14.2-§. Davlatning ekologik siyosati va tabiatdan foydalanish
vazifalari
O‗zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish
to‗g‗risida»gi
qonunida
iqtisodiy
mexanizmning
asosiy
konsepsiyasi shakllantirilgan, tabiiy resurslardan foydalanishga
limitlar aniqlangan, tabiatni muhofaza qilish samaradorligini
oshiruvchi ishlar uchun soliq,
kredit va boshqa imtiyozlar
berilgan. Suvdan foydalanish
Respublikamizda 1993-yil 6-
mayda qabul qilingan «Suv va
suvdan
foydalanish
to‗g‗risida»gi qonun va boshqa
qonunlar
bilan
tartibga
solinadi.
O‗zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati
Konstitutsiya, qonunchilik, atrof-muhit muhofazasi va barqaror
rivojlanish bo‗yicha xalqaro konvensiya va kelishuvlardan kelib
chiquvchi majburiyatlarimiz hamda ilg‗or mamlakatlarning
qonunchilik tajribasini hisobga olib Rio-de Janeyro va
421
Yoxannesburg
Deklaratsiyalari
tamoyillari
asosida
olib
borilmoqda.
O‗zbekistonning ekologiya sohasidagi siyosati barqaror
rivojlanishning quyidagi tamoyillariga asoslanadi:
1. Ekotizimlarning ma‘lum barqarorligini saqlab qolish
uchun tabiatdan foydalanish jarayonlarining muvozanatiga
erishish.
2. Antropogen ta‘sir kuchlar yuqori bo‗lgan tumanlarda
barqaror rivojlanishni yangilash.
3. Ekologik muammolarning iqtisodiy muammolar ustidan
ustunligini keng omma oldida tasdiqlash, shu bilan birga, davlat
boshqaruvi jarayonlarini ekologizatsiya qilish.
Davlatning ekologik tartiblashni iqtisodiy mexanizmi
elementlari quyidagilardan iborat:
•tabiiy kadastrlar;
•tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni moliyalashtirish;
•tabiatdan foydalanganlik va atrof-muhitni ifloslantirganlik
uchun to‗lovlar;
•ekologik tadbirlarni imtiyozli kreditlash va soliqqa
tortishdagi
imtiyozlar,
shuningdek,
ekologik
sug‗urta,
rejalashtirish
(prognozlashtirish),
iqtisodiy
rag‗batlantirish
tadbirlari (14.1-jadval).
|