15.2-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi
Axborot xavfsizligini ta‘minlash muntazam va majmuali
tavsifga ega ko‗p qirrali faoliyatni amalga oshirishni ko‗zda tutadi.
Uni amalga oshirishda axborot xavfsizligidan manfaatdor taraflar
oldiga qo‗yiladigan vazifalarga alohida e‘tibor berish zarur. Ushbu
449
turli-tuman
vazifalarni
bir
necha
quyidagi
asosiy
guruhlarga ajratish mumkin:
1)
axborotdan
foydalanishni ta‘minlash, ya‘ni
maqbul
vaqt
mobaynida
axborot xizmatini olish hamda
axborotni olishda ruxsatsiz
taqiqlashni bartaraf etish;
2)
axborot yaxlitliligini ta‘minlash,
ya‘ni axborotning
ruxsatsiz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini bartaraf etish;
3)
axborot konfidensialligini ta‘minlash,
ya‘ni axborotdan
ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.
Axborot xavfsizligining huquqiy, texnik, moliyaviy, tashkiliy
va boshqa resursli ta‘minoti bilan farqlanuvchi axborot xavfsizligi
subyektlarining quyidagi to‗rtta kategoriyaga bo‗linadi:
butun bir davlat;
davlat tashkilotlari;
tijorat tuzilmalari;
alohida fuqarolar.
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini ta‘minlashdagi
asosiy vazifalar qamrab olgan quyidagi keng spektrli masalalarni
ko‗rib chiqish lozim:
konfidensiallik;
yaxlitlik;
identifikatsiya;
autentifikatsiya;
vakolat berish;
foydalanishni nazoratlash;
mulklik huquqi;
450
sertifikatsiya;
imzo;
voz kechmaslik;
sanasini yozish;
olganligi haqida tilxat berish;
bekor qilish;
anonimlik.
Axborotning konfidensialligi – himoyaning eng kerakli
vazifalaridan biri. Har bir insonda yoki tashkilotda shunday
hujjatlar borki, ularning jamoa mulkiga aylanmasligi ta‘minlanishi
shart. Bunday hujjatlarni saqlashda qog‗oz, fotoplyonka ishlatilsa,
konfidensiallik ma‘muriy usullar yordamida amalga oshiriladi.
Axborot kompyuterda ishlanib, ochiq aloqa kanali orqali
uzatilsa, ma‘muriy usullar ojizlik qiladi va yordamga axborot
xavfsizligini
ta‘minlash usullari keladi. Konfidensiallikni
ta‘minlash masalasiga binoan ma‘lumotlar shunday ko‗rinishda
uzatiladiki, hatto niyati buzuq eltuvchidan yoki uzatish muhitidan
foydalana olganida ham himoyalangan ma‘lumotlarni ololmaydi.
Axborotning yaxlitligi. Ma‘lumotlar, ishlanishi va aloqa
kanali bo‗yicha uzatilishi jarayonida, tasodifan yoki atayin
buzilishi mumkin. Axborot eltuvchida saqlanadigan joyidayoq
buzilishi
mumkin.
Yaxlitlikni
ta‘minlashga
(yaxlitlikni
nazoratlashga)
binoan
ma‘lumotlar
saqlanishi
va
uzatilishi
jarayonida
modifikatsiyalanmaganligini
tasdiqlash yoki ma‘lumotlar
buzilganligini aniqlash talab
etiladi. Boshqacha aytganda,
ma‘lumotlarning har qanday
451
o‗zgarishi sezilmasdan qolmasligi zarur.
Identifikatsiya foydalanuvchini qandaydir noyob identifikator
bilan aynanligini tasdiqlash uchun kerak. Undan so‗ng
identifikatorga yuklangan barcha harakatlarga ushbu identifikator
biriktirilgan foydalanuvchi javobgar hisoblanadi.
Autentifikatsiya identifikatsiyaga zaruriy qo‗shimcha bo‗lib,
u identifikatorni taqdim etgan foydalanuvchining haqiqiyligini
(autentligini) tasdiqlashga mo‗ljallangan. Anonim bo‗lmagan
foydalanuvchi autentifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‗tgandagina
ishlash imkoniyatiga ega bo‗lishi shart.
Vakolat
berishga
binoan
birorta
ham
foydalanuvchi
autentifikatsiyadan
muvaffaqiyatli
o‗tmagunicha tizimdan
foydalanmasligi
va
birorta
ham
foydalanuvchi, agar u
maxsus ruxsatnoma bilan
vakolatga ega bo‗lmasa,
resurslardan foydalanmasligi kerak.
Foydalanishni nazoratlash kompleks tushuncha hisoblanadi
va resurslardan foydalanishni cheklashga mo‗ljallangan usullar va
vositalarni anglatadi.
Mulkchilik huquqi – foydalanuvchiga qandaydir resurslardan
foydalanishga qonuniy huquqni va u istasa, ushbu resursni boshqa
foydalanuvchiga
o‗tkazish
imkoniyatini
taqdim
etishga
mo‗ljallangan. Mulklik huquqi, odatda, foydalanishni nazoratlash
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
452
Sertifikatsiya – foydalanuvchi ishonadigan taraf tomonidan
qandaydir faktni tasdiqlash jarayoni. Ko‗pincha sertifikatsiya
ochiq kalitning muayyan foydalanuvchiga yoki shirkatga tegishli
ekanligini
tasdiqlashda
ishlatiladi,
chunki
ochiq
kalitlar
infrastrukturasidan faqat sertifikatsiya tizimining mavjudligida
samarali foydalanish mumkin. Sertifikatlar foydalanuvchilar
so‗rovi bo‗yicha maxsus vakolatli tashkilot – sertifikatsiya
markazi tomonidan, ma‘lum shartlar bajarilganida beriladi.
Imzo hujjat qabul qiluvchiga ushbu hujjatning aynan
uzatuvchi tomonidan imzolanganligini isbotlashga imkon beradi.
Bunda imzoni boshqa hujjatga o‗tkazish va uzatuvchi o‗zining
imzosidan voz kechishi mumkin emas. Hujjatning har qanday
o‗zgarishi imzoning buzilishiga sabab bo‗ladi va har qanday
foydalanuvchi mustaqil tarzda imzoning haqiqiyligini tekshirishi
mumkin.
Voz kechmaslik – axborot almashish sxemasining xususiyati
hisoblanadi. Unga binoan xabar qabul qiluvchining uchinchi
tarafning xabar uzatuvchining kimligini tekshirishga jalb qilishi
qobiliyatiga ega ekanligining isboti mavjud. Boshqacha aytganda,
xabarni uzatuvchi mualliflikdan voz kechish imkoniyatiga ega
emas.
Sanasini yozish ko‗pincha imzo bilan birgalikda ishlatiladi va
hujjat imzolangan paytni qayd etadi. Bu bitta hujjat bir necha
foydalanuvchilar tomonidan imzolanganda, birinchilikni isbot
qilishda foydali hisoblanadi, chunki har bir foydalanuvchi hujjat
muallifligiga da‘vo qiladi. Undan tashqari sanasini yozish
muddatli sertifikatlarda keng qo‗llaniladi.
Olganligiga tilxat berish – qabul qiluvchidan uzatuvchiga
uzatiladi va uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul
qiluvchiga
tilxatda
ko‗rsatilgan
ondan
kechikmasdan
453
o‗tkazganligini isbotlashda ishlatilishi mumkin.
Bekor qilish
– sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta‘sir
kuchini bekor qilish. Agar axborot almashishda ishtirok etuvchi
yoki unga tegishli kalitlar va guvohnomalar yaroqsiz holga kelsa,
ushbu foydalanuvchini resurslardan foydalanishga yo‗l qo‗ymaslik
va mos sertifikatlarga ishonmaslik zarur, chunki bu sertifikatlar
yomon niyatli kimsalarga qo‗l kelishi mumkin. Bekor qilish
muolajasi sertifikatsiya markaziga nisbatan ham qo‗llanishi
mumkin.
Anonimlik
kamdan-kam uchraydi. Hukumatlar va shirkatlar
uchun
foydalanuvchining
axborot
muhitida
qandaydir
harakatlarining anonim bo‗lib qolishligi foyda bermaydi. Shu
sababli, anonimlikni ta‘minlovchi loyihalar kamdan-kam uchraydi
va odatda, uzoq yashamaydi. Kommunikatsiya vositalari
ko‗pincha u yoki bu xabarning uzatilishi marshrutini, uzatuvchini
aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan vazifalar mavjud axborot dunyosi
ehtiyojiga asosan tavsiflangan. Vaqt o‗tishi bilan ba‘zi vazifalar
o‗z dolzarbligini yo‗qotishi va aksincha, yechimini kutuvchi yangi
vazifalar paydo bo‗lishi mumkin.
Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot
nafaqat jamiyat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir
shaxs hayotida hal qiluvchi rolni o‗ynaydi.
Shaxsning axborot muhitidagi manfaatlari
inson va
fuqaroning
axborotdan
foydalanishdagi
konstitutsiyaviy
huquqlarining amalga oshirilishini, qonun taqiqlamagan faoliyatni,
fizik, ma‘naviy va intellektual rivojini hamda shaxsiy xavfsizligini
ta‘minlashni ko‗zda tutadi.
Jamiyatning axborot muhitidagi manfaatlari ushbu muhitda
shaxs
manfaatlarini
ta‘minlashni,
demokratiyani
454
mustahkamlashni, huquqiy ijtimoiy davlatni yaratishni, jamiyat
inoqligiga erishish va uni madadlashni, mamlakatning ma‘naviy
yangilanishini ko‗zda tutadi.
Davlatning axborot muhitidagi manfaatlari inson va
fuqaroning axborot olishidagi konstitutsiyaviy huquq va
erkinligini ta‘minlashni, olingan axborotdan konstitutsiyaviy
tuzumning mustahkamligini, davlat suvereniteti va hududiy
yaxlitligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni hamda
qonuniylikni va huquqiy tartibni, teng huquqli va o‗zaro foydali
xalqaro hamkorlikni ta‘minlash maqsadida foydalanishdagi shart-
sharoitlarni yaratish uchun axborot infrastrukturasining garmonik
rivojini ko‗zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |