13.1-rasm. O‗zbekistonning energetik xavfsizlik modeli.
402
Mamlakatning energetika xavfsizligini mamlakat fuqarolari,
jamiyat, davlat va iqtisodiyot tarmoqlarining arzon va zaruriy
sifatga ega bo‗lgan yoqilg‗i-energetika resurslariga bo‗lgan
ehtiyojlarini to‗laqonli ravishda qondirish borasida vujudga kelishi
mumkin bo‗lgan ichki va tashqi omillardan, shu bilan bir qatorda,
yoqilg‗i-energiya ta‘minotidagi uzilishlardan himoyalanganlik
darajasi sifatida baholashimiz mumkin. Tilga olib o‗tilgan
himoyalanganlik darajasi odatiy sharoitlarda mavjud ehtiyojlarni
to‗laqonli ravishda qondirilishini, favqulodda holatlarda esa
mavjud ehtiyojlarni minimal darajada qondirilishini kafolatlashi
lozim. Bu o‗rinda shuni e‘tiborga olishimiz lozimki, bugungi
kunda himoyalanganlik darajasining ta‘min etilishiga zo‗r
berilishi, istiqbolda iqtisodiyot tarmoq va sohalarini yoqilg‗i-
energiya resurslari bilan ta‘minlanishini shubha ostiga qo‗ymasligi
zarur.
Xalqaro energetik xavfsizlik muammolari XX asrning
ikkinchi
yarmidan
boshlab
davlat
boshqaruvi
organlari,
tahlilchilar, amaliyotchilar va olimlarning diqqatini torta boshladi.
Shakllanganligiga hali u qadar ko‗p bo‗lmagan energetika
xavfsizligi instituti global xalqaro xavfsizlik majmuida muhim
ahamiyat kasb etishi bir qator omillarga bog‗liq.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotining energetika sektori har
qanday mamlakat milliy xo‗jaligi tarmoqlarining hayotiy
faoliyatini ta‘min etadi va ko‗p jihatdan ularning moliyaviy-
iqtisodiy natijalari va ko‗rsatkichlarning shakllanishiga ta‘sir
ko‗rsatadi. Tabiiy yoqilg‗i-energetika resurslari va energetika
sektorining
salohiyatidan
eng
yuqori
darajada
samarali
foydalanish iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash
va aholi turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.
403
Ikkinchidan, tabiiy yoqilg‗i-energetika resurslari dunyo
mamlakatlari bo‗yicha notekis taqsimlangan. Uglevodorod
resurslariga boy mamlakatlar bilan bir qatorda, bunday resurslarga
ega bo‗lmagan mamlakatlar ham mavjud. Hatto boy neft va gaz
zaxiralariga ega bo‗lgan mamlakatlar mazkur zaxiralarni
o‗zlashtirish va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlab chiqarish
xarajatlari va shu bilan birgalikda, energiya resurslari sifati
bo‗yicha ham bir-birlaridan farq qiladi. Bu, o‗z navbatida,
yoqilg‗i-energetika
majmui
tarkibiga
kiruvchi
ishlab
chiqaruvchilar o‗rtasida raqobat kurashi borasida ma‘lum bir
obyektiv farqlanishlarni keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, energiya resurslar iste‘molining uzluksiz o‗sib
borishi,
uglevodorod
xomashyosi
zaxiralarining
qayta
tiklanmasligi, jahon iqtisodiyoti mazkur tarmog‗ining bir qator
o‗ziga xosliklari energiya resurslari bozorida raqobat kurashining
shiddatli tus olishiga va uning natijasida davlatlar o‗rtasida harbiy-
siyosiy nizolarning avj olishiga sabab bo‗ladi.
Tashqi
siyosat
borasida
O‗zbekistonning energetika
xavfsizligi muammolari sobiq Ittifoqning tarqalib ketishi va yaxlit
yoqilg‗i-energetika majmuining alohida milliy tizimlarga ajralib
chiqishi oqibatida yanada dolzarblik kasb eta bordi, bu esa o‗z
navbatida, mamlakat yoqilg‗i-energetika majmuasiga tashqi
iqtisodiy va siyosiy omillarning ta‘sirining kuchayishiga olib
keldi:
1)
sobiq ittifoq respublikalarining yoqilg‗i-energetika
majmui bozorlari avvallari yaxlit bitta ichki bozorni tashkil etgan
bo‗lsa, endilikda ular ichki bozordan tashqi bozorga aylanadi;
2)
―markazdan qochirma‖ harakatlarning avj olishi
yangidan tashkil topgan mustaqil davlatlar yoqilg‗i-energetika
resurslarini yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilishlari
404
natijasida
yoqilg‗i-energetika
resurslarini
yetkazib
berish
borasidagi avvaldan mavjud aloqalarga chek qo‗yildi;
3)
yaxlit infratuzilmaning barbod bo‗lishi va sobiq ittifoq
respublikalari orqali Yevropa bozorlariga yoqilg‗i-energetika
resurslarini yetkazib berishda tranzit muammolarining vujudga
kelishi.
Energiya
resurslarining
tashqi
bozorida
raqobatning
kuchayishi sharoitida O‗zbekiston ortida katta davlatlarning
manfaatlari turuvchi yirik transmilliy kompaniyalarning kuchli
iqtisodiy bosimiga duch kelmoqda. Bu kabi omillarning barchasi
energetika sektorida mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini
ta‘minlash sohasida aniq va puxta o‗ylangan davlat siyosatini olib
borishni taqozo etadi.
Tashqi xavf-xatarlar. Umuman olganda, dunyo neft va gaz
bozori tomonidan mamlakatning energetika xavfsizligiga xavf
soluvchi xatarlarning vujudga kelishiga olib keluvchi iqtisodiy
hamda siyosiy tusdagi sabablar va omillariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1)
bozorlardagi nobarqarorlik;
2)
ayrim xorijiy davlatlar yoki ularning hamjamiyatlarining
xalqaro yoqilg‗i-energetika resurslari va ularni qazib olish
bozorlarida mamlakatga nisbatan kamsituvchi va ayrimachi xatti-
harakatlarning amalga oshirishi;
3)
xorijda neft va gaz konlarini o‗zlashtirishda O‗zbekiston
kompaniyalarining ishtirok etishiga to‗sqinlik qilish;
4)
dengiz yo‗llarida kemalarning erkin qatnovi to‗g‗risidagi
konvensiyani bajarmaslik, tranzit davlatlar hududidagi tranzit
quvurlarni yopib qo‗yish, mamlakatdan eksport qilinuvchi neft va
gaz resurslarini tashish borasida cheklovlar o‗rnatish;
405
5)
boshqa davlatlar hududi orqali tranzitga asossiz ravishda
yuqori tariflar belgilash;
6)
harbiy to‗qnashuvlarning kelib chiqish ehtimoli.
So‗nggi yillarda dunyo energetika bozorida yuz berayotgan
jarayonlar, mamlakatlar o‗rtasida energiya resurslar borasida
yuzaga kelayotgan ziddiyatlar energetika borasida o‗ziga xos
energetika diplomatiyasini yo‗lga qo‗yishni, milliy energetika
kompaniyalarining manfaatlarini xalqaro maydonda faol qo‗llab-
quvvatlash zarurligini ko‗rsatmoqda.
Markaziy Osiyoning energetika balansida O‗zbekistonning
mavqYIni mustahkamlash, suvni iste‘mol qilishning resurs
samaradorligi modeliga
o‗tish
va
umuman
iqtisodiyotning energiya
jihatidan samaradorligini
oshirish, xususan:
kichik derivatsion
GESlar va yordamchi
infratuzilmani qurish;
quyosh,
shamol
yoki
biochiqindilar
singari
energiyaning
tiklanadigan
manbalaridan
generatsiyalashtiruvchi
issiqlik
yoki
elektr
stansiyalari qurish;
elektr energiyasiga ichki talab qondiriladigan Markaziy
Osiyoda suv-energetika konsorsiumi yaratish ishlari;
Atom energetikasida loyihalarni rivojlantirish (Rossiya,
Fransiya va Xitoy bilan birgalikda);
energiyani sanoat yo‗li bilan saqlash tizimini ishlab
chiqish;
406
elektr
generatsiyasini
markazlashtirishdan
chiqarish
tizimini joriy etish (Smart Grid);
qo‗shilgan qiymat ulushi yuqori bo‗lgan samarali va
barqaror energetika tizimini yaratish;
energiyaning tiklanadigan manbalari va atom energetika
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
asbob-uskunalar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishining
salmoqli darajasi va energiyaning tiklanadigan manbalarini
texnologik rivojlantirish.
O‗zbekistonning elektroenergetika tarmog‗ida xalqaro
kompaniyalar paydo bo‗ladi.
Energetika
xavfsizligi
borasida
ichki
xavf-xatarlar
quyidagilarning mavjudligi bilan bog‗liqdir:
1)
yoqilg‗i-energetika majmuasi asosiy fondlari eskirish
darajasining yuqoriligi ( elektroenergetika va gaz sanoatida
eskirish 60%, neftni qayta ishlash sanoatida 80 %ni tashkil etadi);
2)
yoqilg‗i-energetika
majmuasini
rivojlantirishga
yo‗naltirilayotgan investitsiyalar salmog‗ining pastligi;
3)
mamlakat iqtisodiyoti va energetikasining tabiiy gazga
haddan ziyod bog‗liqligi, yoqilg‗i-energetika resurslarining ichki
iste‘moli tarkibida tabiiy gazning ulushi qariyb 53 %ni tashkil
etadi;
4)
mamlakat yoqilg‗i-energetika majmuasi ishlab chiqarish
salohiyatining bu borada jahonda erishilgan daraja va ekologik
standartlarga to‗g‗ri kelmasligi;
5)
Orolbo‗yi hududida energetika infratuzilmasining sust
rivojlanganligi.
Milliy darajada energetika xavfsizligini ta‘minlash uchun,
eng avvalo, ikkita dolzarb muammoni hal etish lozim.
Birinchidan, yoqilg‗i-energetika majmuining ko‗p jihatdan
407
eskirgan texnologik bazasini modernizatsiya qilish va energiya
resurslar ishlab chiqarish hajmining barqarorligiga erishish
maqsadida resurs bazasining takror ishlab chiqarilishini ta‘minlash
zarur. Joriy o‗n yillikda investitsiyalarning cheklanganligi bois
(faqat neft tarmog‗idan tashqari) birinchi navbatda, mavjud ishlab
chiqarish quvvatlari (ularning xizmat muddatlarini uzaytirish
imkoniyatlarini inobatga olgan holda) texnologik jihatdan
modernizatsiya qilinadi, keyinchalik esa ilg‗or mahalliy va
bizning sharoitlarga mos keluvchi xorijiy texnologiyalardan
foydalanilgan holda ular tubdan rekonstruksiya qilinadi va yangi
quvvatlar barpo etiladi.
Ikkinchidan, yoqilg‗i-energetika resurslarining iste‘moli
tarkibi va ularni ishlab chiqarishni joylashtirishni tubdan qayta
ko‗rib chiqish talab etiladi. Atom va gidro energetika, ko‗mir
iste‘molini ko‗paytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
keng foydalanishga o‗tish, yangi uglevodorod zaxiralarini izlab
topish va ularni o‗zlashtirish ko‗zda tutilgan. Mamlakat va
hududiy darajada amalga oshiriluvchi davlat energetika siyosati
maqsad va usullarining yaxlitligini ta‘minlash energetika
xavfsizligiga erishish va yoqilg‗i-energetika majmuini barqaror
rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Ijro hokimiyati organlari yoqilg‗i-energetika majmuasining
samarali faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlash va yoqilg‗i-energetika
sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida me‘yoriy-
huquqiy bazani ishlab chiqadilar; Respublika energetika tizimi
atom energetikasi faoliyatini direktiv tartibda muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladilar; energetika obyektlari va inshootlarining samarali
va xavfsiz ishlashi borasida standartlar, xavfsizlik me‘yorlari va
texnik shartlarni belgilaydilar va ularga rivoya etilishi ustidan
davlat nazoratini o‗rnatadilar; foydali qazilma konlari va yoqilg‗i-
408
energetika majmui subyektlari faoliyatini litsenziyalaydilar;
qonunchilik hujjatlari asosida va shuningdek, kompaniyalar va
aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog‗ozlariga egalik qilish
orqali tabiiy monopoliyalarning faoliyatini tartibga soladilar.
Xomashyo va resurslarning yetarli ekanligi milliy iqtisodiyot
va aholining energiya resurslari bilan uzluksiz ta‘minlash
imkoniyatlari bilan belgilansa, mavjud narxlar sharoitida
ta‘minotning rentabelligiga erisha olish-iqtisodiy jihatdan
hammaboplikni ifoda etadi. Ekologik va texnologik jihatdan yo‗l
qo‗yish mumkin bo‗lgan chegara esa, energetika obyektlarining
xavfsiz faoliyat ko‗rsatishini belgilab beruvchi texnik va ekologik
cheklovlar doirasida energiya resurslarini qazib olish, ishlab
chiqarish va iste‘mol qilish imkoniyatlarini anglatadi.
2030-yilgacha
bo‗lgan
O‗zbekistonning
energetika
strategiyasini amalga oshirish natijasida energetika xavfsizligi
to‗laligicha ta‘minlandi. Shu bilan birgalikda mamlakat energetika
tizimidagi mavjud muammolarning o‗ziga xos aksi bo‗lgan ayrim
hududlardagi energetika xavfsizligini ta‘minlash borasidagi lokal
tavsifdagi qisqa muddatli buzilishlar bartaraf etiladi.
Energetik xavfsizlik holatini monitoring qilish.
2030-
yilgacha
mo‗ljallangan
energetik
strategiyasida
energetik
xavfsizlikni ta‘minlash borasida quyidagi indikatorlar zarurligi
ko‗zda tutilgan:
energetika xavfsizligi;
iqtisodiyotning energetik samardorligi;
energetikaning iqtisodiy va byudjet samaradorligi;
energetikaning ekologik xavfsizligi.
2030-yilgacha bo‗lgan energetik strategiyada O‗zbekiston
iqtisodiyoti
va
mamlakat
yoqilg‗i-energetika
majmuini
rivojlantirishning bir nechta bosqichlari ajratib ko‗rsatilgan.
409
Birinchi bosqich inqirozdan chiqish va yangi iqtisodiy
taraqqiyot uchun yangi iqtisodiy asos yaratish bosqichi
hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich innovatsion taraqqiyot va yangi
iqtisodiyotning infratuzilmasini shakllantirish bosqichi sanaladi.
Birinchi bosqichda asosiy ishlab chiqarish fondlarini
modernizatsiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar va
amaliyotga joriy qilingan bir qator me‘yoriy-huquqiy hamda
institutsional o‗zgarishlar natijasi sifatida yoqilg‗i-energetika
majmui va butun iqtisodiyot tarmoq sohalarida energiya
samaradorlikni yalpi tarzda oshirish ikkinchi bosqichning muhim
vazifasi hisobalanadi.
Uchinchi
bosqich
innovatsion
iqtisodiyotni
rivojlantirish
bosqichidir.
An‘anaviy
energiya
resurslaridan
yanada
samarali foydalanish bilan
bir qatorda yangi energiya
manbalarini izlab topish va
ularni olish texnologiyasini takomillashtirishga tayangan holda,
yuksak texnologik imkoniyatlar darajasiga ega bo‗lgan kelajak
energetikasiga bosqichma-bosqich o‗tish mazkur bosqichning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Ushbu bosqich 2030-yilga qadar
amalga oshiriladi.
2030-yilga borib iqtisodiyotda elektr energiyasining
prognozlashtiriladigan iste‘moli 1,8 baravar, tabiiy gaz - 1,7
baravar, yoqilg‗i-moylash materiallari iste‘moli - 2,1 baravar
ko‗payadi.
Konsepsiya
doirasida
2030-yilgacha
elektr
energiyasi ishlab chiqarishni 117,2 mlrd kVt
soatgacha
410
ko‗paytirish
(2020-yilga taqqoslaganda o‗sish 1,9 baravar), shu
jumladan, muqobil yoqilg‗ilar va energiya manbalari hisobiga
30 foizgacha ko‗paytirish nazarda tutiladi, elektr energiyasi
tannarxi 6 foizga, tabiiy gaz tannarxi 30 foizga pasayadi.
Quyidagilar 2030-yilgacha tarmoqni rivojlantirishning
asosiy yo‗nalishlari hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |