Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Oziq-ovqat xavfsizligining mohiyati va ahamiyati
qanday?
2.
Ochlik, to‗yib ovqatlanmaslik insoniyatga qanday ta‘sir
ko‗rsatadi?
3.
Davlatning
oziq-ovqat
xavfsizligi
borasidagi
siyosatining mohiyati nima?
4.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini o‗zi ta‘minlash
koeffitsiyenti nima uchun hisoblanadi va u qanday ahamiyatga
ega?
5.
O‗zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun
qanday tadbirlar amalga oshirildi?
343
6.
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligi ekinlarining tarkibini
o‗zgartirish nimalarga qaratilgan?
7.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda davlat boshqaruv
organlari qanday vazifalarni bajaradi?
8.
Istiqbolda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun
qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
344
XII BOB. MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA
XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI
12.1-§. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda
transport infratuzilmasining o‗rni
Transport tizimini majoziy ma‘noda yaxlit xalq xo‗jaligi
majmui subyektlarining o‗zaro uyg‗unlikda harakatlanishini
ta‘minlovchi mamlakat va iqtisodiyotning o‗ziga xos qon tomiri
sifatida ta‘riflanadi. Tabiiy geografik sharoiti nuqtayi nazardan
Respublika maydoni 448,9 ming km
2
ga teng bo‗lib, u g‗arbdan
sharqqa 1425 km ga, shimoldan janubga esa 930 km ga
cho‗zilgan. O‗zbekiston o‗z maydoniga ko‗ra, Yevropaning
Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveysariya, Avstriya kabi
mamlakatlar maydonini qo‗shib hisoblaganda ham ulardan
kattalik qiladi. Transport aholi va moddiy ishlab chiqarishning yuk
va yo‗lovchi tashish borasidagi ehtiyojlarini qondiradi, mamlakat
hududlarini tutashtiradi, tovar, mahsulot va xizmatlarning ishlab
chiqaruvchilari bilan iste‘molchilarni o‗zaro bog‗lovchi o‗ziga xos
ko‗prik hisoblanadi. Bunday o‗zaro bog‗lovchi o‗ziga xos
aloqalarsiz bozor va bozor munosabatlarining mavjudligi ham
amri mahol. Aynan shu sababli mamlakat transport majmuidagi
buzilishlar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida
jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
O‗zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini
mustahkamlash va uning jahon hamjamiyatiga kirib borishi uchun
mukammal transport tizimiga ega bo‗lish kerak. Turli xil transport
vositalari sanoat va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarish va uni iste‘molchilarga o‗z vaqtida, isrof qilmasdan
yetkazishda faol ishtirok etadi. Aholini bir manzildan ikkinchi bir
manzilga yetkazishda ham transportning ahamiyati kattadir.
345
Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o‗rin tutishi bilan
birga u har qanday hudud xo‗jaligi majmuasining muhim qismi
bo‗lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy
jihatdan rivojlantirish va mintaqalashtirish mumkin. Transport
infratuzilmasi va yo‗l tarmoqlarining samarali rivojlanishi
kadrlarning qishloqlarda mustahkam o‗rnashib qolishiga, mehnat
resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi. So‗nggi
yillarda
mamlakatimizda
transport
va
transport
kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori
darajadagi
xavfsizligini
ta‘minlash, transport sohasidagi
boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali
mutaxassislarni tayyorlashga yo‗naltirilgan keng ko‗lamli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Transport sohasidagi davlat
boshqaruvi
tizimini
tubdan
takomillashtirish, respublikaning
investitsiyaviy jozibadorligi va
eksport salohiyatini oshirish,
transport kommunikatsiyalarini
strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlash
maqsadida,
shuningdek,
2017-2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga
muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-
fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoni qabul
qilindi. Unga ko‗ra
1
: Transport vazirligi avtomobil, temir yo‗l,
havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‗l
xo‗jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi ―Transport sohasida davlat
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida‖gi Farmoni.
346
chiqish va amalga oshirish bo‗yicha davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi;
Transport majmui – bu yuk va yo‗lovchi transport tizimining
barcha: temir yo‗l, avtomobil, dengiz, daryo, quvur, havo, sanoat
va shahar transport turlarini o‗z ichiga oluvchi yirik ko‗p tarmoqli
soha hisoblanadi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng
ko‗lamli islohotlar natijasida 2018-yilda O‗zbekistonda ishlab
chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 12,6 %i transport va
aloqa tarmog‗iga to‗g‗ri keldi. Bu ko‗rsatkich 1990-yilda 5,9 %,
1995-yilda 8,4 %, 2000-yilda esa 7,7 %ga teng bo‗lgan. Demak,
transport va aloqa tarmog‗ining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‗i
oshib
bormoqda.
Sanoat
va
qishloq
xo‗jaligida
ishlab
chiqarishning
o‗sishi, keng
miqyosdagi kapital qurilishi va
transport
moddiy
texnika
bazasining
yuksalishi
bilan
hamohang
holda
yuk
va
yo‗lovchilar tashish hajmlari
ham ortdi. Jumladan, 2010-
yildan 2018-yilgacha yo‗lovchi
tashish 34,5 %, yo‗lovchi aylanmasi 51,7 %, yuk tashish 37,9 %,
yuk aylanmasi 19,1 % ga ko‗paydi.
Dostları ilə paylaş: |