Ta’lim sifatini oshirish – yangi oʻzbekiston rivojlantirishning muhim yoʻnalishlardan biri anatatsiya



Yüklə 208 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü208 Kb.
#163798
1   2   3
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH – YANGI OʻZBEKISTON RIVOJLANTIRISHNING MUHIM YOʻNALISHLARDAN BIRI

TAHLIL VA TADQIQOT NATIJASI
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va О‘zbekiston xalqiga yо‘llagan Murojaatnomasini xalq ta’limi tizimi xodimlari katta qiziqish va zо‘r hayajon bilan kuzatdi.
Ushbu murojatnomadan kelib chiqib biz oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilariga sifatli taʼlimni tashkil qilishda muhim vazifalarni belgilab berildi. Sifatli taʼlim, oʻz oʻrnida sifatli kadrlarni mamlakatga yetkazib beradi. Shu jihatdan oliy taʼlim muassasalari professor - oʻqituvchilari taʼlim sifatini yanada oshirishga eʼtibor berishi, malaka oshirishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishini taqozo qiladi. Taʼlim sifatini yaxshilashda nafaqat pedagog xodimlar mehnati, balki talabalarni ilmga boʻlgan ishtiyoqini oshirish ham juda muhimdir.
Prezidentimiz birinchi navbatda, eʼtibor Yangi Oʻzbekiston uchun eng katta investitsiya boʻlgan taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratishni taʼkidlar ekan, bunda oʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etdi.
Murojaatnomada inson qadrini ulug‘lash va orzu-umidlarini rо‘yobga chiqarish davlat siyosatining muhim maqsadlaridan biri ekaniga alohida urg‘u berildi. Jumladan, Avval - inson, keyin - jamiyat va davlat degan g‘oyani Konstitusiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi, bu jarayonda, eng avvalo, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizning xalqaro standartlar asosida bilim olishini ta’minlash kunning muhim talabi ekani qayd etildi. Xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz rivoji uchun katta о‘zgarishlarga asos bо‘lib xizmat qiluvchi mazkur nutqda yoshlar masalasiga, xususan, ularning sifatli bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun muhim tashabbuslar ilgari surilgani biz, soha xodimlariga katta xursandlik baxsh etish bilan birga zimmamizga ulkan mas’uliyat yukladi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash borasidagi tub islohotlar zamirida yosh avlodning barkamol bо‘lib ulg‘ayishiga qaratilgan yuksak e’tibor, о‘g‘il-qizlarni bilimli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash g‘oyasi mujassam. Mazkur fikrlarga hamohang tarzda Prezidentimiz tomonidan 2023-yilga Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish taklif etilgani barcha yurtdoshlarimizning kо‘nglidagi gap bо‘ldi. Yangi О‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida barpo etishning dastlabki sharti sifatli ta’lim ekani va eng katta investitsiya, avvalo, ta’limni qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirilishi lozimligi, shu maqsadda kelgusi yildan boshlab maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanishi aytildi. Murojaatnomada ta’kidlanganidek, 2023-yildan boshlab yurtimizdagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida mutlaqo yangicha metodika asosida yaratilgan darsliklar bо‘yicha о‘qitish yо‘lga qо‘yiladi. Prezidentimiz о‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ushbu mezonni Konstitusiyada alohida belgilash zarurligini ta’kidlab о‘tdi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta о‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni о‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim. О‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot kо‘nikmalarini shakllantirish zarur. Yurtboshimiz: “Milliy о‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bо‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish - zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, - deya ta’kidladi.
Shu bois, 2023 - yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi. Sifatli ta’limga erishish yо‘lidagi islohotlar natijasida bashorat qilib bо‘lmaydigan xavf-xatarlarni bartaraf etishga qodir avlod, jamiyat shakllanib boradi.

Yüklə 208 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin