Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda transport
infratuzilmasining o‗rni qanday? Fikringizni misollar yordamida
tushuntirib bering.
386
2.
Temir yo‗l va avtomobil transportini rivojlantirish borasida
asosiy muammolar va tahdidlar nimalardan iborat?
3.
O‗zbekistonda havo, daryo va dengiz flotini rivojlantirish
istiqbollari qanday?
4.
Mamlakatimizda transport xavfsizligini oshirishning asosiy
strategik yo‗nalishlarini aniqlashtiring.
5.
―Uzbekistan Airways‖ AJ faoliyati samaradorligini
oshirish uchun sizning takliflaringiz.
6.
O‗zbekistonda 2030-yilgacha yo‗l-transport va logistika
infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini so‗zlab bering?
7.
O‗zbekistonda
transport
strategiyasining
bosh
ustuvorliklariga nimalar kiradi?
8.
O‗zbekiston Respublikasi transport tarmog‗i uchun xos
bo‗lgan tizimli muammolarga nimalar kiradi?
9.
Magistral quvurlarning muhim afzalliklarini aytib bering?
10.
O‗zbekistonda temir yo‗l transportining hozirgi holati va
uni rivojlantirish tendensiyalari haqida gapiring.
387
XIII BOB. MAMLAKATNING MINERAL-XOMASHYO VA
ENERGETIKA TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH
MASALALARI
13.1-§. O‗zbekistonning mineral-xomashyo majmuasi.
Mineral-xomashyo majmuasida xavfsizlikka tahdidlar
Mamlakatning
mineral-xomashyo
majmuasi
iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlashning muhim omili hisoblanadi. Davlat va
mahalliy byudjetlarning shakllanishi, aholi turmush darajasining
yaxshilanishi va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ortishi
ko‗p jihatdan mineral-xomashyo majmuasining mavjud bo‗lishi va
rivojlanishiga bog‗liqdir. O‗zbekiston zamini shuncha ko‗p
boyliklarga egaki, bu jihatdan jahon xaritasida O‗zbekistonga teng
keladigan davlatlar uncha ko‗p emas.
O‗zbekiston Respublikasida Mendeleyev davriy tizimida aks
ettirilgan elementlarning ko‗pchiligi mavjud. Yer osti boyliklari
orasida mis, qo‗rg‗oshin, oltin, kumush, rux volfram, uran, tabiiy
gaz, neft, ko‗mir, alyuminiy xomashyosi, tuz, qimmatbaho toshlar,
marmar, kaolin, ozokerit, korund kabilar bor. Mutaxassis
olimlarning
hisob-kitob
qilishlaricha,
Respublikamiz
yer
bag‗ridagi foydali qazilma boyliklar zaxirasi 3,3 trillion AQSH
dollariga teng. O‗zbekiston turli foydali qazilmalar: mis, kumush,
oltin, qo‗rg‗oshin, tabiiy gaz kabi qator konlar zaxirasi bo‗yicha
jahon miqyosida ko‗zga ko‗ringan o‗rinlarni egallaydi.
Yer
osti
boyliklari
to‗g‗risida
so‗z
yuritilganda,
O‗zbekistonning oltin zaxiralari to‗g‗risida alohida to‗xtab o‗tish
o‗rinli. Oltin mamlakatimizning eng asosiy boyliklaridan biri
bo‗lib, mustaqillikning ishonchli negizidir. Zero, barcha
davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida oltin jahon valyutasi
vazifasini o‗taydi.
388
O‗zbekiston Respublikasi oltin qazib chiqarish bo‗yicha
Mustaqil Davlatlar Hamdustligi (MDH) tarkibidagi mamlakatlar
orasida Rossiyadan keyin 2-o‗rinni, aholi jon boshiga
hisoblaganda esa 1-o‗rinni egallaydi. Oltin zaxiralari bo‗yicha
O‗zbekiston dunyoda ham katta mavqega ega. Mamlakatimiz
qidirib topilgan oltin zaxiralariga ko‗ra jahonda 4-o‗rinni, uni
qazib chiqarish hajmi bo‗yicha esa 7-o‗rinni egallaydi. Oltin qazib
chiqarishda Muruntov Respublikaning asosiy markazi hisoblanadi.
Ushbu oltin koni tufayli Qizilqum sahrosida 1972-yili Zarafshon
shahri vujudga kelgan. Muruntovdan tashqari Toshkent,
Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlarida ham oltin konlari
mavjud. O‗zbekistondagi oltin
konlar qatoriga Marjonbuloq,
Kukpatas,
Zarmiton,
Kuchbuloq, Pirmurob kabilar
kiradi.
Mamlakatimizda
yiliga
qariyb 100 tonna atrofida oltin
qazib olinadi. Ma‘lumot uchun
2016-2020-yillarda 70-80 tonna atrofida oltin eksport qilindi. Shu
o‗rinda dunyodagi eng yirik oltin zaxiralari mavjud davlatlar
bo‗lgan Xitoyda 450 ming tonna, Avstraliyada 270 ming tonna,
Rossiyada 245 ming tonna, AQSHda 211 ming tonna, Kanadada
160 ming tonna, JARda 150 ming tonna atrofida oltin qazib
olinmoqda. Mamlakatimizda 2020-yil ma‘lumotlariga ko‗ra
valyuta zaxiralari 28,4 milliard dollarni tashkil etgan. Ularning
14,4 milliard dollari monetar oltindir.
Respublikaning ayrim hududlarida mis konlari topilgan.
Toshkent viloyatining Olmaliq atrofida mis konlari bor. Bu
konning ishga tushirilishi natijasida 1951-yili Olmaliq shahri
389
tashkil topgan, keyinchalik
u
rangli
metallurgiya
sanoati markaziga aylangan.
O‗zbekistonda tabiiy
gaz, neft, ko‗mir konlari
ham mavjud. Zaminimizda
aniqlangan
tabiiy
gaz
zaxirasi 2 trl. m
3
, ko‗mir
zaxirasi
esa
2
mlrd.
tonnadan ortiqni tashkil etadi. Tabiiy gaz yoqilg‗i sifatidagina
emas, muhim kimyoviy xomashyo sifatida ham katta ahamiyatga
ega. Qashqadaryo va Buxoro hududlari O‗zbekistonning gazga
eng boy hududlari hisoblanadi.
Bugungi kunda O‗zbekistonda chiqarilayotgan tabiiy gaz va
neftning o‗ndan to‗qqiz qismi Qashqadaryo viloyatiga to‗g‗ri
keladi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Ko‗kdumaloq neft
koni mamlakatimiz yoqilg‗i energetikasi majmuasida muhim o‗rin
tutadi.
O‗zbekistonda ko‗p yillar neft va neft mahsulotlariga bo‗lgan
ehtiyojni qondirish maqsadida uni tashqaridan olib kelinar edi.
Hozirga kelib esa Respublika neft sohasida katta istiqbollarga ega.
Keyingi yillarda mamlakatimizda 20 ga yaqin neft konlarining
borligi aniqlandi. Qator neft konlari ishga tushirilishi tufayli neft
qazib
chiqarish
keskin
ko‗paydi.
Masalan,
1990-yili
O‗zbekistonda chiqarilgan neft hajmi 2810 ming tonnani tashkil
etgan bo‗lsa, 2020-yilga kelib, bu raqam 2.5 mln. tonnadan
atrofida bo‗lmoqda. Neft chiqarish borasida Qashqadaryo viloyati
karvonboshilik qiladi. U hozir mamlakatda chiqarilayotgan
neftning 92 foizi ana shu viloyatga to‗g‗ri keladi. O‗zbekiston
endilikda neft bo‗yicha ham mustaqilikka erishdi.
390
O‗zbekiston Davlat Geologiya qo‗mitasi ma‘lumotiga ko‗ra,
respublikada aniqlangan uran zaxiralari miqdori 190 ming tonnani
tashkil qiladi. Undan 140 ming tonnasi – qumloq uran konlaridir,
47 ming tonnasi qora slanets uran konlari. Qazib olish osonroq
bo‗lgan qumloq uran konlari oldin xorijiy sarmoyadorlarga taklif
qilinmas edi. Ushbu konlar O‗zbekistonda uran qazib olish
huquqiga ega bo‗lgan yagona korxona - Navoiy tog‗-metallurgiya
kombinati zaxiralari tarkibiga kiradi.
O‗zbekiston uran zaxiralari bo‗yicha dunyoda 11-12
o‗rinlarda, uni qazib olish bo‗yicha 7- o‗rinda turadi.
Mamlakatimizda ushbu sohada keng qamrovli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Xususan,
Fransiyaning Orano Mining S.A
kompaniyasi
bilan
Navoiy
viloyatida uran konlarini qidirish
va qazib olish bo‗yicha qo‗shma
korxona
tashkil
qilindi.
Mamlakatimiz
mis
zaxiralari
bo‗yicha dunyoda 10-11-o‗rinda
turadi. Bugungi kunda O‗zbekistonda yagona mis ishlab
chiqaruvchi, bu – «Olmaliq» TMK bo‗lib, u yiliga 100 ming tonna
mis ishlab chiqaradi.
O‗zbekiston
1900 mln. tonna ko‗mir zaxirasiga ega,
jumladan, qo‗ng‗ir ko‗mir zaxiralari 1853 mln. tonnani tashkil
etadi. Surxondaryo viloyatidagi Sharg‗un ko‗mir konida yillik
ko‗mir qazib olish hajmi bugungi 150 ming tonnadan 900 ming
tonnaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Xitoyning China Railway
Tunnel Group kompaniyasi ushbu loyihani amalga oshirishga
kirishdi. Xitoylik mutaxassislar umumiy uzunligi 1,5 ming
kilometr bo‗lgan eski ko‗mir shaxtalarini qayta tiklash hamda 2,2
391
km yangi tunnellar qazish hisobidan qo‗shimcha miqdorda
xomashyo qazib olishni rejalashtirishgan.
Mineral-xomashyo resurslarini o‗zlashtirish mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlar taqdim etadi, iqtisodiyotning bazaviy metallurgiya,
og‗ir mashinasozlik kabi yetakchi sanoat tarmoqlarining
rivojlanishini rag‗batlantiradi, mamlakat yalpi ichki mahsulotining
qariyb yarmini yaratgani holda, yangi ish o‗rinlarini barpo etishga
ko‗maklashadi, harbiy-sanoat majmuini zaruriy resurslar bilan
ta‘minlaydi, yondash iqtisodiyot tarmog‗i va sohalarida
multiplikativ samaraning vujudga kelishiga zamin yaratib beradi.
Mineral-xomashyo majmuasi deyilganda barcha tog‗-kon va
mineral xomashyoni qayta ishlovchi korxonalar (tog‗-kon
sanoati), mineral-xomashyo bazasi, shu bilan bir qatorda, tog‗-kon
sanoatiga
xizmat
ko‗rsatuvchi
va
geologiya-razvedka
tarmoqlarining umumiyligi tushuniladi.
O‗rganilgan va baholangan zaxiralar, ishlab chiqarish
jarayoniga jalb qilingan foydali qazilmalar va ularning prognoz
ko‗rsatkichlari mineral-xomashyo majmuasining asosini tashkil
etadi. Mamlakatimiz yer qa‘rida amalda mavjud bo‗lgan barcha
foydali qazilmalar va ma‘danlar mavjud. O‗zbekiston gaz, neft,
ko‗mir, temir rudalari, nikel, platina, oltin va shu kabi bir qator
foydali qazilmalarning zaxirasi, ularni qazib olish va eksport qilish
bo‗yicha dunyoda yetakchi o‗rinlardan birini egallaydi. Boshqa bir
tomondan esa, O‗zbekistonda marganets, xrom, boksitlar va shu
kabi bir qator strategik ahamiyatga ega bo‗lgan mineral-xomashyo
resurslariga katta ehtiyoj mavjuddir.
392
Mineral-xomashyo sohasida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash
asosan quyidagi yo‗nalishlarni qamrab oladi:
iqtisodiy faoliyat soha va tarmoqlarini strategik mineral-
xomashyo resurslari bilan ta‘minlash;
mineral xomashyo resurslarini qazib olish va ularni qayta
ishlash borasida dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan
raqobatlasha olish;
mineral-xomashyo majmuining hududlar taraqqiyotiga
ta‘siri.
Dunyoning ilg‗or mamlakatlarining mineral xomashyo
resurslari borasidagi siyosatini quyidagi asosiy modellarga
birlashtirishimiz mumkin:
renta tamoyiliga asoslangan
holda qisqa muddatli davrda yuqori
turmush
darajasiga
erishish
imkonini
beruvchi
eksportga
yo‗naltirilgan model;
Yaponiya va Yevropa Ittifoqi
mamlakatlarida mineral xomashyo
resurslarining tanqisligi sabab yoki xuddi AQSHda bo‗lgani kabi
ma‘lum bir siyosiy sabablar hisobiga shakllangan importga
asoslangan model;
O‗zini-o‗zi ta‘minlashga asoslangan model, siyosiy
jihatdan ―yopiq‖ mamlakatlarni ifoda etadi va xilma-xil foydali
qazilmalar, ularning katta zaxirasiga ega bo‗lgan davlatlardagina
mazkur modeldan foydalanish mumkin. Ammo yer yuzasida
bunday mamlakatlar amalda mavjud emas.
Bugungi kunda yuqorida sanab o‗tilgan modellarning hech
biri amalda sof holda qo‗llanilmaydi, mamlakatda amalga
oshirilayotgan mineral xomashyo siyosatida ko‗zda tutilgan
393
ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, ma‘lum bir yo‗nalishga
boshqalariga qaraganda ko‗proq e‘tibor beriladi. Umuman
olganda, aralash model birmuncha ma‘qul hisoblanadi, chunki
aralash modeldan foydalanish orqali mamlakatning mineral-
xomashyo resurslari va bu borada xavfsizlikni ta‘minlash
borasidagi siyosatini o‗zgaruvchan muhitga tez va oson
moslashtirishimiz mumkin bo‗ladi. Shunday qilib, mamlakat
iqtisodiy xavfsizligiga mineral-xomashyo majmuasining ta‘sirini
baholashda tabaqalashgan yondashuvdan foydalanishimiz va
rivojlanish modelini tanlashda quyidagi bir qator omillarni
inobatga olishimiz talab etiladi:
jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi global tendensiyalar;
mamlakat rivojlanishining iqtisodiy ukladi;
alohida hududlar va mintaqalarning rivojlanishida mineral-
xomashyo majmuasini tizim tashkil etuvchi sifatidagi o‗rni;
foydali qazilmalar zaxirasi va ularni o‗zlashtirilish darajasi;
mineral-xomashyo resurslariga ichki va tashqi talab;
milliy iqtisodiyotning jahonda yuz berayotgan integratsion
jarayonlarga tortilganlik darajasi;
mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
darajasi;
ijtimoiy-iqtisodiy omillar (bandlik, daromadlar darajasi,
byudjetning to‗ldiriluvchanligi va shu kabilar).
394
Bugungi kunda barcha mamlakatlar ikkiga mineral-
xomashyo resurslarini ishlab chiqaruvchi va iste‘mol qiluvchilarga
ajratilmoqda. Mamlakatlar o‗rtasida arzon mineral-xomashyo
resurslariga egalik qilish uchun nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy
kurash ham ketmoqda. So‗nggi yillarda kuzatilayotgan lokal
mintaqaviy harbiy mojarolar asosan neft va gaz konlariga egalik
qilish va ularni o‗zlashtirish, magistral neft va gaz quvurlarini
o‗tkazish bilan bog‗liq holda yuz bermoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari mineral-
xomashyo majmuasiga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatmasdan
qolmadi: qayta ishlovchi korxonalar soni qisqardi, geologiya
qidiruv
ishlari
hajmi
keskin pasayib ketdi, bir
qator foydali qazilmalarni
qazib olish hajmi tushib
ketdi,
mazkur
sohada
amalga
oshirilayotgan
ilmiy
izlanishlar
moliyaviy
imkoniyatlarning
cheklanganligi bois yetarlicha rivojlana olmay qoldi, borish qiyin
bo‗lgan hududlarda foydali qazilma konlarini o‗zlashtirish
e‘tibordan chetda qoldi, mineral-xomashyo resurslarini qazib
olish, geologiya va qidiruv ishlarini olib borish uchun zarur
bo‗lgan asbob-uskuna va jihozlar ishlab chiqarish texnologik
jihatdan orqada qolib ketdi, ko‗pchilik hollarda foydali
qazilmalarni qazib olishda pala-partishlikka yo‗l qo‗yilishi
natijasida hududlarga katta ekologik va iqtisodiy zarar keltirildi,
xorijiy kompaniyalarning foydali qazilma konlarini o‗zlashtirish
imkoniyatlarini qo‗lga kiritishi natijasida mazkur sektorda asosiy
395
foyda xorijlik kompaniyalar ixtiyoriga o‗tib ketdi, bunday salbiy
holatlarni yana davom ettirishimiz mumkin.
Yuqorida tilga olib o‗tilgan jihatlar mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va mineral-xomashyo resurslari
borasidagi xavfsizligini ta‘minlashning ichki va tashqi xavf-
xatarlarini aniqlashtirish imkonini beradi.
1.
Tashqi tavakkalchiliklar va tahdidlar:
mineral-xomashyo resurslari eksporti borasida jahon
bozorlarida narxlarning beqarorligi. Bu, albatta, mamlakatlarning
byudjet-moliya tizimi barqarorligi va uning makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlariga katta ta‘sir ko‗rsatadi;
xorijiy davlatlar tomonidan mamlakatning mineral-
xomashyo sektorining rivojlanishini cheklashga yo‗naltirilgan
sanksiyalar;
mineral-xomashyo konlari, mineral-xomashyo resurslarini
sotish bozorlari, transport-logistika tizimlariga egalik qilish bilan
bog‗liq bo‗lgan geosiyosiy vaziyatning chigallashuvi.
2.
Umum
iqtisodiy
tavsifga
ega
bo‗lgan
ichki
tavakkalchiliklar va tahdidlar:
mineral-xomashyo
resurslari
eksportiga
byudjetning
qaramligi;
mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlovchi
korxonalarning yetarlicha rivojlanmaganligi, mineral-xomashyo
resurslari ichki iste‘moli darajasining pastligi;
boshqa
mamlakatlar
bilan
taqqoslaganda
mineral-
xomashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlashning ko‗p
xarajat talab qilishi;
mineral-xomashyo resurslarining notekis taqsimlanishi,
qayta ishlovchi korxonalar va iste‘molchilarning joylashuvidagi
tafovutlar;
396
mineral-xomashyo majmuasi faoliyati samaradorligining
oshishiga xizmat qiluvchi rivojlangan infratuzilmaning mavjud
emasligi;
konlardan tartibsiz foydalanish, chiqitlarni qayta ishlash
texnologiyasining mavjud emasligi bilan bog‗liq holda qazib
oluvchi va qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarning atrof-muhitga
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, zararli ishlab chiqarishlarda band bo‗lgan
ishchi-xodimlar va yaqin atrofda istiqomat qiluvchi insonlar
sog‗lik darajasining yomonlashuvi.
3.
Tarmoq tavsifiga ega bo‗lgan ichki tavakkalchiliklar va
tahdidlar:
xomashyo resurslarining aniqlangan konlari sonining
qisqarishi, qazib olish oson bo‗lgan mineral-xomashyo resurslari
zaxiralarining tugashi hisobiga qazib oluvchi va qayta ishlovchi
korxonalar rentabelligining pasayishi;
strategik ahamiyatga ega bo‗lgan boksit, marganets, uran
kabi bir qator mineral xomashyo resurs zaxiralarining
cheklanganligi;
geologiya
va
qidiruv
ishlarining
yetarlicha
moliyalashtirilmasligi, bu esa yangi foydali qazilma konlarini
izlab topishni cheklab qo‗yadi;
aniqlangan foydali qazilma konlarini o‗zlashtirish, mineral
xomashyo resurslarini qazib olish va chuqur qayta ishlashni yo‗lga
qo‗yish maqsadida talab etiluvchi mablag‗larni kirituvchi
investorlarning yo‗qligi;
tartibga solishning tarmoq mexanizmlarining mukammal
ishlab chiqilmaganligi oqibatida yangidan barpo etilgan qazib
olish quvvatlarining prognoz ko‗rsatkichlariga to‗g‗ri kelmasligi;
mineral-xomashyo majmui korxonalari asosiy fondlari
eskirish darajasining yuqoriligi va eskirgan moddiy-texnik baza,
397
bu
o‗z
navbatida,
asbob-uskunalar
importi
uchun
yo‗naltirilayotgan valyuta mablag‗larining oshishiga olib keladi;
import o‗rnini bosuvchi, yuqori unum bilan ishlovchi qayta
ishlovchi
texnika
va
texnologiyalarni
ishlab
chiqarish
jarayonlariga yetarlicha e‘tibor berilmasligi;
geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish rivojlangan
mamlakatlar darajasidan ancha orqada, bu borada mahalliy
texnologiya va texnik vositalar bugungi kun talabiga javob
bermaydi;
mamlakat hududlarini geologik jihatdan o‗rganish borasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yetarlicha emasligi;
ITTKIlarini moliyalashtirish hajmining pastligi, davlat va
shuningdek, mineral-xomashyo sektorida faoliyat ko‗rsatuvchi
tijorat tuzilmalari tomonidan ilmiy izlanishlarni qo‗llab-
quvvatlash talab darajasida emasligi.
Mamlakatning
mineral-xomashyo
majmuasini
rivojlantirishda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning ustuvor
yo‗nalishlariga quyidagilar kiradi:
yer
osti
boyliklaridan
foydalanish,
raqobat
va
antimonopol
faoliyat
masalalari
bilan
shug‗ullanuvchi
institutsional infratuzilmani takomillashtirish;
mineral-xomashyo resurslarini to‗la qayta ishlash va
to‗la qayta ishlanmagan mineral-xomashyo resurslari eksportini
kamaytirish.
Mamlakatning barqaror mineral-xomashyo majmuini barpo
qilishda geologiya-qidiruv ishlarini sifatli tashkil etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda,
mamlakatning mineral-xomashyo resurslari nuqtayi nazaridan
birmuncha istiqbolli bo‗lgan hududlarida yer qa‘rini o‗rganish
maqsadida ilmiy geologik izlanishlar olib borish talab etiladi.
398
Olingan bilimlar va natijalar asosida mineral-xomashyo resurslari
borasida istiqbolli hisoblangan hududlar geologik tuzilishining
zamonaviy modellarini yaratish zarur bo‗ladi. Yer osti suvlari
resurslarini baholash va ularning holatini monitoring qilish uchun
gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshirish va gidrogeologik
tasvirga olish ishlarini bajarish lozim.
Dostları ilə paylaş: |