230
-ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish,
700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni
davlat hisobidan kasb-
hunarga o‗qitish. Ish bilan band bo‗lmagan xotin-qizlarni
tadbirkorlikka jalb qilish va o‗zini o‗zi band qilish bo‗yicha
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‗rsatishda
mahalliy darajada (―mahallabay‖ tamoyili asosida) ijtimoiy
ishlarni olib borish mexanizmini yo‗lga qo‗yish;
-hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‗al
toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni
yagona elektron hisobga
olish tizimini yaratish, kambag‗allikning qayta tiklanish xavfini
bartaraf etish. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish.;
-ijtimoiy nafaqa tayinlash
mezonlariga javob beradigan
barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 foizini ijtimoiy yordam
dasturlari bilan qamrab olish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va
aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik og‗ir sharoitga tushib
qolgan fuqarolarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri davlat ijtimoiy yordamini
ko‗rsatish.
Kambag‗allikni va ishsizlikni qisqartirish
orqali shaxsning
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash quyidagilarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo‗ladi:
davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining kundalik
faoliyati inson huquq va erkinliklari
ustuvorligiga oid
konstitutsiyaviy tamoyillarni ta‘minlashga qaratilgan bo‗lishi
lozim;
kambag‗al oilalarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish va yuritishlarini qo‗llab-quvvatlash;
ish bilan bandlikning an‘anaviy shakllari bilan bir
qatorda
vaqtinchalik, mavsumiy, masofadan turib ishlash,
kasanachilik kabi ish bilan bandlik shakllarini qo‗llab-quvvatlash;
231
yangi
ish
o‗rinlarini
yaratgan
korxonalarni
rag‗batlantirish mexanizmini shakllantirish;
har bir korxonada yoshlar hamda kambag‗al oilal
a‘zolari uchun zaxira ish o‗rinlarini vujudga keltirishga va
ularni
ish bilan ta‘minlashga rag‗batlantirish mexanizmlarini ishlab
chiqish;
oliy va o‗rta maxsus ta‘lim yurtlarida kambag‗al oilalar
farzandlari uchun grant joylari ajratish;
yoshlarni, ishsizlarni va xorijdan
qaytib kelgan mehnat
migrantlarini kasb-hunarga tayyorlash kurslari yoki markazlarini
tashkil etish;
ishga
muhtoj
kishilarni
ishni
faol
qidirishga
rag‗batlantirish, undash va uzoq vaqt ish qidirmayotgan kishilarga
ishsizlik nafaqasini va moddiy yordam miqdorini kamaytirish kabi
choralarni amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: