417
XIV BOB. EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH -
IQTISODIY RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI
14.1-§. O‗zbekistonda ekologik vaziyat va xavf-xatarlar
O‗zbekiston Respublikasidagi
ekologik vaziyat uning
geografik
joylashuvi
hamda
iqlim
sharoitiga
bog‗liqdir.
O‗zbekiston Amudaryo va Sirdaryo daryolarining oralig‗ida,
Yevroosiyo qit‘asining markaziy qismida, yarim sharning
subtropik hududida joylashgan. O‗zbekiston
uchta asosiy iqlim
zonalari – cho‗llar va quruq dashtlar, tog‗ yonbag‗irlari va
tog‗larga bo‗linadi. Cho‗l va quruq dasht hududlarining deyarli
barchasi, shu jumladan, Qizilqum sahrosi, Ustyurt platosi, Qarshi
va Dalvarzin cho‗llari dengiz sathidan 400
metr balandlikda va
undan pastda yotadi.
Sobiq sho‗ro hokimiyati davrida tabiat qonunlariga zid
ravishda respublikamiz iqlim sharoitlari hisobga olinmay
iqtisodiyotning
bir tomonlama, xomashyo, oraliq mahsulot ishlab
chiqarishga
yo‗naltirilganligi,
xalq
xo‗jaligida
paxta
yakkahokimligi, suv va o‗rmon resurslaridan xo‗jasizlarcha
foydalanish cho‗l
maydonlarining kengayishi, tuproq qatlamining
sho‗rlanishi, ekologiyaning buzilishiga olib keldi.
O‗zbekiston
Respublikasining
ekologik
vaziyati
quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: