See discussions, stats, and author profiles for this publication at


ekologik  muammolar global, mintaqaviy, milliy hamda mahalliy



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   224
30 06 2022 . (1)

ekologik 
muammolar global, mintaqaviy, milliy hamda mahalliy 
miqyoslarga bo‗linib o‗rganiladi
. Keyingi yillarda asosiy global 
muammolardan – iqlim o‗zgarishi, ozon tuynugining hosil bo‗lishi 
va Orol dengizi muammolarini ta‘kidlab o‗tish joiz. Mintaqaviy 
muammolarga esa global muammolar bilan bir qatorda suv 
resurslaridan 
foydalanish, 
atrof-muhitning 
transchegaraviy 
ifloslanishi, cho‗llanish, yuqumli va o‗ta xavfli kasalliklarning 
tarqalishi, tabiiy va texnogen tusdagi kataklizmlarni, mahalliy 
miqyosda - muayyan hududlarning radiatsion ifloslanishi, yer osti 
suvlarining ifloslanishi, chiqindilarning to‗planishini keltirish 
mumkin. 
O‗zbekiston hududida global mintaqaviy iqlimning 
o‗zgarishi oqibatlarini baholash 2030-yillarga kelib, shimoliy 
hududlarda o‗rtacha yillik haroratning o‗sishi 2-3 darajaga va 
respublika janubiy qismida 1- darajaga o‗sishi, tog‗li hududlarda 
ancha kamroq ta‘sir ko‗rsatilishi kutilmoqda. O‗zbekistonning 
barcha 
hududlarida 
yog‗ingarchiliklar 
miqdorining 



424 
foizgacha, 
Farg‗ona 
vodiysida 
15 
foizgacha, 
respublikamizning shimoliy qismida 15-20 foizgacha ortishi 
kutilmoqda. 
BMTning 
hukumatlararo 
komissiyasi 
tomonidan 
tayyorlangan "Iqlim o‗zgarishi - 2007" ma‘ruzasida insoniyat 
faoliyati natijasida global haroratning ko‗tarilishiga oid inkor 
etib bo‗lmas dalillar keltirilgan. 100 yillik uchun berilgan global 
bashoratlarga ko‗ra, bug‗li gazlarni qisqartirish chora-tadbirlarni 
amalga oshirganning o‗zida harorat 1.4 dan 5.8 C ga ko‗tarilishi 
mumkin. Bu esa, albatta, atrof-muhit, inson salomatligiga 
salbiy ta‘sirini o‗tkazadi. 
Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid siyosati va 
suvdan oqilona foydalanish 
hamda atrof-muhitni muhofaza 
qilish 
sohasida 
amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlari 
quyidagi asosiy tamoyillarga 
asoslangan: 

atrof-muhitni 
aholi 
turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida saqlash va 
qayta tiklash bo‗yicha iqtisodiy hamda ekologik siyosatni 
muvofiqlashtirish; 

tabiatning ayrim tarkibiy qismlarini muhofaza qilishdan 
ekotizimlarni umumiy va majmuaviy ravishda himoyalashga 
o‗tish; 

jamiyatning barcha a‘zolarining atrof-muhitni muhofaza 
qilish, uning xilma-xilligini saqlash va vaziyatni yaxshilash, aholi 
hayoti uchun qulay sharoitlarini yaratish borasidagi javobgarligi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududidan oqib o‗tuvchi 8ta 
daryolar, jumladan, Qashqadaryo, Chirchiq, Surxondaryo 


425 
hamda Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryo 
transchegaraviy 
hisoblangan 
daryolar 
va 
respublika 
ahamiyatiga ega bo‗lgan 11 ta yer osti chuchuk suvlari hosil 
bo‗ladigan hududlarni ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida, 
Vazirlar Mahkamasining jami 11 ta qarorlari, shu jumladan, 3 ta 
qaror - yer osti chuchuk suvlari hosil bo‗ladigan 11 ta hudud 
bo‗yicha (Toshkent viloyatidagi 2ta, Farg‗ona viloyatidagi 2ta, 
Samarqand viloyatidagi 1 ta, Andijon viloyatidagi 1 ta, 
Namangan viloyatidagi 1 ta, Qashqadaryo viloyatidagi 1 ta, Jizzax 
viloyatidagi 2ta va Surxondaryo viloyatidagi 1 ta manba 
bo‗yicha), 8 tasi - daryolar bo‗yicha qabul qilinib amalga 
oshirilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev BMT 
Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qilgan nutqida ―Bugungi 
kunning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri – Orol 
halokatiga yana bir bor e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, 
mening qo‗limda – Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‗ylaymanki, 
bunga ortiqcha izohga hojat yo‗q. Dengizning qurishi bilan 
bog‗liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa‘y-
harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz BMT 
tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‗rgan aholiga amaliy yordam 
ko‗rsatish bo‗yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‗liq 
amalga oshirilishi tarafdorimiz‖
1
, - deb ta‘kidlagan. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ―Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson 
xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama sheriklik asosida ―Trast 
fondi‖ning tuzilishi o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‗i bo‗ldi. 
Biz 
O‗zbekiston tashabbusini qo‗llab-quvvatlagani uchun 
1
 
http://uza.uz/oz/
.  


426 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu 
Guterrish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlaridan, 
hamkor davlatlardan minnatdormiz‖
1
,-deb ta‘kidladi. 
Inson va tabiat o‗rtasidagi munosabatlarning uyg‗un 
barkamolligi Sharqda o‗ziga xos xususiyatga ega. Bu borada 
Orol fojiasini unutmagan holda, suv va yerga bo‗lgan tafakkurni 
o‗zgartirish hamda ushbu zamindan azaldan qaror topgan obi 
hayotga eng ulug‗ ne‘matlardan deb, qarash borasidagi 
munosabatni qayta tiklash zarur. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin