See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Qishloq xo‗jaligini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224
30 06 2022 . (1)

11.3-§. Qishloq xo‗jaligini yanada rivojlantirish va oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish istiqbollari 
Oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash 
O‗zbekistonning 
mustaqilligini, 
mamlakatda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
siyosiy 
barqarorlikni ta‘minlashning garovi hisoblanadi. Oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlashda qishloq xo‗jaligi muhim o‗rin tutadi. 
Mamlakat aholisining ko‗payib borayotgani, urbanizatsiya 
jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida qishloq xo‗jaligi ekin 
maydonlarining qisqarib borishi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish va aholining ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini 
kengaytirish masalasini yildan-yilga keskin qilib qo‗ymoqda. 
Mamlakatda qishloq xo‗jaligida foydalaniladigan yer maydonlari 
1990-yildagi 28080,4 ming gektardan 2019-yilda 25621,6 ming 
gektarga, ya‘ni -2458,8 ming gektarga, shunga mos ravishda 
haydaladigan yer maydonlari 4176,5 ming gektardan 4043,6 ming 


328 
gektarga, ya‘ni -132,9 ming gektarga, sug‗oriladigan yerlar 3407,3 
ming gektardan 3288,2 ming gektarga, ya‘ni - 119,1 ming 
gektarga, qishloq xo‗jaligi ekin maydonlari esa 4200,1 ming 
gektardan 3694,2ming gektarga, ya‘ni -505,9 ming gektarga 
qisqardi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning dolzarb 
ahamiyatga molik ekanligidan dalolat beradi. 
Sobiq Ittifoq tanazzulga uchragan davrda, ya‘ni 1989-yilda 
o‗tkazilgan statistik taqdiqot ma‘lumotlariga ko‗ra, iste‘mol 
bozorida aholi uchun zarur bo‗lgan barcha mahsulotlarning qariyb 
95 foizi bo‗yicha uzilishlar bo‗lib turgan. Aholi o‗rtasida 
o‗tkazilgan rasmiy so‗rovlarda qatnashganlarning 89,3 foizi go‗sht 
mahsulotlarini yetarli darajada iste‘mol qilmayotganini aytgan. Bu 
ko‗rsatkichlar sut mahsulotlari bo‗yicha 56,5 foizni, shakar 
bo‗yicha 55,3 foizni, qandolat mahsulotlari bo‗yicha 49,5 foizni, 
kartoshka bo‗yicha esa 17,5 foizni tashkil etdi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan 
boshlab, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida 
tub agrar islohotlar asosida qishloq xo‗jaligi ekinlari tuzilmasini 
qayta ko‗rib chiqish va takomillashtirishga yo‗naltirilgan 
strategiya amalga oshirildi. Shu jumladan, mamlakatimizda don 
mustaqilligini qo‗lga kiritishga qaratilgan Dasturining amalga 
oshirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etdi. 
Agar 1990-yilda ekin maydonlarining yarmidan ko‗prog‗ini 
texnika ekinlari, shu jumladan, paxta maydonlari tashkil etgan 
bo‗lsa, 2018-yilga kelib, ularning maydonlari 35,1% ga 
qisqartirildi. Shu bilan bir vaqtda, don ekinlari maydonlarining 
ulushi umumiy ekin maydonlarining 24%dan 45,2%ga oshirildi. 
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligini bosqichma-bosqich isloh 
etish va diversifikatsiya qilish natijasida mustaqillik yillarida don 


329 
mustaqilligi 
qo‗lga 
kiritildi, 
ozuqabop 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish keskin o‗sdi. 
2020-yilda 1991-yilga nisbatan don mahsulotlari yetishtirish 
esa 3,3 barobardan ziyodga, kartoshka yetishtirish 7,7 martaga, 
meva va rezavorlar 2,5 martaga, uzum 3,2 martaga, sabzavot 
mahsulotlari 2,9 martaga, poliz ekinlari 2 martaga ko‗paydi. Shu 
bilan birga, paxta xomashyosi ishlab chiqarish hajmi 2 martadan 
ziyodga kamaydi. U qishloq xo‗jalik mahsulotlarining umumiy 
hajmidagi ulushi 47,7%dan 11%ga qisqardi. 
Ta‘kidlash 
lozimki, 
hukumatimiz 
tomonidan 
mamlakatimizda ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini va dehqon 
xo‗jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirigan chora-
tadbirlari dehqonchilik sohasida qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat 
mahsulotlari hajmi va ularning ulushlari o‗sishiga erishildi. Ammo 
2020-yildan 2017-yilga nisbatan don ekinlari ishlab chiqarish 
87,6%ni, kartoshka kavlab olish 98,4%ni, sabzavotlar 93,8%ni, 
oziqabop poliz ekinlari yetishtirish 93,8%ni, meva va rezavorlar 
99,0%ni, uzum yetishtirish 96,2%ni tashkil etdi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin