Qabul qildi: Kattakishiyev Beknazar Mavzu : Xodimlarni innovatsion boshqarish Reja: 1.Innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish xususiyatlari
2. Innovatsion menejerdan talab etiladigan sifatlar
3. Ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari
4. Loyiha guruhlarining ijtimoiy o‘zaro hamkorligi
5. Janjal ijtimoiy rivojlanishning omili sifatida
6. Innovatsion faoliyat sohasida xodimlar mehnati motivatsiyasi va rag‘batlantirilish
Innovatsion mexanizmning tarkibi, ya’ni ilmiy-texnik kadrlar– «izlanish-ishlab chiqarish-iste’mol» jarayonini amalga oshiruvchi ilmiy, munandis–texnik va boshqa toifadagi xizmatchilardan iborat ijtimoiy-professional guruh. Ular yagona yakuniy maqsad, mazmunidagi umumiy xususiyatlar, mehnat xususiyati va sharoitlari, rag‘batlantirish tizimi bilan bog‘langan. Ilmiy-texnik kadrlarga izlanishlar, loyiha- konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-uslubiy ishlanmalar va ularning amalda qo‘llanishi bilan doimiy band xizmatchilar kiradi. Innovatsion jarayonda band ilmiy- texnik kadrlar qo‘shma xizmatchi tarkibiga kiradi va milliy daromadning yaratilishida qatnashadi. Ilmiy-texnik kadrlar tarkibiga ITI va KBning ilmiy xizmatchilari, konstruktorlari, texnologlari, loyihachilari, iqtisodchilari va mutaxassislarninng boshqa toifalari kiradi. Bunda birlashmalar va korxonalarning ilmiy texnik bo‘linmalari xizmatchilarini izlanishlar va ishlanmalarda ularning qatnashuv darajalarini hisobga olgan holda kiritish kerak. 1995-yil Kanberrada (Avstraliya) IHTT qabul qilingan «Fan va texnika kadrlar resurslarini o‘lchash bo‘yicha Kanberra qo‘llanmasi»ga asosan ilmiy-texnik kadrlar malaka darajalari (ma’lumoti), fan sohalari, kasblar, bandlik toifalari sohalar, hududlar, jinsi, yoshi, millati bo‘yicha tasniflanadi. Bundan tashqari ularning turli manbaalar bo‘yicha kirib ketishi va turli yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan chet elga chiqib ketishi hisobga olinadi.
Ilmiy-texnik tashkilotlar personali quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ilmiy xizmatchilar, ilmiy-texnik personal, ilmiy-yordamchi personal, ma’muriy-xo‘jalik personali, ishlab chiqarish personali. Ilmiy-texnik kadrlar tuzilmasida asosiy bo‘g‘in yangi g‘oyalarni ilgari surib, kashfiyotlar qilib, innovatsion yechimlar taklif qilib asosiy rol’ o‘ynovchi ilmiy xizmatchilardir. Ilmiy-texnik personalga ilmiy xizmat ko‘rsatish, izlanishlar natijasini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi konstruktorlar, texnologlar, eksperimentatorlar va boshqa toifadagi xizmatchilar kiradi. Ilmiy- yordamchi personal patent xizmatlar, ilmiy-texnik va moliya tijorat axboroti, moliya- iqtisodiy bo‘linmalar xizmatchilari, tajriba ishlab chiqarish ishchilari, ilmiy asbob va uskuna sozlovchilari va ta’mirlovchilari, komp’yuterlarga xizmat ko‘rsatish mutaxassislarini o‘z ichiga oladi. Ma’muriy-xo‘jalik personaliga kotiblar, ish yurituvchilar, referentlar, kotibalar, hujjatlarni ko‘paytirish xizmati-xizmatchilari kiradi.
Ilmiy-texnik tashkilotlarda xodimlarni boshqarish – bu kadrlarni rejalashtirish vazifalarini, xizmatchilarni tanlash va joydan - joyga ko‘chirish, jamoada o‘zaro munosabatlar optimal strukturasini shakllantirish, xizmatchilarning motivatsion harakatlarini tartibga solish, jamoada qulay axloqiy-ruhiy muhit yaratish, muammoli vaziyatlarni hal etish, mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish vazifalarini bajarishdan iborat. Innovatsion tashkilotlarda personalni boshqarish vazifalari va uslublari innovatsion ishlarning xususiy jihatlari va mazmuniga bog‘liq. Bularga bajariluvchi ishlarning noyobligi va takrorlanmasligi, xodimlarning yuqori darajadagi malakasi va bilimdonligi, innovatsion jarayonning ma’lumot ta’minoti yetarli emasligi, ko‘p tashkilotlar ishlash tavakkalchiligi, innovatsion ishlarni bajaruvchi mutaxassislar tarkibidagi ijtimoiy guruhlarning turliligidir.