MUHOKAMA Yuqoridagi so’zlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda ta’lim-tarbiyaga, shu jumladan, maktabgacha hamda umumiy oʻrta ta’lim, oliy va oʻrta maxsus kasbiy ta’limni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, maktablarda moddiy-texnik baza mustahkamlandi, darsliklar takomillashtirildi. Hozirda darslarni axborot kommunikatsiya texnologiyalarsiz olib borishni tasavvur qilish qiyin. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga asos yaratmoqda. O’qituvchi mehnatining samarasi shogirdlarining nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarda, ko’rik-tanlovlarda qo’lga kiritgan yutuqlarida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning qanday bilim olishi va darslarni qay darajada o’zlashtirishi ko’p jihatdan o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarning 200 ga yaqin turi mavjud. O’qituvchi ana shu texnologiyalardan o’z darsida qanday foydalanishni to’g’ri tanlay bilishi kerak. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti natijasida zamonaviy texnika vositalari kirib kelmoqda. Ochig’ini aytganimizda, biz faxrlanib yurgan ilgarigi savodxonlik endi savod bo’lmay qoldi, ya’ni oddiy jismoniy va aqliy mehnat murakkab malakali mehnat, kompyuter, internet mo’jizalariga mos salohiyatli mehnat bilan o’rin almashdi. Vatanimizdagi ta’lim sohasi rivojlanishida biz albatta rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalaridan keng foydalanishga e’tibor bermoqdamiz.
Bunday usullardan biri interfaol usullardir. Interfaol usullar har bir o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi hamda o’quvchilar o’qituvchi yordamida va hamkorligida mustaqil ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar, o’quvchi talabalarni fikrlashga, o’z nuqtai nazarini asoslashga imkon yaratadi. Ilm-fan va ta’limni rivojlantiruvchi omillardan yana bir eng muhimi shuki, bu AKT dan foydalanish. Chunki hozirgi zamon o’qitish metodlarini AKT siz tasavvur etib bo’lmaydi. Hozirda barcha o’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv darslik, vertual laboratoriya ishlari hamda multimediya dasturiy vositalarining yaratilishi fanlarni o’qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, ustoz- murabbiylarning resurslaridan o’quv-tarbiya jarayonida unumli foydalanayotganligi, o’quvchi va talabalarning fanlarni chuqur o’zlashtirishi samaradorligini oshirmoqda. Ayniqsa, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “ZiyoNet”, “Uzedu.uz”, “Kitob.uz” kabi saytlar dars jarayonida o’quvchilarga videoroliklarni namoyish etish orqali ularda jonli tasavvur hosil qilish, darsliklardan tashqari qo’shimcha ma’lumotlar berish va bu orqali o’quvchi talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini yanada mustahkamlashga qo’l kelmoqda.
Chindan ham jamiyatning buguni, kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan bog’liq. O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ta’lim tizimi islohoti o’zbek xalqining mentaliteti, urf-odatlarini hisobga olib, jamiyat muhitini yangilanishidagi faol jarayonlar bilan uyg’unlashgan holda amalga oshiriladi. Ma’lumki, XXI asr – intelektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan asr hisoblanadi. Darhaqiqat, taraqqiyot yo’lidan izchil rivojlanishda hal qiluvchi muhim mezon, u zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatli o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yoshlardir.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, hozirda ilm-fan va ta’limning rivojlantirishda eng muhim omillardan biri bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi, o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalardir. O’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llanilgan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishishi mumkin. Hozirgi kunda hammaga ma’lum va keng qo’llaniladigan usullardan “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Debat”, “Venn diogrammasi”, “So’z o’yini”, “Sirli sandiqcha” kabilardan foydalanish dars davomida o’z samarasini bermoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, 2022-yil.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar – T.: O‘zbekiston, 2001.
3. B.B.Saydaxmedov. Yangi pedagogik texnologiya. Toshkent. 1992. 2. Til va adabiyot ta’limi. 2014-yil 6-son.
4. Internet saytlari: www. ziyonet. uz