasini ta‘minlash hamda oziq-ovqat
mahsulotlarining maqbul narx darajasini nazorat qilish yo‗li bilan
vujudga keltiriladi. Shuningdek, aholi o‗zining tomorqa va dala
hovli uchastkalarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini o‗zi
ta‘minlashga harakat qilishi lozim bo‗ladi.
Oziq-ovqat
mahsulotlariga
ijtimoiy
jihatdan
erishish
deganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‗llab-quvvatlash,
moddiy yordam berish asosida yetarli miqdorda va sifatda xavfsiz
oziq-ovqat bilan ta‘minlash tushuniladi. Oziq-ovqat mustaqilligi
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatda ishlab
chiqarish, ular bilan o‗zini o‗zi ta‘minlash orqali aholini quyi
tahlikali me‘yordan kam bo‗lmagan miqdorda ta‘minlash
imkoniyatining yaratilganligini ifodalaydi.
Oziq-ovqatlar bilan ta‘minlashning ishonchliligi milliy oziq-
ovqat ta‘minoti tizimining mavsumlar, iqlim va boshqa
o‗zgarishlar ta‘sirini minimallashtirish qobiliyatidir. Oziq-ovqatlar
bilan ta‘minlashning barqarorligi esa milliy oziq-ovqat ta‘minoti
tizimining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ko‗lamida
rivojlanishi hisoblanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi darajalari va ularga mos subyektlar
hamda ularning vazifalari:
1) global, ya‘ni umumjahon;
2) subregional (mintaqalararo), ya‘ni Shimoliy Amerika,
Janubiy Amerika, G‗arbiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Afrika va
Osiyo qit‘alari, Markaziy Osiyo, Yaqin va O‗rta Sharq va
boshqalar;
306
3) millatlararo (davlatlararo);
4) davlat;
5) mahalliy;
6) aholi guruhlari, ya‘ni aholining daromadlar bo‗yicha
ijtimoiy guruhlarining oziq-ovqat xavfsizligi;
7) oilaviy kabi darajalarini keltirishgan.
Har bir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi subyektlari ham
turlichadir. Masalan, umumjahon, global oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlashda Birlashgan Millatlar tashkiloti, uning oziq-ovqat va
qishloq xo‗jaligi sohasidagi tashkiloti, oziq-ovqat xavfsizligi
bo‗yicha qo‗mita va boshqalar global oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlashda o‗z maqsadi va vazifalariga ega. Ularning umumiy
maqsadi dunyo mamlakatlariga barqaror iqtisodiy rivojlanishiga
ko‗maklashish, ochlikka qarshi kurash dasturlarini amalga
oshirishda,
oziq-ovqat
zaxiralarini
yaratishda
muhim
boshqaruvchilik,
muvofiqlashtirish
vazifalarini
bajarish
hisoblanadi. Subregional (mintaqalararo) oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlashda mintaqalararo birlashmalar, forumlar barqaror
iqtisodiy
o‗sishga
ko‗maklashish,
sifatli
oziq-ovqat
mahsulotlarning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan
tadbirlarni amalga oshirish vazifasini amalga oshiradi.
|