237
Mamlakatda byudjet siyosati qisqa davrga mo‗ljallanganligi
uni ma‘lum bir muddat bilan chegaralanib qolishiga olib keladi.
Bu iqtisodiyotga uzoq muddatli istiqbolli strategik rejalashtirishni
va unga mos ravishda istiqbolli investitsiyalashni cheklab qo‗yadi.
Natijada mavjud moliya tizimi o‗zini
tugallanmaganligi va real
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga investitsiyalarni kirib
kelishini ta‘minlay olmay, uning rivojlanishiga to‗siq bo‗ladi va
kapitalni chetga chiqib ketishiga omil yaratadi.
Banklarning samarali faoliyat yuritishining muhim shartlari
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
moliyaviy
bozorda
bank
xizmatlari
rentabelligini
ta‘minlash.
Buning
uchun
mijozlar va foydali investitsion
loyihalar uchun raqobat kurashi
olib boriladi;
likvidlikni ta‘minlash;
mijozlarning
ko‗rsatilayotgan
xizmat
ko‗lami,
tarkibi
va
sifati
bo‗yicha ehtiyoji hamda talabini maksimal tarzda qondirish. Bu
uning biznes aloqalarini mustahkamlash manfaatiga mos keladi;
bank omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini
himoya qilish. Bunda, albatta, majburiy
normativlar va tartib-
qoidalarga qat‘iy rioya qilinishi lozim bo‗ladi;
iqtisodiy xavfsizlik talablariga rioya qilish.
Kapitalni chetga chiqib ketishi milliy iqtisodiyotga katta
tahdidlardan biri uning asosiy sabablari:
mamlakatdagi nosog‗lom iqtisodiy va siyosiy muhit;
tavakkalchiliksiz
investitsiya
qilishning
shart-
sharoitlarining yo‗qligi;
238
inflatsiyaning yuqori darajasi. Yuqori inflatsiya darajasi
kapitalni qadrsizlanishiga olib kelib, uni milliy iqtisodiyotga
investitsiya qilishga to‗sqinlik qiladi;
yetarli darajada valyuta va
eksport darajasini mavjud
emasligi;
mamlakatda yuqori darajada soliqqa tortish tizimining
mavjudligi;
boshqa mamlakatlarda kapitalni legallashtirish imkonlarini
mavjudligi;
xususiy tadbirkorlikni yuritishdagi muammolar;
bojxona organlari tizimidagi muammolar.
Kapitalni chetga chiqib ketishining asosiy shakllari:
tashqi savdodagi tovarlar va xizmatlar qiymati hajmi
ko‗rsatkichlarini falsifikatsiya qilish;
tovar va xizmatlar eksportida yetarli darajada eksport
qilmaslik va uning bahosini hisob raqamlarda ko‗rsatilgan
narxlardan farq qilishi.
Bu o‗rinda ofshor biznesning roli yuqori bo‗lib hisoblanadi.
Ofshor biznes bu ushbu mamlakatda
tijorat faoliyatini qonuniy
asosda olib borishga ruxsati bo‗lgan yuridik va jismoniy
norezidentlar bo‗lib, ular ushbu hududda kompaniyasini ro‗yxatga
olishda, valyuta, soliq va ma‘murchilikda katta imtiyozlarga ega
bo‗ladi.
Mamlakatdan kapitalning qochishiga valyutaviy tartibga
solishdagi tartibbuzarliklar ham sabab bo‗ladi. Ularni quyidagicha
tavsiflash mumkin:
ruxsat
etilgan
banklarni
chetlab,
rezidentlar
va
norezidentlar o‗rtasida hisob-kitoblar qilish, xorijiy valyuta sotish
va sotib olish bo‗yicha valyuta operatsiyalarini amalga
oshirishdagi qonunbuzarliklar;
239
markaziy bankning litsenziyasiz
valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish bo‗yicha tartib va qonunbuzarliklar;
moliyaviy kreditlar olish va berish, eksport-import
operatsiyalari bo‗yicha to‗lov muddatlarini cho‗zish bilan bog‗liq
qonunbuzarliklar;
rezident
va
norezidentlar
o‗rtasidagi
valyuta
operatsiyalarini to‗liq va obyektiv hisobga olishning yo‗lga
qo‗yilmaganligi bilan bog‗liq qonunbuzarliklar.
Mamlakatda kapital qochishining oldini olish va moliyaviy
muhitni sog‗lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy
chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
mamlakatda
investitsion
muhitni
yaxshilash,
investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishni rag‗batlantirish
tizimini
takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish.
Oqibatda,
kapitalni chetga chiqarish
kamayib,
xorijdagi
vatandoshlarimiz hisobidagi mablag‗larning yurtimizga qaytish
jarayoni yuz beradi;
aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash
chora-tadbirlarini amalga oshirish;
milliy valyutadagi jamg‗armalarning ko‗payishi hamda
ularni investitsiyalarga aylanishini rag‗batlantirish tizimini
yaratish;
moliyaviy
oqimlarni bojxona, valyuta, bank nazoratining
shakl va vositalari, usullarini takomillashtirish;
kapitalning eksport va importini tartibga solishning
huquqiy-me‘yoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: