O‗zbekistonda korrupsiya dinamikasi
. O‗zbekiston
korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani
namoyish etuvchi 16 ta davlatdan biridir.
Transparency
International
xalqaro
tashkilotining
Korrupsiyani his etish indeksi bo‗yicha, 2010-yildan beri
O‗zbekiston har yili o‗z mavqYIni yaxshilamoqda. 2020-yilda
O‗zbekiston 25 ball bilan 180 o‗rindan 153-o‗rinni egallagan
bo‗lsa, 2010-yilda 16 ball bilan 172-o‗rinni egalladi
1
.
Transparency International tashkilotining 2016-yildagi global
Korrupsiya barometriga ko‗ra, O‗zbekistondagi respondentlarning
atigi 18 foizi pora bergani haqida xabar bergan va
respondentlarning atigi 23 foizi korrupsiyani mamlakatdagi uchta
eng
jiddiy
muammolardan
biri
sifatida
qayd
etgan.
Respondentlarning so‗rovlariga ko‗ra, yo‗l harakati xavfsizligi
politsiyasi (so‗ralganlarning 17 foizi ularga pora berganligini tan
olgan) va ta‘lim hamda tibbiyot xodimlari (respondentlarning 16
foizi) eng korrupsionerlardir. Respondentlarning korrupsiya
1
Бахтишод Хамидов. Измерение коррупции // Экономическое обозрение №4 (244) 2020.
https://review.uz/ru/bjw
520
to‗g‗risida xabar berishiga nima to‗sqinlik qiladi, degan savolga,
39% ular bu savolga javobni bilmasliklarini aytishdi va ikkinchi
eng keng tarqalgan javob, 17% olgan holda shunday javob berdi:
―salbiy oqibatlardan qo‗rqish tufayli‖.
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, korrupsiyaga
qarshi kurash bo‗yicha huquqiy va institutsional asoslarni
takomillashtirish
maqsadida
O‗zbekiston Respublikasining
―Korrupsiyaga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi Qonuni 2017-yil 4-
yanvarda kuchga kirdi. Ushbu Qonun va kodeksdaga taalluqli
moddalarga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan pora berib o‗z
tomoniga og‗dirish ozodlikdan mahrum qilish yoki jarimalar
solish bilan jazolanadi.
Ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy
prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo‗nalishlari, vakolatli davlat organlari tizimi,
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat
tashkilotlarining, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining
korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu
sohadagi xalqaro hamkorlik masalalari aks etgan.
Qonun bilan qamrab olingan chora-tadbirlar doirasi
O‗zbekistonning siyosiy xohish-irodasi va korrupsiyaga qarshi
kurashish siyosatining jiddiyligini tasdiqlaydi. Qonun yagona bir
butunligicha barcha korrupsiyaga qarshi kurashish elementlarini
o‗zida qamrab olgan. Qonunga ko‗ra korrupsiyaga qarshi
kurashishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar
huquqlari,
erkinliklari
va
qonuniy
manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
521
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi
va
unda
ishtirok
etuvchi
organlar
hamda
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‗yicha respublika idoralararo komissiyasi
tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning
faoliyati tartibi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
belgilanadi. Qoraqalpog‗iston Respublikasida, viloyatlar va
Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha
hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tashkil etildi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
sohasidagi
davlat
dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda
amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi
va
unda
ishtirok
etuvchi
organlar
hamda
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini
ta‘minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab
chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga,
ularni aniqlashga, ularga chek qo‗yishga, ularning oqibatlarini,
shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni
522
bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini
ta‘minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‗g‗risidagi
axborotni yig‗ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha chora-tadbirlar
amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu
sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning
samaradorligini baholash;
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to‗g‗risidagi
qonun
hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash
yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy
idoralararo
komissiyalar
faoliyatini
muvofiqlashtirish.
―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi qonun-qoidalarining samarali ijrosini ta‘minlash,
jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning
oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‗z vaqtida va sifatli amalga
oshirish
maqsadida
2017-2018-yillarga
mo‗ljallangan
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha davlat dasturi tasdiqlandi
1
.
Shunday qilib, O‗zbekiston antikorrupsion siyosatni ishlab chiqish
va amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish uchun
institutsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim qadam
bo‗ldi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:
qonuniylik va huquq tartibotni ta‘minlash;
davlat xizmati organlirining faoliyatida oshkoralik va
shaffoflikni ta‘minlash;
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaq murosasizlik
madaniyatiga erishish;
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida‖gi
O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida.
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 5-son, 62-modda.
523
xalqning davlat hokimiyati oganlariga bo‗lgan ishonchini
mustahkamlashga erishiladi.
Jamiyatda aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyati
darajasining yuksakligi – demokratik huquqiy davlat va erkin
fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda aholining huquqiy ongi va madaniyatini
yuksaltirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishiga
aylandi.
Mamlakatimizning
rivojlanishi
va
islohotlarning
muvaffaqiyati ko‗p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda
huquqiy madaniyati darajasiga bog‗liqdir. Shaxsning siyosiy-
huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati,
demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik hissi davlatimiz o‗z
oldiga qo‗ygan buyuk maqsadlarga erishishining muhim omilidir.
Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni
bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro
etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda
qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur
hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.
Bunda g‗oyat muhim jihat – jamoatchilikka davlat
hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma‘lumot
berish, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan
qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari,
fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini
keng
xabardor
qilib
borish
mexanizmlarini
yanada
takomillashtirish bilan bog‗liq.
2019-yil 27-may kuni O‗zbekistonda korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risidagi Prezident
farmoni qabul qilindi. Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay
524
ishbilarmonlik
muhitini
yaratish,
mamlakatning
xalqaro
maydondagi ijobiy obro‗-e‘tiborini oshirishga qaratilgan.
Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat
siyosatining ustuvor yo‗nalishlari o‗rta muddatli istiqbolda
quyidagilardan iborat ekani belgilandi:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash,
sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta‘sir
o‗tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish,
lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‗tarishning shaffof
tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular
uchun cheklovlar, taqiqlashlar,
rag‗batlantirish choralari hamda
korrupsiyaning
oldini
olish
boshqa mexanizmlarining aniq
ro‗yxatini belgilash;
davlat
xizmatchilari
daromadlarini
deklaratsiya
qilish
tizimini
bosqichma-
bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‗lishini
ta‘minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‗tashda manfaatlar
to‗qnashuvini
hal
etishning
tashkiliy-huquqiy
asoslarini
takomillashtirish;
korrupsiya bilan bog‗liq huquqbuzarliklar to‗g‗risida xabar
bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini joriy etish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada
oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
kuchaytirish;
525
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va
faoliyatining shaffofligini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari
faoliyatining
chinakam
erkinligini
ta‘minlash va ularni
korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‗tkazishda va ijrosini
monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish.
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga
yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga
keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy
baholab boradi, uning yakunlari bo‗yicha:
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‗p duch keladigan davlat
xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek,
ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‗yxatini shakllantiradi;
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining
har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‗radi;
Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;
har yili idoralararo komissiyaga tegishli organlar va
tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni
qo‗llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-
xatarlariga barham berish bo‗yicha takliflarni kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‗z vaqtida
aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish
holatlariga yo‗l qo‗yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar
bo‗ladi.
Qabul qilinishi ko‗zda tutilayotgan hujjatlar va chora-
tadbirlar, avvalambor, oldimizda turgan buyuk maqsadlarimizga
526
bosqichma-bosqich erishish, bu yo‗lda duch keladigan barcha
g‗ov va to‗siqlarni yengish jarayonida har bir o‗zbekistonlik
uchun eng ta‘sirchan qurolga aylanadigan kuch – bu xalqimizning
huquqiy ongini, tafakkurini tarbiyalash, huquqiy madaniyatini
oshirish, odamlar qalbida erkinlik va mas‘uliyat tuyg‗ularini qaror
toptirishga xizmat qiladi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etish bosh maqsadimiz ekan, huquqiy savodxonlikning
mukammal zamonaviy tizimini yaratish birinchi darajali
vazifalarimizdan biri bo‗lmog‗i lozim. Darhaqiqat ushbu tadbirlar
pirovard natijada, jamoat tartibi va intizomini mustahkamlashga,
milliy huquqiy davlatchilikni, yuqori darajadagi huquqiy
madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi muqarrar. Umuman
olganda, ushbu davlat dasturi mamlakatimizdagi barcha davlat
organlari va jamoat birlashmalarining jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirishni yanada takomillashtirish, aholi
o‗rtasida huquqiy bilimlar targ‗ibotini kuchaytirish borasidagi
ishlarini yanada jadal, keng miqyosda va tartibli tashkil etishlari
uchun asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |