411
texnologiyalarini
rivojlantirish
yoqilg‗i-energetika
resurslarining xomashyo bazasini diversifikatsiyalash, zararli
chiqindilarni kamaytirish va qimmatroq yoqilg‗ini iste‘mol
qilishni qisqartirishning samarali usuliga aylanishi mumkin.
Ushbu
trendni
rivojlantirish
"Chiqindilar
to‗g‗risida"gi
O‗zbekiston Respublikasi
Qonuni amalda bajarilishini
ta‘minlaydi.
6. Issiqlik va elektr energiyasining yangi avtonom
manbalarini ishlab chiqish va joriy etish, quyosh energiyasi
singari tiklanadigan, muqobil
energiya manbalarini joriy
etishni
tezlashtirish,
kombinatsiyalashtirilgan
siklli
integratsiyalashtirilgan quyosh-issiqlik elektr stansiyalarini,
bioenergetikani joriy etish va shu kabilar.
7. Ulgevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash
bo‗yicha texnologik rekonstruksiya qilish va yangi quvvatlarni
faol ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish, yoqilg‗i-
energetika
kompleksining
qayta
ishlovchi
tarmoqlarini
rivojlantirishda innovatsiyalarni faol joriy etish.
8. Neft va gaz quduqlarini burg‗ulash, uglevodorodlarni
qazib olish, tashish
va qayta ishlash tizimlari, shuningdek,
iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari uchun yuqori texnologik
asbob-uskunalarni o‗zlashtirish va ishlab chiqarishni nazarda
tutadigan importning o‗rnini bosish nomenklaturasi va
hajmlarini kengaytirish.
9. Elektr energiyasi va tabiiy
gazni tashish va pirovard
iste‘molchiga sotish jarayonlarida blokcheyn tizimini joriy
etish.
10. Neft-gaz konlarining zaxiralari zarur o‗sishini
ta‘minlaydigan yangi konlarni (shu jumladan, slanets
uglevodorodlar
konlarini)
ishga
tushirish
va
neft-gaz
412
konlaridan olinadigan samara koeffitsiyentlarini salmoqli
ravishda ko‗paytirish.
11. Energiyaning tiklanadigan
manbalari kompleksida,
shu jumladan, kichik shaharlarda gaz-porshen qurilmalarini
qo‗llagan holda yopiq issiqlik ta‘minotining boshqariladigan
tizimlari bilan uyg‗unlikda elektr va issiqlik energiyasi ishlab
chiqarishni ta‘minlaydigan qurilmalarni joriy etish.
Bu elektr
va issiqlik yuklamalari jadvallarini mahalliy tartibga solish,
mintaqalarni energiya bilan barqaror ta‘minlash, elektr va
issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda birlamchi energiya
xarajatlarini pasaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning
kombinatsiyalashtirilgan sxemasi bilan 1 MVt
va undan ortiq
quvvatli qozonxona stansiyalarini loyihalashtirish va qurish
amaliyotini joriy etish.
12. Tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish
maqsadida qulay muhit yaratgan holda iqtisodiyot subyektlari
o‗rtasida
energetika
bozorini
va
iqtisodiy
o‗zaro
munosabatlarni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: