548
transfertlar, imtiyozli soliqqa tortish mablag‗lari, mintaqalararo
dasturlarning
mablag‗lari,
xalqaro
zayomlar,
xorijiy
investitsiyalarning mablag‗lari.
Ijtimoiy xavfsizlik – har bir fuqaroning hayot kechirish
sharoitlarini, uning huquq va erkinliklariga tahdidlardan himoya
qilishni ta‘minlash. Ijtimoiy xavfsizlikning muhim komponenti
oziq-ovqat, ekologik, shaxsiy, iqtisodiy (o‗z ehtiyojlarini
qondirish
nuqtayi
nazaridan)
va
jamiyatning
xavfsizligi
hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashning maqsadlari:
ijtimoiy portlash vaziyatlarining oldini olish;
barqaror ijtimoiy tuzilmani ta‘minlash;
qadriyatlar tizimini, ijtimoiy xulq-atvor madaniyatini
saqlab turish.
Ijtimoiy tuzilmaning degradatsiyalashuvi ikki holatda yuz
beradi:
1.Tizimni inqilobiy larzalar vaqtida tenglashtirish. Ko‗pgina
avlodlarning an‘analarida vorisiylik yo‗qoladi, mehnatni
rag‗batlantirish va unga bo‗lgan tashabbus yemiriladi. Sekin-asta
yangi tizim shakllanadi. Xavf-xatar shundaki, aktiv faoliyatdagi
elitaning eng yaxshi vakillari ketib, o‗rniga ijtimoiy pillapoyadan
quyi tizimning eng yomon vakillari ko‗tarila boshlaydi;
2. Ijtimoiy tuzilmaning qutblashuvi yoki elitar tuzum bilan
aholining asosiy massasi o‗rtasida uzilish. Bunday tuzum ijtimoiy
zo‗riqish va ijtimoiy portlashlar bilan xavflidir.
Dostları ilə paylaş: