See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Uzoq muddatli istiqbolda (2030-yilgacha)



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   224
30 06 2022 . (1)

Uzoq muddatli istiqbolda (2030-yilgacha)
 
13. Suyuq va gazsimon uglevodorodlar zaxiralarini, shu 
jumladan, 
geologiya-qidiruv 
ishlarining 
yangi 
texnologiyalarini joriy etish hisobiga chuqur qatlamlar 
zaxiralarining zarur o‗sishini ta‘minlash. 
14. Yangi konlarni o‗zlashtirish, qazib olish va 
nobudgarchiliklarni kamaytirishning yuqoriroq darajasini 
ta‘minlaydigan qazib olishning yangi texnologiyalarini joriy 
etish orqali uglevodorod xomashyo qazib olish obyektlarining 
texnologik infratuzilmasini modernizatsiyalash jarayonlarini 
tezlashtirish. 


413 
15. Energiya hosil qiluvchi energetika quvvatlarini 
modernizatsiyalash va kengaytirish, iqtisodiyotning barcha 
sohalari va tarmoqlarining elektr ta‘minoti ishonchliligi va 
samaradorligini ta‘minlaydigan elektr uzatish liniyalarini 
rekonstruksiya qilish. 
16. Ishlab chiqariladigan mahsulotni diversifikatsiyalash 
imkonini beradigan uglevodorodlarni qayta ishlash bo‗yicha 
ilg‗or texnologiyalarni joriy etish, turdosh ishlab chiqarishlarni 
rivojlantirishni ta‘minlab, uning sifat tavsiflarini yaxshilash 
(gaz-kimyo mahsulotlarining yangi turlarini kengaytirish va 
o‗zlashtirish bo‗yicha loyihalar va shu kabilar). 
17. Energiyaning tiklanadigan manbalari ulushini, shu 
jumladan, gidroenergiya, ko‗mir yoqilg‗isi, yoqilg‗ining 
noan‘anaviy turlari, atom energiyasi ulushini ko‗paytirish 
yo‗nalishida umumiy energetik balansni diversifikatsiyalash 
yo‗nalishlarini 
o‗z 
ichiga 
oluvchi 
yoqilg‗i-energetika 
kompleksini 
rivojlantirish 
strategiyasini 
ishlab 
chiqish, 
shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning 
kombinatsiyalashtirilgan texnologiyalarini qo‗llash, ikkilamchi 
energiya resurslarini energetik utilizatsiya qilish hisobiga 
uglevodorod 
xomashyodan 
foydalanish 
samaradorligini 
oshirish.
18. 
Markaziy 
Osiyoning 
energetika 
balansida 
O‗zbekistonning mavqYIni mustahkamlash, suvni iste‘mol 
qilishning resurs samaradorligi modeliga o‗tish va umuman 
iqtisodiyotning energiya jihatidan samaradorligini oshirish, 
xususan: 

kichik 
derivatsion 
GESlar 
va 
yordamchi 
infratuzilmani qurish; 


414 

quyosh, 
shamol 
yoki 
biochiqindilar 
singari 
energiyaning 
tiklanadigan 
manbalaridan 
generatsiyalashtiruvchi issiqlik yoki elektr stansiyalari qurish;

uning hisobiga elektr energiyasiga ichki talab 
qondiriladigan Markaziy Osiyoda suv-energetika konsorsiumi 
yaratish ishlari; 

Atom 
energetikasida 
loyihalarni 
rivojlantirish 
(Rossiya, Fransiya va Xitoy bilan birgalikda); 

energiyani sanoat yo‗li bilan saqlash tizimini ishlab 
chiqish; 

elektr generatsiyasini markazlashtirishdan chiqarish 
tizimini joriy etish (Smart 
Grid); 

qo‗shilgan qiymat 
ulushi 
yuqori 
bo‗lgan 
samarali 
va 
barqaror 
energetika 
tizimini 
yaratish; 

energiyaning 
tiklanadigan manbalari va 
atom energetika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 

asbob-uskunalar 
ishlab 
chiqarilishi 
mahalliylashtirilishining salmoqli darajasi va energiyaning 
tiklanadigan 
manbalarini 
texnologik 
rivojlantirish.O‗zbekistonning elektroenergetika tarmog‗ida 
xalqaro kompaniyalar paydo bo‗ladi. 
Energetik xavfsizlik holati va uning tarkibiga kiruvchi 
ko‗rsatkichlarning belgilangan me‘yorlarga mosligini doimiy 
monitoring qilib borish zarur, belgilangan me‘yorlardan chetga 
chiqish holatlari aniqlansa, tezkor chora-tadbirlar ko‗rilishi talab 


415 
etiladi. Texnologik jihatdan energiya resurslarini qazib olish
ularni qayta ishlash va shu bilan bir qatorda ularni tashish, sotish 
va iste‘molini yo‗lga qo‗yish borasidagi keng qamrovli 
jarayonlarni takomillashtirib borish hisobiga energetika xavfsizligi 
ta‘minlanadi. Har bir bosqichda tabiat bilan ekologik, iqtisodiy va 
ijtimoiy tavsifga ega bo‗lgan intensiv aloqalarga kirishiladi va 
inson-tabiat o‗rtasidagi aloqalarning yangi qirralari yuzaga chiqa 
boradi. 
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasida 
24-maqsad: 
Iqtisodiyotni 
elektr 
energiyasi bilan uzluksiz ta‘minlash hamda ―Yashil iqtisodiyot‖ 
texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning 
energiya samaradorligini 20 foizga oshirishdan iboratdir. Mazkur 
maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar belgilangan: 
2026-yilga 
kelib 
elektr 
energiyasi 
ishlab 
chiqarish 
ko‗rsatkichini qo‗shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 
milliard kVt.soatga yetkazish; 

2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari 
ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub 
metr tabiiy gazni tejash; 

O‗zbekiston energetika tizimining qo‗shni davlatlar 
energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta‘minlash; 

sanoat tarmoqlarida yo‗qotishlarni kamaytirish va 
resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish; 

uy-joy-kommunal xo‗jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va 
boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng 
joriy etish va energiya samaradorligini oshirish; 

elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish 
bo‗yicha choralarni ko‗rish;


416 

iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli 
gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga 
qisqartirish. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin