11.4-jadval
O‗zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq
xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining ratsional
iste‘mol me‘yorlariga nisbati (%)
1
Mahsulot turlari
JSST me‘yorlariga
nisbatan*,%
O‗zbekiston
Respublikasi SSV
me‘yorlariga nisbatan,%
1991 y.
2016
y.
2020
y.
1991
y.
2016
y.
2020 y.
Don
76,7
206,3
159,1
71,7
192,7
148,6
Kartoshka
17,9
95,4
85,5
17,8
95,1
85,2
Sabzavot va poliz
hamda ozuqabop
ekinlar
146,9
249,6
247,3
153,7
261
258,7
Meva va
rezavorlar
31,1
119,5
96,9
30,2
115,9
93,9
Go‗sht (tirik
vaznda)
54,6
99,6
103,7
52,4
95,6
99,6
Sut
36,4
76,4
78,0
35,6
74,8
76,3
Tuxum (dona)
24,6
83,2
91,0
21,8
73,8
80,7
Izoh:
JSST
so‗ngi
yillarda
oziq-ovqat
iste‘moli
me‘yorlarini kg. dan kkalga almashtirgan. Kkallda hisoblash
imkoniyati bo‗lmagani sababli kilogrammda hisoblash amalga
oshirildi.
1
N.I. Saidahmedova tomonidan tuzilgan.
334
Yuqoridagi ijobiy holatlarni mustaqillik yillarida agrar
sohada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi
sifatida baholash mumkin. Xususan, kartoshka, sut va sut
mahsulotlari, tuxum, meva va rezavorlar, go‗sht (tirik vaznda)ni
aholi jon boshiga ishlab chiqarish ularning ratsional iste‘moli
me‘yorlari darajasiga birmuncha yaqinlashib qolgan. Don
mahsulotlari yetishtirish esa aholi jon boshiga ratsional iste‘mol
me‘yorlariga nisbatan o‗rtacha 150 foizga ta‘minlangan.
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini
ta‘minlashda quyidagi muammolar mavjud:
urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va boshqa
omillar
ta‘sirida
qishloq
xo‗jaligida foydalaniladigan,
shu
jumladan,
ekin
yer
maydonlarining
kamayib
borishi.
Jumladan,
2010-
2010-yillarda
qishloq
xo‗jaligi ekin yer maydonlari
1,7 ming gektarga kamaygan bo‗lsa, 2020-yildan 2017-yilga
nisbatan 232,2 ming gektarga, ya‘ni 6,27%ga qisqardi;
meliorativ
holati
yomonlashgan
sug‗oriladigan
yer
maydonlarining mavjudligi;
ilgari sug‗orilgan, ammo sho‗rlangan yerlarga aylangan,
qishloq xo‗jaligi yer oborotidan chiqib ketgan yerlarning
mavjudligi;
yerlarning cho‗llanish jarayonlarining yuz berayotganligi;
suv resurslari tanqisligi va uning sifatining yomonlashuvi;
335
yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligining
pastligi, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni qo‗llashning
sustligi;
chorvachilik uchun ozuqa bazasining yetarli emasligi,
yaylovlarning kamayib borishi;
qishloq
xo‗jaligi
ishlab
chiqarishini
mexanizatsiyalashtirish,
texnika
va
texnologiyalar
bilan
qurollanish darajasining pastligi, ayniqsa, kichik yer maydonlari
uchun kichik mexanizatsiyalashtirish texnikasi, ya‘ni mini qishloq
xo‗jaligi texnikasi, mini traktor va motobloklarning yetarli
emasligi;
ekologik va iqlim o‗zgarishlari;
asosiy turdagi qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlari
hosildorligining pasayib borishi;
fermer va dehqon xo‗jaligi rahbarlarining yetarli bilim va
malakalariga ega emasligi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda oziq-ovqat sanoati ham
muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sanoati tayyor yoki yarim
fabrikat holda ovqat mahsulotlari, shuningdek, ichimliklar, tamaki
buyumlari hamda yog‗ ishlab chiqarish asosida sovun va yuvish
vositalarining bir necha toifalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
guruhidir. Oziq-ovqat sanoati agrasanoat majmuasi tarkibiga
kiradi va unda xomashyo yetkazib beruvchi tarmoq sifatidagi
qishloq xo‗jaligi va savdo tarmoqlari bilan mustahkam aloqador
tarmoq hisoblanadi. Oziq-ovqat sanoatining bir qismi xomashyo
tumanlari, boshqa qismi iste‘mol tumanlari bilan bog‗langan
bo‗ladi. Bu tarmoq O‗zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarini qayta ishlash asosida shakllangan. Uning
geografik, ya‘ni hududiy joylashuvi qayta ishlanadigan xomashyo
xususiyatlariga bog‗liq.
336
Bugungi kunda, oziq-ovqat sanoati korxonalari yuqori
darajada mexanizatsiyalashgan, ma‘lum darajada avtomatlashgan,
kompyuter texnologiyalari va robotlar qo‗llaniladigan ishlab
chiqarishga aylangan. Shuning uchun mazkur tarmoq nafaqat
qishloq xo‗jaligi, shu bilan birga, mashinasozlik, energetika,
kimyo sanoati bilan bevosita integratsiyalashmoqda.
Bugungi kunda, respublika oziq-ovqat sanoati «O‗zbek oziq-
ovqat holding» kompaniyasi (tarmoq yalpi mahsulotidagi ulushi
33,4%)
―O‗zdonmahsulot‖(14,5%)
va
―O‗zvinosanoat
xolding‖(8,9%) kompaniyalari hamda xususiy korxonalar va
boshqa xo‗jalik yuritish subyektlari (43,2 %) faoliyat yuritmoqda.
Tahlil davrida o‗simlik yog‗i va osh tuzi ishlab chiqarish
hajmlari kamaydi. Bu hol mazkur turdagi mahsulotlar importining
oshganligi bilan izohlanadi. Oziq-ovqat sanoatida eng muhim
muammolardan biri qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini
qayta ishlash darajasining hamon past ekanligi bilan izohlanadi.
O‗zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash ulushi
(darajasi) 2012-yildagi 13,3% dan 2020-yilda 17,8%ga, go‗shtni
qayta ishlash ulushi 6,9%dan 12,0%ga, sutni qayta ishlash ulushi
esa 9,8%dan 14,1%ga o‗sdi.
Meva-sabzavot
mahsulotlarini
qayta
ishlash
ulushi
Samarqand (30,2%), Toshkent viloyati (Toshkent shahri bilan)da
(22,4 %) Qashqadaryo (20,6%), Namangan(19,8%) viloyatlarida
birmuncha yuqoridir. Ammo bu ko‗rsatkich Qoraqalpog‗iston
Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Navoiy nisbatan
ancha pastdir. Go‗shtni qayta ishlash ulushi Toshkent va Andijon
viloyatlarida kuzatiladi. Sutni qayta ishlash ulushi esa Namangan
va Toshkent viloyatlarida birmuncha yuqoridir. Tahlillar shuni
ko‗rsatmoqdaki, qishloq xo‗jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta
ishlash darajasi mamlakatimizda ancha past bo‗lib, bu borada
337
muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Bu muammolar qayta
ishlash korxonalarining sonining kamligi, ularning asosiy ishlab
chiqarish
fondlarining
ancha
eskirganligi,
qayta
ishlash
korxonalarining
respublika
hududlari
bo‗ylab
notekis
joylashtirilganli bilan bog‗liqdir. Endilikda bu muammolarni hal
etish uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
korxonalari sonini barcha hududlarda ko‗paytirish, mavjudlarini
modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta
jihozlash
asosida
ishlab
chiqarish
quvvatlarini
oshirish,
shuningdek, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash omborlarini
tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aholi jon boshiga
iste‘mol qilish bo‗yicha Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti va
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan
tavsiya qilinadigan ratsional me‘yorlarga qiyoslaganda haqiqiy
iste‘mol darajalari ham mustaqillik yillarida oshib borish
tendensiyasiga ega bo‗ldi. Non va non mahsulotlari bo‗yicha aholi
jon boshiga iste‘mol qilish ushbu tavsiyalarga ko‗ra, ratsional
me‘yorlar darajasidan hamisha yuqori bo‗lgan. 2019-yilda aholi
jon boshiga iste‘mol qilish haqiqiy darajasi JSST va O‗zbekiston
Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi tavsiya qilgan me‘yorlar
darajalariga nisbatan o‗simlik yog‗i bo‗yicha 183,6 foiz va 263,7
foizga yuqori bo‗lishiga erishilgan. Shuningdek, 2019-yildan
1990-yildagiga nisbatan go‗sht va go‗sht mahsulotlarining haqiqiy
iste‘mol darajasi ratsional me‘yorlarga nisbatan mos ravishda 44,2
foizdan 61,6 foizga hamda 42,5 foizdan 59,2 foizga o‗sdi.
Bunday ijobiy siljishlar respublikamiz agrar sohasining jahon
agrar iqtisodiyoti sektori bilan hamkorlik aloqalari ijobiy natijasi
sifatida e‘tirof etilishi mumkin. Shu boisdan 2015-yilda
mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va
338
qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO) ga a‘zo davlatlarga oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash
sohasida
Mingyillik
rivojlanish
maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor
bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e‘tirof etildi
Dostları ilə paylaş: |