See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   224
30 06 2022 . (1)

12.2-§. Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning 
strategik yo‗nalishlari 
Transport tizimini rivojlantirishning strategik maqsadi – 
iqtisodiyot va jamiyatni innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh transport xizmatlariga 
bo‗lgan ehtiyojlarini to‗laqonli qondirishdan iboratdir. Transport 
tarmog‗ida samarali raqobat muhitini rivojlantirish, infratuzilmani 
taraqqiy ettirish borasida zaxira va imkoniyatlarni to‗liq ishga 
solish, texnika va texnologiyaning ilg‗or yutuqlaridan keng 
foydalanish, ijtimoiy va ekologik omillarga katta e‘tibor qaratish, 


378 
transport tizimiga bog‗liq bo‗lgan milliy, iqtisodiy va shu kabi 
boshqa xavfsizlik masalalariga alohida urg‗u berish hisobiga 
yuqorida tilga olib o‗tilgan strategik maqsadga erishilishini 
ta‘minlash mumkin. 
Avtomobil yo‗llari tarmog‗i konfiguratsiyasi ko‗p jihatdan 
mukammal emas va ulangan qator aylanma hamda halqa yo‗llar 
bilan to‗ldirilgan yaqqol ifodalangan keskin tuzilmaga ega, bu esa 
yirik shaharlar atrofidagi magistral yo‗llarning band bo‗lgan 
uchastkalarida transport oqimlari to‗planishini va atrof-muhitga 
zarar yetkazgan holda ko‗p ortiqcha yo‗l bosib o‗tilishini keltirib 
chiqarmoqda. 
Mamlakatimiz yo‗llari, nafaqat, texnik darajasiga ko‗ra, balki 
yo‗l chetida servis obyektlari, yuksak darajada xizmat 
ko‗rsatiladigan 
zamonaviy 
kempinglar 
(to‗xtash 
joylari, 
mehmonxona, 
ovqatlanish 
punktlari, 
dushxonalariga 
ega 
hojatxonalar) qurilishi jihatidan ham xorijdagi yo‗llardan ancha 
ortda qolmoqda. 
Yo‗llarning yetarlicha uzun emasligi va texnik darajasi 
pastligi avtomobilda tashishda katta xarajatlarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Tashishlarning 
tannarxi 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlardagi shunga o‗xshash ko‗rsatkichlardan 1,3 baravar, 
yoqilg‗i sarfi esa 20 foizga ortiq. 
Oxirgi 
yillarda 
O‗zbekiston 
yo‗l 
xo‗jaligini 
moliyalashtirishda 
yuzaga 
kelgan 
vaziyat 
umumiy 
foydalaniladigan avtomobil yo‗llarini qurish, rekonstruksiya 
qilish, ta‘mirlash va saqlab turish uchun ajratilayotgan mablag‗lar 
ta‘mirlash oralig‗idagi muddatlarni aniqlash bo‗yicha talab 
etiladigan normativ hujjatlarning qariyb 35 foizini tashkil etishini 
ko‗rsatmoqda. 


379 
Samarali va raqobatbardosh transport tizimini yaratish uchun 
quyidagilar talab etiladi: 
1)
raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlarini 
ko‗rsatish; 
2)
raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlari 
ko‗rsatilishini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan xavfsiz va ish 
unumdorligi yuqori transport vositalarini yaratish va transport 
infratuzilmasini barpo etish; 
3)
kuchli raqobat muhitini yaratish maqsadida transport 
xizmatlari taklifining talabdan ortiq bo‗lishi uchun tegishli shart-
sharoitlar yaratish. 
Yuqori sifatli transport xizmatlarini shakllantirish uchun, eng 
avvalo, sifat standartlari va o‗lchamlarini aniqlashtirish, ularning 
bajarilishini va sifat standartlariga javob beruvchi samaradorligi 
yuqori bo‗lgan texnologiyalar yaratilishini rag‗batlantirish, davlat 
tomonidan tartibga solish usullari va huquqiy asoslarini 
takomillashtirish, hududlarda samaradorligi yuqori bo‗lgan bir 
qator texnologiyalarni sinov tariqasida joriy etish talab etiladi.
Yuk va yo‗lovchi tashish korxonalari va transport turlari 
o‗rtasida ichki raqobatni va shu bilan bir qatorda, xalqaro tranzit 
transport tizimlari o‗rtasida tashqi raqobatni rivojlantirish uchun 
zaruriy shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. Ichki raqobat tovar 
va xizmatlar harakatining maromiyligi va tezlashishini, transport 
xarajatlarining qisqarishi, transport xizmatlaridan foydalanishning 
arzonlashishi, 
investitsion 
iqlimning 
yaxshilanishini 
va 
pirovardida esa bozor munosabatlarining taraqqiy etishini ta‘min 
etadi. Bu esa o‗z navbatida tashqi raqobatbardoshlikka va 
mamlakatning tranzit salohiyatining ortishiga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi.


380 
Raqobatbardosh transport xizmatlari bozorini yaratish 
quyidagilarni ko‗zda tutadi: 

transport xizmatlari ko‗rsatish sohasida me‘yoriy-huquqiy 
bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik jihatdan soflik, transport 
xizmatlari sifati, transport xizmatlari bozorini davlat tomonidan 
tartibga solish usul va vositalarini rivojlantirish). Ushbu vaziyatda 
monitoring va boshqaruv, transport tizimini nazorat qilish tizimini 
yo‗lga qo‗yish ko‗rinishida samarali teskari aloqani yaratish 
muhim ahamiyat kasb etadi; 

yuk tashish, shu jumladan, temir yo‗l transportida yuk 
tashish va shuningdek, jamoat transportida yo‗lovchi tashish 
sohasida raqobatni rivojlantirish; 

raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo‗lgan transport 
xizmatlari ko‗rsatilishini ta‘min etuvchi, unumdorligi yuqori 
bo‗lgan transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish (ushbu 
holatda tezlik va ishonchlilik muhim sanaladi); 

transport xizmatlari sifati va tejamkorligi, ekologik jihatdan 
sofligi va xavfsizligi borasida standartlarning bajarilishini 
ta‘minlash maqsadida ilg‗or texnika va texnologiyalarni izchil 
joriy etish. 
Transport infratuzilmasini muvozanatlashgan va jadal 
rivojlanishini ta‘minlash transport tizimini rivojlantirishning 
muhim strategik yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur 
yo‗nalishni amalga oshirish transport xizmatlariga aholi va 
iqtisodiyot sektorlarining ehtiyojlarini tadqiq qilish va shuningdek. 
transport tizimini rivojlantirishning turli variantlarini bashoratlash 
va modellashtirish maqsadida matematik modellashtirishning usul 
va 
vositalaridan 
foydalanish, 
statistik 
hisobot 
tizimini 
rivojlantirish, transport-iqtisodiy balansini tuzish asosida transport 


381 
infratuzilmasining barcha elementlarini o‗zaro hamohang va 
kompleks ravishda rivojlantirilishini anglatadi.
Transport 
tizimining 
barqarorligi 
va 
ishonchliligini 
ta‘minlash 2030-yilgacha bo‗lgan davrda transport sohasida davlat 
siyosatini amalga oshirishning ustuvorliklaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi. Bu o‗z navbatida, texnologik va infratuzilmaviy 
zaxiralar yaratilishini ko‗zda tutadi. Bunday zaxira va qo‗shimcha 
imkoniyatlarning yaratilishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuk va yo‗lovchi 
tashishga talabning tabiiy o‗zgarishi va uning istiqbolda o‗sish 
sur‘atlariga ega bo‗lishi sharoitida mamlakat transport tizimining 
aholi 
hamda 
biznes 
tuzilmalariga atrof-muhit 
va inson sog‗lig‗iga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatmagan holda, 
o‗z vaqtida kerakli joyda 
arzon va sifatli transport 
xizmatlari 
ko‗rsatishini 
ta‘min etadi.
Transport tizimini rivojlantirish strategiyasini samarali 
amalga 
oshirishda 
transport 
infratuzilmasiga 
davlat 
qo‗yilmalarining samaradorligini oshirish va qulay investitsion 
iqlimni 
yaratish, 
shu 
asosda 
transport 
tizimining 
muvozanatlashgan barqaror rivojlanishini ta‘minlash muhim o‗rin 
tutadi. Transport tizimining barqaror o‗sish sur‘atlari davlat 
byudjetidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‗larning yetishmasligi 
sharoitida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish asosida 
transport majmuini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarning 
ulushini oshirish hisobiga ta‘min etilishi lozim. Shu bilan bir 
qatorda, davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish 


382 
nisbatlarining o‗zgarishi sharoitida Transport strategiyasida 
ko‗zda tutilgan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun 
zarur bo‗lgan umumiy investitsiyalar hajmining saqlanib qolishiga 
erishish talab etiladi.
Yuqori 
samarali 
transport 
texnologiyalaridan 
keng 
foydalanish va transport korxonalarining transport parklarini 
zamonaviy transport vositalari bilan boyitish imkoniyatini 
beruvchi va iste‘molchilarning talab va ehtiyojlarini to‗laqonli 
tarzda qondirish qobiliyatiga ega bo‗lgan barqaror transport 
infratuzilmasini yaratish muhim o‗rin tutadi. Bunday vazifalarning 
amalga oshirilishi, barcha turdagi transport korxonalarining 
raqobatbardoshligini oshirish va rivojlantirish, ularning barqaror 
ishlashlari uchun infratuzilma borasida zaruriy shart-sharoitlarning 
yaratilishi ta‘minlanadi. Buning asosida yuk va yo‗lovchi tashish 
sohasida transport xizmatlari sifatining yaxshilanishiga va 
transport 
xizmatlari 
narxining 
arzonlashuviga 
erishiladi. 
Aholining 
turli 
ijtimoiy 
qatlamlari 
tomonidan 
transport 
xizmatlariga bo‗lgan talabga muvofiq aholi mobilligining barqaror 
o‗sishi-ijtimoiy transport standartlarining amalga oshishi ta‘min 
etiladi.
Transport xizmatlari sifatini oshirish transport tizimida 
asoslangan zaxiralar yaratilishini talab etadi, bu esa birinchi 
navbatda, asosiy yuk va yo‗lovchi tashish oqimlarida raqobatni 
rivojlantirishni 
taqozo 
etadi. 
Me‘yoriy-huquqiy 
bazani 
rivojlantirish transport qonunchiligini uyg‗unlashtirish, transport 
va 
kommunikatsiya 
borasida 
dunyo 
standartlariga 
integratsiyalashish, transport xizmatlari sifatini belgilab beruvchi 
me‘yorlarni aniqlashtirish, ularga rioya etilishi borasida 
javobgarlik choralarini belgilash va shuningdek, iste‘molchilar 
huquqini himoya qilishni ko‗zda tutishi zarur. 


383 
Mamlakat transport tizimi raqobatbardoshligini oshirish 
transport sohasida mamlakatning manfaatlarini butun dunyo 
miqyosida ilgari surish va himoya qilish borasida davlat 
tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan o‗zaro 
uyg‗unlashishi 
lozim. 
Bunday 
chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi asosida mamlakatning transport salohiyatini barqaror 
amalga oshirish va mamlakat transport tizimining dunyo transport 
xizmatlari bozoridagi o‗rnini mustahkamlashga erishiladi.
Barqaror transport tizimini yaratishda transport vositalari va 
transport infratuzilmasi obyektlarining texnik va texnologik 
xavfsizligini oshirish borasidagi siyosatni bosqichma-bosqich 
amalga oshirish, shu bilan bir qatorda, transport korxonalari 
faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Transport strategiyasini amalga oshirish davlatning ekologik 
omillarga bo‗lgan e‘tiborini kuchaytirishni taqozo etadi. Transport 
sohasida ekologik siyosat tamoyillarini ishlab chiqish va uni 
amalga oshirish transport tizimining rivojlanishini cheklovchi 
emas, 
balki 
uni 
harakatlantiruvchi 
kuchga 
aylanishini 
unutmasligimiz lozim. 
Transport-logistika 
xizmatlarini 
ko‗rsatish, 
transport 
infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarini ekspluatatsiya 
qilish, transport tizimini rivojlantirish borasida turli loyihalarning 
amalga oshirilishini ta‘min etuvchi mehnat resurslari bilan 
transport tizimi korxona va tashkilotlarini ta‘minlash tizimini 
takomillashtirish transport strategiyasini hayotga izchil joriy 
etishda muhim o‗rin tutadi.
Transport strategiyasini hayotga izchil joriy etishda loyiha 
boshqaruvi mexanizmlarini rivojlantirish, davlat tomonidan 
boshqarish va tartibga solish samaradorligini oshirish hisobiga 


384 
transport tizimini rivojlantirishni boshqarish va nazorat qilish 
darajasini oshirish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Mazkur 
yo‗nalishda respublika va mahalliy hududlar darajasida transport-
iqtisodiy 
balanslar 
asosida 
transport 
infratuzilmasini 
rivojlantirishning davlat tomonidan strategik rejalashtirishning 
kompleks tizimini yaratish muhim o‗rin egallaydi.
Yuqorida sanab o‗tilgan transport tizimini rivojlantirishning 
asosiy strategik yo‗nalishlari asosida Transport strategiyasining 
asosiy maqsadli mo‗ljallari, uning maqsadlari, ustuvorliklari, 
amalga oshirish vazifalari va mexanizmlari shakllantiriladi. 
Transport faoliyati turlaridan kelib chiqqan holda, transport 
strategiyasining bosh strategik ustuvorliklari bo‗lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
umum ijtimoiy ustuvorliklar:

aholining mobilligi, transport xizmatlarining arzon va 
qulayligi; 

transport turlari bo‗yicha xavf-xatar va to‗qnashuvlar 
darajasining pasayishi; 

atrof-muhitni ifloslanishida transport ulushining pasayishi. 
umum iqtisodiy ustuvorliklar


transport tarmog‗i tomonidan yalpi ichki mahsulotning 
rejalashtirilgan o‗sish hajmini ta‘min etishga xizmat qiluvchi 
yuqori sifatli transport xizmatlarining to‗liq hajmda ko‗rsatilishiga 
erishish;

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin