Magistral quvurlar.
O‗zbekiston hududida yirik tabiiy gaz,
neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi sababli quvur
transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga ega bo‗lgan gaz quvurlari
vujudga keldi. Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali tashish
temir yo‗l va daryo yo‗llari orqali tashishdan ikki-uch marta
arzon, yo‗l davomida mahsulotning tabiiy yo‗qolishi kamayadi,
tashish jarayoni muntazamlashadi. Quvur orqali yuk tashish
jarayonini avtomatlashtirish ancha oson bo‗lib, ko‗p sonli
ishlovchilarga zaruriyat bo‗lmaydi. 1980-yilda truboprovoddagi
neft mahsulotlarini tashish tannarxi bir tiyindan ham kam, bu
365
temir yo‗lga nisbatan 2,6 mlrd.so‗m iqtisod qilish imkonini
bergan.
Neft
va
gaz
industriyasi
sanoatning
flagmani
va
iqtisodiyotning yetakchi tarmog‗i hisoblanadi. U mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi. 2018-yil 1-
yanvar holatiga respublika bo‗yicha magistral quvurlarning
uzunligi 13895,7 km.ni tashkil qildi (11.1-rasm).
12.1-rasm. 2020-yil 1-yanvar holatiga magistral quvurlar
uzunligi, km.
Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil
qiladi. Neft quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi.
Magistral quvurlarning muhim afzalliklari quyidagilardan
iborat:
1) yuklarni tashishning arzonligi (ular orqali neft tashish
temir yo‗l transportiga qaraganda 3 baravar kam xarajat qiladi);
2) quvur liniyalari qurilishi uchun nisbatan kam xarajatlar
(bir xil quvvatga ega magistral yoki temir yo‗l qurilishidan 2
baravar kam);
3) to‗g‗ri ishlaydigan quvurlar ishonchli, iqlim sharoitiga
bog‗liq emas, yil bo‗yi ishlaydi;
4) minimal yo‗qotishlar kam (temir yo‗l bilan taqqoslaganda
1,5 baravar kam va suv transportiga nisbatan 2,5 baravar kam);
5) yuqori o‗tkazish qobiliyatiga ega.
366
Ushbu transport turining kamchiliklari: yuklarni tashish
tezligining pastligi va ekologik halokat xavf keltirib chiqaradigan
halokatlar xavfi bilan izohlanadi, metall sarfining ko‗pligi kiradi.
Quvur diametri 24 dyum bo‗lgan 1 km quvurga 123 tonna metall
sarflanadi.
Quvur transporti rivojlantirish muammolari. Quvur transporti
oldiga quyilgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
magistral quvurlar miqdorini ko‗paytirish bilan birga ularning ish
samaradorligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir.
Ish samardorligini oshirishda tarmoqda hal qilinishi lozim
bo‗lgan masalalarga quvurlar umumiy miqdorini yanada
ko‗paytirish,
ularning
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini
oshirish,
quvurlarni
karroziyaga
qarshi
neft
bitumlari
bilan
qoplash,
boshqarish
ishlarida
telemexanika
va
avtomatlashtirish asboblarini
keng qo‗llash va boshqalar kiradi.
Quvur transportining yuqori samaradorligi hisobga olinib,
ko‗pchilik davlatlarda og‗ir uglerod – etan, etilen, propan,
propilen va boshqalar, suyuq va gazsimon moddalar–kislorod,
ammiak, vodorod, azot, xlor, har xil aralashmali tuzlar hamda
ayrim oziq-ovqat (sut) buyumlari ham quvur orqali tashilmoqda.
Ko‗p vaqtlardan beri ayrim qattiq moddalar ham
gidprotransport orqali eritma (pulpa) shaklida tashilayotir. Hozir
ba‘zi bir qattiq moddalarni (ko‗mir, madan va boshqalar)
kapsulalarga joylashtirilib, gaz yoki suyuq neft mahsulotlari bilan
yuborish masalalari ham ishlab chiqilmoqda.
367
Qattiq
moddalarni
quvurlar
orqali
yuborish
ancha
murakkabliligi tufayli bu masalani hal qilish ustida hali juda ko‗p
tadqiqotlar o‗tkazish zarur. So‗nggi yillarda qum shag‗al va
boshqa materiallarni konteynerlarga joylashtirib (2-3 tonnalik)
katta bosim yordamida trubaprovod orqali yuborish ustida sanoat
miqyosida tajribalar o‗tkazilayotir. Bunday konteynerlarda yuk
yuborish tezligi 40-5 km/s atrofidadir. O‗tkazilayotgan tajribalar
kelajakda yuklarni mana shunday usulda tashish tejamli bo‗lishi
ko‗rsatilmoqda.
Transport infratuzilmasining rivojlanganligi ishlab chiqarish
quvvatlari, resurslardan keng foydalanish, mamlakat hududlarini
bir butun yaxlitlikda rivojlantirish, haqida fikr yuritish va ayni
paytda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda milliy
iqtisodiyot miqyosida iqtisodiy faoliyatni rejalashtirish imkonini
beradi. Transport oqimlarini boshqarish, jamoat transportini
rivojlantirishga investitsiyalar kiritish orqali davlat transport
infratuzilmasining rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatishi talab etiladi.
Bularning barchasi tovar narxining transport tashkil
etuvchisining
qiymatini
pasaytiradi,
hududlar
o‗rtasidagi
tafovutlarni bartaraf etadi, yangi bozorlarga kirib borish
imkoniyatlarini oshirgan holda, raqobatbardoshlik darajasini
oshiradi, kooperatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasining
rivojlanishiga ko‗maklashadi. Buning natijasida quyidagilar
ta‘min etiladi:
a) avtomobil, temir yo‗llari va aeroportlarning sifat tavsiflari
yaxshilanadi;
b) mavjud sanoat quvvatlaridan samarali foydalanish ta‘min
etiladi;
d) avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish evaziga
transport jarayonlari takomillashtiriladi.
368
Barcha o‗zgarishlar transport xizmatlarining sifatiga ta‘sir
ko‗rsatadi va mamlakatda iqtisodiy o‗sishning ta‘minlanishiga
xizmat
qiladi.
O‗zbekistonda so‗nggi yillarda transport
infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, bu esa yo‗lovchi va yuk
tashishlariga bo‗lgan talabni qondirish bilan bir qatorda, istiqbolda
rivojlanish uchun keng imkoniyatlar ochib berganligini qayd
qilishimiz lozim. O‗zbekiston barcha zamonaviy transport
turlariga ega, mamlakat transport kommunikatsiyalarining
joylashishi va tarkibi mamlakatning barcha ichki va tashqi
zamonaviy transport-iqtisodiy aloqalariga to‗la javob bersada,
biroq uni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda
takomillashtirish talab etiladi.
Transport korxonalari xo‗jalik yuritishning yangicha shart-
sharoitlariga asta-sekinlik bilan moslashib borayotgan bo‗lsa-da,
erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi va qaror topishi
sharoitida transport va transport infratuzilmasini rivojlantirish
borasida bir qator muammolar o‗z yechimini kutib turibdi. Yaxlit
holda transport tizimi va uning bir qator asosiy segmentlari (temir
yo‗l transporti va ichki suv yo‗llari infratuzilmasi, avtomobil
yo‗llari) muntazam investitsiyalarga ehtiyoj sezadi va ―uzoq
muddatli barqarorlik‖ni ta‘minlash zaxirasiga ega emas. Mamlakat
transport tizimi texnik darajasining nochorligi va uning ishlab
chiqarish
bazasining
qoniqarsiz
ahvolda ekanligi
asosiy
muammolar sirasiga kiradi.
Infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish
hajmlarining yetarlicha emasligi va shuningdek, harakatdagi
transport vositalari, boshqa yuk va yo‗lovchi tashish texnikalarini
yangilashning talab darajasida emasligi so‗nggi yillarda mamlakat
transport tizimi texnik holati va ishchanlik qobiliyatining sezilarli
darajada yomonlashishiga olib keldi.
369
Temir yo‗l transporti infratuzilmasining texnik qurollanish
darajasining yetarlicha emasligi sharoitida temir yo‗l transporti
infratuzilmasining
yuklanish
darajasi
ortib
borganligini
ko‗rishimiz mumkin. Temir yo‗l tarmog‗i uzunligi deyarli
o‗zgarmagan bir sharoitda temir yo‗lning 1 km. ekspluatatsion
uzunligiga to‗g‗ri keluvchi yuklanganlik o‗rtacha tarmoq bo‗yicha
24,9 mln. t-km/km.dan ko‗proqni tashkil etmoqda, bu esa boshqa
mamlakatlarning
temir
yo‗l
transporti
infratuzilmasining
yuklanganlik darajasidan sezilarli darajada yuqoridir. Buning
natijasida transport infratuzilmasi uchastkalarining o‗tkazish
qobiliyatiga nisbatan muammoli (tig‗iz uchastkalar) asosiy temir
yo‗l yo‗nalishlarining 16%ini yoki 7,6 ming km.ni tashkil
etmoqda.
O‗zbekiston
Respublikasida
bugungi kunda milliy investorlar
mablag‗lari hisobiga tashkil etilgan
bor-yo‗g‗i 5 ta logistika markazi
faoliyat ko‗rsatmoqda.
Quyidagilar
xalqaro
tashuvlarni amalga oshirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi:
1.
Chegarada avtotransport vositalari turib qolishi (ma‘lumot
uchun: O‗zbekistonda o‗tkazish vaqti 2 sutkadan 5 sutkagacha
vaqtni, YI mamlakatlarida 12 soatdan 24 soatgacha vaqtni,
Rossiyada 1 kunni tashkil etadi).
2.
O‗tkazish punktlarining inspeksiya-tekshiruvdan o‗tkazish
majmualari, avtotransport vositalarining hajmi va gabaritini
aniqlaydigan (mintaqani o‗lchaydigan) zamonaviy o‗lchash
uskunalari bilan yetarlicha texnik jihozlanmaganligi.
3.
Zamonaviy va xavfsiz avtomobil turar joylari, haydovchilar
dam olish joylari, avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish va
370
ularni ta‘mirlash punktlari, yuqori ekologik standartdagi yoqilg‗i
quyish imkoniyatiga ega zamonaviy avtomobilga yoqilg‗i quyish
stansiyalari (AYOS) yetishmasligi.
4.
Eksport-import yuklarini saqlash, qayta ishlash va
o‗ramlashni tashkil etish uchun foydalanish mumkin bo‗lgan
logistika va kommunikatsiyaning infratuzilmaviy obyektlari
yetarlicha rivojlanmagan.
Iqtisodiy taraqqiyot talablari va aholi ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda yo‗l tarmoqlari uzunligi va ularning holatini talab
darajasiga keltirish masalalarini hal etish qurilish materiallari
ishlab chiqaruvchi, ularni yetkazib beruvchi mahalliy ta‘minotchi
va ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqega egaliklari bir qator
qiyinchiliklarni tug‗dirmoqda. Xususan, bir qator qurilish
materiallarining narxi bozor narxlariga qaraganda tezroq o‗sishi
hisobiga yo‗l ishlariga sarflanuvchi xarajatlar tarkibida zarur
xomashyo materiallarini sotib olish uchun umumiy xarajatlarning
qariyb 60 foizi sarflanmoqda.
Innovatsion faoliyat sohasida so‗nggi yillarda amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan bevosita yo‗llarning
sifatiga, ularning uzoq muddat xizmat qilishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi
materiallarni ishlab chiqarishning texnologik taraqqiyot darajasi
hanuz pastligicha qolmoqda. Keng xalq iste‘moli va sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish innovatsion asoslarda tashkil
qilinayotgan bir paytda, ko‗pchilik qoldiq tamoyili
bo‗yicha
qurilish materiallarini ishlab chiqarishni afzal biladilar.
Mehnat unumdorligining pastligi, eskirgan transport texnika
va texnologiyalari, harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini
ta‘mirlash xarajatlarining yuqoriligi va shuningdek, daromad
stavkasi o‗sishining transport tomonidan iste‘mol qilinuvchi
yoqilg‗i, elektr energiyasi, materiallar va texnik vositalar
371
narxining o‗sishidan orqada qolishi evaziga yuk va yo‗lovchi
tashish past rentabellikka ega bo‗lmoqda va ko‗pchilik holatlarda
esa transport korxonalari o‗z egalariga zarar keltirmoqda.
Ajratilayotgan byudjet subsidiyalari yo‗lovchi va yuk tashish
tariflarini davlat tomonidan tartibga solish natijasida vujudga
keluvchi transport kompaniyalarining yo‗qotishlarini to‗lig‗icha
qoplash imkonini bermaydi.
Yuqorida tilga olib o‗tilgan sabablar va omillar mulkchilik
shaklidan qat‘i nazar barcha transport korxonalarining faoliyatiga
o‗z salbiy ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Davlat tasarrufida bo‗lgan va
tabiiy monopoliya tarmoqlaridan biri sifatida qaraluvchi magistral
temir yo‗l transportining ham rentabellik ko‗rsatkichlari
pastligicha
qolmoqda.
Transport
korxonalari
investitsion
imkoniyatlarining pastligi, uzoq muddatli qarz mablag‗larini jalb
qilishdagi
qiyinchiliklar,
davlat-xususiy
sherikchilik
mexanizmlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‗liq holda
transport tarmog‗iga investitsiyalarni jalb qilish borasida bir qator
dolzarb muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi paytda aksariyat hollarda rivojlanishning kapital
sig‗imi past bo‗lgan modelidan foydalanilmoqda va bunday
vaziyatda xizmatlar hajmining o‗sishi mavjud asosiy fondlardan
foydalanishni oshirish evaziga ta‘minlanmoqda.
Transport xizmatlari sifatini oshirish masalalarini tartibga
solish, transport korxonalarining mobilizatsion tayyorligini
oshirish va ular tomonidan harbiy-transport majburiyatlarining
bajarilishini ta‘minlash, davlat va investorlar o‗rtasida huquq-
majburiyatlar
va
tavakkalchiliklarning
qonuniy
tarzda
taqsimlanishini ko‗zda tutuvchi davlat-xususiy sherikchilik
mexanizmlarini rivojlantirish, shuning bilan bir qatorda, transport
sohasida mazkur mexanizmlardan foydalanishning ustuvor
372
yo‗nalishlarini ko‗zda tutuvchi transport tizimi va transport
xizmatlari bozorini rivojlantirishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini
takomillashtirish kun tartibidagi dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.
Yana bir muhim muammolardan biri jahon transport
xizmatlari bozorida mahalliy transport kompaniyalari va umuman
olganda, mamlakat transport tizimi raqobatbardoshlik darajasining
pastligidir.
Mazkur vaziyat yuqorida tilga olib o‗tilgan muammolar bilan
bir qatorda mahalliy transport korxonalarining jahon bozorida
raqobatlashish borasida imkoniyatlarining cheklanganligi, shu
jumladan, xalqaro tranzit tashishlar sohasida O‗zbekistonning
geosiyosiy
ustunliklaridan
yetarlicha
samarali
foydalana
olmayotganligi
bilan
ham
bog‗liqdir.
Xalqaro
transport
yo‗laklarining texnik va texnologik parametrlari mahalliy
transport korxonalarining xalqaro bozorlarda raqobatbardosh
bo‗lishiga imkon bermaydi.
Transport xizmatlarining xalqaro va mintaqaviy bozorlariga
integratsiyalashuv raqobat kurashining avj olishini, O‗zbekiston
bozoriga xorijiy tashuvchilarning kirib kelishini, ma‘muriy va
tarifli to‗siqlarning olib tashlanishini bildiradi, bu esa o‗z
navbatida, mahalliy transport kompaniyalarining ahvolini yanada
yomonlashishiga olib keladi. Transport xizmatlari bozori
rivojlanishining dunyoviy tendensiyalari dunyoda hech bir
mamlakat kuchli transport tizimi va mavqYIga ega bo‗lmasdan
o‗z iqtisodiyotidagi mavjud xavf-xatarlarni nazorat qila
olmasligini ko‗rsatadi.
Transport
rivojlanishining
dunyodagi
tendensiyalari
quyidagilardan dalolat bermoqda:
373
tashuvchilar va transport turlariga nisbatan cheklovlar
davri o‗z nihoyasiga yetdi. Ko‗pchilik mamlakatlar transport
tizimining raqobatbardoshligini oshirishga, kvotalash tizimi va
shuningdek, tarifli va shu kabi to‗siqlardan voz kechishga va
buning o‗rniga transport sohasini tartibga solish borasidagi
qonunchilikni xalqaro qonunchilik bilan uyg‗unlashtirishga
intilmoqdalar;
transport xizmatlari bozori murakkablasha borib, transport
jarayoni
va
logistikaning
barcha
segmentlari
o‗zaro
integratsiyalashmoqda.
Bu
esa
o‗z navbatida, transport
infratuzilmasining yangi tipi – o‗zaro hamkorlikning yaxlit
birlashgan tizimini tashkil etuvchi transport-logistika va tovar-
transport majmuining rivojlanishiga turtki berdi;
transport markazlari tizimning boshqaruvchi elementiga
aylanishi butun yo‗l davomida tashish narxlarini maqbullashtirish
imkonini berdi. Bu esa foyda nuqtasini tashishning jismoniy
ko‗rsatkichlari va jarayonlaridan transport-logistika xizmatlari
tomon siljishiga olib keldi. Transport yo‗laklari tushunchasi o‗z
mohiyatini birmuncha o‗zgartirdi. Transport yo‗laklari avvallari
yo‗nalishlarning umumiyligini ifoda etgan bo‗lsa, endilikda ular
transport tugunlari va tashishlarni boshqarish markazi tizimiga
aylandi va shu asnoda ular tarif siyosatini boshqarish funksiyasini
ham asta-sekinlik bilan o‗z zimmasiga oldi;
transport
xizmatlarining
sifati
va
ularning
raqobatbardoshlik darajasi bugungi kunda o‗zining yuqori
rivojlanish cho‗qqisiga erishdi. Talab yuqori bo‗lgan transport
bozori segmentlarida raqobat kafolatlangan transport xizmatlari
sifati uchun musobaqalashish ko‗rinishini oldi. Mazkur holatda
raqobat kurashida asosiy urg‗u narx orqali raqobatlashishga
qaratilganligini ta‘kidlash lozim. Raqobat kurashining kuchayishi
374
asnosida transport turlarining ekologik jihatdan ma‘lum bir
talablarga javob berishiga ham alohida e‘tibor qaratila boshlandi.
Ekologiya va xavfsizlik borasida belgilangan me‘yorlarga qat‘iy
rioya qilish bilan bir qatorda mahsulotning yakuniy narxida
transport xarajatlarini imkon qadar maqbul darajada bo‗lishiga
intilish muhim o‗rin egallashini unutmaslik lozim.
O‗zbekiston transport tizimi uchun rivojlanishning ushbu
darajasi hali imkon darajasida emas. Tashuvchilar va transport
tugunlari operatorlarining raqobatbardoshligini oshirish, transport
tizimiga
xizmat
ko‗rsatuvchi
texnologiyalarning
o‗zaro
integratsiyasini
ta‘minlash,
transport
xizmatlari
sifatini
bosqichma-bosqich yaxshilanib borishini rag‗batlantirish lozim.
Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi barobarida transport
xizmatlari narxi darajasini ham maqbullashtirishga erishish
mumkin. Transport turlariga nisbatan belgilangan ekologik va
xavfsizlik talablari bu borada eng asosiy cheklov hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi transport tarmog‗i uchun xos
bo‗lgan tizimli muammolar sirasiga quyidagilar kiradi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida hududiy va
tarkibiy nomutanosibliklarning mavjudligi;
mamlakat aholisi mobillik darajasining pastligi va transport
xizmatlari narxining qimmatligi;
transport xizmatlari sifatining talab darajasida emasligi;
tranzit salohiyatidan yetarlicha foydalanmaslik, transport
xizmatlari eksporti darajasining pastligi;
transport xavfsizligini ta‘minlash borasidagi chora-
tadbirlarning yetarlicha emasligi;
transportning atrof-muhitga salbiy ta‘sirining kuchayib
borishi.
375
Shunday qilib, O‗zbekistonda transport tizimi taraqqiyotining
yetarlicha taraqqiy etmaganligi iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda
sezilarli to‗siqlarni vujudga keltirmoqda. Shu bois, 2030-yilgacha
bo‗lgan muddatda mamlakat transport tizimini rivojlantirishning
maqsadli va asosiy strategik yo‗nalishlarini belgilab beruvchi
yangilangan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish talab
etiladi.
Transport majmui faoliyatini yo‗lga qo‗yish borasida
mahalliy va xorijiy tajribani tahlil qilish yuqori darajada yo‗l-
transport
xavfsizligini
ta‘minlashning
quyidagi
asosiy
yo‗nalishlarini ajratib ko‗rsatish imkonini beradi:
mos hududiy infratuzilmani yaratish asosida multimodal
yuk tashish tizimlari va barcha
transport
turlarini
kompleks
rivojlantirish;
shahar ichi va hududiy yo‗l
xo‗jaligini modernizatsiyalash;
shaharlarda
transport
qatnovi va transport majmuini
boshqarish tizimini qayta tashkil etish;
ishlab chiqarish chiqindilarini yig‗ish, tashish va ularni
keyinchalik qayta ishlashning zamonaviy tizimini barpo etish.
Transport tizimini kompleks rivojlantirish quyidagilarni
nazarda tutadi:
transportni boshqarishning mezo va mikroiqtisodiy
funksiyalarini alohida ajratib olish: yaxlit tizim sifatida elektr,
avtomobil, havo, daryo, dengiz va temir yo‗l transportini
rivojlantirish strategiyasini aniqlashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan
mezoiqtisodiy funksiyalar davlat va mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan amalga oshirilsa, tijorat asosidagi tashishlarni
376
tashkil etish borasidagi mikroiqtisodiy funksiyalar –firmalar va
davlat ulushi mavjud bo‗lgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari
tomonidan amalga oshiriladi;
transport harakatini va shuningdek, logistika markazlarini
boshqarish bo‗yicha shahar va hududiy organlarni tashkil etish;
davlat
tasarrufidan
chiqarilmaydigan
va
xususiylashtirilmaydigan
regional
transport
infratuzilmasi
obyektlari (dengiz va daryo portlari, aeroportlar, terminallar,
vokzallar va boshqalar)ni hududlar yoki munitsipial tuzilmalar
ixtiyoriga berish;
transport
qurilishi
va
infratuzilma
obyektlaridan
foydalanish borasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini
rivojlantirish;
shahar ichida yo‗lovchi va yuk tashish tarkibini
maqbullashtirish.
Shahar transportini rivojlantirish strategiyasi transport
infratuzilmasi, eng avvalo, yo‗llar, terminallar va logistika
markazlarini taraqqiy ettirish istiqbollarini hisobga olishi lozim.
Mazkur infratuzilma holatini baholashning quyidagi ko‗rsatkichlar
tizimi farqlanadi:
1,0 ming km² maydon, 1 mln. aholiga to‗g‗ri keluvchi
yo‗llar uzunligi;
qattiq
qoplamali
va
zamonaviy
muhandislik
kommunikatsiyalariga ega bo‗lgan yo‗llarning ulushi (transport
tugunlari; yo‗l o‗tkazgichlar, to‗sinlar; yo‗l ayrimalari; ko‗priklar
va boshq.);
yo‗l-transport hodisalari;
zamonaviy yo‗llarga ega bo‗lgan aholi yashash manzillari,
yuk tashuvchilar va yuk qabul qiluvchilar ulushi;
zamonaviy avtomobil yo‗llarining o‗sib borish sur‘atlari;
377
bir nechta transport turlari yordamida amalga oshiriluvchi
intermodal tashishlarning ulushi;
harakatni
boshqarishning
telematik
vositalari
bilan
jihozlangan yo‗llarning uzunligi;
1 mln. tonna yuk hisobida zamonaviy terminallarning
quvvati.
O‗zbekistonning transport majmui va bugungi kunda mavjud
bo‗lgan transport xavfsizligi muammolari yaxlit tarzda mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning muhim sharti sifatida qarab
chiqishni taqozo etadi. Bunday xavflarning vujudga kelish
sabablari orasida quyidagilarni ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:
ayrim yo‗l uchastkalari o‗tkazish quvvatining yetarlicha
emasligi yoki umuman bunday imkoniyatga ega emasligi;
uchinchi mamlakat orqali tranzit yuk va yo‗lovchi tashish
shartlarining noqulayligi;
transport vositalarining mavjud emasligi;
transport ta‘riflarining haddan tashqari yuqoriligi;
ma‘lum bir yo‗llar va yo‗nalishlarda yuk hamda yo‗lovchi
tashishning ishonchlilik darajasining pastligi.
Dostları ilə paylaş: |