See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   224
30 06 2022 . (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
―Atrof tabiiy muhit‖ va ―ekologiya‖ tushunchalarining 
mazmuni, farqli hamda o‗xshash tomonlari nimalarda ifodalanadi? 


436 
2.
Ekologik muammolarning umumiy kelib chiqish 
sabablari nimalardan iborat? 
3.
Davlatning ekologik siyosatining maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 
4.
Davlatning ekologik vaziyatni tartiblashning iqtisodiy 
mexanizmini tushuntirib bering.
5.
O‗zbekistondagi ekologik vaziyatni tavsiflab bering. 
6.
O‗zbekistondagi ekologik muammolar nimalardan 
iborat? 
7.
Orol fojiasining vujudga kelib chiqish sabablari 
nimalardan iborat? 
8.
Orol bo‗yida vujudga kelgan ekologik vaziyatni 
tavsiflab bering? 
9.
O‗zbekistonda ekologik muammolarni hal qilish uchun 
nimalar amalga oshirilgan? 
10.
O‗zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash, ekologik 
xavfsizlikni ta‘minlash uchun nima qilish kerak? 
11.
Ekologik nazorat nima uchun kerak? 


437 
XV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING 
O‗ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
15.1-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mohiyati va uning 
xususiyatlari 
Bugun tez sur‘atlar bilan o‗zgarib borayotgan va o‗tgan 
davrlarga nisbatan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda 
o‗ta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu tezkor 
davrni «ommaviy axborotlashuv» yoxud «globallashuv asri» deb 
atashmoqda. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz 
bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar 
topmoqda. Bu esa shubhasiz matbuot va ommaviy axborot 
vositalarining o‗rni va roli nechog‗li oshib borayotganidan dalolat 
beradi. Shu jihatdan aytganda, har qanday matbuot jamiyatda yuz 
berayotgan voqea hodisalar, o‗zgarishlar, yangilanishlarni 
to‗laligicha, xolis va haqqoniy aks ettirmog‗i kerak.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‘lum. 
Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil 
usullar qo‗llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni 
xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‗qiy olmagan. 
Asrlar davomida bu san‘at – sirli yozuv jamiyatning yuqori 
tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka 
missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‗n yil oldin 
hamma narsa tubdan o‗zgardi, ya‘ni axborot o‗z qiymatiga ega 
bo‗ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda 
ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib 
oladilar. Bulardan tashqari, uni o‗g‗irlaydilar, buzib talqin etadilar 
va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash 
zaruriyati tug‗iladi. 


438 
Bugungi globallashuv jarayoni kimki axborotga egalik qilsa, 
o‗sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan fikr bejizga 
aytilmaganligini tasdiqladi. Darhaqiqat, hozir dunyoning bir 
qancha davlatlarida yadro quroli ishlab chiqarish bo‗yicha 
harakatlar davom etayotgan bo‗lsa, bir qator mamlakatlarda esa 
axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda. 
Ayniqsa, ma‘naviy tahdid va yoshlar ongini egallashga qaratilgan 
axborot xurujlari kun sayin avj olmoqda. Ba‘zi bir g‗arazli kuchlar 
tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib 
kelinmoqda. Axborot xurujlarining yolg‗on axborot tarqatish, 
ijtimoiy ongni manipulatsiya qilish, milliy-ma‘naviy qadriyatlarni 
yemirish, 
mentalitetga 
mutlaqo 
yot 
bo‗lgan 
qadriyatlarni targ‗ib etish, 
xalqning tarixiy xotirasini 
buzish 
va 
o‗zgartirish, 
kiberterrorizm kabi turlari 
keng 
tarqalmoqda. 
Ta‘kidlash 
joizki, 
globallashuv jarayoni avj 
olgani sari odamlarning axborot olish, tarqatish va qabul qilishga 
bo‗lgan talab va ehtiyojlari tobora ortib bormoqda. 
XXI asr – axborotlashgan jamiyat asridir. Axborotlashgan 
jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‗p qismi 
axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‗lgan bilimlarni ishlab 
chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‗lgan 
jamiyatga aytiladi. Axborotlashgan jamiyatning asosiy belgilari 
quyidagilardan iborat: 


439 

jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi va 
ularning kishilar faoliyati turli sohalari rivojlanishiga ta‘sirining 
kuchayishi; 

axborot yig‗ish, qayta ishlash, saqlash uzatish va unga 
kirish huquqiga ega bo‗lish imkoniyatining sezilarli darajada 
ortishi; 

jamiyatda markazlashmagan jarayonlarning chuqurlashuvi; 

axborot industriyasida band bo‗lganlar sonining ortishi 
hisobiga bandlikning zamonaviy shakllariga o‗tish va yangi 
mehnat resurslarini shakllantirish; 

kishilarning samarali axborot almashinuvi, ularning jahon 
axborot 
resurslariga 
kirishlarini 
ta‘minlovchi, 
axborot 
mahsulotlari va xizmatlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiradigan 
global axborotlashgan maydonni yaratishdir. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari 
va kafolatlari to‗g‗risida‖gi Qonuniga muvofiq, axborot 
xavfsizligi deganda axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining himoyalanishi tushuniladi. Axborot xavfsizligi 
masalasi huquq va manfaatlari himoya qilinishi lozim bo‗lgan 
subyektlarga ham, bunday himoyani ta‘minlaydigan subyektlarga 
ham birday taalluqlidir. 
Bular jumlasiga, axborot ishlab chiqaradigan va iste‘mol 
qiladigan davlat hokimiyati, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish 
organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar; axborot tizimlari, 
texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini ishlab chiqadigan, 
qo‗llaydigan davlat hokimiyati hamda mahalliy o‗zini o‗zi 
boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, axborot 
resurslarini yuzaga keltiradigan va ulardan iste‘molchilarga 
axborot taqdim etadigan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, 


440 
axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan davlat tuzilmalari va 
mansabdor shaxslar kiradi. 
Axborotni yaratish (ishlab chiqarish) sohasida, birinchi 
navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: intellektual mulk 
obyekti bo‗lgan axborot; intellektual va buyum ko‗rinishidagi 
mulk obyekti bo‗lgan axborot. Axborot tizimlari, texnologiyalari 
va ularni ta‘minlash vositalarining yaratilish hamda qo‗llanish 
sohasida, avvalo, axborot xavfsizligi borasida tug‗iladigan 
talablardan kelib chiqib, barcha texnik, tashkiliy, huquqiy va 
dasturiy himoya vositalari ishlab chiqilishi lozim. Bunda, birinchi 
navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: axborotli, masalan, 
elektron raqamli imzo vositalari mashina yetkazuvchilari; 
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning tarmoqlari 
tarkibidagi ma‘lumot (bilim) bazalari; EHM va ularning 
tarmoqlari tarkibidagi dasturiy vositalar. 
O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi davlatning 
doimiy 
diqqat-e‘tiborida. 
Axborot 
xavfsizligini 
huquqiy 
ta‘minlash bo‗yicha milliy huquqiy normativ asosni rivojlantirish 
va takomillashtirish to‗g‗risida farmon, qaror hamda qonunlar 
qabul 
qilingan. 
Ushbu 
huquqiy 
hujjatlar 
O‗zbekiston 
Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadlari, 
vazifalari, tamoyillari va asosiy yo‗nalishlarini o‗zida mujassam 
etgan. Bu O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini 
ta‘minlashda davlat siyosatini shakllantirish, axborot xavfsizligini 
huquqiy, 
metodik, 
ilmiy-texnik 
va 
tashkiliy 
jihatdan 
takomillashtirish 
bo‗yicha 
takliflar 
tayyorlash, 
axborot 
xavfsizligining maqsadli dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy 
asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Respublikamizning milliy xavfsizligi axborot xavfsizligining 
ta‘minlanishiga bog‗liq bo‗lib, texnik taraqqiyotning o‗sishi bilan 


441 
bog‗liqlik 
yanada 
ortib 
boradi. Shaxsning axborot 
sohasidagi 
manfaatlari 
fuqaroning axborotga ega 
bo‗lishi, 
qonunan 
taqiqlanmagan 
faoliyatni 
amalga oshirishda, jismoniy, 
ma‘naviy va intellektual 
rivojlanishda 
axborotdan 
foydalanish 
borasidagi 
konstitutsion 
huquqlarini 
amalga 
oshirishdan, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlash tartibida 
axborotni himoya qilishdan iboratdir. 
Jamiyatning axborot sohasidagi manfaatlari shaxsning 
mazkur sohadagi manfaatlarini ta‘minlashdan, demokratiyani 
mustahkamlash, huquqiy davlatni barpo etish, O‗zbekistonda 
kechayotgan yangilanish jarayonlarida hamjihatlikka erishish va 
uni qo‗llab-quvvatlashdan iboratdir. 
Davlatning axborot sohasidagi manfaatlari O‗zbekistonda 
axborot infratuzilmasining uyg‗un rivojlanishi, fuqarolarning 
O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi, mustaqilligi va 
hududiy yaxlitligining daxlsizligini ta‘minlash maqsadida axborot 
olish va undan foydalanish borasidagi konstitutsion huquq hamda 
erkinliklarini 
amalga 
oshirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish, 
qonuniylikni, 
huquqiy 
tartibni 
ta‘minlash, teng huquqli xalqaro 
hamkorlikni 
rivojlantirishdan 
iboratdir.
 
Axborotni himoya qilish 
deganda quyidagilar tushuniladi: 

axborotning 
butunligini 


442 
ta‘minlash, shu bilan birga, axborot elementlarining buzilishi yoki 
yo‗q qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik; 

axborotning 
butunligini 
saqlab 
qolgan 
holda, 
uni 
elementlarini qalbakilashtirishga (o‗zgartirishga) yo‗l qo‗ymaslik; 

axborotni tegishli huquqlarga ega bo‗lmagan shaxslar yoki 
jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‗l 
qo‗ymaslik; 

egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va 
resurslar faqat tomonlar o‗rtasida kelishilgan shartnomalar asosida 
qo‗llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin