See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. O‗zbekistonning energetik xavfsizlik modeli



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   224
30 06 2022 . (1)

13.1-rasm. O‗zbekistonning energetik xavfsizlik modeli. 


402 
Mamlakatning energetika xavfsizligini mamlakat fuqarolari
jamiyat, davlat va iqtisodiyot tarmoqlarining arzon va zaruriy 
sifatga ega bo‗lgan yoqilg‗i-energetika resurslariga bo‗lgan 
ehtiyojlarini to‗laqonli ravishda qondirish borasida vujudga kelishi 
mumkin bo‗lgan ichki va tashqi omillardan, shu bilan bir qatorda, 
yoqilg‗i-energiya ta‘minotidagi uzilishlardan himoyalanganlik 
darajasi sifatida baholashimiz mumkin. Tilga olib o‗tilgan 
himoyalanganlik darajasi odatiy sharoitlarda mavjud ehtiyojlarni 
to‗laqonli ravishda qondirilishini, favqulodda holatlarda esa 
mavjud ehtiyojlarni minimal darajada qondirilishini kafolatlashi 
lozim. Bu o‗rinda shuni e‘tiborga olishimiz lozimki, bugungi 
kunda himoyalanganlik darajasining ta‘min etilishiga zo‗r 
berilishi, istiqbolda iqtisodiyot tarmoq va sohalarini yoqilg‗i-
energiya resurslari bilan ta‘minlanishini shubha ostiga qo‗ymasligi 
zarur. 
Xalqaro energetik xavfsizlik muammolari XX asrning 
ikkinchi 
yarmidan 
boshlab 
davlat 
boshqaruvi 
organlari, 
tahlilchilar, amaliyotchilar va olimlarning diqqatini torta boshladi. 
Shakllanganligiga hali u qadar ko‗p bo‗lmagan energetika 
xavfsizligi instituti global xalqaro xavfsizlik majmuida muhim 
ahamiyat kasb etishi bir qator omillarga bog‗liq.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotining energetika sektori har 
qanday mamlakat milliy xo‗jaligi tarmoqlarining hayotiy 
faoliyatini ta‘min etadi va ko‗p jihatdan ularning moliyaviy-
iqtisodiy natijalari va ko‗rsatkichlarning shakllanishiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Tabiiy yoqilg‗i-energetika resurslari va energetika 
sektorining 
salohiyatidan 
eng 
yuqori 
darajada 
samarali 
foydalanish iqtisodiyotning barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash 
va aholi turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi.


403 
Ikkinchidan, tabiiy yoqilg‗i-energetika resurslari dunyo 
mamlakatlari bo‗yicha notekis taqsimlangan. Uglevodorod 
resurslariga boy mamlakatlar bilan bir qatorda, bunday resurslarga 
ega bo‗lmagan mamlakatlar ham mavjud. Hatto boy neft va gaz 
zaxiralariga ega bo‗lgan mamlakatlar mazkur zaxiralarni 
o‗zlashtirish va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlab chiqarish 
xarajatlari va shu bilan birgalikda, energiya resurslari sifati 
bo‗yicha ham bir-birlaridan farq qiladi. Bu, o‗z navbatida, 
yoqilg‗i-energetika 
majmui 
tarkibiga 
kiruvchi 
ishlab 
chiqaruvchilar o‗rtasida raqobat kurashi borasida ma‘lum bir 
obyektiv farqlanishlarni keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, energiya resurslar iste‘molining uzluksiz o‗sib 
borishi, 
uglevodorod 
xomashyosi 
zaxiralarining 
qayta 
tiklanmasligi, jahon iqtisodiyoti mazkur tarmog‗ining bir qator 
o‗ziga xosliklari energiya resurslari bozorida raqobat kurashining 
shiddatli tus olishiga va uning natijasida davlatlar o‗rtasida harbiy-
siyosiy nizolarning avj olishiga sabab bo‗ladi. 
Tashqi 
siyosat 
borasida 
O‗zbekistonning energetika 
xavfsizligi muammolari sobiq Ittifoqning tarqalib ketishi va yaxlit 
yoqilg‗i-energetika majmuining alohida milliy tizimlarga ajralib 
chiqishi oqibatida yanada dolzarblik kasb eta bordi, bu esa o‗z 
navbatida, mamlakat yoqilg‗i-energetika majmuasiga tashqi 
iqtisodiy va siyosiy omillarning ta‘sirining kuchayishiga olib 
keldi: 
1)
sobiq ittifoq respublikalarining yoqilg‗i-energetika 
majmui bozorlari avvallari yaxlit bitta ichki bozorni tashkil etgan 
bo‗lsa, endilikda ular ichki bozordan tashqi bozorga aylanadi; 
2)
―markazdan qochirma‖ harakatlarning avj olishi 
yangidan tashkil topgan mustaqil davlatlar yoqilg‗i-energetika 
resurslarini yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilishlari 


404 
natijasida 
yoqilg‗i-energetika 
resurslarini 
yetkazib 
berish 
borasidagi avvaldan mavjud aloqalarga chek qo‗yildi; 
3)
yaxlit infratuzilmaning barbod bo‗lishi va sobiq ittifoq 
respublikalari orqali Yevropa bozorlariga yoqilg‗i-energetika 
resurslarini yetkazib berishda tranzit muammolarining vujudga 
kelishi. 
Energiya 
resurslarining 
tashqi 
bozorida 
raqobatning 
kuchayishi sharoitida O‗zbekiston ortida katta davlatlarning 
manfaatlari turuvchi yirik transmilliy kompaniyalarning kuchli 
iqtisodiy bosimiga duch kelmoqda. Bu kabi omillarning barchasi 
energetika sektorida mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini 
ta‘minlash sohasida aniq va puxta o‗ylangan davlat siyosatini olib 
borishni taqozo etadi. 
 
Tashqi xavf-xatarlar. Umuman olganda, dunyo neft va gaz 
bozori tomonidan mamlakatning energetika xavfsizligiga xavf 
soluvchi xatarlarning vujudga kelishiga olib keluvchi iqtisodiy 
hamda siyosiy tusdagi sabablar va omillariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1)
bozorlardagi nobarqarorlik; 
2)
ayrim xorijiy davlatlar yoki ularning hamjamiyatlarining 
xalqaro yoqilg‗i-energetika resurslari va ularni qazib olish 
bozorlarida mamlakatga nisbatan kamsituvchi va ayrimachi xatti-
harakatlarning amalga oshirishi; 
3)
xorijda neft va gaz konlarini o‗zlashtirishda O‗zbekiston 
kompaniyalarining ishtirok etishiga to‗sqinlik qilish; 
4)
dengiz yo‗llarida kemalarning erkin qatnovi to‗g‗risidagi 
konvensiyani bajarmaslik, tranzit davlatlar hududidagi tranzit 
quvurlarni yopib qo‗yish, mamlakatdan eksport qilinuvchi neft va 
gaz resurslarini tashish borasida cheklovlar o‗rnatish; 


405 
5)
boshqa davlatlar hududi orqali tranzitga asossiz ravishda 
yuqori tariflar belgilash; 
6)
harbiy to‗qnashuvlarning kelib chiqish ehtimoli. 
So‗nggi yillarda dunyo energetika bozorida yuz berayotgan 
jarayonlar, mamlakatlar o‗rtasida energiya resurslar borasida 
yuzaga kelayotgan ziddiyatlar energetika borasida o‗ziga xos 
energetika diplomatiyasini yo‗lga qo‗yishni, milliy energetika 
kompaniyalarining manfaatlarini xalqaro maydonda faol qo‗llab-
quvvatlash zarurligini ko‗rsatmoqda.
Markaziy Osiyoning energetika balansida O‗zbekistonning 
mavqYIni mustahkamlash, suvni iste‘mol qilishning resurs 
samaradorligi modeliga 
o‗tish 
va 
umuman 
iqtisodiyotning energiya 
jihatidan samaradorligini 
oshirish, xususan: 

kichik derivatsion 
GESlar va yordamchi 
infratuzilmani qurish; 

quyosh, 
shamol 
yoki 
biochiqindilar 
singari 
energiyaning 
tiklanadigan 
manbalaridan 
generatsiyalashtiruvchi 
issiqlik 
yoki 
elektr 
stansiyalari qurish; 

elektr energiyasiga ichki talab qondiriladigan Markaziy 
Osiyoda suv-energetika konsorsiumi yaratish ishlari; 

Atom energetikasida loyihalarni rivojlantirish (Rossiya, 
Fransiya va Xitoy bilan birgalikda); 

energiyani sanoat yo‗li bilan saqlash tizimini ishlab 
chiqish; 


406 

elektr 
generatsiyasini 
markazlashtirishdan 
chiqarish 
tizimini joriy etish (Smart Grid); 

qo‗shilgan qiymat ulushi yuqori bo‗lgan samarali va 
barqaror energetika tizimini yaratish; 

energiyaning tiklanadigan manbalari va atom energetika 
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 

asbob-uskunalar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishining 
salmoqli darajasi va energiyaning tiklanadigan manbalarini 
texnologik rivojlantirish. 

O‗zbekistonning elektroenergetika tarmog‗ida xalqaro 
kompaniyalar paydo bo‗ladi. 
Energetika 
xavfsizligi 
borasida 
ichki 
xavf-xatarlar 
quyidagilarning mavjudligi bilan bog‗liqdir: 
1)
yoqilg‗i-energetika majmuasi asosiy fondlari eskirish 
darajasining yuqoriligi ( elektroenergetika va gaz sanoatida 
eskirish 60%, neftni qayta ishlash sanoatida 80 %ni tashkil etadi); 
2)
yoqilg‗i-energetika 
majmuasini 
rivojlantirishga 
yo‗naltirilayotgan investitsiyalar salmog‗ining pastligi; 
3)
mamlakat iqtisodiyoti va energetikasining tabiiy gazga 
haddan ziyod bog‗liqligi, yoqilg‗i-energetika resurslarining ichki 
iste‘moli tarkibida tabiiy gazning ulushi qariyb 53 %ni tashkil 
etadi; 
4)
mamlakat yoqilg‗i-energetika majmuasi ishlab chiqarish 
salohiyatining bu borada jahonda erishilgan daraja va ekologik 
standartlarga to‗g‗ri kelmasligi;
5)
Orolbo‗yi hududida energetika infratuzilmasining sust 
rivojlanganligi. 
Milliy darajada energetika xavfsizligini ta‘minlash uchun, 
eng avvalo, ikkita dolzarb muammoni hal etish lozim. 
Birinchidan, yoqilg‗i-energetika majmuining ko‗p jihatdan 


407 
eskirgan texnologik bazasini modernizatsiya qilish va energiya 
resurslar ishlab chiqarish hajmining barqarorligiga erishish 
maqsadida resurs bazasining takror ishlab chiqarilishini ta‘minlash 
zarur. Joriy o‗n yillikda investitsiyalarning cheklanganligi bois 
(faqat neft tarmog‗idan tashqari) birinchi navbatda, mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlari (ularning xizmat muddatlarini uzaytirish 
imkoniyatlarini inobatga olgan holda) texnologik jihatdan 
modernizatsiya qilinadi, keyinchalik esa ilg‗or mahalliy va 
bizning sharoitlarga mos keluvchi xorijiy texnologiyalardan 
foydalanilgan holda ular tubdan rekonstruksiya qilinadi va yangi 
quvvatlar barpo etiladi. 
Ikkinchidan, yoqilg‗i-energetika resurslarining iste‘moli 
tarkibi va ularni ishlab chiqarishni joylashtirishni tubdan qayta 
ko‗rib chiqish talab etiladi. Atom va gidro energetika, ko‗mir 
iste‘molini ko‗paytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
keng foydalanishga o‗tish, yangi uglevodorod zaxiralarini izlab 
topish va ularni o‗zlashtirish ko‗zda tutilgan. Mamlakat va 
hududiy darajada amalga oshiriluvchi davlat energetika siyosati 
maqsad va usullarining yaxlitligini ta‘minlash energetika 
xavfsizligiga erishish va yoqilg‗i-energetika majmuini barqaror 
rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Ijro hokimiyati organlari yoqilg‗i-energetika majmuasining 
samarali faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlash va yoqilg‗i-energetika 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida me‘yoriy-
huquqiy bazani ishlab chiqadilar; Respublika energetika tizimi 
atom energetikasi faoliyatini direktiv tartibda muvofiqlashtiradi va 
nazorat qiladilar; energetika obyektlari va inshootlarining samarali 
va xavfsiz ishlashi borasida standartlar, xavfsizlik me‘yorlari va 
texnik shartlarni belgilaydilar va ularga rivoya etilishi ustidan 
davlat nazoratini o‗rnatadilar; foydali qazilma konlari va yoqilg‗i-


408 
energetika majmui subyektlari faoliyatini litsenziyalaydilar
qonunchilik hujjatlari asosida va shuningdek, kompaniyalar va 
aksionerlik jamiyatlarining qimmatli qog‗ozlariga egalik qilish 
orqali tabiiy monopoliyalarning faoliyatini tartibga soladilar.
Xomashyo va resurslarning yetarli ekanligi milliy iqtisodiyot 
va aholining energiya resurslari bilan uzluksiz ta‘minlash 
imkoniyatlari bilan belgilansa, mavjud narxlar sharoitida 
ta‘minotning rentabelligiga erisha olish-iqtisodiy jihatdan 
hammaboplikni ifoda etadi. Ekologik va texnologik jihatdan yo‗l 
qo‗yish mumkin bo‗lgan chegara esa, energetika obyektlarining 
xavfsiz faoliyat ko‗rsatishini belgilab beruvchi texnik va ekologik 
cheklovlar doirasida energiya resurslarini qazib olish, ishlab 
chiqarish va iste‘mol qilish imkoniyatlarini anglatadi.
2030-yilgacha 
bo‗lgan 
O‗zbekistonning 
energetika 
strategiyasini amalga oshirish natijasida energetika xavfsizligi 
to‗laligicha ta‘minlandi. Shu bilan birgalikda mamlakat energetika 
tizimidagi mavjud muammolarning o‗ziga xos aksi bo‗lgan ayrim 
hududlardagi energetika xavfsizligini ta‘minlash borasidagi lokal 
tavsifdagi qisqa muddatli buzilishlar bartaraf etiladi.
Energetik xavfsizlik holatini monitoring qilish.
 
2030-
yilgacha 
mo‗ljallangan 
energetik 
strategiyasida 
energetik 
xavfsizlikni ta‘minlash borasida quyidagi indikatorlar zarurligi 
ko‗zda tutilgan: 

energetika xavfsizligi; 

iqtisodiyotning energetik samardorligi; 

energetikaning iqtisodiy va byudjet samaradorligi; 

energetikaning ekologik xavfsizligi. 
2030-yilgacha bo‗lgan energetik strategiyada O‗zbekiston 
iqtisodiyoti 
va 
mamlakat 
yoqilg‗i-energetika 
majmuini 
rivojlantirishning bir nechta bosqichlari ajratib ko‗rsatilgan.


409 
Birinchi bosqich inqirozdan chiqish va yangi iqtisodiy 
taraqqiyot uchun yangi iqtisodiy asos yaratish bosqichi 
hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich innovatsion taraqqiyot va yangi 
iqtisodiyotning infratuzilmasini shakllantirish bosqichi sanaladi. 
Birinchi bosqichda asosiy ishlab chiqarish fondlarini 
modernizatsiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar va 
amaliyotga joriy qilingan bir qator me‘yoriy-huquqiy hamda 
institutsional o‗zgarishlar natijasi sifatida yoqilg‗i-energetika 
majmui va butun iqtisodiyot tarmoq sohalarida energiya 
samaradorlikni yalpi tarzda oshirish ikkinchi bosqichning muhim 
vazifasi hisobalanadi. 
Uchinchi 
bosqich 
innovatsion 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
bosqichidir. 
An‘anaviy 
energiya 
resurslaridan 
yanada 
samarali foydalanish bilan 
bir qatorda yangi energiya 
manbalarini izlab topish va 
ularni olish texnologiyasini takomillashtirishga tayangan holda, 
yuksak texnologik imkoniyatlar darajasiga ega bo‗lgan kelajak 
energetikasiga bosqichma-bosqich o‗tish mazkur bosqichning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. Ushbu bosqich 2030-yilga qadar 
amalga oshiriladi.
2030-yilga borib iqtisodiyotda elektr energiyasining 
prognozlashtiriladigan iste‘moli 1,8 baravar, tabiiy gaz - 1,7 
baravar, yoqilg‗i-moylash materiallari iste‘moli - 2,1 baravar 
ko‗payadi. 
Konsepsiya 
doirasida 
2030-yilgacha 
elektr 
energiyasi ishlab chiqarishni 117,2 mlrd kVt 
soatgacha 


410 
ko‗paytirish 
(2020-yilga taqqoslaganda o‗sish 1,9 baravar), shu 
jumladan, muqobil yoqilg‗ilar va energiya manbalari hisobiga 
30 foizgacha ko‗paytirish nazarda tutiladi, elektr energiyasi 
tannarxi 6 foizga, tabiiy gaz tannarxi 30 foizga pasayadi. 
Quyidagilar 2030-yilgacha tarmoqni rivojlantirishning 
asosiy yo‗nalishlari hisoblanadi: 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin