TA’LIM SIFATINI OSHIRISH – YANGI OʻZBEKISTON RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YOʻNALISHLARDAN BIRI
Anatatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda YangiOʻzbekistonuchunengkatta investitsiyaboʻlgantaʼlimniqoʻllab-quvvatlashgaqaratilayotgan e’tibor, ta’lim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston rivojlantirishning muhim yoʻnalishlardan biri sifatida e’tirof etilayotganligi haqida fikrlar bayon etildi. Kirish so’zlar:Yangi O’zbekiston, murojaatnoma, ta’lim, axborot kommunikatsiyatexnologiyalari, pedagogiktexnologiya, AKT, “ZiyoNet”,“Uzedu.uz”,“Kitob.uz”, “Klaster”, “Aqliyhujum”,“Debat”,“Venndiogrammasi”,“So’zo’yini”. Аннотация: В этой статье изложены взгляды на поддержку образования, которая сегодня является самой большой инвестицией для нового Узбекистана, повышение качества образования-одно из важнейших направлений развития нового Узбекистана. Ключевые слова: Узбекистан, послание, образование, информационно-коммуникационные технологии, педагогические технологии, ИКТ, “ZiyoNet”, “Uzedu.uz“, Kitob.uz”, “кластер”, “мозговой штурм”, “дебаты”, “Диграмма Венна”, “игра слов”. KIRISH. Bugungi kunda Yangi O’zbekistonning barcha sohalarida ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu qatorda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimida ham bir qator yuksalishlar kuzatilmoqda.
Yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboliga, vatan ravnaqi va xalqimizning farovonligiga daxldor harakatlarni, amaliy natijalarni belgilab berishi aniq. Aniq rejalar bo‘lmasa, shunga muvofiq harakat va faoliyat bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi murojaatnomada, xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi.
Insoniyat mavjudki qaysi davrlarda yashamasin, doim yaxshi, farovon, tinch-osuda hayotni orzu qilib kelgan. Yaxshi hayotni amalga oshirish uchun har bir xalqning, millatning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari, rejalari boʻlgan. Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar aynan inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida olib borilmoqda. Prezident Sh. M. Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi murojatnomasida 2022-yil sarhisoblariga va 2023-yilda mamlakat taraqqiyotining eng muhim ustivor vazifalariga toʻxtalib oʻtdi va 2023-yilni “Insonga eʼtibor, sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilishni taklif etildi. Bu albatta bejiz emas. Chunki bilim bor joyda, rivojlanish, taraqqiyot, oʻzgarish roʻy beradi. Shuningdek Sh. Mirziyoyev taʼlim sifatini oshirish - Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli ekanligini taʼkidlab oʻtdi. “Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman”- dedi davlat rahbari.