See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   224
30 06 2022 . (1)

Magistral quvurlar.
O‗zbekiston hududida yirik tabiiy gaz
neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi sababli quvur 
transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga ega bo‗lgan gaz quvurlari 
vujudga keldi. Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali tashish 
temir yo‗l va daryo yo‗llari orqali tashishdan ikki-uch marta 
arzon, yo‗l davomida mahsulotning tabiiy yo‗qolishi kamayadi, 
tashish jarayoni muntazamlashadi. Quvur orqali yuk tashish 
jarayonini avtomatlashtirish ancha oson bo‗lib, ko‗p sonli 
ishlovchilarga zaruriyat bo‗lmaydi. 1980-yilda truboprovoddagi 
neft mahsulotlarini tashish tannarxi bir tiyindan ham kam, bu 


365 
temir yo‗lga nisbatan 2,6 mlrd.so‗m iqtisod qilish imkonini 
bergan.
Neft 
va 
gaz 
industriyasi 
sanoatning 
flagmani 
va 
iqtisodiyotning yetakchi tarmog‗i hisoblanadi. U mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o‗ynaydi. 2018-yil 1-
yanvar holatiga respublika bo‗yicha magistral quvurlarning 
uzunligi 13895,7 km.ni tashkil qildi (11.1-rasm).
12.1-rasm. 2020-yil 1-yanvar holatiga magistral quvurlar 
uzunligi, km. 
Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil 
qiladi. Neft quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi. 
Magistral quvurlarning muhim afzalliklari quyidagilardan 
iborat:
1) yuklarni tashishning arzonligi (ular orqali neft tashish 
temir yo‗l transportiga qaraganda 3 baravar kam xarajat qiladi);
2) quvur liniyalari qurilishi uchun nisbatan kam xarajatlar 
(bir xil quvvatga ega magistral yoki temir yo‗l qurilishidan 2 
baravar kam);
3) to‗g‗ri ishlaydigan quvurlar ishonchli, iqlim sharoitiga 
bog‗liq emas, yil bo‗yi ishlaydi;
4) minimal yo‗qotishlar kam (temir yo‗l bilan taqqoslaganda 
1,5 baravar kam va suv transportiga nisbatan 2,5 baravar kam);
5) yuqori o‗tkazish qobiliyatiga ega.


366 
Ushbu transport turining kamchiliklari: yuklarni tashish 
tezligining pastligi va ekologik halokat xavf keltirib chiqaradigan 
halokatlar xavfi bilan izohlanadi, metall sarfining ko‗pligi kiradi. 
Quvur diametri 24 dyum bo‗lgan 1 km quvurga 123 tonna metall 
sarflanadi.
Quvur transporti rivojlantirish muammolari. Quvur transporti 
oldiga quyilgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
magistral quvurlar miqdorini ko‗paytirish bilan birga ularning ish 
samaradorligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir.
Ish samardorligini oshirishda tarmoqda hal qilinishi lozim 
bo‗lgan masalalarga quvurlar umumiy miqdorini yanada 
ko‗paytirish, 
ularning 
o‗tkazuvchanlik qobiliyatini 
oshirish, 
quvurlarni 
karroziyaga 
qarshi 
neft 
bitumlari 
bilan 
qoplash, 
boshqarish 
ishlarida 
telemexanika 
va 
avtomatlashtirish asboblarini 
keng qo‗llash va boshqalar kiradi.
Quvur transportining yuqori samaradorligi hisobga olinib, 
ko‗pchilik davlatlarda og‗ir uglerod – etan, etilen, propan, 
propilen va boshqalar, suyuq va gazsimon moddalar–kislorod, 
ammiak, vodorod, azot, xlor, har xil aralashmali tuzlar hamda 
ayrim oziq-ovqat (sut) buyumlari ham quvur orqali tashilmoqda.
Ko‗p vaqtlardan beri ayrim qattiq moddalar ham 
gidprotransport orqali eritma (pulpa) shaklida tashilayotir. Hozir 
ba‘zi bir qattiq moddalarni (ko‗mir, madan va boshqalar) 
kapsulalarga joylashtirilib, gaz yoki suyuq neft mahsulotlari bilan 
yuborish masalalari ham ishlab chiqilmoqda. 


367 
Qattiq 
moddalarni 
quvurlar 
orqali 
yuborish 
ancha 
murakkabliligi tufayli bu masalani hal qilish ustida hali juda ko‗p 
tadqiqotlar o‗tkazish zarur. So‗nggi yillarda qum shag‗al va 
boshqa materiallarni konteynerlarga joylashtirib (2-3 tonnalik) 
katta bosim yordamida trubaprovod orqali yuborish ustida sanoat 
miqyosida tajribalar o‗tkazilayotir. Bunday konteynerlarda yuk 
yuborish tezligi 40-5 km/s atrofidadir. O‗tkazilayotgan tajribalar 
kelajakda yuklarni mana shunday usulda tashish tejamli bo‗lishi 
ko‗rsatilmoqda. 
Transport infratuzilmasining rivojlanganligi ishlab chiqarish 
quvvatlari, resurslardan keng foydalanish, mamlakat hududlarini 
bir butun yaxlitlikda rivojlantirish, haqida fikr yuritish va ayni 
paytda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda milliy 
iqtisodiyot miqyosida iqtisodiy faoliyatni rejalashtirish imkonini 
beradi. Transport oqimlarini boshqarish, jamoat transportini 
rivojlantirishga investitsiyalar kiritish orqali davlat transport 
infratuzilmasining rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatishi talab etiladi.
Bularning barchasi tovar narxining transport tashkil 
etuvchisining 
qiymatini 
pasaytiradi, 
hududlar 
o‗rtasidagi 
tafovutlarni bartaraf etadi, yangi bozorlarga kirib borish 
imkoniyatlarini oshirgan holda, raqobatbardoshlik darajasini 
oshiradi, kooperatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasining 
rivojlanishiga ko‗maklashadi. Buning natijasida quyidagilar 
ta‘min etiladi: 
a) avtomobil, temir yo‗llari va aeroportlarning sifat tavsiflari 
yaxshilanadi; 
b) mavjud sanoat quvvatlaridan samarali foydalanish ta‘min 
etiladi; 
d) avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish evaziga 
transport jarayonlari takomillashtiriladi.


368 
Barcha o‗zgarishlar transport xizmatlarining sifatiga ta‘sir 
ko‗rsatadi va mamlakatda iqtisodiy o‗sishning ta‘minlanishiga 
xizmat 
qiladi. 
O‗zbekistonda so‗nggi yillarda transport 
infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, bu esa yo‗lovchi va yuk 
tashishlariga bo‗lgan talabni qondirish bilan bir qatorda, istiqbolda 
rivojlanish uchun keng imkoniyatlar ochib berganligini qayd 
qilishimiz lozim. O‗zbekiston barcha zamonaviy transport 
turlariga ega, mamlakat transport kommunikatsiyalarining 
joylashishi va tarkibi mamlakatning barcha ichki va tashqi 
zamonaviy transport-iqtisodiy aloqalariga to‗la javob bersada, 
biroq uni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda 
takomillashtirish talab etiladi.
Transport korxonalari xo‗jalik yuritishning yangicha shart-
sharoitlariga asta-sekinlik bilan moslashib borayotgan bo‗lsa-da, 
erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi va qaror topishi 
sharoitida transport va transport infratuzilmasini rivojlantirish 
borasida bir qator muammolar o‗z yechimini kutib turibdi. Yaxlit 
holda transport tizimi va uning bir qator asosiy segmentlari (temir 
yo‗l transporti va ichki suv yo‗llari infratuzilmasi, avtomobil 
yo‗llari) muntazam investitsiyalarga ehtiyoj sezadi va ―uzoq 
muddatli barqarorlik‖ni ta‘minlash zaxirasiga ega emas. Mamlakat 
transport tizimi texnik darajasining nochorligi va uning ishlab 
chiqarish 
bazasining 
qoniqarsiz 
ahvolda ekanligi 
asosiy 
muammolar sirasiga kiradi.
Infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish 
hajmlarining yetarlicha emasligi va shuningdek, harakatdagi 
transport vositalari, boshqa yuk va yo‗lovchi tashish texnikalarini 
yangilashning talab darajasida emasligi so‗nggi yillarda mamlakat 
transport tizimi texnik holati va ishchanlik qobiliyatining sezilarli 
darajada yomonlashishiga olib keldi. 


369 
Temir yo‗l transporti infratuzilmasining texnik qurollanish 
darajasining yetarlicha emasligi sharoitida temir yo‗l transporti 
infratuzilmasining 
yuklanish 
darajasi 
ortib 
borganligini 
ko‗rishimiz mumkin. Temir yo‗l tarmog‗i uzunligi deyarli 
o‗zgarmagan bir sharoitda temir yo‗lning 1 km. ekspluatatsion 
uzunligiga to‗g‗ri keluvchi yuklanganlik o‗rtacha tarmoq bo‗yicha 
24,9 mln. t-km/km.dan ko‗proqni tashkil etmoqda, bu esa boshqa 
mamlakatlarning 
temir 
yo‗l 
transporti 
infratuzilmasining 
yuklanganlik darajasidan sezilarli darajada yuqoridir. Buning 
natijasida transport infratuzilmasi uchastkalarining o‗tkazish 
qobiliyatiga nisbatan muammoli (tig‗iz uchastkalar) asosiy temir 
yo‗l yo‗nalishlarining 16%ini yoki 7,6 ming km.ni tashkil 
etmoqda.
O‗zbekiston 
Respublikasida 
bugungi kunda milliy investorlar 
mablag‗lari hisobiga tashkil etilgan 
bor-yo‗g‗i 5 ta logistika markazi 
faoliyat ko‗rsatmoqda. 
Quyidagilar 
xalqaro 
tashuvlarni amalga oshirishga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi: 
1.
Chegarada avtotransport vositalari turib qolishi (ma‘lumot 
uchun: O‗zbekistonda o‗tkazish vaqti 2 sutkadan 5 sutkagacha 
vaqtni, YI mamlakatlarida 12 soatdan 24 soatgacha vaqtni, 
Rossiyada 1 kunni tashkil etadi). 
2.
O‗tkazish punktlarining inspeksiya-tekshiruvdan o‗tkazish 
majmualari, avtotransport vositalarining hajmi va gabaritini 
aniqlaydigan (mintaqani o‗lchaydigan) zamonaviy o‗lchash 
uskunalari bilan yetarlicha texnik jihozlanmaganligi. 
3.
Zamonaviy va xavfsiz avtomobil turar joylari, haydovchilar 
dam olish joylari, avtomobillarga texnik xizmat ko‗rsatish va 


370 
ularni ta‘mirlash punktlari, yuqori ekologik standartdagi yoqilg‗i 
quyish imkoniyatiga ega zamonaviy avtomobilga yoqilg‗i quyish 
stansiyalari (AYOS) yetishmasligi. 
4.
Eksport-import yuklarini saqlash, qayta ishlash va 
o‗ramlashni tashkil etish uchun foydalanish mumkin bo‗lgan 
logistika va kommunikatsiyaning infratuzilmaviy obyektlari 
yetarlicha rivojlanmagan. 
Iqtisodiy taraqqiyot talablari va aholi ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda yo‗l tarmoqlari uzunligi va ularning holatini talab 
darajasiga keltirish masalalarini hal etish qurilish materiallari 
ishlab chiqaruvchi, ularni yetkazib beruvchi mahalliy ta‘minotchi 
va ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqega egaliklari bir qator 
qiyinchiliklarni tug‗dirmoqda. Xususan, bir qator qurilish 
materiallarining narxi bozor narxlariga qaraganda tezroq o‗sishi 
hisobiga yo‗l ishlariga sarflanuvchi xarajatlar tarkibida zarur 
xomashyo materiallarini sotib olish uchun umumiy xarajatlarning 
qariyb 60 foizi sarflanmoqda.
Innovatsion faoliyat sohasida so‗nggi yillarda amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan bevosita yo‗llarning 
sifatiga, ularning uzoq muddat xizmat qilishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
materiallarni ishlab chiqarishning texnologik taraqqiyot darajasi 
hanuz pastligicha qolmoqda. Keng xalq iste‘moli va sanoat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish innovatsion asoslarda tashkil
qilinayotgan bir paytda, ko‗pchilik qoldiq tamoyili
bo‗yicha 
qurilish materiallarini ishlab chiqarishni afzal biladilar.
Mehnat unumdorligining pastligi, eskirgan transport texnika 
va texnologiyalari, harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini 
ta‘mirlash xarajatlarining yuqoriligi va shuningdek, daromad 
stavkasi o‗sishining transport tomonidan iste‘mol qilinuvchi 
yoqilg‗i, elektr energiyasi, materiallar va texnik vositalar 


371 
narxining o‗sishidan orqada qolishi evaziga yuk va yo‗lovchi 
tashish past rentabellikka ega bo‗lmoqda va ko‗pchilik holatlarda 
esa transport korxonalari o‗z egalariga zarar keltirmoqda.
Ajratilayotgan byudjet subsidiyalari yo‗lovchi va yuk tashish 
tariflarini davlat tomonidan tartibga solish natijasida vujudga 
keluvchi transport kompaniyalarining yo‗qotishlarini to‗lig‗icha 
qoplash imkonini bermaydi. 
Yuqorida tilga olib o‗tilgan sabablar va omillar mulkchilik 
shaklidan qat‘i nazar barcha transport korxonalarining faoliyatiga 
o‗z salbiy ta‘sirini ko‗rsatmoqda. Davlat tasarrufida bo‗lgan va 
tabiiy monopoliya tarmoqlaridan biri sifatida qaraluvchi magistral 
temir yo‗l transportining ham rentabellik ko‗rsatkichlari 
pastligicha 
qolmoqda. 
Transport 
korxonalari 
investitsion 
imkoniyatlarining pastligi, uzoq muddatli qarz mablag‗larini jalb 
qilishdagi 
qiyinchiliklar, 
davlat-xususiy 
sherikchilik 
mexanizmlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‗liq holda 
transport tarmog‗iga investitsiyalarni jalb qilish borasida bir qator 
dolzarb muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
Hozirgi paytda aksariyat hollarda rivojlanishning kapital 
sig‗imi past bo‗lgan modelidan foydalanilmoqda va bunday 
vaziyatda xizmatlar hajmining o‗sishi mavjud asosiy fondlardan 
foydalanishni oshirish evaziga ta‘minlanmoqda.
Transport xizmatlari sifatini oshirish masalalarini tartibga 
solish, transport korxonalarining mobilizatsion tayyorligini 
oshirish va ular tomonidan harbiy-transport majburiyatlarining 
bajarilishini ta‘minlash, davlat va investorlar o‗rtasida huquq-
majburiyatlar 
va 
tavakkalchiliklarning 
qonuniy 
tarzda 
taqsimlanishini ko‗zda tutuvchi davlat-xususiy sherikchilik 
mexanizmlarini rivojlantirish, shuning bilan bir qatorda, transport 
sohasida mazkur mexanizmlardan foydalanishning ustuvor 


372 
yo‗nalishlarini ko‗zda tutuvchi transport tizimi va transport 
xizmatlari bozorini rivojlantirishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini 
takomillashtirish kun tartibidagi dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi.
Yana bir muhim muammolardan biri jahon transport 
xizmatlari bozorida mahalliy transport kompaniyalari va umuman 
olganda, mamlakat transport tizimi raqobatbardoshlik darajasining 
pastligidir.
Mazkur vaziyat yuqorida tilga olib o‗tilgan muammolar bilan 
bir qatorda mahalliy transport korxonalarining jahon bozorida 
raqobatlashish borasida imkoniyatlarining cheklanganligi, shu 
jumladan, xalqaro tranzit tashishlar sohasida O‗zbekistonning 
geosiyosiy 
ustunliklaridan 
yetarlicha 
samarali 
foydalana 
olmayotganligi 
bilan 
ham 
bog‗liqdir. 
Xalqaro 
transport 
yo‗laklarining texnik va texnologik parametrlari mahalliy 
transport korxonalarining xalqaro bozorlarda raqobatbardosh 
bo‗lishiga imkon bermaydi. 
Transport xizmatlarining xalqaro va mintaqaviy bozorlariga 
integratsiyalashuv raqobat kurashining avj olishini, O‗zbekiston 
bozoriga xorijiy tashuvchilarning kirib kelishini, ma‘muriy va 
tarifli to‗siqlarning olib tashlanishini bildiradi, bu esa o‗z 
navbatida, mahalliy transport kompaniyalarining ahvolini yanada 
yomonlashishiga olib keladi. Transport xizmatlari bozori 
rivojlanishining dunyoviy tendensiyalari dunyoda hech bir 
mamlakat kuchli transport tizimi va mavqYIga ega bo‗lmasdan 
o‗z iqtisodiyotidagi mavjud xavf-xatarlarni nazorat qila 
olmasligini ko‗rsatadi.
Transport 
rivojlanishining 
dunyodagi 
tendensiyalari 
quyidagilardan dalolat bermoqda: 


373 

tashuvchilar va transport turlariga nisbatan cheklovlar 
davri o‗z nihoyasiga yetdi. Ko‗pchilik mamlakatlar transport 
tizimining raqobatbardoshligini oshirishga, kvotalash tizimi va 
shuningdek, tarifli va shu kabi to‗siqlardan voz kechishga va 
buning o‗rniga transport sohasini tartibga solish borasidagi 
qonunchilikni xalqaro qonunchilik bilan uyg‗unlashtirishga 
intilmoqdalar; 

transport xizmatlari bozori murakkablasha borib, transport 
jarayoni 
va 
logistikaning 
barcha 
segmentlari 
o‗zaro 
integratsiyalashmoqda. 
Bu 
esa 
o‗z navbatida, transport 
infratuzilmasining yangi tipi – o‗zaro hamkorlikning yaxlit 
birlashgan tizimini tashkil etuvchi transport-logistika va tovar-
transport majmuining rivojlanishiga turtki berdi; 

transport markazlari tizimning boshqaruvchi elementiga 
aylanishi butun yo‗l davomida tashish narxlarini maqbullashtirish 
imkonini berdi. Bu esa foyda nuqtasini tashishning jismoniy 
ko‗rsatkichlari va jarayonlaridan transport-logistika xizmatlari 
tomon siljishiga olib keldi. Transport yo‗laklari tushunchasi o‗z 
mohiyatini birmuncha o‗zgartirdi. Transport yo‗laklari avvallari 
yo‗nalishlarning umumiyligini ifoda etgan bo‗lsa, endilikda ular 
transport tugunlari va tashishlarni boshqarish markazi tizimiga 
aylandi va shu asnoda ular tarif siyosatini boshqarish funksiyasini 
ham asta-sekinlik bilan o‗z zimmasiga oldi; 

transport 
xizmatlarining 
sifati 
va 
ularning 
raqobatbardoshlik darajasi bugungi kunda o‗zining yuqori 
rivojlanish cho‗qqisiga erishdi. Talab yuqori bo‗lgan transport 
bozori segmentlarida raqobat kafolatlangan transport xizmatlari 
sifati uchun musobaqalashish ko‗rinishini oldi. Mazkur holatda 
raqobat kurashida asosiy urg‗u narx orqali raqobatlashishga 
qaratilganligini ta‘kidlash lozim. Raqobat kurashining kuchayishi 


374 
asnosida transport turlarining ekologik jihatdan ma‘lum bir 
talablarga javob berishiga ham alohida e‘tibor qaratila boshlandi. 
Ekologiya va xavfsizlik borasida belgilangan me‘yorlarga qat‘iy 
rioya qilish bilan bir qatorda mahsulotning yakuniy narxida 
transport xarajatlarini imkon qadar maqbul darajada bo‗lishiga 
intilish muhim o‗rin egallashini unutmaslik lozim.
O‗zbekiston transport tizimi uchun rivojlanishning ushbu 
darajasi hali imkon darajasida emas. Tashuvchilar va transport 
tugunlari operatorlarining raqobatbardoshligini oshirish, transport 
tizimiga 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
texnologiyalarning 
o‗zaro 
integratsiyasini 
ta‘minlash, 
transport 
xizmatlari 
sifatini 
bosqichma-bosqich yaxshilanib borishini rag‗batlantirish lozim. 
Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi barobarida transport 
xizmatlari narxi darajasini ham maqbullashtirishga erishish 
mumkin. Transport turlariga nisbatan belgilangan ekologik va 
xavfsizlik talablari bu borada eng asosiy cheklov hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi transport tarmog‗i uchun xos 
bo‗lgan tizimli muammolar sirasiga quyidagilar kiradi: 

transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida hududiy va 
tarkibiy nomutanosibliklarning mavjudligi; 

mamlakat aholisi mobillik darajasining pastligi va transport 
xizmatlari narxining qimmatligi; 

transport xizmatlari sifatining talab darajasida emasligi; 

tranzit salohiyatidan yetarlicha foydalanmaslik, transport 
xizmatlari eksporti darajasining pastligi; 

transport xavfsizligini ta‘minlash borasidagi chora-
tadbirlarning yetarlicha emasligi; 

transportning atrof-muhitga salbiy ta‘sirining kuchayib 
borishi.


375 
Shunday qilib, O‗zbekistonda transport tizimi taraqqiyotining 
yetarlicha taraqqiy etmaganligi iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda 
sezilarli to‗siqlarni vujudga keltirmoqda. Shu bois, 2030-yilgacha 
bo‗lgan muddatda mamlakat transport tizimini rivojlantirishning 
maqsadli va asosiy strategik yo‗nalishlarini belgilab beruvchi 
yangilangan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish talab 
etiladi.
Transport majmui faoliyatini yo‗lga qo‗yish borasida 
mahalliy va xorijiy tajribani tahlil qilish yuqori darajada yo‗l-
transport 
xavfsizligini 
ta‘minlashning 
quyidagi 
asosiy 
yo‗nalishlarini ajratib ko‗rsatish imkonini beradi: 

mos hududiy infratuzilmani yaratish asosida multimodal 
yuk tashish tizimlari va barcha 
transport 
turlarini 
kompleks 
rivojlantirish; 

shahar ichi va hududiy yo‗l 
xo‗jaligini modernizatsiyalash; 

shaharlarda 
transport 
qatnovi va transport majmuini 
boshqarish tizimini qayta tashkil etish; 

ishlab chiqarish chiqindilarini yig‗ish, tashish va ularni 
keyinchalik qayta ishlashning zamonaviy tizimini barpo etish. 
Transport tizimini kompleks rivojlantirish quyidagilarni 
nazarda tutadi: 

transportni boshqarishning mezo va mikroiqtisodiy 
funksiyalarini alohida ajratib olish: yaxlit tizim sifatida elektr, 
avtomobil, havo, daryo, dengiz va temir yo‗l transportini 
rivojlantirish strategiyasini aniqlashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
mezoiqtisodiy funksiyalar davlat va mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan amalga oshirilsa, tijorat asosidagi tashishlarni 


376 
tashkil etish borasidagi mikroiqtisodiy funksiyalar –firmalar va 
davlat ulushi mavjud bo‗lgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari 
tomonidan amalga oshiriladi; 

transport harakatini va shuningdek, logistika markazlarini 
boshqarish bo‗yicha shahar va hududiy organlarni tashkil etish; 

davlat 
tasarrufidan 
chiqarilmaydigan 
va 
xususiylashtirilmaydigan 
regional 
transport 
infratuzilmasi 
obyektlari (dengiz va daryo portlari, aeroportlar, terminallar
vokzallar va boshqalar)ni hududlar yoki munitsipial tuzilmalar 
ixtiyoriga berish; 

transport 
qurilishi 
va 
infratuzilma 
obyektlaridan 
foydalanish borasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini 
rivojlantirish; 

shahar ichida yo‗lovchi va yuk tashish tarkibini 
maqbullashtirish. 
Shahar transportini rivojlantirish strategiyasi transport 
infratuzilmasi, eng avvalo, yo‗llar, terminallar va logistika 
markazlarini taraqqiy ettirish istiqbollarini hisobga olishi lozim. 
Mazkur infratuzilma holatini baholashning quyidagi ko‗rsatkichlar 
tizimi farqlanadi: 

1,0 ming km² maydon, 1 mln. aholiga to‗g‗ri keluvchi 
yo‗llar uzunligi; 

qattiq 
qoplamali 
va 
zamonaviy 
muhandislik 
kommunikatsiyalariga ega bo‗lgan yo‗llarning ulushi (transport 
tugunlari; yo‗l o‗tkazgichlar, to‗sinlar; yo‗l ayrimalari; ko‗priklar 
va boshq.); 

yo‗l-transport hodisalari; 

zamonaviy yo‗llarga ega bo‗lgan aholi yashash manzillari, 
yuk tashuvchilar va yuk qabul qiluvchilar ulushi; 

zamonaviy avtomobil yo‗llarining o‗sib borish sur‘atlari; 


377 

bir nechta transport turlari yordamida amalga oshiriluvchi 
intermodal tashishlarning ulushi; 

harakatni 
boshqarishning 
telematik 
vositalari 
bilan 
jihozlangan yo‗llarning uzunligi; 

1 mln. tonna yuk hisobida zamonaviy terminallarning 
quvvati. 
O‗zbekistonning transport majmui va bugungi kunda mavjud 
bo‗lgan transport xavfsizligi muammolari yaxlit tarzda mamlakat 
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning muhim sharti sifatida qarab 
chiqishni taqozo etadi. Bunday xavflarning vujudga kelish 
sabablari orasida quyidagilarni ajratib ko‗rsatishimiz mumkin: 

ayrim yo‗l uchastkalari o‗tkazish quvvatining yetarlicha 
emasligi yoki umuman bunday imkoniyatga ega emasligi; 

uchinchi mamlakat orqali tranzit yuk va yo‗lovchi tashish 
shartlarining noqulayligi; 

transport vositalarining mavjud emasligi; 

transport ta‘riflarining haddan tashqari yuqoriligi; 

ma‘lum bir yo‗llar va yo‗nalishlarda yuk hamda yo‗lovchi 
tashishning ishonchlilik darajasining pastligi.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin