See discussions, stats, and author profiles for this publication at


asosiy  vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
asosiy 
vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni
 
qidirib 
topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi. Tekshirishlar shuni 
ko‗rsatadiki, tarmoqdagi eng
 
katta xavflar — bu ruxsatsiz kirishga 
mo‗ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning 
ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo‗lib, ular kompyuter 
tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta xavf tug‗diradi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash masalasi mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlashning 
muhim qismidir. Quyidagilar O‗zbekiston Respublikasining 
axborot xavfsizligiga tahdid sifatida qaraladi: 

fuqarolarning ma‘naviy turmushiga, axborot sohasidagi 
konstitutsion huquq va erkinliklariga, individual, jamoaviy, 


444 
ijtimoiy ongga hamda O‗zbekistonning ma‘naviy tiklanishiga 
tahdidlar; 

O‗zbekiston Respublikasining axborot ta‘minotiga oid 
davlat siyosatiga tahdidlar; 

respublika axborot sanoati, jumladan, axborotlashtirish, 
telekommunikatsiya va aloqa vositalari sanoatining rivojlanishi, 
ichki bozorning ushbu mahsulotlarga bo‗lgan talabining 
qondirilishi hamda ularning jahon bozoriga chiqishi, shuningdek, 
respublikada axborot resurslarining to‗planishi, saqlanishi va 
ulardan samarali foydalanilishiga bo‗lgan tahdidlar; 

O‗zbekiston Respublikasi hududida yaratilgan axborot-
telekommunikatsiya 
vosita 
va 
tizimlarining xavfsizligiga tahdidlar. 
Axborotni 
himoyalashning 
maqsadlari quyidagilardan iborat: 

axborotning 
kelishuvsiz 
chiqib 
ketishi, 
o‗g‗irlanishi, 
yo‗qotilishi, 
o‗zgartirilishi, 
soxtalashtirilishlarning oldini olish; 

shaxs, 
jamiyat, 
davlat 
xavfsizligiga bo‗lgan xavf-xatarning oldini olish; 

axborotni nusxa ko‗chirish, to‗siqlash bo‗yicha ruxsat 
etilmagan
 
harakatlarning oldini olish; 

hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy 
tartibini ta‘minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har 
qanday noqonuniy aralashuvlarning ko‗rinishlarining oldini olish; 

axborot tizimida mavjud bo‗lgan shaxsiy ma‘lumotlarning 
shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning 
konstitutsion huquqlarini himoyalash; 


445 

davlat 
sirini, 
qonunchilikka 
mos 
hujjatlashtirilgan 
axborotning konfidensialligini saqlash; 

axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlovchi 
vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‗llashda subyektlarning 
huquqlarini ta‘minlash. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlashning umumiy usullari huquqiy, tashkiliy-texnik va 
iqtisodiy guruhga bo‗linadi. 
Respublika axborot xavfsizligini ta‘minlashning huquqiy 
usullari jumlasiga axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga 
soladigan normativ huquqiy hujjatlarni hamda O‗zbekiston 
Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash masalalariga 
doir normativ metodik hujjatlarni ishlab chiqishni kiritish 
mumkin. 
Ushbu faoliyatning muhim yo‗nalishlari quyidagilardir: 

O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash tizimini yaratish va takomillashtirish, respublika 
qonunchiligidagi ichki ziddiyatlarni, O‗zbekiston Respublikasi 
qo‗shilgan xalqaro bitimlar bilan bog‗liq ziddiyatlarni bartaraf 
etish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladigan respublika qonun hujjatlariga 
qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritish; 

O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash faoliyatida jamoat uyushmalari, tashkilotlar va 
fuqarolarning ishtirok etish mexanizmlari hamda maqsad-
vazifalarini belgilash; 

axborotdan noqonuniy nusxa ko‗chirganlik, buzganlik va 
noqonuniy 
foydalanganlik, 
noto‗g‗ri 
axborotni 
qasddan 
tarqatganlik, maxfiy axborotni noqonuniy oshkor etganlik, xizmat 
axboroti yoki tijorat siri bo‗lgan axborotdan jinoiy va g‗arazli 


446 
maqsadlarda 
foydalanganlik 
uchun 
jismoniy 
va 
yuridik 
shaxslarning 
javobgarligini 
belgilaydigan 
O‗zbekiston 
Respublikasining normativ huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish va 
qabul qilish; 

chet el axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari va 
jurnalistlarning, shuningdek, O‗zbekiston axborot infratuzilmasini 
rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinganida 
investorlarning maqomini aniqlashtirish; 

milliy aloqa tarmoqlarini rivojlantirish hamda kosmik aloqa 
yo‗ldoshlarini respublikada ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishning 
ustuvorligini qonunan belgilab qo‗yish; 

O‗zbekiston Respublikasi hududida dunyo miqyosidagi 
axborot 
va 
telekommunikatsiya 
tizimlari 
xizmatlarini 
ko‗rsatadigan tashkilotlarning maqomini belgilash hamda ularning 
faoliyatini huquqiy tartibga solish; 

O‗zbekiston 
Respublikasida 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash mintaqaviy tuzilmalarini tashkil etish uchun huquqiy 
asosni yaratish. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlashning tashkiliy-texnik usullari quyidagilardir: 

O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash tizimini yaratish va takomillashtirish; 

O‗zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarining 
axborot sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish va ularga 
chek qo‗yish, bu sohada jinoyat va boshqa qonunbuzarliklar sodir 
etgan shaxslarni fosh qilish, javobgarlikka tortishga qaratilgan 
faoliyatini kuchaytirish; 

axborotni himoya qilish vositalari hamda vositalarning 
samarali ishlashini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish, qo‗llash 
va 
takomillashtirish, 
himoyalangan 
telekommunikatsiya 


447 
tizimlarini 
rivojlantirish, 
maxsus 
dasturiy 
vositalarning 
ishonchlilik darajasini oshirish; 

qayta ishlanayotgan axborotning buzilishi va yo‗q bo‗lishi, 
shuningdek, axborotlashtirish va aloqa, tizim va vositalarining 
belgilangan ish tartibining o‗zgarishiga olib keladigan maxsus 
ta‘sirlarning oldini olish tizimi hamda vositalarini yaratish; 

axborot va telekommunikatsiya tizimlarining bir maromda 
ishlashiga xavf soladigan texnik moslama va dasturlarni aniqlash, 
texnik kanallarda axborotning noqonuniy o‗zlashtirilishiga yo‗l 
qo‗ymaslik, axborotni saqlash, qayta ishlash va aloqa kanallari 
orqali uzatishda kriptografik himoya vositalaridan foydalanish, 
axborotni himoyalash borasidagi maxsus talablarning bajarilishini 
nazorat qilish; 

axborotni himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirish, 
davlat sirini himoya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, 
axborotni himoya qilish usullari va vositalarini standartlashtirish; 

telekommunikatsiya uskunalari va avtomatlashtirilgan 
axborotga ishlov berish tizimlarining dasturiy vositalarini 
sertifikatlashtirish tizimini axborot xavfsizligi talablariga ko‗ra 
takomillashtirish; 

himoyalangan 
axborot 
tizimlarida 
ishlaydigan 
xodimlarning harakatlarini nazorat qilish, axborot xavfsizligini 
ta‘minlash sohasiga kadrlarni tayyorlash; 

jamiyat, davlat hayoti va faoliyatining eng muhim 
sohalarida O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi 
ko‗rsatkichlari va xususiyatlari monitoring tizimini shakllantirish. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlashning iqtisodiy usullariga axborot xavfsizligini 
ta‘minlash dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni moddiy 
ta‘minlash tartibini belgilash; axborotni himoya qilishning 


448 
huquqiy va tashkiliy-texnik usullarini amalga oshirish bilan 
bog‗liq ishlarni moddiy ta‘minlash tizimini takomillashtirish; 
jismoniy va yuridik shaxslarning axborot bilan bog‗liq tavakkal 
harakatlarini sug‗urta qilish tizimini yaratish kiradi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlash borasidagi davlat siyosati quyidagi to‗rt tamoyil 
asosiga qurilgan: 

axborot xavfsizligini ta‘minlash borasidagi faoliyatni 
amalga oshirishda Konstitutsiya, qonun hujjatlari hamda xalqaro 
huquqning umume‘tirof etilgan tamoyil va normalariga amal 
qilish; 

davlat hokimiyati organlari va jamoat uyushmalarining 
funksiyalarini amalga oshirishda oshkoralikni ta‘minlash; 

axborot sohasidagi o‗zaro hamkorlik jarayonlari barcha 
ishtirokchilarining, qanday siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy maqomga 
ega bo‗lishidan qat‘i nazar, fuqarolarning axborotni qonuniy 
tarzda erkin qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish va tarqatish 
borasidagi konstitutsion huquqiga asoslangan huquqiy tengligini 
ta‘minlash; 

respublikada zamonaviy axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalarini jadal rivojlantirish, milliy telekommunikatsiya 
tarmoqlarini takomillashtirish va ularni dunyo miqyosidagi 
axborot tizimlariga ulash imkonini beradigan texnik va dasturiy 
vositalarni ishlab chiqarish. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin