IV BOB. IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TAHDIDLAR
4.1-§. Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar
Insonning faoliyatga olib keluvchi motivatsiya, ma‘lum
harakatlarni
amalga
oshirish
uchun
uni
uyg‗otuvchi,
harakatlantiruvchi kuchlar yig‗indisi sifatida tushuniladi. Bu
kuchlar insonning o‗zida va uning tashqarisida joylashgan bo‗lib,
uni anglagan yoki anglamagan holda ayrim harakatlarni qilishga
majbur etadi. Bunda alohida kuchlar va inson harakati o‗rtasida
juda murakkab o‗zaro munosabat tizimi turadi, natijada har bir
inson bir xil kuchlar ta‘siri ostidagi bir xil harakatlarga turlicha
munosabat va ta‘sir bildiradilar.
A.Maslou inson ehtiyojlarining murakkabligi va ularning
motivatsiyaga ta‘sirini aniqladi. Uning fikricha, inson ehtiyojlarini
beshta asosiy toifaga bo‗lish mumkin. Uning zamondoshi,
Garvard universiteti ruhshunos olimi Murrey Maslouning fikriga
asoslanib, ehtiyojlarning ierarxiyasini shakllantirdi.
Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi qat‘iy tuzilmaga ega. Uning
fikricha, quyi darajadagi ehtiyojlar insonning xulqiga yuqori
darajadagi ehtiyojlardan avval ta‘sir etadi va ularning qondirilishi
keyingi darajadagi ehtiyoj motivatsiyasini keltirib chiqaradi. Har
bir aniq paytda inson shu vaqtda uning uchun muhim bo‗lgan va
kuchli sezayotgan ehtiyojini qondirishga intiladi. Keyingi
darajadagi ehtiyoj inson xulqida kuchli omilga aylanishi uchun
quyi darajadagi ehtiyoj qondirilgan bo‗lishi kerak.
Inson o‗z ehtiyojlari va ularni qondirish zarurligini
anglaganda manfaat yuzaga keladi. Manfaat esa mehnatga,
faoliyatga undovchi motivatsiyani vujudga keltiradi. Iqtisodiy
manfaatlarni ro‗yobga chiqarishning ichki va tashqi shart-
sharoitlari mavjud bo‗lib, ichki sharoitlarga shaxsning rivojlanishi,
92
konstitutsion
tuzumning
mustahkamlanishi,
mamlakat
hududlarining yaxlitligi va bo‗linmasligini ta‘minlash hamda
xo‗jalik va boshqa faoliyatlar: favqulodda vaziyatlar, tabiiy
ofatlar, falokatlar ta‘sirida vujudga keladigan noxush ekologik
holatlardan
kishilar
salomatligini
saqlash
kiradi.
Tashqi
sharoitlarga esa sherikchilik va o‗zaro hamkorlik asosida xalqaro
aloqalarning samarali tizimini shakllantirish va rivojlantirish,
tashqi agressiyalarni qaytarish imkoniyatlarini ta‘minlash,
o‗zining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos
ravishda xalqaro hamjamiyatda o‗ziga munosib o‗ringa ega
bo‗lish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning ro‗yobga chiqishiga
to‗sqinlik qiluvchi turli-tuman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoya
qilish davlat zimmasiga yuklatilgan.
Xavf va tahdidlarni quyidagi belgilari bo‗yicha guruhlarga
ajratish mumkin:
ta‘sir ko‗rsatish obyektlariga nisbatan – tashqi va ichki;
xavfsizlik sohalari bo‗yicha (ekologik, iqtisodiy, siyosiy,
harbiy va h.k.);
makon yoki ko‗lamiga ko‗ra (global, xalqaro, mintaqaviy,
milliy, mahalliy va h.k.);
namoyon bo‗lish uslubi va shakllariga ko‗ra (bayonot,
kelajakda xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan va himoya choralari
ko‗rilishini talab qiluvchi shart-sharoitlar majmui, aniq harakatlar
va h.k.);
manbalari va harakatlantiruvchi kuchlariga ko‗ra (tabiiy,
inson faoliyati bilan bog‗liq va h.k.);
Iqtisodiy manfaatlarga tahdidlar ularning ta‘sirida vujudga
keladigan noxush va salbiy oqibatlar bilan bog‗liq ravishda qaralib,
xavf-xatar manbai sifatida izohlanadi.
93
ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab (qaltis ish, tahlika, xavf
hamda tahdid) va boshqalar.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimli ta‘sir ko‗rsatuvchi ko‗plab
destruktiv omillarning ta‘siri ostida shakllanadi. Bugungi kunda
iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etuvchi destruktiv omillarning
quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |