418
Ikkinchidan
, suv zaxiralarning, shu jumladan, yer usti va yer
osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi jiddiy
ekologik xavfdir.
Uchinchidan
, Orol dengizining qurib borish xavfi kuchli
ekologik
xavf-xatar, tahdiddir. Bugun Orolbo‗yida nafaqat
ekologik, balki dunyo miqyosida og‗ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‗lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik
muammolar paydo bo‗ldi. Shu munosabat bilan O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
murojaatnomasida ―Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million
gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‗ldi. Har yili
100
million tonna qum va tuz
havoga ko‗tarilmoqda. Bu esa
Orol halokati global muammo
ekanini
yana
bir
bor
isbotlamoqda‖
1
,-deb
ta‘kidlagan.
To‗rtinchidan
,
havo
bo‗shlig‗ining ifloslanishi ham
respublikada
ekologik
xavfsizlikka
solinayotgan
tahdiddir.
Mutaxassislarning
ma‘lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera
havosiga 4 million tonnaga yaqin zarralar qo‗shilmoqda.
Ekologik xavf-xatar va tahdidning
kuchayishi ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmini shakllantirish va rivojlantirib
borishni taqozo etadi. Ekologik vaziyatni baholash uchun Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi institutlari (NIPTI ―Atmosfera‖
va NPXS ―Suv xo‗jaligi ekologiyasi‖) tomonidan O‗zbekiston
Respublikasi hududini ekologik hududlashtirish metodologiyasi
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.
2018-yil 28-dekabr.// Xalq so‗zi, 2018-yil 29-dekabr.
419
ishlab chiqilib, amalga oshirilgan. Hududlashtirish respublikaning
ma‘muriy-hududiy taqsimotiga asoslangan; rayonlashtiriladigan
eng kichik hududiy birlik (takson) sifatida ma‘muriy tuman,
respublika yoki viloyatga bo‗ysunuvchi shahar qabul qilingan. Har
bir taksonning ekologik vaziyati 18 ta ekologik indikator (mezon)
bo‗yicha baholangan, ular hududlarning
ekologik tanglik darajasi
(ruxsat berilgan, kritik, favqulodda, ekologik falokat) bo‗yicha
an‘anaviy taqsimoti bilan bir qatorda, balli baholarga ham ega
bo‗lib, o‗rtacha solishtirma balli bahoni hisobga olgan holda xavfli
va o‗ta xavfli toifalarga bo‗linadi.
Hududni ekologik tanglik darajasiga ko‗ra
rayonlashtirish
(viloyatlar bo‗yicha) quyidagicha amalga oshiriladi: 400 va undan
yuqori ball - favqulodda tang, 205-400 - kuchli tanglik, 150-250 -
o‗rtacha tanglik, 120-150 -sust tanglik va 120 ball normal (tanglik
yo‗q).
Ekologik jihatdan eng og‗ir ahvolda turgan hudud
Qoraqalpog‗iston Respublikasi bo‗lib, bu yerdagi ekologik vaziyat
favqulodda tang bo‗lgan holda ahvol yanada og‗irlashmoqda.
Xorazm, Farg‗ona va Navoiy viloyatlarida ekologik vaziyat
kuchli tanglik darajasida. Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi
ekologik vaziyatni o‗rtacha tanglikda deb tavsiflash mumkin.
Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo
va Andijon viloyatlaridagi
vaziyatni sust tanglikda, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo
viloyatlari va Toshkent shahridagi ahvol esa me‘yoriy
sharoitdadir.
Ta‘kidlab o‗tish joizki, hududlarni ekologik tanglik darajasi
bo‗yicha
yuqoridagidek
saralashda
nisbatan
―me‘yoriy‖
viloyatlarda ham favqulodda og‗ir
holatlar kuzatilayotgan
―qaynoq nuqtalar‖ bo‗lishi mumkin. Masalan, Surxondaryo
viloyatidagi Termiz va Muzrabod tumanlari, Buxoro viloyatidagi
420
G‗ijduvon, Toshkent viloyatidagi Yangiyo‗l shaharlari favqulodda
ekologik vaziyat zonasiga kiradi.
Rayonlashtirish natijalaridan ekologik ofat hududlarida
yashovchi aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan qonunchilikni
ishlab
chiqish shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishning
hamda O‗zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini
ekologik ta‘minlashning Milliy va hududiy rejalarini ishlab
chiqishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: