11.5-jadval
Aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari haqiqiy
iste‘mol darajasining ratsional iste‘mol me‘yorlariga nisbatan
o‗zgarishi dinamikasi (% da)
1
Mahsulot
turlari
JSST
bo‗yicha
ratsional
iste‘mol
me‘yori
(kg - 1
kishi, 1
yilda)
O‗zR
bo‗yicha
ratsional
iste‘mol
me‘yori
(kg - 1
kishi, 1
yilda)
JSST
me‘yorlariga
nisbatan,%
O‗zbekiston
Respublikasi
SSV
me‘yorlariga
nisbatan,%
1990
y.
2020
y.
1990
y.
2020 y.
Non va non
mahsulotlari
120,5
129
141,1 147,4 131,8
137,8
Go‗sht va
go‗sht
mahsulotlari
70,1
73
44,2
61,6
42,5
59,2
Sut
mahsulotlari
404
413
45,3
66,8
44,3
65,4
Sabzavot va
poliz
mahsulotlari
140,3
134,1
76,3
197,6
79,8
206,7
O‗simlik yog‗i
13,1
9,1
91,6
183,6 131,8
263,7
Shakar,
konditer
mahsulotlarini
qo‗shganda
36,5
40,5
32,8
85,5
29,6
77,03
Bunday ijobiy siljishlar respublikamiz agrar sohasining jahon
agrar iqtisodiyoti sektori bilan hamkorlik aloqalari ijobiy natijasi
sifatida e‘tirof etilishi mumkin. Shu boisdan 2015-yilda
1
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari asosida
N. I. Saidaxmedova tomonidan tuzilgan.
339
mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va
qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO) ga a‘zo davlatlarga oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash
sohasida
Mingyillik
rivojlanish
maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor
bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi.
O‗zbekiston
Respublikasi
qishloq
xo‗jaligini
rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‗ljallangan strategiyasi
qabul qilingan bo‗lib, uning asosiy maqsadi qishloq xo‗jaligi va
oziq-ovqat
tarmog‗ining
raqobatbardoshligini
oshirishga
qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini
tubdan takomillashtirishga yo‗naltirilgan bo‗lib, quyidagi ustuvor
yo‗nalishlarni qamrab oladi:
aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash;
qulay agrobiznes muhitini va qo‗shilgan qiymat zanjirini
yaratish;
soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit
muhofazasini ta‘minlash;
davlat
boshqaruvining
zamonaviy
tizimlarini
rivojlantirish;
tarmoqni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan davlat
xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;
qishloq xo‗jaligida ilm-fan, ta‘lim, axborot va maslahat
xizmatlari tizimini rivojlantirish;
qishloq hududlarini rivojlantirish;
tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.
Strategiya ustuvor yo‗nalishining asosiy maqsadi –
respublikaning
barcha
aholisi
oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni
340
samarali amalga oshirishdan iborat. Bu ustuvor yo‗nalish aholini
barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari
bilan
ta‘minlashga
qaratilgan.
Bu
esa
O‗zbekiston
Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu
jumladan, BMTning 2-BRM «Ochlikka barham berish, oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash, iste‘molni yaxshilash va barqaror qishloq
xo‗jaligini targ‗ib qilish»da belgilangan maqsadlarga erishishga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |