362
1993-yili
«O‗zbekiston
havo
yo‗llari»
Milliy
aviakompaniyasi tashkil topishi havo yo‗li transporti taraqqiyoti
sohasida qo‗yilgan muhim qadam bo‗ldi.
Bu kompaniya xizmati
tufayli Toshkentdan Nyu-York, London, Tokio, Pekin, Parij,
Istambul, Dehli, Tel-Aviv, Seul, Kuala-Lumpur, Jidda, O‗rumchi
kabi jahonning ko‗pgina shaharlari bilan havo transporti qatnovi
amalga oshirilmoqda. Keyinchalik Toshkentdan samolyotlar
qatnaydigan manzillar ro‗yxati yanada kengayishiga shubha yo‗q.
«O‗zbekiston havo yo‗llari» aviakompaniyasi
bilan AQSHning
«Boing» kompaniyasi o‗rtasida imzolangan shartnomaga ko‗ra,
1996-yil avgust oyidan boshlab Toshkent bilan jahonning qator
shaharlari, jumladan Nyu-York, Afina, Jakarta, Singapur kabi
shaharlar
orasida
«Boing»
samolyotlari uchishi yo‗lga qo‗yildi.
2010-2020-yillarda
havo
transporti yo‗lovchi aylanmasi hajmi
5,8 dan 7,5 mlrd.yo‗lovchi/km oshdi,
yo‗lovchi aylanmasi bu davrda 4,7
barobar oshdi. Mustaqillik yillarida
havo
kemalari
parki
«BoYIng-757-200», «BoYIng-767»,
«BoYIng 767-300 ER», «BoYIng 787-8», «Dreanliner»,
«Airbus», «A 310», «A320-200», «RJ-85» va yuklarining
«BoYIng-767-300BCF» va Airbus «A300-600»
kabi zamonaviy
yo‗lovchi samolyotlar bilan to‗ldirildi. Shu bilan birga,
aviakompaniya
tarkibida
faoliyat
yuritayotgan
Markaziy
Osiyodagi yagona so‗nggi avlod aviatsiya texnologiyasiga xizmat
ko‗rsatish markazi 300 dan ortiq xorijiy samolyotlarga xizmat
ko‗rsatmoqda. Bugungi kunda «Navoiy» aeroporti negizida tashkil
etilgan xalqaro intermodal logistika markazi mintaqadagi eng yirik
va eng yuqori texnologik havo yuklari komplekslaridan biridir.
363
MDH davlatlari hududida «Navoiy» xalqaro intermodal
logistika markazi mahsulotni yuklash, tushirish,
joylashtirish,
ularni qisqa vaqt ichida omborlarga joylashtirish bilan
shug‗ullanadigan
yagona
markazdir.
Havo
sharoitlariga
qaramasdan, zamonaviy aviatsiya uskunalari bilan jihozlangan
xalqaro intermodal logistika markazi turli xil avialaynerlarni qabul
qilishga muvaffaq bo‗ldi.
Bugungi kunda O‗zbekistonni asosiy logistika markazlari
Yevroosiyo - Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Bazel,
Zaragoza,
Dubay, Dehli, Inchon, Tyanjin, Guangjou, Xanoyi va Shanxay
bilan bog‗laydi. Aeroportning yuk terminali turli xil harorat
sharoitlariga -25 dan +2 daraja haroratgacha bo‗lgan maxsus
xonalar bilan jihozlangan.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashning
keng imkoniyatlari mavjud, shuningdek, katta hajmli, og‗ir, xavfli
va nostandart yuklarni eksport va importning sig‗imi kuniga 300
tonnagacha yukni saqlash va qayta ishlash imkonini beradi.
Xalqaro standartlarga muvofiq 11 aeroport (Toshkent, Nukus,
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan,
Andijon, Farg‗ona va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya qilindi.
Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi
eng yirik aeroport
hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari ham
xalqaro aeroport maqomiga ega.
―Uzbekistan Airways‖ AJ faoliyati samaradorligini oshirish
maqsadida quyidagilar nazarda tutildi:
1.
Havo kemalari saroyidan samarali foydalanish, shu
jumladan, yangi yo‗nalishlarni o‗zlashtirib va parvozlar
geografiyasini kengaytirib foydalanish.
364
2.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy
tizimi va
texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviasaroyni
modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va yangilash.
3.
Havo kemalari bortida yo‗lovchilarga ko‗rsatiladigan servis
xizmatlarining, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan, xorijiy
aviakompaniyalar aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‗rsatish
va uni ta‘mirlash ishlarining sifatini oshirish.
4.
Kompaniyaning raqobatbardoshligini ta‘minlash maqsadida
yo‗lovchilar, yuk, pochta va bagaj tashish
sohasida qulay tarif
siyosatini amalga oshirish.
5.
Investitsiyalar,
eng
avvalo,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
investitsiyalar,
shu
jumladan,
aksiyalar
va
korporativ
obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish.
6.
Parvozlarni amalga oshirishda xavfsizlikning yuqori
darajasini, shuningdek, havo kemalariga texnik xizmat ko‗rsatish
sifatini ta‘minlash.
7.
Aviakompaniyani
aviatashuvchilarning
xalqaro
hamjamiyatiga integratsiyalash, aviatashuvlar sohasida mintaqaviy
yetakchi darajasiga erishish.
Dostları ilə paylaş: