See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   224
30 06 2022 . (1)

Birinchidan:
yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi 
pastligi bilan bog‗liq xavf to‗xtovsiz ortib bormoqda. Bu xavf 
yerlarning odamlarning munosabati tufayli, ilgari nurashga qarshi 
chora-tadbirlar yaxshi olib borilmaganligi, shamol va suv ta‘sirida 
yemirilishning tuproq unumdorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, 
tuproq nurashi, sho‗rlanishi, yer ustki va yer osti suvlari sathi 
pasayishida namoyon bo‗lmoqda. 


418 
Ikkinchidan
, suv zaxiralarning, shu jumladan, yer usti va yer 
osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi jiddiy 
ekologik xavfdir.
Uchinchidan
, Orol dengizining qurib borish xavfi kuchli 
ekologik xavf-xatar, tahdiddir. Bugun Orolbo‗yida nafaqat 
ekologik, balki dunyo miqyosida og‗ir oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo‗lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik 
muammolar paydo bo‗ldi. Shu munosabat bilan O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 
murojaatnomasida ―Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million 
gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‗ldi. Har yili 
100 million tonna qum va tuz 
havoga ko‗tarilmoqda. Bu esa 
Orol halokati global muammo 
ekanini 
yana 
bir 
bor 
isbotlamoqda‖
1
,-deb 
ta‘kidlagan.
To‗rtinchidan

havo 
bo‗shlig‗ining ifloslanishi ham 
respublikada 
ekologik 
xavfsizlikka 
solinayotgan 
tahdiddir. 
Mutaxassislarning 
ma‘lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera 
havosiga 4 million tonnaga yaqin zarralar qo‗shilmoqda.
Ekologik xavf-xatar va tahdidning kuchayishi ekologik 
xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini shakllantirish va rivojlantirib 
borishni taqozo etadi. Ekologik vaziyatni baholash uchun Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi institutlari (NIPTI ―Atmosfera‖ 
va NPXS ―Suv xo‗jaligi ekologiyasi‖) tomonidan O‗zbekiston 
Respublikasi hududini ekologik hududlashtirish metodologiyasi 
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 
2018-yil 28-dekabr.// Xalq so‗zi, 2018-yil 29-dekabr. 


419 
ishlab chiqilib, amalga oshirilgan. Hududlashtirish respublikaning 
ma‘muriy-hududiy taqsimotiga asoslangan; rayonlashtiriladigan 
eng kichik hududiy birlik (takson) sifatida ma‘muriy tuman, 
respublika yoki viloyatga bo‗ysunuvchi shahar qabul qilingan. Har 
bir taksonning ekologik vaziyati 18 ta ekologik indikator (mezon) 
bo‗yicha baholangan, ular hududlarning ekologik tanglik darajasi 
(ruxsat berilgan, kritik, favqulodda, ekologik falokat) bo‗yicha 
an‘anaviy taqsimoti bilan bir qatorda, balli baholarga ham ega 
bo‗lib, o‗rtacha solishtirma balli bahoni hisobga olgan holda xavfli 
va o‗ta xavfli toifalarga bo‗linadi. 
Hududni ekologik tanglik darajasiga ko‗ra rayonlashtirish 
(viloyatlar bo‗yicha) quyidagicha amalga oshiriladi: 400 va undan 
yuqori ball - favqulodda tang, 205-400 - kuchli tanglik, 150-250 - 
o‗rtacha tanglik, 120-150 -sust tanglik va 120 ball normal (tanglik 
yo‗q). 
Ekologik jihatdan eng og‗ir ahvolda turgan hudud 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bo‗lib, bu yerdagi ekologik vaziyat 
favqulodda tang bo‗lgan holda ahvol yanada og‗irlashmoqda. 
Xorazm, Farg‗ona va Navoiy viloyatlarida ekologik vaziyat 
kuchli tanglik darajasida. Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi 
ekologik vaziyatni o‗rtacha tanglikda deb tavsiflash mumkin. 
Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo va Andijon viloyatlaridagi 
vaziyatni sust tanglikda, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo 
viloyatlari va Toshkent shahridagi ahvol esa me‘yoriy 
sharoitdadir. 
Ta‘kidlab o‗tish joizki, hududlarni ekologik tanglik darajasi 
bo‗yicha 
yuqoridagidek 
saralashda 
nisbatan 
―me‘yoriy‖ 
viloyatlarda ham favqulodda og‗ir holatlar kuzatilayotgan 
―qaynoq nuqtalar‖ bo‗lishi mumkin. Masalan, Surxondaryo 
viloyatidagi Termiz va Muzrabod tumanlari, Buxoro viloyatidagi 


420 
G‗ijduvon, Toshkent viloyatidagi Yangiyo‗l shaharlari favqulodda 
ekologik vaziyat zonasiga kiradi. 
Rayonlashtirish natijalaridan ekologik ofat hududlarida 
yashovchi aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan qonunchilikni 
ishlab chiqish shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishning 
hamda O‗zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini 
ekologik ta‘minlashning Milliy va hududiy rejalarini ishlab 
chiqishda foydalanish mumkin. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin