Mintaqaviy siyosat
- hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud
imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga
yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o‗rtasida moddiy ne‘matlar
taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning
boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o‗z-o‗zini
boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim.
529
mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va
ulardan foydalanish darajasi;
mintaqalarning
chekka
hududlarda
joylashganligi
natijasida
transport
xarajatlarining
ko‗payishi,
mahsulot
narxlarining ortishi. Bu esa, o‗z navbatida, bozorning torayishiga
olib keladi. Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi
chetda
joylashgan
mintaqalarning
iqtisodiy
rivojlanishini
qiyinlashtiradi;
u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta‘sir
etuvchi texnologik rivojlanish bosqichi (xomashyo resurslari,
oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar);
mintaqaning avtonomiya
darajasi, siyosiy shart-sharoitlari,
rivojlanish tarixi va h.k.;
ishlab
chiqarish
infratuzilmasi: aeroportlar, transport
tarmoqlari,
sanoat
maydonlari,
telekommunikatsiya tizimlari va
h.k. bilan ta‘minlanishi;
ijtimoiy-madaniy
omillar:
shaharlashuv
darajasi,
aholining ma‘lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari.
Bozor
iqtisodiyoti
rivojlangan
ko‗pgina
mamlakatlarda
mintaqaviy siyosat kapital qo‗yilmalarni qayta taqsimlanishni
ta‘minlashga xizmat qiladigan quyidagi uch yo‗nalishda olib
borilmoqda:
Birinchi yo‗nalish – kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti
past mintaqalarda infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularning
boshqa tumanlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat. Ma‘lumki,
bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita
530
ishlab chiqarishga aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali
faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni
yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi.
Avtomobil va temir yo‗llar, elektr tarmoqlari, gaz va suv
quvurlari,
aloqa
tarmoq
mavjudligi
bunday
hududlarda
tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda
mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik
suvi bilan ta‘minlash bo‗yicha muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Ikkinchi yo‗nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati
taraqqiy etgan mintaqalar, xususan, yirik shaharlarga nisbatan
cheklash usullarini qo‗llash (ma‘muriy yoki moliyaviy cheklashlar
orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat
korxonalarini joylashtirishga chek qo‗yish orqali hududiy
tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning
deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomeratsiya
markazlariga nisbatan keng qo‗llaniladi. O‗zbekistonda yirik va
katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning
oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi
punktlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo‗nalish – muammoli mintaqalarga sanoat
korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy
sarmoyalarni jalb etishni rag‗batlantirish. Mazkur yo‗nalish
iqtisodiyotning
turli
tarmoqlariga
mansub
korxonalarni
joylashtirishda davlat tomonidan muhim e‘tibor beriladigan asosiy
yo‗nalish hisoblanadi.
Davlat
mintaqaviy
siyosatining
asosiy
maqsadlariga
quyidagilar kiradi:
mamlakatda hududiy siyosatning iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish;
531
hududlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan qat‘i nazar,
yagona minimal ijtimoiy standartlar va teng ijtimoiy himoyani
ta‘minlash, fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini kafolatlash;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun shart-
sharoitlarni tenglashtirish;
atrof-muhit ifloslanishini to‗xtatish hamda uning salbiy
oqibatlarini yo‗qotish, hududlarni kompleks ekologik himoya
qilish;
o‗ta muhim strategik ahamiyatga ega hududlarni ustuvor
rivojlantirish;
hududlarning
tabiiy-iqlim
xususiyatlaridan
to‗liq
foydalanish;
o‗zini-o‗zi boshqarish kafolatlanishini ta‘minlash.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda mintaqaviy
siyosatning vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mintaqalarda ko‗p
ukladli
iqtisodiyot,
shu
jumladan,
kichik
tadbirkorlikni
shakllantirish, tovar, mehnat va kapitalning umumdavlat va
hududiy bozorlari hamda institutsional va bozor infratuzilmasi
shakllanishiga ko‗maklashish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonidagi
katta farqlarni kamaytirish, ularda aholi farovonligini oshirishning
o‗z iqtisodiy bazalarini mustahkamlovchi sharoitlarni bosqichma-
bosqich o‗tish;
hududlar iqtisodiy tuzilmasining ijtimoiy va iqtisodiy
jihatdan o‗zini oqlaydigan darajasiga erishish, bozor sharoitida
ularning
raqobatbardoshligini
oshirish;
hududlararo
infratuzilmaviy tizimlarni (transport, aloqa axborot va boshqalar)
rivojlantirish;
532
ekologik va favqulodda holatlarga uchragan, ishsizlik
darajasi yuqori bo‗lgan, demografik va migratsion muammolar
mavjud hududlarga davlat tomonidan yordam ko‗rsatish.
Davlatning mintaqa iqtisodiyotini tartibga solishi bevosita,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralashishi ma‘muriy vositalardan foydalanish
yo‗li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga
tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini o‗z
ichiga oladi.
Bilvosita tartiblash turli iqtisodiy chora-tadbirlar, vosita va
dastaklar orqali amalga oshiriladi. Hududiy takror ishlab chiqarish
jarayonlarini ma‘muriy uslublar orqali tartibga solish quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi:
hududiy takror ishlab chiqarish subyektariga davlat
boshqaruvining yuqori organlari tomonidan mavjud holat,
vaziyatga ta‘sir ko‗rsatuvchi ma‘muriy farmoyishlar va qarorlar
qabul qilish;
hududdagi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga
soluvchi qoidalarni ishlab chiqish;
tavsiyalar,
taftish,
masalan,
moliyaviy-byudjet
tekshirishlar, nazorat, masalan, sanitar-epidemiologik nazoratni
amalga oshirish.
Ma‘muriy usullar o‗rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim
korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham ko‗zda
tutadi. Ma‘muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari
davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish jarayonlarini
tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy
resurslaridan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‗liq
masalalarni hal qiladi (18.1-jadval).
|