See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O‗zbekistonda cho‗lga



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224
30 06 2022 . (1)

Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O‗zbekistonda cho‗lga 
aylanish jarayonlari tezlashishi alohida tashvishli holatdir.
Bu 
faqatgina cho‗l hududining o‗sib borishidagina emas, balki 
biologik mahsuldorligi o‗zgarishi darajasida ham namoyon 
bo‗ladi. 
Cho‗lga 
aylanib 
borish 
yer 
sathi 
biologik 
mahsuldorligining kamayishiga olib keladi va uning oqibati – 
aholi uchun ekologik noqulayliklarning kelib chiqishiga, o‗simlik 
va hayvonlar dunyosi turlari nasli buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda yangi cho‗llar maydoni deyarli 
100 ming km
2
ga ortgan, ba‘zi hududlarning mahsuldorligi esa 50 
% gacha qisqargan. 
Cho‗llashishning asosiy sababi-suvdan noto‗g‗ri foydalanish 
va ma‘lum darajada iqlim o‗zgarishi sababli hududlar va 
akvatoriya suv rejimining o‗zgarishi hisoblanadi. Orol, Ustyurt 


428 
tizimi, Qorakum va Qizilqum cho‗llarida, Tyan-Shan va Pomir 
tog‗ yon bag‗irlarida, ayniqsa, cho‗lga aylanish jarayonlari faoldir. 
Yer resurslari doimiy ravishda turli xildagi eroziyalardan 
zararlanmoqda, shu jumladan, suv erroziyasi - 2790 ming ga 
(sug‗oriladigan -339 ming gektar), shamol erroziyasiga - 20478 
ming ga (sug‗oriladigan - 2262 ming gektar), 2005 ming ga 
(sug‗oriladigan - 341 ming gektarda) bir vaqtning o‗zida ham suv, 
ham shamol erroziyasidan zararlanadi 
So‗nggi 
yillarda 
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo‗mitasida mamlakatda ekologik 
vaziyatni hamda xo‗jalik subyektlarini tekshirishni tartibga solish, 
sog‗lomlashtirishga 
qaratilgan 
atrof-muhitni 
muhofazasi 
borasida 
qonunchilikka rioya qilish 
nazoratini ta‘minlash va 
tabiiy resurslardan samarali 
foydalanish 
bo‗yicha 
ma‘lum ijobiy natijalarga 
erishildi. 
Olib 
borilgan 
faoliyat 
natijasida 
tabiiy 
muhitning 
ahvoli 
yaxshilandi, 
atmosferaga zararli tashlamalarni tashlash va ifloslangan oqova 
suvlarni tashlash qisqardi, chiqindilarni xomashyo sifatida 
ikkinchi bor ishlatish oshdi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
bo‗yicha qabul qilingan atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy 
Dasturi asosida Buxoro viloyatida avtotransport vositalaridan 
atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalarni kamaytirish 
maqsadida, qator transport vositalari gaz va dizel yoqilg‗isiga 
o‗tkazildi. 
Toshkent 
viloyati 
Olmaliq 
tog‗-matallurgiya 


429 
kombinatida ekologik toza KBP-2 (kislorod-barbotaj erituv) va 
SK-2 (oltingugurt kislotasi) majmuasi qurildi, ―Yangi-Angren 
IES‖da elektrfiltrlarni qayta jihozlash ishlari davom ettirildi. 
―Farg‗ona neftni qayta ishlash zavodi‖ unitar korxonasida ishlab 
chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash hisobiga etilsiz benzin 
ishlab chiqarish hajmini yuqori foizga yetkazish ishlari amalga 
oshirildi. 
Muhofaza 
etiladigan 
tabiiy 
hududlar 
maydonini 
kengaytirish ishlari yangi bosqichga chiqdi. Buxoro viloyatida 
joylashgan ―Jayron‖ ekologik parvarishxonasi maydoni qariyb 
4,7 barobarga kengaydi. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ishlab 
chiqarish va iste‘mol chiqindilarini joylashtirish va ko‗mish 
joylari bo‗yicha davlat kadastrini aniq tahliliy materiallari asosida 
yuritish ishlari tashkil etildi. 
―2008-2015-yillarda Aydar-Arnasoy ko‗llari tizimidan 
samarali foydalanish va uning ekologik holati barqarorligini 
ta‘minlash harakatlar Dasturi‖ning bajarilishi, o‗z amaliy 
natijasini berdi. Aydar-Arnasoy ko‗llar tizimiga Ramsar 
Konvensiyasi doirasida Xalqaro muhofaza etiladigan ko‗llar 
maqomi berilib, mazkur ko‗llar tizimi Konvensiya Kotibiyati 
tomonidan 2008-yil 20-oktabrda 1841-son bilan rasman 
ro‗yxatga olindi. 
Ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning hozirgi asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
1.Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. 
2. Qishloq, o‗rmon va boshqa xo‗jalik tarmoqlaridagi tabiiy 
jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli 
kimyoviy moddalarni qo‗llash ustidan qattiq nazorat o‗rnatish.


430 
3.Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun 
zararli yoki salbiy ta‘sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni 
to‗xtatish. 
4. Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning 
tabiiy ravishda kengayishini ta‘minlagan hamda qayta 
tiklanmaydigan zaxiralarni qat‘iy mezon asosida iste‘mol qilgan 
holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish 
darkor. 
Davlatning ekologik siyosatini amalga oshirishda ekologik 
nazoratni tashkil etish bo‗yicha davlat vakolatli organlarining 
vazifalari O‗zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda 
qabul qilingan ―Ekologik nazorat to‗g‗risida‖gi qonunida belgilab 
berilgan. 
O‗zbekistonda 
ekologik siyosatning eng 
muhim 
yo‗nalishlaridan 
biri ekologik nazoratning 
samarali tizimini tashkil 
etish hisoblanadi. Ekologik 
nazorat 
atrof- 
muhitni 
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni 
aniqlash va unga chek qo‗yishga, tabiatni muhofaza qilish 
faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va 
jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir. 
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
– atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari 
buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‗yish; 
– atrof- muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning 
ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib 


431 
kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗iga tahdid solishi mumkin 
bo‗lgan vaziyatlarni aniqlash; 
– mo‗ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‗jalik 
faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini 
aniqlash; 
– yuridik va jismoniy shaxslarning atrof-muhitni muhofaza 
qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular 
tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta‘minlash; 
– atrof-muhitdagi o‗zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan 
holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‗rilayotgan tegishli 
chora-tadbirlar to‗g‗risida davlat tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish; 
– tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini 
oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik 
dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‗zini o‗zi 
boshqarish 
organlari, 
nodavlat-notijorat 
tashkilotlari 
va 
fuqarolarning ishtirokini ta‘minlash. 
Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, 
mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilardan iborat: 
– ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; 
– fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗i uchun qulay atrof-
muhitni yaratish; 
– ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat 
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‗jalik 
boshqaruvi organlari, xo‗jalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning 
o‗zini o‗zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va 


432 
fuqarolar bilan atrof-muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanilishini ta‘minlash borasida 
hamkorlik 
qilishining 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish; 
–ekologik 
nazorat 
sohasidagi 
xalqaro 
hamkorlikni 
rivojlantirish. 
Ekologik nazorat obyektlari yer, yer osti boyliklari, suvlar, 
o‗simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof-muhitga 
ta‘sir ko‗rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar, atrof-muhit 
ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga 
olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗iga tahdid solishi 
mumkin bo‗lgan faoliyat, harakat 
yoki harakatsizlikdan iboratdir. 
Ekologik 
nazorat 
subyektlari 
quyidagilardan iborat: 

O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 

maxsus vakolatli davlat 
organlari; 

mahalliy davlat 
hokimiyati organlari; 

davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari; 

xo‗jalik yurituvchi subyektlar; 

fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari; 

nodavlat-notijorat tashkilotlari; 

fuqarolar. 
Ekologik nazoratning turlari davlat ekologik nazorati; 
idoraviy ekologik nazorat; ishlab chiqarish ekologik nazorati; 
jamoatchilik ekologik nazoratidan iborat. Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasi organlari hamda boshqa vazirlik, idora va 


433 
tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash borasida 
kelgusidagi ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat qilib 
belgilangan: 

tabiiy resurslardan, shu jumladan, suv, yer, mineral 
xomashyo, 
biologik 
resurslardan 
oqilona 
va 
kompleks 
foydalanish, respublikaning butun hududi bo‗yicha atrof tabiiy 
muhitning 
ifloslanish 
darajasini 
sanitariya-gigiyena 
normalarigacha pasaytirish; 

ekologik talofat zonasi Orolbo‗yida, shuningdek, 
mamlakatning ekologik jihatdan noqulay bo‗lgan boshqa 
hududlarida ekologik holatni mahalliylashtirish, qayta tiklash va 
sog‗lomlashtirishni ta‘minlash bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar 
ko‗rish; 

muhofaza etiladigan yangi tabiiy hududlarni tashkil etish 
va mavjudlarini kengaytirish; 

respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan 
ta‘minlash; 

ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan 
texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish bo‗yicha texnologiyalarni joriy etish; 

ekologiya 
sohasida 
ilmiy-texnika 
salohiyatini 
rivojlantirish hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalanish; 

ekologik monitoring, prognoz va axborotlarning 
kompleks tizimini amalga oshirish; 

respublika hududlarini atrof-muhitning transchegaraviy 
ifloslanishini nazorat qilish va undan muhofaza etishning 
yagona xizmatini shakllantirish; 


434 

ekologik qonunchilik, ta‘lim madaniyat va aholini 
ekologik ruhda tarbiyalash, shuningdek, ekologik bilimlarni 
targ‗ib qilish tizimlarini takomillashtirish; 

ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati 
bilan hamkorlikni chuqurlashtirish. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
Oliy 
Majlisga 
murojaatnomasida 
―...mintaqamizda, butun dunyoda ekologik vaziyatning tobora 
yomonlashib borayotgani bizni jiddiy tashvishga soladi. Qo‗shni 
davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi 
halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta‘sirini 
yumshatishga 
qaratilgan 
harakatlarni 
qat‘iy 
davom 
ettiramiz. Dengizning qurigan 
tubida 
yuz 
minglab 
gektar 
o‗rmon va butazorlar tashkil 
etilayotgani, 
Orolbo‗yi 
hududlarida 
amalga 
oshirilayotgan ulkan qurilish va 
obodonchilik 
ishlari 
xalqimizni 
yuksak 
marralar 
sari 
ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 
hamkorlikda tuzilgan Orolbo‗yi mintaqasida inson xavfsizligini 
ta‘minlash bo‗yicha ko‗p tomonlama Trast fondi doirasidagi 
amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz,-deb ta‘kidladi. 
Taraqqiyot strategiyasida 80-maqsad: Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni 
yaxshilash, ―Yashil makon‖ umummilliy loyihasini amalga 
oshirishdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun 
quyidagilar belgilangan: 


435 
- ―Yashil makon‖ umummilliy loyihasi doirasida har yil 
kamida 200 million tup daraxt ekish. ―Yashil makon‖ umummilliy 
loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida 
aerobiologik monitoring tizimini yo‗lga qo‗yish; 
-maishiy chiqindilarni yig‗ishni 100 foizga, ularni qayta 
ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga 
yetkazish; 
- respublika bo‗yicha 51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari 
(daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‗llar)ning sanitariya-
muhofaza zonalari va sohil bo‗yi mintaqalarini belgilash ishlarini 
yakunlash; 
-Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash 
uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‗lgan hududga aylantirish, 
ko‗kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish; 
- Orol dengizining qurigan tubida qo‗shimcha 500 ming 
gektar yashil maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar 
ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 
foiziga yetkazish; 
- Orolbo‗yida xalqaro ―Yashil iqlim‖ va Global ekologik 
jamg‗armalarning bioxilma-xillik, iqlim o‗zgarishi va tuproq 
yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 
million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish; 
- shahar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun 
―jamoat parklari‖ni tashkil etish; 
- Orolbo‗yi mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan 
qo‗llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin