549
kelib chiqadigan bo‗lsak, davlat ichida paydo bo‗layotgan
iqtisodiy makon hududlarning mustaqil iqtisodiy subyektlarga
aylanib borayotganligi bilan belgilanadi.
Bunday sharoitda
hududiy siyosat tobora ko‗proq kamchiliklarni bartaraf etishning
bir usuli sifatida emas, balki raqobat siyosati va keng qamrovli
rivojlanish siyosati sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir.
Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi va o‗zini o‗zi ta‘minlashi
ko‗p jihatdan uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga bog‗liq bo‗lib,
bu o‗z navbatida raqobat ustunliklari
va barqaror rivojlanish
imkoniyatlarini
belgilaydi.
O‗zbekiston
Respublikasi
mintaqalarining o‗ziga xos xususiyatlari, tabiiy va moddiy-texnik
resurslarning sezilarli xilma-xilligi, aloqa tizimi, kommunikatsiya,
infratuzilmani tizimini rivojlanganligi,
innovatsion, sanoat
salohiyatining rivojlanish darajasi va boshqalar bilan bog‗liq.
Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi murakkab tizimli tushuncha
sifatida, bizning fikrimizcha, bir qator muhim elementlarni o‗z
ichiga oladi:
shartli
ravishda iqtisodiy avtonomiya, ya‘ni mintaqaviy
ishlab chiqarish va mahsulot sifatining shunday samaradorligi
darajasiga
erishish
lozimki,
bu
mintaqa
iqtisodiy
Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi bu
-
yalpi holatda
mintaqa darajasida iqtisodiyotni samarali boshqaruv asosida
barqaror iqtisodiy o‗sish, ta‘minlash boshqa mintaqalarga va
butun davlatga nisbatan tahdidlarni vujudga keltirmagan holda
mintaqa aholisi uchun munosib turmush darajasi ta‘minlash va
ichki va tashqi tahdidlarning ta‘siriga mintaqani qarshi tura
olish qobiliyatidir.
550
raqobatbardoshligini ta‘minlasin
va bozor ishtirokchilariga
kooperatsiya
munosabatlarida,
xalqaro
va
mintaqaviy
ayirboshlashlarda tenglar qatorida ishtirok etishga imkoniyat
bersin;
O‗zbekiston Respublikasi subyektlarida tadbirkorlik va
innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi,
shuningdek, salbiy omillarni hamda
iqtisodiyot va jamiyatdagi
vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin bo‗lgan to‗siqlarni bartaraf
etishni kafolatlovchi mintaqaviy iqtisodiy tizimning strategik
barqarorligini ta‘minlash;
mintaqaviy iqtisodiyotning o‗z-o‗zini rivojlantirish va
taraqqiyotga,
qulay
investitsiya
va
innovatsiya
muhitini
yaratishga, sanoat va qishloq xo‗jaligini modernizatsiyalashga va
mehnat unumdorligini oshirishga qodirligi.
Boshqacha
qilib aytganda, mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi
bir qator tarkibiy qismlardan iborat, ya‘ni: moliyaviy,
ijtimoiy,
kadrlar, resurs, sanoat, innovatsion xavfsizlik va boshqalarni o‗z
ichiga oladi. Mintaqa iqtisodiyotning o‗zi asosiy tizimli
xususiyatlarga ega va ko‗plab o‗zaro bog‗liq kichik tizimlar va
ular o‗rtasida tobora murakkab aloqalardan tashkil topgan, ochiq,
nochiziq tizim bo‗lib, ierarxik tuzilma va dinamik elementlar bilan
tavsiflanadi. Bu quyidagi rasmda ifoda etilgan.