«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ
O‗zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan sobiq O‗rta Osiyo temir yo‗llari bazasida
1994-yil 7-noyabrda tashkil topgan. Mamlakat temir yo‗llarining
umumiy uzunligi 2000-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan
bo‗lsa, hozirga kelib umumiy temir yo‗l uzunligi 6,1 ming km ni
tashkil etadi. Jumladan, elektrlashtirilgan temir yo‗llar 1714 km.ga
yetdi yoki ushbu ko‗rsatkich jami temir yo‗llarning 2020-yil
holatiga 39 foizini tashkil etadi. Tarmoqda 54.7 mingdan ortiq
347
xodimlar faoliyat ko‗rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha
turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo‗shilmasining 90%
tashkil etadi.
O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan transport turlari orasida
yetakchi va muhim o‗rinni temir yo‗llar egallaydi. Mamlakatda
tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu
tarmog‗i zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport
tizimining negizini tashkil etadi.
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi
temir yo‗l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo‗l
yordamida 2018-yil tashilgan yo‗lovchilar soni qariyb 20 million
kishini tashkil etgan. Temir yo‗llarda yuk tashishning tannarxi
avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo
transportiga qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi.
Mazkur transport turida mehnat xarajatlari ham avtomobil va
havo transportiga ko‗ra ancha kam. Temir yo‗l transportining
boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan
iboratki, bu transport atrof-muhitga kam zarar yetkazadi, uning
yuk va yo‗lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‗lib, ob-havo
injiqliklari bilan deyarli bog‗liq emas va muntazam ravishda
harakatda bo‗ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo
transportidan katta farq qiladi.
O‗zbekiston transport majmuining boshqa mamlakatlarning
transport majmuidan asosiy farqi shundaki, iqtisodiyotning real
sektoriga xizmat ko‗rsatishda magistral temir yo‗llarning
ahamiyati nihoyatda katta. Qulay makroiqtisodiy shart-sharoit va
yuk tashishlar bozorida raqobat kurashining shiddatli tus olishi
sharoitida temir yo‗l transporti yo‗lovchi va yuk tashish borasida
talabning barqaror tarzda qondirilishini ta‘min etgani holda,
moddiy ishlab chiqarishni imtiyozli rag‗batlantirish asosida
348
iqtisodiy rivojlanishga katta zamin yaratib berdi. Boshqa
tarmoqlarning mahsulotlariga narxlarning erkinlashtirilishini
hisobga olgan holda, temir yo‗l ta‘riflari davlatning qo‗lida muhim
makroiqtisodiy regulatorga aylanib ulgurdi.
Temir yo‗l transporti tizim tashkil etuvchi muhim tarmoqlar
– ko‗mir, neft qazib oluvchi va neftni qayta ishlovchi tarmoqlar,
qora metallarni qazib olish va qayta ishlash, mineral, qurilish va
boshqa materiallarni ishlab chiqarishda yuk tashishlarning asosiy
qismini amalga oshiradi (asosiy yuklar bo‗yicha tashish
koeffitsiyenti 50 %dan ko‗proqni tashkil etadi). Ushbu tarmoqlar
milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘min etadi va
bevosita mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Shu bilan birgalikda, mazkur moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari
samaradorligining
pasayishi
temir
yo‗l
transportining
ko‗rsatkichlari, birinchi navbatda, yuk tashish hajmi va temir yo‗l
transporti korxonalarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Bir qator tarmoqlar (masalan, oziq-ovqat sanoati)
umumiy yuk tashish hajmida temir yo‗l transporti katta
ko‗rsatkichni tashkil etmasada, temir yo‗l transportidan asosiy yuk
tashuvchi sifatida foydalanadilar. Biroq shunday bo‗lsa ham, temir
yo‗l transporti milliy iqtisodiy xavfsizlikning funksional-tarmoq
tashkil etuvchilari, xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda
muhim o‗rin tutadi.
Bugungi kunda amalga oshirilgan islohotlarga qaramasdan
temir yo‗l tarmog‗ini rivoji talab darajadasida emas. O‗zbekiston
temir
yo‗l
zichligi
bo‗yicha
nafaqat
«Uzoq»
xorij
mamlakatlaridan,
balki
Ukraina,
Belorussiya,
Boltiqbo‗yi
davlatlaridan ham orqada turadi. Samarqand, Sirdaryo, Farg‗ona,
Qashqadaryo viloyatlari temir yo‗l tarmoqlari bilan biroz yaxshi
349
ta‘minlangan. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va
Surxondaryo viloyatlari esa bu borada ancha orqada.
O‗zbekiston Respublikasi hukumati 1995-yil avgust oyida
G‗uzor- Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗lini qurish to‗g‗risida
qaror qabul qildi. Ushbu yo‗l mamlakatimizning janubiy hududlari
– Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda
mavjud boshqa imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish
imkonini beradi, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholining ish
bilan bandlik darajasini ko‗tarish imkonini ham yaratadi. G‗uzor -
Boysun - Qumqo‗rg‗on temir yo‗li Surxondaryo viloyatidagi
Sariosiyo stansiyasidan Qashqadaryodagi Qarshi stansiyasigacha
bo‗lgan masofani qariyb ikki martaga qisqartiradi.
Amalga oshirilgan ishlarning eng muhim ahamiyati va
mohiyati shundaki, dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq
qoya toshlardan iborat tog‗li hududlar bo‗ylab, yozning jazirama
issig‗i, garmsellari, qishning izg‗irin shamollari ostida temir yo‗l
izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va
Darband, Boysun va Qumqo‗rg‗on kabi 6 ta yangi stansiya va
yo‗lovchi platformalariga ega bo‗lgan 9 ta bekat barpo etilgani
misolida ham ko‗rish mumkin.
Ayniqsa,
barcha
stansiyalarda
yo‗l
xavfsizligini
ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot
maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma
inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng zamonaviy talablar
darajasida amalga oshirilganini ko‗rsatadi. «Toshguzar–Boysun–
Qumqo‗rg‗on» temir yo‗lining qurilishi jarayonida 43 ta ko‗prik,
jumladan, temir yo‗l ko‗priklari va yo‗l o‗tkazgichlari singari
murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko‗priklarning 9
tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod etilgani, bu
350
borada ilgari O‗zbekiston tajribasida ko‗rilmagan mislsiz ishlar
bajarilganini ko‗rsatadi.
Mazkur temir yo‗lining qurib, ishga topshirilishi mamlakat
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Bu yo‗l respublikaning
janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini
boshqa hududlar bilan bog‗laydi va butun mamlakat bo‗ylab
yagona hamda yaxlit temir yo‗l transport kommunikatsiya tizimini
barpo etishga imkon berdi.
Mamlakatimizda yaxlit temir yo‗l tarmog‗ini shakllantirish
bo‗yicha strategik yo‗nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-
2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin «Navoiy–Uchquduq–
Nukus» temir yo‗li qurib
bitkazildi. Natijada, ushbu
temir
yo‗l
liniyasi
ishga
tushirilgan
dastlabki
yillardanoq, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
va
Xorazm
viloyatiga katta miqdorda har
xil xalq iste‘mol yuklari
yetkazib berila boshlandi.
Bu
yo‗l
O‗zbekistonning chet davlatlarga, avvalo,
Transafg‗on temir yo‗l koridori orqali yaqin kelajakda to‗g‗ridan-
to‗g‗ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan
birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi
salohiyatini keskin oshirdi.
Temir yo‗l tarmog‗ining ishga tushirilishi natijasida yuk
tashish va yo‗lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo‗llarga
xizmat ko‗rsatish va yo‗l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2,5
mingga yaqin qo‗shimcha yangi ish o‗rni yaratildi. Yangi tashkil
351
etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida esa qo‗shimcha tarzda 4
mingdan ortiq kishi ish o‗rinlariga ega bo‗ldi.
Mintaqaning tabiiy yer osti boyliklarini o‗zlashtirish uchun
yangi imkoniyatlar paydo bo‗ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo
viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib,
aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo‗lovchi tashish
masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi.
Natijada temir yo‗l bo‗ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy
yuklar salmog‗i sezilarli miqdorda ko‗paydi. O‗tgan yili mazkur
temir yo‗ldan bir yilda o‗rtacha 5 million tonna yuk
o‗tkazilayotgani, shundan qariyb 80 foizi tranzit yuklar ekanligi
ana shundan dalolat beradi.
Respublikaning xorijga, jumladan, mamlakatimiz janubidagi
davlatlarga chiqishida Mashhad–Seraxs –Tajan temir yo‗lining
qurilishi muhim voqea bo‗ldi. 1996-yil 13-mayda Eron Islom
Respublikasining Mashxad shahrida uzunligi salkam 300 km
bo‗lgan bu temir yo‗l tarmog‗ining tantanali ochilish marosimi
bo‗lib o‗tdi. Bu yo‗l eng qisqa masofa orqali Markaziy Osiyo
mamlakatlarini Fors qo‗ltig‗i bilan bog‗laydi va tashqi savdo-
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib
beradi.
Markiziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk
tezyurar yo‗lovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008-yil
«O‗zbekiston temir yo‗llari» AJ va «Talgo» (Ispaniya)
kompaniyasi o‗rtasida 2 ta tezyurar yo‗lovchi elektropoyezdlarni
sotib olish to‗g‗risida bitim imzolandi. 2011-yil 8-oktabrdan
«Afrosiyob» (Ispaniyaning «Talgo» kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqarilgan) yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdi
Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli yo‗nalishga ishga
352
tushirildi. Yangi tezyurar poyezd bu marshrut orqali xizmat
ko‗rsatadigan boshqa elektr poyezdlar bilan birga, Toshkent va
Samarqand shaharlari o‗rtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi
«Afrosiyob» poyezdi ikki soat va o‗n besh daqiqa ichida 344 km
temir yo‗l masofasini bosib o‗tadi. Maksimal tezligi soatiga 250
kilometrni tashkil etadi.
O‗zbekiston
temir
yo‗llarini
doimiy
tok
asosida
elektrlashtirish 1971-yilda boshlangan. So‗nggi loyihalardan biri
To‗qimachi-Angren temir yo‗l uchastkasini elektrlashtirish edi, bu
2010-yilda amalga oshirildi. Ko‗rsatilgan temir yo‗l uchastkasini
ishga tushirish hisobiga elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi
1601 km ga yetdi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel
tortishni o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu
Toshkent hududida barcha temir yo‗l liniyalarini zamonaviy
texnologiyalarga o‗tishni yakunlashga olib keladi. Loyihaning
maqsadi bu uchastkada mavjud bo‗lgan dizel tortishni
o‗zgaruvchan tokli elektr tortishga o‗zgartirish edi, bu Toshkent
hududida
barcha
temir
yo‗l
liniyalarini
zamonaviy
texnologiyalarga o‗tishni yakunlashga olib keladi.
Butun uchastka bo‗ylab yangi texnologiyalar - SCADA
masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari,
mikroprotsessor
markazlashtirish
tizimi,
o‗q
va
telekommunikatsiya elektron hisoblash tizimlari joriy qilingan.
Elektr ta‘minot tizimi poyezdlarning soatiga 160 km gacha tezlik
bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan. Qurilish
paytida umumiy uzunligi 265 m bo‗lgan 3 ta ko‗prik, 2258 ta
elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poyezdlar harakat
xavfsizligini ta‘minlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat
asboblar
bilan
jihozlangan
navbatchi
punktlari
va
353
markazlashtirilgan elektr ta‘minot postlari uchun 6 ta bino va
inshootlar barpo etildi.
Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo‗l uchastkalarini
elektrlashtirish, yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini
qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi. 2016-yilning 22-
iyunda O‗zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli
loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‗li hamda
Qamchiq
tunneli
foydalanishga
topshirildi.
Angren-Pop
elektrlashtirilgan temir yo‗l liniyasini barpo etishdan maqsad ham
nafaqat Farg‗ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa
hududlari o‗rtasida temir yo‗l orqali yuk va yo‗lovchi tashish
imkoniyatini
yaratish,
shu
bilan birga, Xitoy – Markaziy
Osiyo
– Yevropa yangi
xalqaro tranzit temir yo‗l
koridorining
eng
muhim
bo‗g‗ini
bo‗lishi
nazarda
tutilgan edi. Uzunligi 123,1
kilometr bo‗lgan Angren-Pop
temir
yo‗lining
Qamchiq
dovonidan o‗tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo‗l orqali Toshkent – Andijon –
Toshkent yo‗nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo‗lovchi
poyezdlari aholiga xizmat ko‗rsatmoqda. Andijon – Buxoro –
Andijon yo‗nalishida haftasiga ikkita yo‗lovchi poyezdi, haftada
bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva –
Andijon yo‗nalishlarida yo‗lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi.
Bundan tashqari, bir sutkada o‗nlab yuk poezdi Angren – Pop
elektrlashtirilgan temir yo‗li orqali o‗tib, yuklarni o‗z manziliga
yetkazmoqda. Xususan, mazkur temir yo‗l orqali, bir yil davomida
354
413 ming 162 nafardan ortiq yo‗lovchiga xizmat ko‗rsatildi,
7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish
o‗rinlari yaratildi.
Mustaqillik
yillarida
Xovos–Bekobod,
Xovos–Jizzax
liniyalari va Maroqand–Qarshi, Maroqand-Buxoro yo‗nalishlarini
elektrlashtirish
ishlari
yakunlandi.
Natijada
poyezdlardan
foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo‗lovchi va yuk
tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Bundan
tashqari, temir yo‗l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib uchun
ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
va import o‗rnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat
berilmoqda.
O‗zbekistonda temir yo‗l transportining hozirgi holatini va
uni rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish uning barqaror
ishlashi quyidagi qator muammolar mavjud bo‗lishini istisno
etmasligini ko‗rsatdi:
1.
Asosiy jamg‗armalar (infratuzilma va harakatlanadigan
tarkib) eskirishining yuqori darajasi joriy saqlab turish va
ta‘mirlash uchun katta xarajatlarni talab qiladi, temir yo‗l
transporti texnologik mustahkamligi yo‗qotilishi xavfini yaratadi.
2.
Temir yo‗l transporti samaradorligi darajasi, xizmatlar
sifati va turi hozirgi zamon talablariga to‗liq javob bermaydi.
3.
Tariflarni boshqarish borasida temir yo‗l transporti
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi yetarlicha
samarali emas (yuklar va yo‗lovchilarni tashishning ayrim turlari
sanasini yozish masalalari bo‗yicha normativ baza mukammal
emas).
4.
Yuk ortilgan harakatlanadigan tarkib xavfsizligi uchun
tashish jarayoni ishtirokchilarining aniq javobgarligi yo‗q.
355
5.
Mustaqil tashuvchi kompaniyalarga infratuzilmadan teng
huquqli foydalanish imkoniyatini berish va ular faoliyati uchun
qulay muhit yaratish mexanizmi mavjud emas.
Temir yo‗l transporti samarali ishlashini ta‘minlash
harakatlanadigan tarkib saroylarini yangilash, yo‗l xo‗jaligi
infratuzilmasini,
aloqa
vositalari
va
axborot
ta‘minotini
modernizatsiyalash va kuchaytirish, xalqaro yo‗laklar doirasida
elektr ta‘minoti, signalizatsiya hamda aloqa texnik vositalarini
modernizatsiyalash, tashish jarayonini tartibga solish va
boshqarish tizimini takomillashtirish, ma‘lumotlar o‗tkazish
tarmog‗ini yaratish, transport vositalarini ta‘mirlashning texnik
bazasini rivojlantirish uchun katta investitsiya mablag‗larini talab
qiladi.
Bugungi
kunda
yuk
va
yo‗lovchi
harakatlanishida
elektrovozlar
keskin
yetishmasligi,
shuningdek,
manyovr
qiladigan lokomotivlar yetishmasligi kuzatilmoqda.
Magistral teplovozlar saroyining o‗rtacha amortizatsiya
eskirishi 28,2 foizni, manyovr teplovozlar saroyi eskirishi 49,0
foizni, elektrovozlar saroyining eskirishi 48,8 foizni, yuk
vagonlari inventar saroyining eskirishi 75 foizni, yo‗lovchi temir
yo‗l
bekatlarining
eskirishi
65,4
foizni
va
refrijerator
seksiyalarining,
vagon-termoslarning
o‗rtacha amortizatsiya
eskirishi 90 foizdan ortiqni tashkil etadi. O‗tkazish optik-tolali
tizimi yaxlit magistral tarmog‗ining mavjudligi ―O‗zbekiston
temir yo‗llari‖ AJ telekommunikatsiya tarmog‗ining muhim
tarkibiy qismi – o‗tkazish optik-tolali tizimining (O‗OTT) yagona
magistral tarmog‗ini barpo etishdir.
Temir yo‗l transporti sohasida muammoni hal qilish va 2030-
yilgacha yuqori natijalarga etishish bo‗yicha qo‗yilgan vazifalarga
erishish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish taklif etilmoqda:
356
1.
Temir yo‗l transporti infratuzilmasini rivojlantirish va
harakatlanadigan tarkibini yangilash, moddiy va nomoddiy
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish.
2.
Transport yaxlitligini, mustaqillikni, ijtimoiy-iqtisodiy
o‗sishni ta‘minlash va fuqarolarning tashishlarga bo‗lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish uchun
infratuzilma negizi sifatida qulay va barqaror transport tizimini
shakllantirish.
3.
Temir yo‗l transportini xalqaro transport tizimlariga
integratsiyalash asosida ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ AJ tranzit
salohiyatini ro‗yobga chiqarish.
4.
Zamonaviy yuqori samarador elektrovozlar xarid qilish
hisobiga lokomotivlar saroyini yangilash.
5.
Iqtisodiy
integratsiyani
chuqurlashtirish
va
mehnat
resurslari mobilligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
6.
Umumiy transport xarajatlarini kamaytirish, shu jumladan,
temir yo‗l transporti faoliyati samaradorligini oshirish hisobiga
kamaytirish.
7.
Tashishlar sifati va xavfsizligini temir yo‗l transportini
texnologik va texnik rivojlantirish asosida aholi talablariga va
jahonning eng yaxshi standartlariga muvofiqlashtirish.
8.
Temir yo‗l transportining investitsiyalar jalb etuvchanligini
oshirish.
9.
Respublika fuqarolarining qulay atrof-muhitga bo‗lgan
huquqlarini ta‘minlash.
Temir yo‗l transporti sohasida yuqorida sanab o‗tilgan
vazifalar hal etilishi 2030-yilga kelib quyidagi ko‗rsatkichlarga
erishilishiga olib keladi:
Yo‗lovchilar xo‗jaligini rivojlantirish bo‗yicha
357
1.
Yangi yo‗lovchilar vagonlarini xarid qilish va qurish
hamda
amaldagi
yo‗lovchilar
vagonlari
saroyini
modernizatsiyalash, vagonlar xizmat muddatini kamida ikki-uch
baravar oshirish.
2.
Toshkent yo‗lovchi vagonlarini qurish va ta‘mirlash
zavodini rivojlantirish.
3.
Toshkent – Qarshi – Kitob, Toshkent – Buxoro – Urganch
–
Xiva,
Toshkent
–
Xiva
yo‗nalishlarida
tezyurar
harakatlanishning qo‗shimcha marshrutlarini tashkil etish.
4.
Davlatlararo va ichki davlat ahamiyatidagi yangi
marshrutlarni ochish.
5.
Yo‗lovchi vagonlariga texnik xizmat ko‗rsatish va ularni
joriy ta‘mirlash bazasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash.
Dostları ilə paylaş: |