Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
―Atrof tabiiy muhit‖ va ―ekologiya‖ tushunchalarining
mazmuni, farqli hamda o‗xshash tomonlari nimalarda ifodalanadi?
436
2.
Ekologik muammolarning umumiy kelib chiqish
sabablari nimalardan iborat?
3.
Davlatning ekologik siyosatining maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat?
4.
Davlatning ekologik vaziyatni tartiblashning iqtisodiy
mexanizmini tushuntirib bering.
5.
O‗zbekistondagi ekologik vaziyatni tavsiflab bering.
6.
O‗zbekistondagi ekologik muammolar nimalardan
iborat?
7.
Orol fojiasining vujudga kelib chiqish sabablari
nimalardan iborat?
8.
Orol bo‗yida vujudga kelgan ekologik vaziyatni
tavsiflab bering?
9.
O‗zbekistonda ekologik muammolarni hal qilish uchun
nimalar amalga oshirilgan?
10.
O‗zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash, ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash uchun nima qilish kerak?
11.
Ekologik nazorat nima uchun kerak?
437
XV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING
O‗ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
15.1-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mohiyati va uning
xususiyatlari
Bugun tez sur‘atlar bilan o‗zgarib borayotgan va o‗tgan
davrlarga nisbatan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda
o‗ta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu tezkor
davrni «ommaviy axborotlashuv» yoxud «globallashuv asri» deb
atashmoqda. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz
bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar
topmoqda. Bu esa shubhasiz matbuot va ommaviy axborot
vositalarining o‗rni va roli nechog‗li oshib borayotganidan dalolat
beradi. Shu jihatdan aytganda, har qanday matbuot jamiyatda yuz
berayotgan voqea hodisalar, o‗zgarishlar, yangilanishlarni
to‗laligicha, xolis va haqqoniy aks ettirmog‗i kerak.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‘lum.
Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil
usullar qo‗llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni
xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‗qiy olmagan.
Asrlar davomida bu san‘at – sirli yozuv jamiyatning yuqori
tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka
missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‗n yil oldin
hamma narsa tubdan o‗zgardi, ya‘ni axborot o‗z qiymatiga ega
bo‗ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda
ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib
oladilar. Bulardan tashqari, uni o‗g‗irlaydilar, buzib talqin etadilar
va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash
zaruriyati tug‗iladi.
438
Bugungi globallashuv jarayoni kimki axborotga egalik qilsa,
o‗sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan fikr bejizga
aytilmaganligini tasdiqladi. Darhaqiqat, hozir dunyoning bir
qancha davlatlarida yadro quroli ishlab chiqarish bo‗yicha
harakatlar davom etayotgan bo‗lsa, bir qator mamlakatlarda esa
axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda.
Ayniqsa, ma‘naviy tahdid va yoshlar ongini egallashga qaratilgan
axborot xurujlari kun sayin avj olmoqda. Ba‘zi bir g‗arazli kuchlar
tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib
kelinmoqda. Axborot xurujlarining yolg‗on axborot tarqatish,
ijtimoiy ongni manipulatsiya qilish, milliy-ma‘naviy qadriyatlarni
yemirish,
mentalitetga
mutlaqo
yot
bo‗lgan
qadriyatlarni targ‗ib etish,
xalqning tarixiy xotirasini
buzish
va
o‗zgartirish,
kiberterrorizm kabi turlari
keng
tarqalmoqda.
Ta‘kidlash
joizki,
globallashuv jarayoni avj
olgani sari odamlarning axborot olish, tarqatish va qabul qilishga
bo‗lgan talab va ehtiyojlari tobora ortib bormoqda.
XXI asr – axborotlashgan jamiyat asridir. Axborotlashgan
jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‗p qismi
axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‗lgan bilimlarni ishlab
chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‗lgan
jamiyatga aytiladi. Axborotlashgan jamiyatning asosiy belgilari
quyidagilardan iborat:
439
jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi va
ularning kishilar faoliyati turli sohalari rivojlanishiga ta‘sirining
kuchayishi;
axborot yig‗ish, qayta ishlash, saqlash uzatish va unga
kirish huquqiga ega bo‗lish imkoniyatining sezilarli darajada
ortishi;
jamiyatda markazlashmagan jarayonlarning chuqurlashuvi;
axborot industriyasida band bo‗lganlar sonining ortishi
hisobiga bandlikning zamonaviy shakllariga o‗tish va yangi
mehnat resurslarini shakllantirish;
kishilarning samarali axborot almashinuvi, ularning jahon
axborot
resurslariga
kirishlarini
ta‘minlovchi,
axborot
mahsulotlari va xizmatlariga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiradigan
global axborotlashgan maydonni yaratishdir.
O‗zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari
va kafolatlari to‗g‗risida‖gi Qonuniga muvofiq, axborot
xavfsizligi deganda axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarining himoyalanishi tushuniladi. Axborot xavfsizligi
masalasi huquq va manfaatlari himoya qilinishi lozim bo‗lgan
subyektlarga ham, bunday himoyani ta‘minlaydigan subyektlarga
ham birday taalluqlidir.
Bular jumlasiga, axborot ishlab chiqaradigan va iste‘mol
qiladigan davlat hokimiyati, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish
organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar; axborot tizimlari,
texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini ishlab chiqadigan,
qo‗llaydigan davlat hokimiyati hamda mahalliy o‗zini o‗zi
boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, axborot
resurslarini yuzaga keltiradigan va ulardan iste‘molchilarga
axborot taqdim etadigan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar,
440
axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan davlat tuzilmalari va
mansabdor shaxslar kiradi.
Axborotni yaratish (ishlab chiqarish) sohasida, birinchi
navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: intellektual mulk
obyekti bo‗lgan axborot; intellektual va buyum ko‗rinishidagi
mulk obyekti bo‗lgan axborot. Axborot tizimlari, texnologiyalari
va ularni ta‘minlash vositalarining yaratilish hamda qo‗llanish
sohasida, avvalo, axborot xavfsizligi borasida tug‗iladigan
talablardan kelib chiqib, barcha texnik, tashkiliy, huquqiy va
dasturiy himoya vositalari ishlab chiqilishi lozim. Bunda, birinchi
navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: axborotli, masalan,
elektron raqamli imzo vositalari mashina yetkazuvchilari;
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning tarmoqlari
tarkibidagi ma‘lumot (bilim) bazalari; EHM va ularning
tarmoqlari tarkibidagi dasturiy vositalar.
O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi davlatning
doimiy
diqqat-e‘tiborida.
Axborot
xavfsizligini
huquqiy
ta‘minlash bo‗yicha milliy huquqiy normativ asosni rivojlantirish
va takomillashtirish to‗g‗risida farmon, qaror hamda qonunlar
qabul
qilingan.
Ushbu
huquqiy
hujjatlar
O‗zbekiston
Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadlari,
vazifalari, tamoyillari va asosiy yo‗nalishlarini o‗zida mujassam
etgan. Bu O‗zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini
ta‘minlashda davlat siyosatini shakllantirish, axborot xavfsizligini
huquqiy,
metodik,
ilmiy-texnik
va
tashkiliy
jihatdan
takomillashtirish
bo‗yicha
takliflar
tayyorlash,
axborot
xavfsizligining maqsadli dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy
asos bo‗lib xizmat qiladi.
Respublikamizning milliy xavfsizligi axborot xavfsizligining
ta‘minlanishiga bog‗liq bo‗lib, texnik taraqqiyotning o‗sishi bilan
441
bog‗liqlik
yanada
ortib
boradi. Shaxsning axborot
sohasidagi
manfaatlari
fuqaroning axborotga ega
bo‗lishi,
qonunan
taqiqlanmagan
faoliyatni
amalga oshirishda, jismoniy,
ma‘naviy va intellektual
rivojlanishda
axborotdan
foydalanish
borasidagi
konstitutsion
huquqlarini
amalga
oshirishdan, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlash tartibida
axborotni himoya qilishdan iboratdir.
Jamiyatning axborot sohasidagi manfaatlari shaxsning
mazkur sohadagi manfaatlarini ta‘minlashdan, demokratiyani
mustahkamlash, huquqiy davlatni barpo etish, O‗zbekistonda
kechayotgan yangilanish jarayonlarida hamjihatlikka erishish va
uni qo‗llab-quvvatlashdan iboratdir.
Davlatning axborot sohasidagi manfaatlari O‗zbekistonda
axborot infratuzilmasining uyg‗un rivojlanishi, fuqarolarning
O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi, mustaqilligi va
hududiy yaxlitligining daxlsizligini ta‘minlash maqsadida axborot
olish va undan foydalanish borasidagi konstitutsion huquq hamda
erkinliklarini
amalga
oshirish
uchun shart-sharoitlar yaratish,
qonuniylikni,
huquqiy
tartibni
ta‘minlash, teng huquqli xalqaro
hamkorlikni
rivojlantirishdan
iboratdir.
Axborotni himoya qilish
deganda quyidagilar tushuniladi:
axborotning
butunligini
442
ta‘minlash, shu bilan birga, axborot elementlarining buzilishi yoki
yo‗q qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik;
axborotning
butunligini
saqlab
qolgan
holda,
uni
elementlarini qalbakilashtirishga (o‗zgartirishga) yo‗l qo‗ymaslik;
axborotni tegishli huquqlarga ega bo‗lmagan shaxslar yoki
jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‗l
qo‗ymaslik;
egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va
resurslar faqat tomonlar o‗rtasida kelishilgan shartnomalar asosida
qo‗llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |