See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Energetika xavfsizligi. Energetika xavfsizligi borasida



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   224
30 06 2022 . (1)

13.2-§. Energetika xavfsizligi. Energetika xavfsizligi borasida 
ichki va tashqi xavf-xatarlar 
Energetika xavfsizligi har qanday mamlakatning iqtisodiy 
taraqqiyotini ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi. O‗tgan asrning 70-
yillarida yaqin sharqdagi inqiroz natijasida erkin bozor 
munosabatlari chuqur ildiz otgan sanoati taraqqiy etgan 
mamlakatlarga mazkur hududlardan neft eksportining qisqarishi 
va buning oqibatida neft narxining keskin ko‗tarilishi asosida 
energetika xavfsizligi muammosi birinchi marta yuzaga chiqqan. 
Iqtisodiyoti energiya resurslari va birinchi navbatda, neft 
hamda gaz mahsulotlari importiga bog‗liq bo‗lgan mamlakatlar 
bunday sharoitda yirik energetik inqirozni boshdan kechirishga 
majbur bo‗ldilar. Davlat va davlatlararo hamda shu bilan bir 
qatorda, korporatsiyalar va yaxlit biznes darajasida ko‗rilgan 
tezkor chora-tadbirlar natijasida bunday inqirozni yengib o‗tish 
mumkin bo‗ldi. Inqirozdan chiqish borasida ko‗rilgan chora-
tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Xalqaro 
energetika agentligi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar 
asosida energetika sohasida amalga oshiriluvchi davlat siyosatini 
qayta ko‗rib chiqish; energiya tejamkorlik borasida faol siyosat 
yuritish; noan‘anaviy energiya resurslarini energiya balansiga 
kiritish; bir qator mamlakatlarda ko‗mir sanoatini davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlash; neftning strategik zaxiralarini 


399 
yaratish va shu kabilar. Ushbu davrga kelib energetika xavfsizligi 
tushunchasi shakllandi.
Energiya manbalarining yirik eksportyorlaridan biri bo‗lgan 
O‗zbekiston uchun energetika borasida energetik xavfsizlikni 
inobatga olgan holda amalga oshiriluvchi davlat siyosati muhim 
o‗rin tutadi. Katta tabiiy energiya resurslari zaxiralari va yoqilg‗i – 
energetika majmuining yirik ishlab chiqarish salohiyati yaqin 
istiqbolda 
mamlakatning 
energetik 
mustaqilligiga 
putur 
yetmasligidan dalolat bersada, uzoq muddatli istiqbolda energetika 
sohasida barqarorlikka erishish maqsadida hozirdanoq chora-
tadbirlar ishlab chiqilishi lozimligini ko‗rsatadi. Biroq bugungi 
kunda mamlakat energetika sohasida kuzatilayotgan ko‗p qirrali 
va chuqur ildiz otgan inqiroz, energetika salohiyati va ishlab 
chiqarish 
kuchlarini 
nomutanosib 
joylashtirish 
istiqbolda 
mamlakatning qator hududlarini energiya ta‘minotida muammolar 
keltirib chiqarishi va umumiy tarzda mamlakatning energiya 
resurslari bilan to‗la-to‗kis ta‘minlanish darajasiga jiddiy salbiy 
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqYIni mustahkamlash va 
aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishini 
ta‘minlash 
borasida 
energetik 
sektorining 
salohiyatini mustahkamlash va tabiiy energiya resurslaridan 
yuqori darajada samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yish mamlakat 
energetika siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Energetik 
xavfsizlik mamlakat aholisini, jamiyat, davlat, iqtisodiyot tarmoq 
va sohalarining yoqilg‗i hamda enegriya resurslari bilan ishonchli 
ta‘minlanishi borasida yuzaga keluvchi xavf-xatarlardan 
himoyalanganlik 
darajasidir. 
Ushbu 
xavf-xatarlar 
tashqi 
(geosiyosiy, makroiqtisodiy, konyunkturaviy) omillar va shu bilan 


400 
bir qatorda, mamlakat energetika sektorining holati va faoliyat 
ko‗rsatishi bilan belgilanadi.
O‗zbekistonda 2020-yilda umumiy ishlab chiqarilgan elektr 
energiyasi 62,2 mlrd kvt soatni tashkil etdi, elektr stansiyalarining 
o‗rtacha yillik yuklamasi 70-72 foizni tashkil etadi, bir kishiga 
elektr energiyasi ishlab chiqarish 1 838 kvt soatni tashkil etadi, bu 
Qirg‗izistondan keyin (1 375) MDH mamlakatlarida ikkinchi eng 
kam ko‗rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun ushbu ko‗rsatkich 
bir kishiga Rossiya Federatsiyasida 7 245, Qozog‗istonda 5 405, 
Tojikistonda 2 000 kvt soatidan ortiqni tashkil etishini qayd etish 
mumkin. 
"O‗zbekenergo" AJ 
tizimida 
ma‘naviy 
eskirgan asosiy fondlar 
(30 
yildan 
ortiq 
foydalangan) ulushi 62,4 
foizni 
tashkil 
etadi. 
Iste‘molchilarga 
taqsimlash 
jarayonida 
iste‘molchilarga 
berishda elektr energiyasining o‗rtacha yillik nobudgarchiligi 
umumiy hajmga nisbatan 16 foizni tashkil etadi. 
Energetika tarmog‗i bugungi kunda o‗zining salohiyatidan 
to‗liq foydalanmayotganligini qayd etish mumkin, respublika va 
yaqinda joylashgan mintaqalarning ehtiyojlarini qoplashda 
taqchillik mavjud. Ushbu sohada davlat aktivlarini boshqarishning 
yo‗lga qo‗yilgan samarali tajribasi mavjud emas. Sohada mulkida 
davlat ulushi bo‗lgan deyarli barcha korxonalar talab darajasida 
bo‗lmagan muammolar hamda qator vazifalarni hal etish uchun 
boshqariladi. 
Korxonalarni 
istiqbolli 
rivojlantirish 
bozor 


401 
ko‗nikmalari hisobga olinmasdan ma‘muriy usullar bilan 
rejalashtiriladi. 
Sanoat korxonalarini va aholining elektr hamda issiqlik 
energiyasi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanganligi darajasini oshirish, 
ushbu yo‗nalishda innovatsion yechimlarni qo‗llagan holda 
transport va muhandislik tarmoqlarini, logistikasini rivojlantirish, 
shuningdek, energiya ishlab chiqarish tannarxini, tadbirkorlik 
subyektlari uchun undan foydalanish qulayligini oshirish 
O‗zbekistonda energetika tarmog‗ini rivojlantirishning asosiy 
maqsadi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks 
rivojlantirish konsepsiyasiga ko‗ra 2030-yilga borib iqtisodiyotda 
elektr energiyasining prognozlashtiriladigan iste‘moli 1,8 baravar, 
tabiiy gaz - 1,7 baravar, yoqilg‗i-moylash materiallari iste‘moli - 
2,1 baravar ko‗payadi. O‗zbekistonda 2030-yilgacha elektr 
energiyasi ishlab chiqarishni 117,2 mlrd kvt soatgacha 
ko‗paytirish (2018-yilga taqqoslaganda o‗sish 1,9 baravar), shu 
jumladan, muqobil yoqilg‗ilar va energiya manbalari hisobiga 30 
foizgacha ko‗paytirish nazarda tutilgan, elektr energiyasi tannarxi 
6 foizga, tabiiy gaz tannarxi 30 foizga pasayadi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin