413
15. Energiya hosil qiluvchi energetika quvvatlarini
modernizatsiyalash va kengaytirish, iqtisodiyotning barcha
sohalari va tarmoqlarining elektr ta‘minoti
ishonchliligi va
samaradorligini ta‘minlaydigan elektr uzatish liniyalarini
rekonstruksiya qilish.
16. Ishlab chiqariladigan mahsulotni diversifikatsiyalash
imkonini beradigan uglevodorodlarni qayta ishlash bo‗yicha
ilg‗or texnologiyalarni joriy etish, turdosh ishlab chiqarishlarni
rivojlantirishni ta‘minlab, uning sifat tavsiflarini yaxshilash
(gaz-kimyo mahsulotlarining yangi turlarini kengaytirish va
o‗zlashtirish bo‗yicha loyihalar va shu kabilar).
17. Energiyaning tiklanadigan
manbalari ulushini, shu
jumladan, gidroenergiya, ko‗mir yoqilg‗isi, yoqilg‗ining
noan‘anaviy turlari, atom energiyasi ulushini ko‗paytirish
yo‗nalishida umumiy energetik balansni diversifikatsiyalash
yo‗nalishlarini
o‗z
ichiga
oluvchi
yoqilg‗i-energetika
kompleksini
rivojlantirish
strategiyasini
ishlab
chiqish,
shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning
kombinatsiyalashtirilgan texnologiyalarini qo‗llash, ikkilamchi
energiya resurslarini energetik utilizatsiya qilish hisobiga
uglevodorod
xomashyodan
foydalanish
samaradorligini
oshirish.
18.
Markaziy
Osiyoning
energetika
balansida
O‗zbekistonning
mavqYIni mustahkamlash, suvni iste‘mol
qilishning resurs samaradorligi modeliga o‗tish va umuman
iqtisodiyotning energiya jihatidan samaradorligini oshirish,
xususan:
kichik
derivatsion
GESlar
va
yordamchi
infratuzilmani qurish;
414
quyosh,
shamol
yoki
biochiqindilar
singari
energiyaning
tiklanadigan
manbalaridan
generatsiyalashtiruvchi issiqlik yoki elektr stansiyalari qurish;
uning hisobiga elektr energiyasiga ichki talab
qondiriladigan Markaziy Osiyoda suv-energetika konsorsiumi
yaratish ishlari;
Atom
energetikasida
loyihalarni
rivojlantirish
(Rossiya, Fransiya va Xitoy bilan birgalikda);
energiyani sanoat yo‗li bilan
saqlash tizimini ishlab
chiqish;
elektr generatsiyasini markazlashtirishdan chiqarish
tizimini joriy etish (Smart
Grid);
qo‗shilgan qiymat
ulushi
yuqori
bo‗lgan
samarali
va
barqaror
energetika
tizimini
yaratish;
energiyaning
tiklanadigan manbalari va
atom energetika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
asbob-uskunalar
ishlab
chiqarilishi
mahalliylashtirilishining salmoqli darajasi va energiyaning
tiklanadigan
manbalarini
texnologik
rivojlantirish.O‗zbekistonning elektroenergetika tarmog‗ida
xalqaro kompaniyalar paydo bo‗ladi.
Energetik xavfsizlik holati va uning tarkibiga kiruvchi
ko‗rsatkichlarning belgilangan me‘yorlarga
mosligini doimiy
monitoring qilib borish zarur, belgilangan me‘yorlardan chetga
chiqish holatlari aniqlansa, tezkor chora-tadbirlar ko‗rilishi talab
415
etiladi. Texnologik jihatdan energiya
resurslarini qazib olish,
ularni qayta ishlash va shu bilan bir qatorda ularni tashish, sotish
va iste‘molini yo‗lga qo‗yish borasidagi keng qamrovli
jarayonlarni takomillashtirib borish hisobiga energetika xavfsizligi
ta‘minlanadi. Har bir bosqichda tabiat bilan ekologik, iqtisodiy va
ijtimoiy tavsifga ega bo‗lgan intensiv aloqalarga kirishiladi va
inson-tabiat o‗rtasidagi aloqalarning yangi qirralari yuzaga chiqa
boradi.
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasida
24-maqsad:
Iqtisodiyotni
elektr
energiyasi bilan uzluksiz ta‘minlash hamda ―Yashil iqtisodiyot‖
texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning
energiya samaradorligini 20 foizga oshirishdan iboratdir. Mazkur
maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar belgilangan:
2026-yilga
kelib
elektr
energiyasi
ishlab
chiqarish
ko‗rsatkichini qo‗shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100
milliard kVt.soatga yetkazish;
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi
energiya manbalari
ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub
metr tabiiy gazni tejash;
O‗zbekiston energetika tizimining qo‗shni davlatlar
energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta‘minlash;
sanoat tarmoqlarida yo‗qotishlarni kamaytirish va
resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish;
uy-joy-kommunal xo‗jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va
boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini keng
joriy etish va energiya samaradorligini oshirish;
elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
bo‗yicha choralarni ko‗rish;
416
iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli
gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga
qisqartirish.
Dostları ilə paylaş: