8.2-§. Demografik sohadagi tahdidlar. Demografik
jarayonlarni baholash usullari va xavfsizlik ko‗rsatkichlari
tizimi
Demografik xavfsizlik davlat va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning demografik xavf-xatarlardan himoyalanganlik
holati, bunda ularning milliy demografik manfaatlarga muvofiq
rivojlanishi ta‘minlanadi. Davlat va jamiyatning demografik
manfaatlari aholini takror ishlab chiqarishni o‗ziga oladi, uning
asosiy
o‗ziga
xos
belgilari
quyidagilardan
iborat:
depopulatsiyaning mavjud emasligi, ota-ona avlodlarining to‗liq
o‗rnini bosishga yo‗naltirilgan ongli ravishda tartibga solinadigan
205
tug‗ilish miqdori, barqaror pasayib borayotgan o‗lim soni va umr
ko‗rish uzunligining oshishi, aholining yosh-jinsiy tarkibi, maqbul
ichki va tashqi migratsion jarayonlar, farzandlarga bo‗lgan
ehtiyojni amalga oshirish, ularni tarbiyalash uchun eng qulay
hisoblangan ijtimoiy institut sifatida oilani mustahkamlash.
Shaxsning demografik manfaatlari sog‗lom va uzoq umr
ko‗rishni, farzandlarga bo‗lgan shaxsiy ehtiyojlarning to‗liq
amalga oshirilishini, hududiy ko‗chib yurishlar erkinligini
ta‘minlovchi sharoitlarning shakllantirilishidir. Shunday qilib,
demografik xavfsizlik–bu populatsiyaning o‗z yosh-jinsiy va etnik
parametrlarida mavjud bo‗lishi hamda rivojlanishi, davlatning
yaxlitligini, mustaqilligini, suverenitetini ta‘minlash va mavjud
geosiyosiy maqomini saqlab turishdan iborat milliy manfaatlar
bilan bog‗liqligini aniqlash.
Demografik xavfsizlikni ichki va tashqi turlariga bo‗lish
mumkin.
Ichki
demografik
xavfsizlik
quyidagi
omillar
bilan
belgilanadi: omon qolish, odamsiz qolish, naslning buzilishi,
qirilib yo‗q bo‗lish, o‗zini-o‗zi saqlab qolish, o‗zi uchun yetarli
takror barpo bo‗lish, demografik rivojlanish, demografik inqiroz,
depopulatsiya va h.k. Bu yerda asosiy xavf-xatar – uzoq davom
etadigan va chuqur depopulatsiya oqibatida qirilib yo‗q bo‗lish,
uning ta‘rifiga faqat aholi tabiiy harakatining tavsiflari kiradi:
tug‗ilish miqdori va o‗lim soni.
Aholi sonining tabiiy kamayishi immigratsiya hisobidan
qoplanadigan o‗rin bosuvchi migratsiya populatsiyaning saqlab
qolinishiga emas, balki etnik-madaniy va ijtimoiy oqibatlarni
keltirib chiqaruvchi o‗zgarishiga olib keladi. Mazkur holatda
muayyan vaqt o‗tgach mamlakat aholisining etnik va genetik
qiyofasi tubdan o‗zgaradi.
206
Tashqi demografik xavfsizlik – hududning seraholiligi, uning
chegaralarini qo‗riqlash, mudofaa salohiyatini saqlab turish,
iqtisodiyotni o‗z mehnat resurslari bilan ta‘minlash kabi
davlatning barcha geosiyosiy manfaatlariga mos kelishi lozim
bo‗lgan inson (ko‗chiriladigan, safarbar etiladigan, mehnat)
resurslari majmuini shakllantirish.
Davlat uch hokimiyat timsolida demografik xavfsizlikning
asosiy
subyekti
hisoblanadi.
Ijro
etuvchi
hokimiyatning
vakolatlari: ushbu sohadagi davlat siyosatini belgilab beradi;
demografik xavfsizlik konsepsiyasi (doktrinasi, dasturi)ni ishlab
chiqib, tasdiqlaydi va moliyalanishini ta‘minlaydi; davlat
boshqaruvi organlarining mazkur sohadagi faoliyatini nazorat
qiladi; aholi va demografik
xavfsizlik sohasidagi qonun
hujjatlarining
takomillashtirilishini
ta‘minlaydi; ushbu sohada
hukumatlararo
hamkorlikni
rivojlantiradi;
boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Demografik xavfsizlik konsepsiyasi normativ-huquqiy hujjatlar
bilan belgilangan muddatda ishlab chiqiladi. Demografik
xavfsizlik konsepsiyasida quyidagilar aks ettirilishi kerak:
1. O‗tgan davrda demografik rivojlanish va demografik
siyosatni baholash hamda demografik vaziyatni tavsiflash.
2. Real va potensial demografik xavf-xatarlar.
3. Konsepsiyada belgilangan davr uchun mo‗ljallangan
demografik xavfsizlik dasturlarning asosiy yo‗nalishlari.
207
4. Fuqarolarning reproduktiv huquqlarini muhofaza qilish va
ta‘minlash hamda ularning reproduktiv ehtiyojlarini
shakllantirish
sohasidagi davlat siyosati.
5. Sog‗liqni saqlash sohasidagi o‗zgarishlar, shu jumladan,
aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‗rsatilishiga erishish uchun
sog‗liqni saqlashni takomillashtirish; ayniqsa, mehnatga layoqatli
yoshda bevaqt va oldini olish mumkin bo‗lgan o‗lim sonini
kamaytirish zaxiralarini amalga oshirish hisobidan aholi umr
ko‗rishning uzunligini oshirish; salomatlik uchun zararli bo‗lgan
odatlarning oldini olish va ularga barham berish, birinchi
navbatda, xavf-xatar darajasi yuqori bo‗lgan guruhlar o‗rtasida
ruhiy kasalliklar, alkogolizm va narkomaniya profilaktikasi;
kasalliklar profilaktikasi va sog‗liqni mustahkamlash haqidagi
bilimlarni
shakllantirish, tarqatishga doir ma‘rifiy va ta‘lim
faoliyatini takomillashtirish.
6. Oilaga, keksalarga nisbatan davlat siyosati.
7. Turmush darajasi va sifati sohasida davlat siyosati, shu
jumladan: mehnatga layoqatli aholining munosib turmush
darajasini o‗zi ta‘minlashi uchun sharoitlar yaratish; fuqarolarni
keksalikda, mehnat layoqatini yo‗qotganda, kasal bo‗lganida,
ishsiz qolganida va boshqa kritik vaziyatlarda ijtimoiy ta‘minlash;
sog‗lom kun kechirish muhitini ta‘minlovchi sharoitlarni yaratish;
barcha fuqarolarga ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat, san‘at,
sport xizmatlarining qulayligini ta‘minlash.
8. Migratsiya siyosati.
9. Xalqaro hamkorlik, shu jumladan, demografik siyosat
chora-tadbirlari
va maqsadli loyihalarni ishlab chiqish, amalga
oshirish va baholashda tajriba almashish, ularning amalga
oshirilishiga ko‗maklashish; demografiya sohasidagi milliy
208
dasturlar va rejalarning amalga oshirilishida ishtirok etish uchun
xalqaro tashkilotlar hamda donor mamlakatlarni jalb qilish.
Ijtimoiy-demografik xavfsizlikni tadqiq qilish hududlarni
rivojlantirishning mumkin bo‗lgan istiqbollarini belgilab beruvchi
asosiy masalalardan biridir. Ushbu kategoriyaning o‗ziga xos
xususiyati shundaki, u inson faoliyatining barcha sohalariga faol
ta‘sir ko‗rsatadi. Ijtimoiy-demografik xavfsizlik deyilganda
shunday holat va uning o‗zgarishi tendensiyalari tushuniladiki,
bunday hududda aholining ko‗payishi va munosib yashash
sharoitlari hamda shaxsiy rivojlanish jarayonlarining barqarorligi
ta‘minlanadi.
Ijtimoiy va demografik
xavfsizlik quyidagilarda o‗z
ifodasini topadi:
aholining
tabiiy
ko‗payishini
tavsiflovchi
ko‗rsatkichlarni
doimiy
ravishda tartibga solish (yo‗l
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan
minimal
darajadan
past
emas), bu esa o‗z navbatida, yaqin o‗n yillikda hududlarning
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun shart-sharoit
yaratish imkonini beradi;
millat sog‗lig‗ini yuqori darajada saqlash va qo‗llab-
quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratish, xavfli kasalliklar
tarqalishining oldini olish borasida sanitariya-epidemiologiya
me‘yorlariga qat‘iy rioya qilish;
zamonaviy dunyo standartlariga javob beradigan,
munosib turmush darajasi va uni saqlab qolish uchun sharoit
209
yaratish, bu o‗z navbatida, aholining populatsiyasining saqlanib
qolishi va barqaror iqtisodiy o‗sishga yordam beradi;
shaxsning xavfsizligiga va uning to‗liq rivojlanishiga
bevosita ta‘sir ko‗rsatadigan zarur bo‗lgan sifat ko‗rsatkichlariga
javob beradigan ijtimoiy muhit (jinoyatchilikka qarshi kurashish,
hayot faoliyati xavfsizlik va boshqalar);
aholining
hududlardan
migratsiyasini
cheklab
qo‗yadigan va ruxsat etilgan chegaralar doirasida migratsiya
oqimini saqlab turadigan sharoitlar yaratish.
Demografik xavfsizlik ijtimoiy, iqtisodiy, milliy, innovatsion,
sarmoyaviy, epidemiologik va ekologik, moliyaviy va soliq
xavfsizligi va boshqa shu kabi kategoriyalarning inson kapitali
sifati bilan o‗zaro bog‗liqligi nazarda tutiladi.
Ko‗pincha ijtimoiy va demografik xavfsizlik kategoriyalari
alohida qarab chiqiladi. Tadqiqotlarda ―demografik xavfsizlik‖
kategoriyasi har xil nuqtayi nazardan ko‗rib chiqiladi. Demografik
xavfsizlik darajasini demografik muvozanat va aholining maqbul
soni nuqtayi nazaridan ko‗rib chiqish mumkin.
Aholining maqbul soni deyilganda kutilayotgan va imkoniyat
darajasida bo‗lgan aholining eng maqbul soni tushuniladi.
Aholining maqbul soni nazariyasi demografik bosim va aholining
turmush kechirish uchun zarur bo‗lgan vositalar bilan
ta‘minlanganlik darajasi muammolarini yoritib beradi. Aholining
maqbul sonini aniqlash uchun odamlar intilishi mumkin bo‗lgan:
farovonlik; bandlik; kuch; sog‗liq, madaniyat, bilim; aholi soni
kabi maqsadlarni hisobga olish lozim. Demografik xavfsizlikning
maqsadi
– demografik tahdidlarning oldini olish va
zararsizlantirish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratishdan
iboratdir.
210
Demografik tahdidlar-demografik sohaning faoliyatiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadigan va demografik rivojlanishning milliy va (yoki)
mintaqaviy maqsadlariga zid keladigan, davlatning yaxlitligi,
mustaqilligi
va
suverenitetiga
daxl
qiluvchi
hodisalar,
tendensiyalar va harakatlar majmuini ifoda etadi. Depopulatsiya,
aholining qarishi, tartibga solinmagan migratsiya jarayonlari, aholi
salomatligi holati, aholi soni, oila institutining tanazzulga
uchrashi, aholining etno-demografik tarkibi kabilarni demografik
tahdidlar sirasiga kiritishimiz mumkin.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va
jamiyat hayotiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan
oqibatlarga quyidagilar kiradi:
shakllangan salbiy tabiiy o‗sish (aholining depopulatsiyasi)
natijasida uzoq muddatli istiqbolda hudud aholisining qisqarishi;
aholining oddiy ko‗payishini ta‘minlay olmaydigan
tug‗ilishning past darajasi, shuningdek, ko‗p sonli abortlar nafaqat
tug‗ilishning hozirgi darajasini pasaytirib yuboradi, balki
kelajakda reproduktiv salomatlikning yomonlashishiga olib keladi;
umr
ko‗rish
davomiyligining
qisqaligi
(ayniqsa,
erkaklarda);
populatsiyaning mexanik va tabiiy harakati natijasida yosh
va jins tarkibidagi salbiy o‗zgarishlar; mehnatga layoqatli yoshdan
katta yoshdagi aholi ulushining muttasil o‗sib borishi sharoitida
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va ulushining kamayishi;
kasallanishning
ko‗payishi,
reproduktiv
va
ruhiy
salomatlikning yomonlashishi, alkogolizm, giyohvandlik va
boshqalar tufayli inson resurslari sifatining yomonlashishi;
nikoh va oilaviy munosabatlarning o‗zgarishi, oilaviy
qadriyatlarning
o‗zgarishi
natijasida
kelib
chiquvchi
ajralishlarning yuqori darajasi, to‗liq bo‗lmagan oilalar, nikohsiz
211
tug‗ilishlar, farzandsiz va kam farzandli oilalarning ko‗payishi,
ijtimoiy yetimlik va boshqalar;
davlat tashkil etuvchi (subyekt tashkil etuvchi) etnik
guruhning soni va ulushining qisqarishi;
aholining strategik muhim hududlardan ko‗chib ketishi
natijasida aholi zichligining hududlar bo‗yicha sezilarli ravishda
tabaqalanishi;
shahar va qishloq aholisining turmush darajasida sezilarli
farqlar mavjudligi oqibatida qishloq aholisi sonining kamayishi.
Hududlarning demografik xavfsizligini baholash uchun
ko‗rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu kategoriyani
baholashning aniq bir mezoni mavjud bo‗lmaganligi bois,
tadqiqotchilar tomonidan tanlangan ko‗rsatkichlar ro‗yxati faqat
demografik jarayonlarni tavsiflovchi omillarni o‗rganish bilan
cheklanishi mumkin yoki aholini hayotining boshqa jihatlari yoki
demografik xulq-atvorga ta‘sir etuvchi omillarni tavsiflovchi
ro‗yxat kengaytirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
Demografik xavfsizlikni hozirgi demografik jarayonlarni
o‗rganish nuqtayi nazaridan ko‗rib chiqishda:
1) demografik xavfsizlikning ayrim jihatlari;
2) demografik xavfsizlikning individual ko‗rsatkichlari
darajasining o‗zgarish yo‗nalishi va darajasi;
3) demografik xavfsizlikning individual ko‗rsatkichlarining
o‗zgarishi (demografik yo‗qotishlar) kabilarni tavsiflovchi
ko‗rsatkichlardan keng foydalanishimiz mumkin.
Tanlangan
ko‗rsatkichlarning
kritik
yoki
chegaraviy
qiymatlarini aniqlash muhim hisoblanadi. Chegaraviy kritik
qiymat deyilganda shunday qiymatni tushunish lozimki, unga
ko‗ra indikatorning bunday miqdoriy qiymatida iqtisodiyotning
faoliyati va jamiyat hayotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin
212
bo‗lgan salbiy jarayonlarning kelib chiqish xavfi keskin oshadi.
Ushbu qiymatlarni baholash ekspert xulosalari asosida yoki
matematik tadqiqot usullaridan foydalangan holda hisob-kitoblar
asosida amalga oshiriladi. Bu tahlil qilingan ko‗rsatkichlarga
sifatli baho berish, rivojlanishning amaldagi darajasi belgilangan
mezonlarga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotlarda
ko‗pincha quyi yoki yuqori chegara qiymatlari topiladi.
Dostları ilə paylaş: |