See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224
30 06 2022 . (1)

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Demografik 
sohada 
iqtisodiy 
xavfsizlikning 
asosiy 
tahdidlarini tasniflab bering. 
2.
Demografik xavfsizlik indikatorlari tizimini ishlab chiqing. 
3.
Ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni 
baholang. 
4.
Aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilashga to‗sqinlik 
qiluvchi asosiy muammolarni sanab o‗ting. 
5.
Aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflovchi asosiy 
integral ko‗rsatkichlar qaysilar. 
6.
Aholi daromadlarining tabaqalanishi, kambag‗allik va 
qashshoqlik chegaralari to‗g‗risida tushuncha bering. 
7.
Ijtimoiy-demografik 
sohada 
iqtisodiy 
xavfsizlikka 
tahdidlarni bartaraf etish borasida qanday chora-tadbirlarni amalga 
oshirish lozim deb, o‗ylaysiz.


232 
IX BOB. XO‗JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA 
SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK 
9.1-§. Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari. 
Moliyaviy oqimlarga tahdidlar 
Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari 
vositasida iqtisodiyot subyektlari pul daromadlarini tashkil etish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish bo‗yicha vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya 
iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‗laridan foydalanish va 
uning harakatini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlar 
tizimi bo‗lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga 
keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. 
Davlat, korxonalar va uy xo‗jaliklari moliyaviy munosabatlar 
subyektari pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar obyekti 
hisoblanadi.
Moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi 
belgilari bo‗lib, quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Iqtisodiy munosabatlar pulning harakati bilan tavsiflanishi. 
2.
Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi. 
3.
Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti 
pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‗lishi. 
Moliya moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, 
rag‗batlantirish va taqsimlash vazifalarini bajaradi. 
1.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shundan 
ko‗rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‗z vazifalarini 
bajarish uchun zarur bo‗lgan resurslarni markazlashgan tartibda 
to‗planishiga harakat qiladi. 


233 
2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab 
chiqarish, 
iqtisodiyotda 
yaratilgan 
mahsulotni 
taqsimlash, 
ayriboshlash va iste‘mol ustidan nazorat o‗rnatadi.
3. Moliyaning taqsimlash vazifasi milliy daromadning 
taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlashda namoyon 
bo‗ladi. Bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida tijorat hisobi 
asosida faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasalar tizimi 
shakllanadi. 
Ular 
jumlasiga 
banklar, 
birjalar, 
sug‗urta 
kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa iqtisodiy-moliyaviy 
muassasalar kiradi. Moliya iqtisodiy siyosatning va iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishning dasturiga aylanadi. Shu 
boisdan moliya sohasini mustahkamlash quyidagi vazifalarda o‗z 
ifodasini topgan: 

umumdavlat ustuvorliklaridan kelib chiqib, moliyaviy 
resurslarni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish; 

hisob-kitob intizomini 
mustahkamlash 
va 
soliq 
tizimini 
takomillashtirish, 
soliqlar 
sonini 
kamaytirib, 
uning yig‗ilishini oshirish; 

pul 
massasidan 
foydalanish ustidan nazorat 
qilishning 
samarali 
mexanizmini yaratish; 

bank tizimining ishonchli amal qilishini ta‘minlash. 
Moliya tizimining boshqa bo‗linmalaridan farqli o‗laroq, 
davlat byudjetida ikki tushunchaning terminologik qo‗shilishi 
mavjud: 1) byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) 
byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Davlat 
byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida daromadlar va 


234 
xarajatlarning tenglashtirilgan ko‗rinishidagi yozuvdan iborat. 
Agarda, byudjet daromadlari hajmi uning xarajatlari hajmidan 
yuqori bo‗lsa, bunda byudjetda ijobiy qoldiq (profitsit) yuzaga 
keladi. 
Davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
hajmi 
uning 
daromadlaridan yuqori bo‗lsa, bunda salbiy qoldiq – taqchillik 
mavjud bo‗ladi.
Byudjet taqchilligini kelib chiqish sabablari ma‘lum 
sharoitlar ta‘sirida yuzaga chiqadi va har bir davlat iqtisodiyoti 
uchun o‗ziga xos ko‗rinishda bo‗ladi. Umuman byudjet taqchilligi 
turli sabablarda kelib chiqishi mumkin. Masalan:
1. taqchillik davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyat 
qarzdorlik hajmini oshirishidan kelib chiqishi mumkin. Bu 
iqtisodiyotning inqirozli holatini bildirmaydi, balki davlatning 
iqtisodiy konyunkturani tartibga solish, jadal odimlashni 
ta‘minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; 
2. taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi 
mumkin (urushlar, tabiiy ofatlar). Bunday holatlarda odatdagi 
zaxiralar yetarli bo‗lmaydi va ortiqcha mablag‗lar manbasiga 
ehtiyoj tug‗iladi; 
3. mamlakatda YaIM o‗sish darajasiga erishmasdan, 
markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy 
tadbirlarni moliyalashtirishni keskin oshirish natijasida taqchillik 
yuzaga keladi; 
4. taqchillik iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga keladi, bunda u 
iqtisodiyotdagi inqirozli holatlarni, iqtisodiyotning qulashini va 
hukumatni davlatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlay 
olmasligini aks ettiradi.
Bunday vaziyatlarda byudjet taqchilligi noiloj mavjud 
bo‗ladi. Ushbu holatda nafaqat iqtisodiy chora-tadbirlar, balki 
zaruriy siyosiy yechimni qabul qilish talab qilinadi.


235 
Byudjet taqchilligining normal holati deb taxminan 
davlatdagi inflatsiya darajasiga teng taqchillikka aytiladi. Xalqaro 
standartlarga ko‗ra byudjet taqchilligining mumkin bo‗lgan 
darajasi YaIMning 2-3 % miqdoriga teng bo‗lishi kerak.
Davlat byudjeti taqchilligini mutlaq hajmini hisoblashda 
quyidagi: 
T=D-X 
tenglamadan foydalanish lozim. Ammo, bu tenglama byudjet 
taqchilligining hajmini to‗la aks ettira olmaydi. Shuning uchun 
byudjet taqchilligini hisoblashda xalqaro tajribadan kelib chiqib 
byudjetning umumiy taqchilligini quyidagicha aniqlash lozim: 

T = 

BT + 

NbS + 

Xt + Tm 
Bunda, 

T – davlat boshqaruv sohasining umumiy 
taqchilligi; 

BT – bank tizimi tomonidan davlat boshqaruv sohasiga 
bo‗lgan sof moliyaviy talabning o‗zgarishi; 

NbS – nobank sohalar va uy xo‗jaliklarning davlat 
boshqaruv sohasiga bo‗lgan sof moliyaviy talabning o‗zgarishi; 

Xt – davlat mulkini xususiylashtirish tushumlaridan 
foydalanish; 
Tm – davlat boshqaruv sohasini tashqi moliyalashtirish. 
Ushbu tenglama orqali davlat xarajatlarini moliyalashtirishda 
foydalangan moliyaviy mablag‗larning yig‗indisini topish 
mumkin. Bu esa, taqchillikning haqiqiy hajmini ko‗rish 
imkoniyatini beradi.
Davlat 
byudjeti 
taqchilligini 
boshqa 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash zarur. Uning holatini tahlil etishda, 
byudjet taqchilligi YaIMga nisbatan foiz hisobi o‗rganiladi va 
quyidagicha ifodalaniladi: 


236 
%
100

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin