See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. O‗zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224
30 06 2022 . (1)

11.1-rasm. O‗zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
mexanizmi va uning dastaklari. 

oziq-ovqat sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimi oziq-
ovqat sifati va xavfsizligi standartlarini, muvofiqlik sertifikatlarini 
O

zbekistonda oziq - ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash mexanizmi va uning dastaklari 
Agrosanoat majmuasida 
oziq-ovqat ishlab 
chiqarishni tartibga 
solish va rag

batlantirish 
Aholining oziq-ovqat 
mahsulotlariga erishish 
va iste‘mol sohasida 
Oziq - ovqat 
xavfsizligini 
boshqarishni tashkil 
etish tizimi 
Oziq - ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlashning huquqiy 
me‘yoriy asosini 
takomillashtirish 
Aholi daromadlari 
o‗sishini rag‘batlantirish 
Prezident 
Byudjet soliq vositalari 
(soliq imtiyozlari, 
dotatsiya va 
subvensiyalar berish) 
Kam ta‘minlangan 
aholini ijtimoiy 
himoyalash 
Pul kredit siyosati 
dastaklari (imtiyozli 
kreditlar) 
Oziq-ovqat sifati va 
xavfsizligini nazorat 
qilish tizimi 
Oziq-ovqat eksporti va 
importini bojxona 
ta‘riflari va ta‘rifsiz 
tartiblash 
Oziq-ovqat 
iste‘molchilarini huquq 
va manfaatlarini himoya 
qilish tizimi 
ASM tarmoqlariga 
investitsiyalar kiritishni 
rag‗batlantirish va oziq - 
ovqat tovarlari ishlab 
chiqaruvchilarni qo‗llab- 
quvvatlash 
Oziq-ovqat 
mahsulotlarini tashish, 
saqlash, sotish, 
umumovqatlanish 
infratuzilmasini 
rivojlantirishni 
rag‗batlantirish 
Savdo sanoat palatasi, 
fermerlar kengashi, 
Dehqon va tomorqa 
xo‗jaliklari uyushmasi 
va boshqa NNT 
Oliy majlis 
Vazirlar Mahkamasi 
ASM tarmoqlar 
boshqaruv organlari 
Markaziy bank 
Mahalliy hokimliklar 


322 
joriy etishni, ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sifat 
monitoringini amalga oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari savdosini 
va umumovqatlanish muassasalarini sanitariya-gigiyena hamda 
ekologik nazoratini tashkil etish va shu kabilarni o‗z ichiga oladi; 

oziq-ovqat iste‘molchilarini huquq va manfaatlarini himoya 
qilish tizimi monopolistik faoliyatni tartibga solish, raqobatni 
rag‗batlantirish va iste‘molchilar huquqlarini hamda manfaatlarini 
himoya qilish bo‗yicha davlat organlari va Federatsiyalar 
faoliyatini o‗z ichiga oladi; 

oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
tashish, 
saqlash, 
sotish, 
umumovqatlanish infratuzilmasini rivojlanishini rag‗batlantirish. 
Bunda transport, yuklash-tushirish, 
oziq-ovqat mahsulotlarini joylash 
va 
o‗rash 
idishlari, 
taralari, 
jihozlari, 
qadoqlash, 
qoliplash, 
saqlash 
omborlari, 
kameralari, 
sovutkichlari, ular bilan ulgurji va 
chakana 
savdo 
bozorlari, 
shahobchalari, 
umumovqatlanish 
restoran, kafe, taomxonalar faoliyatini tartibga solish hamda 
rag‗batlantirish nazarda tutiladi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarishni tashkil etish tizimi 
mazkur mexanizmning amal qilishini tashkil etadi va ta‘minlaydi. 
Bunda davlat rahbari bo‗lgan Prezident oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash strategiyasini va davlat siyosatini ishlab chiqish hamda 
amalga oshirishga, bu jarayonlarni nazorat qilishga bosh bo‗ladi. 
Oliy Majlis oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan 
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish orqali uning qonuniy, 
huquqiy-me‘yoriy asosini takomillashtirib borishda muhim rol 
o‗ynaydi. 


323 
Vazirlar Mahkamasi, uning tarkibidagi moliya, iqtisodiyot, 
qishloq xo‗jaligi, suv xo‗jaligi, sog‗liqni saqlash, bandlik va 
mehnatni mudofaza qilish hamda vazirliklar, davlat soliq 
qo‗mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda davlat qo‗mitalari, 
agrosanoat majmuasi tarmoqlari boshqaruv organlari oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning barqaror zaxiralarini 
tashkil etish, aholining ularga jismoniy va iqtisodiy, ijtimoiy 
jihatdan erishishlarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan davlat iqtisodiy 
strategiyasi 
va 
siyosatini 
amalga 
oshirishda 
ijrochilik 
funksiyalarini bajaradilar. 
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilarini 
imtiyozli 
kreditlash amaliyotini yuritish orqali muhim tartibga soluvchilik 
funksiyasini amalga oshiradi. 
Mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish va 
tegishli davlat organlari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari 
bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‗rnatib, huquqlarning 
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan dasturlarni, 
chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. 
Mamlakat miqyosida oziq-ovqat xavfsizligining asosiy 
mezonlari quyidagilardan iborat: 

oziq-ovqat bilan mamlakatning o‗zini o‗zi ta‘minlash 
darajasi va oziq-ovqat mahsulotlarining mustaqil ta‘minotining 
import asosida yetkazib berishga bog‗liq emasligi; 

strategik va joriy oziq-ovqat zaxiralarining iste‘molning 
normativ me‘yorlariga nisbatan qiyosiy miqdorlari; 

aholi jon boshi hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish darajasi; 

o‗ta muhim mahsulotlarni iste‘mol darajasi; 


324 

aholining turli tabaqalari uchun oziq-ovqatga jismoniy va 
iqtisodiy erishish darajasi; 

asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining 
barqarorligi; 

oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligi va ekologik sofligi. 
Mamlakat mintaqalarining oziq-ovqat xavfsizligi quyidagi 
mezon va ko‗rsatkichlar bilan baholanadi: 
1. Oziq-ovqatga jismoniy erishish. Oziq-ovqat savdosini 
amalga oshirish uchun 1000 kishi hisobiga maydon bilan 
ta‘minlanganligi va hududda yo‗llar tarmog‗ining mavjudligi bilan 
aniqlanadi. Oziq-ovqatga erishish imkoniyatini belgilovchi 
ko‗rsatkichlarning yana biri uning narxidir. Uning asosida 
quyidagilar tahlil qilinadi: 

uy 
xo‗jaliklarida 
iste‘mol 
qilingan 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini o‗rtacha xarid narxlari(so‗m/1kg); 

oziq-ovqat 
mahsulotlarining 
turli 
tarkibdagi 
uy 
xo‗jaliklaridagi qiymati (uy xo‗jaligining har bir a‘zosiga nisbatan 
/ so‗m); 

aholining iste‘mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqatga 
sarflangan xarajatlar (uy xo‗jaligi a‘zosiga nisbatan, bir oyda 
o‗rtacha); 

aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarish (kg, dona). 
2. Oziq-ovqatga iqtisodiy erishish kambag‗allik va aholi 
daromadlarining 
xarid 
qobiliyati 
koeffitsiyentlari 
orqali 
ifodalanadi. 
3. Hududda ishlab chiqarilgan va iste‘mol qilingan oziq-
ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, brak qilingan tovarlar 
ulushi (sifat koeffitsiyenti) bilan aniqlanadi. 


325 
4. Oziq-ovqat mahsulotlarining, birinchi navbatda, donning 
bir hosil yig‗imidan yangisigacha bo‗lgan davrdagi mavsumiy 
zaxiralarining miqdori. 
5. Hududning (tumanning) oziq-ovqat importiga bog‗liqligi 
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 
iste‘mol nisbati orqali aniqlanadi. 
6. Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan 
ehtiyojining qondirilishi darajasi. Bu ko‗rsatkich ovqatlanish 
koeffitsiyenti orqali aniqlanadi. 
7.Tadqiq 
etilayotgan 
hududda 
aholining 
ovqatlanish 
ratsionidagi energetik quvvatlar darajasi. Bu ko‗rsatkich ovqatning 
kaloriyaligini meditsina me‘yorlari bilan taqqoslash orqali 
aniqlanadi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashda O‗zbekistonda ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning 
umumiy 
ulushi 
chetdan 
keltirilayotgan mahsulotlarga nisbatan ko‗rsatkich sifatida 
qo‗llaniladi: 

don -95% kam emas;

shakar -80%;

o‗simlik moylari-80%; 

go‗sht mahsulotlari (go‗shtga hisoblanganda) - 85%;

sut va sut mahsulotlari (sutga hisoblanganda) -90%; 

baliq mahsulotlari -80%; 

kartoshka -95%;

osh tuzi- 85%. 
Ta‘kidlash lozimki, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
darajasini aniqlashda mamlakatda asosiy turdagi oziq-ovqat 
mahsulotlari aholining jon boshiga amalda erishilgan iste‘mol 
darajasini jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti va har bir 
mamlakatning 
sog‗liqni 
saqlash 
vazirliklari 
tomonidan 


326 
belgilangan ratsional iste‘mol me‘yorlariga nisbati bilan 
taqqoslanadi. 
Oziq-ovqat 
iste‘moli me‘yori ularning to‗yimliligini 
ifodalovchi kilokaloriya bilan ham belgilanadi. Jahon oziq-ovqat 
tashkilotining xalqaro klassifikatsiyasiga ko‗ra kuniga 2150 kkal 
darajasida ovqatlanish to‗yib ovqatlanmaslik, ya‘ni yarim ochlik 
holati deb izohlanadi. Inson uchun normal holatdagi ovqatlanish 
kuniga 2600 kkal darajasi belgilangan. Ekspert baholashga ko‗ra, 
Rossiyada bir kishining bir kunlik iste‘mol darajasi 2013-yilda 
2200 kkalni tashkil etadi. Vaholanki, bu ko‗rsatkich 1990-yilda 
2590 kkal bo‗lgan. AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 
ovqatlanishning kaloriyaligi 
3500-3600 kkalni tashkil 
etadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
―2019-
2024-yillarda 
mamlakatda 
oziq-ovqat 
xavfsizligini 
ta‘minlash milliy dasturini 
tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qarori bilan tasdiqlangan ―2019-2024-
yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy 
dasturida oziq-ovqat xavfsizligi 10 xil turdagi oziq-ovqat 
mahsulotlari (don, sut, go‗sht, shakar, o‗simlik yog‗i, kartoshka, 
sabzavot, meva, tuxum va baliq) guruhi bilan belgilanadi. Mazkur 
dasturga binoan aholining ovqatlanish darajasini aniqlash 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq 
xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ning tavsiyasiga asoslanadi va quyidagi 
guruhlarga ajratiladi (1 kishiga sutkalik kilokalloriya): 


327 
birinchi (2300-2800 kkal) – aholi o‗rtasida ochlik va to‗yib 
ovqat yemaslik mavjud emas, ammo ovqatlanish ratsioni yetarli 
emas; 
ikkinchi (2800-3600 kkal) – aholini ehtiyojini ta‘minlash 
uchun resurslar yetarli darajada, lekin ovqatlanish ratsion balansi 
va 
mikro-makro 
elementlar 
tarkibiga 
ko‗ra 
muvozanatlashtirilmagan; 
uchinchi (3000-3500 kkal) – asosiy komponentlar tarkibi va 
energetik qimmati bo‗yicha yetarli darajadagi iste‘mol; 
to‗rtinchi (3000-3500 kkal) – ekologik mahsulotlar iste‘moli, 
barcha qatlamdagi aholi sog‗lig‗ini yaxshilash va sonini oshirishga 
qaratilgan ovqatlanish ratsioni; 
beshinchi (3000-3500 kkal) – sog‗lom turmush tarzini va faol 
hayotni uzaytirishni ta‘minlovchi ovqatlanish tarkibi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin