114
Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan
postindustrial bosqichiga o‗tish davrining mahsuli bo‗lib
hisoblanadi. Demak, globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi
kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir. Jahon banki
ma‘lumotlariga ko‗ra, 1995-yildayoq dunyo aholisining 90
foizi
globallashuv jarayonlariga tortilgan.
―Globallashuv‖ iborasi birinchi marta 1983-yilda T. Levitt
tomonidan qo‗llangan. U ―ko‗pmillatli yirik korporatsiyalar
tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining
qo‗shilib ketish hodisasini‖ globallashuv iborasi bilan ifodalagan
1
.
Bugungi zamonaviy dunyo qiyofasini o‗zaro uyg‗unlik
va teng
huquqlilikning barqarorligini belgilab beruvchi sivilizatsiyalar
hamda madaniyatlarning ayri holda mavjud bo‗lishi tarzida
tasavvur qila olmaymiz. Bu jarayonda turli madaniyatlar hamda
sivilizatsiyalarning global tarzda ta‘sirlashuvi sharoitida o‗ziga
xos jihatlarga ega bo‗lgan madaniyatlar hamda sivilizatsiyalarning
global ahamiyati ortib boradi.
Mana shunday bir sharoitda
mahalliy madaniyat va sivilizatsiyalarning o‗ziga xosligini saqlab
qolish o‗ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi davrlarda ishlab chiqarishning milliy bozorlarga
emas, ko‗proq dunyo bozorlariga yo‗naltirilganligi dunyo
iqtisodiyoti
globallashuvining
hozirgi
bosqichini
1
Г.Ф.Фейгин. Развитие националнўх економик в условиях глобализации: историко-
економический аспект. Ғ Известия Санкт-Петербургского университета.. №2, 2009, s.14
Globallashuv – baynalmilallashuvning eng yangi bosqichi
bo‗lib, unda dunyo xo‗jaligi yagona
iqtisodiy organizmga aylana
boshlaydi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot
oqimlarining,
xalqaro
miqyosda
mehnat
resurslari
harakatchanligining keskin o‗sib borishi globallashuvning
xarakterli xususiyatlaridan biridir.
115
harakatlantiruvchi
kuchi
bo‗lib
hisoblanadi.
Globallashuv
jarayonlarining
mamlakatlar
iqtisodiy
xavfsizligiga
ta‘siri
masalalarini o‗rganishda ―iqtisodiy globallashuv‖
muammosiga
ko‗proq ahamiyat berish kerak bo‗ladi.
Transmilliy korporatsiyalarning o‗sib borishi, ya‘ni ishlab
chiqarishning integratsiyalashuvi, xalqaro miqyoslarda pul
ko‗rinishidagi kapitalning turli
shakllarda harakat qilishi
―iqtisodiy globallashuv‖ tushunchasiga sifat jihatdan yangi
mazmun baxsh etdi.
Dostları ilə paylaş: