10.4-§. O‗zbekistonning investitsion xavfsizligini ta‘minlash
yo‗llari
Investitsion xavfsizlik bu iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy
qismi bo‗lib u to‗g‗ridan-to‗g‗ri ilmiy-texnik xavfsizlik bilan
bog‗liqdir. Investitsion xavfsizlikning mazmuni shundan iboratki,
mamlakatning milliy manfaatlarini ta‘minlashda va iqtisodiy va
siyosiy qarorlar qabul qilishda xorijiy kapitalning ta‘sirini inkor
qilish tushuniladi. O‗zbekiston iqtisodiyoti raqamli iqtisodiyotga
o‗tish sharoitida qator muammolarni yengib o‗tmoqda. Buning
287
asosiy
sabablaridan
biri
bizning
iqtisodiyotimiz
jahon
hamjamiyatiga bog‗liq ekanligi. Shuning uchun ham investitsion
xavfsizlik yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
ham mamlakatning ishbilarmonlik muhitiga ta‘sir etuvchi asosiy
omil bu jahon iqtisodiyotining holati bo‗lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotining asosiy tendensiyalarini jahonning
yetakchi davlatlari AQSH, Yevropa, va shu bilan birga Rossiya,
Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlar YaIM hajmini barqaror
o‗stirishi orqali belgilab beradi.
Investitsion
xavfsizlikni
oshirishning
chora-tadbirlari
quyidagi yo‗nalishlarda amalga oshadi:
iqtisodiyotni barqaror o‗sishi uchun yetarli miqdorda
investitsiya kerak;
investitsiyani optimal tarmoq va hududiy tuzilmasini
shakllantirish;
innovatsion darajada barcha investitsion loyihalarni
maksimal joriy etish.
Biroq
bugungi
kunda
mamlakatimizga
xorijiy
investitsiyalarni
jalb
qilishda
milliy
iqtisodiyotda
bozor
infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi (banklar,
investitsiya venchur) fondlari, sug‗urta va lizing kompaniyalari
faoliyatini rag‗batlantirish) va investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‗lga qo‗yish hamda
tadbirkorlarda investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va
Investitsion xavfsizlikni shu bilan birga milliy xo‗jalik
tizimlarini investitsion jarayonlarga, ya‘ni iqtisodiyotning strategik
raqobatbardoshligiga va barqaror iqtisodiy o‗sishga ta‘siri sifatida
ham tavsiflash mumkin.
288
huquqiy bilimlari yetarli emasligi bilan bog‗liq bir qator
muammolar mavjud.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qulay investitsion
muhitni shakllantirish va xavfsizlikni ta‘minlash, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, davlat, korxonalar
va aholi tomonidan jamg‗arishni rag‗batlantiradigan mexanizm va
instrumentlarni takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlari sifatida
quyidagilar taklif va tavsiya etiladi:
investitsion resurslarni taqsimlash sohasida cheklashlar
va
iqtisodiyotning
ustuvor
yo‗nalishlarini
rivojlantirishda
investitsiyalarni rag‗batlantirish, xususiy mulkni daxlsizligi
kafolatlarini mustahkamlashda davlatning rolini oshirish orqali
muvofiqlashtirish;
investitsiyalarni jalb etish va biznesni yuritish shart-
sharoitlarini (qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini, kredit
resurslarga erishish imkoniyatlarini, kreditlash va xalqaro savdo
sohalaridagi
rasmiyatchiliklarni
soddalashtirish
va
takomillashtirish orqali) ta‘minlash;
hududiy siyosatda hududlarga investitsiyalarni jalb etish
va ularni o‗zlashtirishda soliq pereferensiyalarini, hududda
qolayotgan soliq tushumlari ulushini o‗sishida keng imtiyozlar
berish bo‗yicha normativ bazani takomillashtirish bilan bir vaqtda
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilayotgan qarorlar
bo‗yicha mas‘uliyatlarini oshirish;
biznesni yuritish va investitsiyalar jalb etish shart-
sharoitlarni
yaxshilash
yo‗nalishida
soliq
ma‘murchiligi,
antimonopol siyosat, valyuta va kredit bozorlari, raqobatni
rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni integratsiyalash
sohalarida samarali ma‘muriy islohotlarini o‗tkazish;
289
xorijiy investitsiyali korxonalar tomonidan erkin
iqtisodiy zonalarga, ustuvor sohalar va hududlarga investitsiya
qilganda qo‗shimcha imtiyoz va pereferensiyalar berish orqali
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qulay
investitsion
muhitni
shakllantirish.
Qo‗shma
korxonalar
rahbarlariga va ularning injener-texnik xodimlariga vizalar olish
amaliyotini soddalashtirish va ularni ishlab chiqarish infratuzilma
korxonalari xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni ta‘minlash;
investitsiyaga oid milliy qonunchilikni xalqaro va
mintaqaviy
standartlarga
uyg‗unlashtirish,
O‗zbekistonning
Butunjahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‗lishi bilan bog‗liq
tashkiliy-huquqiy choralarning ko‗rilayotganligi, xalqaro tajribada
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash
bo‗yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan
foydalanish, raqamli iqtisodiyotga investitsiyani jalb etishning
tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratilishi bilan bog‗liq vazifalarni
hal qilish, o‗z navbatida, investitsiya va investitsion faoliyatga oid
qonunchilikni unifikatsiyalash;
xorijiy investitsiyali korxonalar uchun makroiqtisodiy,
qonunchilik va ma‘muriy shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni
hisobga olgan holda barqaror soliq qonunchiligi tizimini joriy
etish hamda O‗zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni
jalb etish dasturini ishlab chiqish va unda yangi erkin iqtisodiy
zonalarning faoliyatini tashkil etishda xalqaro va milliy
normalarni hisobga olish.
290
O‗zbekiston
Respublikasida
investitsion
xavfsizlikni
ta‘minlashning bosh maqsadi – xorijiy investitsiyalarni jalb etgan
holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish. Ushbu maqsadga
faqatgina davlat hokimiyati tomonidan mamlakatni ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanish istiqbol rejalarda ularga berilgan o‗rin va
roliga qarab davlat manfaatlari bilan xorijiy investorlar
manfaatlarini
optimallashtirish
orqali
erishishi
mumkin.
O‗zbekistonning investitsion xavfsizligi xorijiy kapitalga nisbatan
hech qanday cheklov yoki tahdid emas, balki uning maqsadi
xorijiy kapitalni xalqaro kapital bozoridan O‗zbekiston bozoriga
oqib o‗tishini tartibga solish bo‗lib hisoblanadi. O‗zbekistonning
investitsion
xavfsizligiga
tahdidlar uch xil: xalqaro, davlat
va xususiy investor darajasida
bo‗lishi
mumkin.
Xalqaro
darajada, ya‘ni yirik miqdorda
investitsiya qabul qilgan alohida
bir
mamlakatning
iqtisodiy
rivojlanish sikllariga sezilarli
darajada ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Davlatlar darajasida xorijiy mamlakatlar O‗zbekistonning
iqtisodiy tizimiga xorijiy investitsiya kiritgan kompaniyalari orqali
sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Har qanday donor mamlakat
o‗zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib kompaniyalarini
yuqori ustuvorliklarga erishishlarini istaydi. Bundan xulosa,
Xalqaro investitsion oqimlar dinamikasi va uning harakat
yo‗nalishlarini xalqaro moliya tashkilotlarining kapital migratsiyasi
sohasidagi siyosati ta‘sirida mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosatini
rivojlanishi ham bog‗liq holda o‗zgaradi.
291
xorijiy kapitalni u yoki bu mamlakatga tegishli bo‗lishining o‗zi
O‗zbekistonning milliy manfaatlariga potensial darajada tahdid
soladi. Shu munosabat bilan O‗zbekiston iqtisodiyotida u yoki bu
shaklda xorijiy kapital faoliyati ko‗rilganda ushbu holatni hisobga
olish lozim.
Xususiy investorlar darajasida yirik va uncha katta
bo‗lmagan kompaniyalarni hamda jismoniy investorlarni alohida
holda ko‗rib chiqish kerak.
Dostları ilə paylaş: |