See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   224
30 06 2022 . (1)

11.2-jadval 
O‗zbekiston Respublikasida qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‗sishi dinamikasi 
(ming tonna) 
Mahsulot turlari 
1991-
yil 
2000 -
yil 
2010- 
yil 
2016 -
yil 
2020 -
yil 
2020- 
yilda 
1991- 
yilga 
nisbatan 
%da 
Don 
1908 
3915 7391,0 8261,3 6375,4 
334,1 
Paxta xomashyosi 4645,8 3002,4 3404,0 2959,0 2300,0 
49,4 
Meva va 
rezavorlar 
516,6 
801,0 1710,3 3042,8 2589,7 
501,3 


330 
Uzum 
480,5 
573,0 
997,5 
1735,8 1564,5 
325,6 
Sabzavot 
3324,1 2643,1 6346,4 11275,8 9635,1 
289,8 
Kartoshka 
355,7 
730,7 1692,9 2958,4 2750,1 
773,1 
Poliz ekinlari 
925,8 
359,1 1182,4 2044,9 1904,9 
205,7 
Mamlakatimizda 
qishloq 
xo‗jaligi 
ishlab 
chiqarishni 
intensivlashtirish, 
diversifikatsiyalash, 
zamonaviy 
agrotexnologiyalarni joriy etish, urug‗chilikni yaxshilash borasida 
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‗jaligi 
ekinlarining hosildorligi oshirildi. Don ekinlarining o‗rtacha 
hosildorligi gektariga 1991-yildagi 17,3 sentnerdan 2020-yilda 
39,7 sentnerga, shunga muvofiq ravishda bug‗doy hosildorligi 
11,8 sentnerdan 42,2 sentnerga, kartoshka 87 sentnerdan 217,9 
sentnerga, sabzavot 188 sentnerdan 253,6 sentnerga, poliz 
mahsulotlari hosildorligi 106 sentnerdan 197,9 sentnerga. meva va 
rezavorlar 36,7 sentnerdan 118,3 sentnerga, uzum 50,9 sentnerdan 
157,0 sentnerga o‗sdi. 2020-yilda uzumdan tashqari barcha 
qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligi o‗sdi. 
Mamlakatimizda 
chorvachilik 
sohasida 
ham 
tarkibiy 
o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Mustaqillik yillarida yirik shoxli 
qoramollar soni 2,4 barobardan ziyodga, sigirlar soni 2 barobardan 
ortiqqa o‗sdi. Shuningdek, qo‗y va echkilar hamda parrandalar 
soni shu davrda mos ravishda 2 barobardan ziyodga oshdi. 
Chorva mollari sonining o‗sishi natijasida chorvachilik 
mahsulotlarining qishloq xo‗jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi 
ulushi 1990-yildagi 36,6% dan 2020-yilga kelib 46,8% ga o‗sdi. 
Bunga asosan dehqon xo‗jaliklarida chorva mollari sonining 
o‗sishi hisobiga erishildi. 2019-yilda yirik shoxli qoramollarning 
93,6%, quy va echkilarning 84,1%, parrandalarning 57,9% dehqon 
va tomorqa xo‗jaliklari ulushiga to‗g‗ri kelgan. Natijada 1990-


331 
2019-yillarda go‗sht (tirik vaznda) ishlab chiqarish barobardan, 
sut 3,4 barobardan, tuxum 5,9 barobardan ziyodga o‗sdi. 
Qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari hajmining va uni 
qayta ishlash hajmining o‗sishi natijasida aholi jon boshiga ishlab 
chiqarish hajmi ham o‗sish tendensiyasiga ega bo‗ldi. 
2020-yilda 2000-yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab 
chiqarilgan jami don mahsulotlari 159 kg.dan 259 kg.ga, 
kartoshka 3 barobardan ziyodga, sabzavotlar 3,4 barobarga, poliz 
mahsulotlari 3,5 barobardan ziyodga, mevalar ham 3 barobarga, 
uzum 2,2 barobarga, go‗sht 2 barobarga, sut 2 barobardan ziyodga 
va 3,8 barobarga yaqin o‗sgan. Ammo 2020-yilda 2016-yilga 
qishloq; xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
mahsulotlari ishlab chiqarish go‗sht (tirik vaznda) dan tashqari 
kamayganligi, aholi sonining o‗sganligi tufayli aholi jon boshiga 
nisbatan ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari ham kamaydi. 
2010-yildan 1991-yilga nisbatan aholi jon boshiga don 
mahsulotlari, uzum va sut ishlab chiqarish 2 barobardan ziyodga, 
meva va rezavorlar, tuxum 3,7 barobarga, kartoshka yetishtirish 
4,8 martaga yaqin, go‗sht (tirik vaznda) 1,9 martaga, 2000-yilga 
nisbatan esa 2,1 martaga o‗sdi. 


332 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin