Avtomobil yo‗llari.
O‗zbekiston hududida avtomobil yo‗llari
tarmog‗i ancha keng. Har 1000 km² maydonga avtomobil
yo‗llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo‗llari
xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Bugungi kunda avtomobil
yo‗llarining umumiy uzunligi 90 ming km dan ortiq.
Mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‗lgan avtomobil
yo‗llari
jumlasiga,
eng
avvalo,
Toshkent,
Samarqand,
Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o‗tgan
Katta O‗zbek avtomobil trakti kiradi. 1940-yili qurib bitkazilgan
va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo‗lgan ushbu ravon yo‗l
qanchadan-qancha yuk va yo‗lovchilar tashishga hamda hududlar
orasida transport xizmati ko‗rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Farg‗ona
vodiysidagi uch viloyat va qator shaharlarni, jumladan, Qo‗qon,
Marg‗ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini
bog‗lab turuvchi aylanma yo‗l qayta qurildi. Shuningdek,
Toshkent-O‗sh, Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi, Toshkent
358
halqa yo‗li, Nukus-G‗uzor, Qo‗ng‗irot-Beynov
kabi yana qator
avtomobil yo‗llari ham O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida katta ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda qo‗shni Tojikistonda vujudga kelgan vaziyat
sababli mamlakatimizning markaziy va g‗arbiy qismlaridagi
hududlarini
Farg‗ona
vodiysi
viloyatlari
bilan
aloqasini
bog‗lashda ancha muammolar yuzaga keldi. Shuni e‘tiborga olib
Respublika hukumati Toshkent-O‗sh yo‗lining Angren suv
omboridan Farg‗ona vodiysiga kirib borguncha qismini qayta
qurish bo‗yicha maxsus qaror qabul qildi. Bu maqsadni ko‗zlab
Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil transport harakati
uchun mo‗ljallangan tonnellar qurish borasida katta ishlar boshlab
yuborildi va bu ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Qamchiq tonnelining uzunligi 890, Rezak tonnelining
uzunligi esa 368 metrga teng bo‗ldi. Bu tonnellarning ishga
tushirilishi tufayli Qamchiq dovoni orqali amalga oshiriladigan
avtomobil transporti aloqalarida avvallari tez-tez uchrab turadigan
xavf-xatarga chek qo‗yildi. Qamchiq va Rezak tonnellaridan bir
kecha-kunduzda 12 mingga yaqin avtomobillar o‗tish imkoniga
ega.
Shunday
qilib
mazkur
yo‗l
Farg‗ona
vodiysini
Respublikaning boshqa hududlari bilan bog‗lab turadigan eng
yaqin va qulay yo‗l bo‗lib qoldi.
Shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillar sonining doimiy
o‗sishi jamoat transporti tomonidan bajarilayotgan ish hajmining
sezilarli darajada qisqarishiga olib kelmoqda. Bugungi kunga
kelib, mamlakatda avtobus orqali yo‗lovchi tashish 42 %ga
qisqarganligini, shahar atrofi temir yo‗l qatnovlari sezilarli
darajada kamayganligini ko‗rishimiz mumkin. Avtomobillar
sonining muttasil o‗sib borishi asnosida shahar transport
359
tizimlarining
barqarorligi
va
xavfsizligi
borasida
jiddiy
muammolar paydo bo‗lmoqda.
Transport
turlarining
rivojlanishi
moddiy
ishlab
chiqarishning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi, resurslardan
foydalanish
samaradorligini
oshiradi,
mahsulot
qiymatida
xarajatlar ulushini qisqartiradi, ijtimoiy masalalarni ijobiy hal
etishga ko‗maklashadi. Ayni chog‗da transport aloqalarining
yetarlicha
rivojlanmaganligi
milliy
iqtisodiyotda
katta
yo‗qotishlarga olib keladi.
Mamlakatda qo‗llaniluvchi tarmoq standartlari, norma va
normativlarga rioya qilgan va mazkur sohada dunyoning ilg‗or
mamlakatlarida to‗plangan boy ijobiy natijalarni inobatga olgan
holda, yo‗lovchi va yuk tashish
borasida aholi, xo‗jalik yurituvchi
subyektlar
va
davlat
organlarining
talablarini
to‗laqonli qondirish imkoniga ega
bo‗lgan transport tizimini yaratish
va
uning
barqaror
faoliyat
ko‗rsatishiga
erishish
milliy
iqtisodiyotda
yo‗l-transport
xavfsizligini ta‘minlashning mohiyatini tashkil etadi. Yo‗l-
transport xavfsizligi ko‗rsatkichlari tizimida yo‗l-transport
hodisalari soni va ulardan ko‗rilgan zarar va yo‗qotishlar (o‗lim va
nogironlik); avtomobil, suv, havo va temir yo‗llarining uzunligi va
sifati; transport xarajatlari (sotish hajmiga nisbatan %da) kabilar
muhim o‗rin tutadi.
O‗zbekiston aholisining mobillik darajasi ham taraqqiy etgan
mamlakatlarga nisbatan birmuncha past hisoblanadi, zero, mazkur
ko‗rsatkich mehnat va turizm bozorining taraqqiy etganligi, aholi
daromadlari va xarajatlarining o‗sishi va o‗z navbatida, mamlakat
360
umum iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil
hisoblanadi. Mustaqillikka erishish tufayli respublikamizni
xalqaro miqyosda bog‗laydigan avtomabil yo‗llari qurish ishlariga
ham e‘tibor kuchaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga
chiqish uchun imkon tug‗diradigan Andijon-O‗sh-Ergashtom-
Qashqar avtomobil yo‗lining qurilishiga O‗zbekiston o‗z hissasini
qo‗shmoqda.
Ko‗pgina mamlakatlarda bo‗lgani kabi, O‗zbekistonda ham
xalqaro yo‗nalishlarda yuklarni atvomobillarda tashish bo‗yicha
Uyushma tashkil etilgan. Jeneva shahrida avtomobil transporti
Xalqaro uyushmasi kongressida O‗zbekiston ham bu nufuzli
tashkilotga a‘zo bo‗lib kirdi. Ushbu uyushma Respublikamiz
hududida boshqa mamlakatlar yuk tashuvchilarining manfaatlarini
muhofaza qiladi va avtomobil yo‗llari holati, yoqilg‗i narxi, yo‗l
uchun to‗lov bahosi va boshqa masalalar bo‗yicha zarur
ma‘lumotlar bilan xabardor etib turadi.
Mamlakatda turli hajmda yuk ko‗taradigan yangi yuk
tashuvchi avtomobillar, qulay va shinam avtobuslar hamda yengil
avtomobillar soni yil sayin oshib bormoqda. Respublika poytaxti
Toshkent shahrida 1977-yili metro qurilib ishga tushirildi. Aholisi
ikki milliondan ziyod shahar uchun ushbu transportning bu
vositasi mohiyatini to‗la ifodalash qiyin.
Biroq shu bilan birga, tarmoqda xavfsizlikka ta‘sir etuvchi
qator muammolar saqlanib qolmoqda. Xalqaro ahamiyatga ega
bo‗lgan avtomobil yo‗llari tarmog‗i yetarlicha rivojlantirilmagan.
Umumiy foydalaniladigan yo‗llar tarmog‗i umumiy uzunligining
9 foizidan ortig‗ini tashkil etuvchi xalqaro ahamiyatga ega
avtomobil yo‗llari barcha avtomobil tashuvlarining qariyb 40
foizini ta‘minlaydi. Yuqori sifatli yo‗llarning real uzunligi yetarli
emas. Temir yo‗l va asosiy avtomobil yo‗llari bilan kesishgan
361
chorrahalarda turli darajadagi yo‗llar ostin-ustun o‗tadigan
chorrahalar mavjud emas. Xalqaro ahamiyatga ega ko‗pchilik
yo‗llarning o‗tkazish qobiliyati ularga berilgan toifalar bo‗yicha
normativ qobiliyatdan 20-30 foizga past.
Xalqaro ahamiyatga ega bo‗lgan avtomobil yo‗llarida,
ayniqsa, hududlar markazlari va boshqa yirik shaharlarga kirishda
avtomobil transporti harakati juda katta. Misol uchun Toshkent
shahridan chiquvchi yo‗llardagi harakat intensivligi sutkasiga 30
mingdan 70 minggacha avtomobilni, aholisi 500 mingdan ko‗p
bo‗lgan boshqa yirik shaharlarda sutkasiga 20 mingdan 40
minggacha avtomobilni tashkil etadi va hudud markazlaridan
uzoqlashgani sayin avtomobil harakati intensivligi pasayadi.
Umumiy foydalaniladigan yo‗llar umumiy uzunligining
qariyb 25 foizi yo‗llarga tushadigan yuklamaning maqbul
darajasidan oshadigan rejimda, 30 foizi maqbul darajadagi rejimda
va 25 foizi erkin harakatlanish rejimida ishlaydi. Xalqaro
ahamiyatga ega yo‗llar umumiy uzunligining uchdan bir qismidan
ortig‗ida zamonaviy katta yukli transport vositalari o‗tishi uchun
yo‗l qoplamasini zudlik bilan kuchaytirish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |