18.3-rasm. Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi tarkibi
1
O‗zbekiston Respublikasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‗yicha olib borilayotgan islohotlaridan kelib
chiqadigan bo‗lsak, davlat ichida paydo bo‗layotgan iqtisodiy
makon hududlarning mustaqil iqtisodiy subyektlarga aylanib
borayotganligi bilan belgilanadi. Bunday sharoitda hududiy
siyosat tobora ko‗proq kamchiliklarni bartaraf etishning bir usuli
sifatida emas, balki raqobat siyosati va kengroq qamrovli
rivojlanish siyosati sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir.
Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishi har doim ham aholi
yashash sharoitlari va ijtimoiy soha rivojlanish ko‗rsatkichlari
yaxshilanishi bilan birga bo‗lmaydi. Amalda xo‗jalik yurituvchi
1
Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan
552
subyektlar iqtisodiy manfaatlari, moddiy ishlab chiqarishning turli
tarmoqlari, hududlar aholisi va umuman, jamiyatning ijtimoiy
manfaatlari ko‗pincha bir-biriga to‗g‗ri kelmaydi. Bu borada
hududlarda keng tarqalgan ishlab chiqarishning zaif ilmiy-texnik
darajasi muammolar, cheklangan moliyaviy, mehnat va moddiy-
texnika resurslari, ulardan foydalanish samaradorligi pastligi
hamda mehnatni tashkil etishning past darajasi, boshqaruvning
nomukammalligi
va
iqtisodiy
qonun
me‘yorlari
kabi
muammolarni keltirish mumkin. Ushbu muammolarning natijasi,
o‗z navbatida, tabiiy muhit holati yomonlashuvi, hududlar
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati pasayishiga olib keladi. Tadqiqotlar
shuni ko‗rsatadiki, iqtisodiyotini isloh qilish va kutilmagan
favquloddagi vaziyatlar davrida aholining real daromadlari keskin
pasayishi va qashshoqlikning o‗sishi turli xil iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish nuqtayi nazaridan hududlararo farqlanishning o‗sishi
kabi omilga ta‘sir ko‗rsatdi.Shunga asoslanib, muhim konseptual
asos - bu mintaqaning rivojlanish jarayonini murakkab mintaqaviy
tizimga o‗tish, uning evolyusiyasi jarayonida bir beqaror holatdan
ikkinchisiga o‗tish jarayoni sifatida tushunish bo‗lib hisoblanadi.
Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligini boshqarish tizimining
samaradorligi uning rivojlanishidagi tasodifiy og‗ishlarga javob
berish qobiliyatiga bog‗liq bo‗lgan konstruktiv va halokatli
tavsifda bo‗lishi mumkin. Bu tizimni samarali amalga oshirish
uchun buzg‗unchi salbiy jarayonlarga tez va egiluvchan javob
berishga o‗tishda oldindan tayyorlangan muqobil samarali
qarorlarni amalga oshirishi lozim.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tahdidlar
quyidagi turlarga bo‗linadi:
1.
Obyektiv
tahdidlar
– bu biror-bir jarayonning
rivojlanishi natijasida ro‗y beradigan yoki obyektiv holda vujudga
553
keladigan tahdidlardir. Bu tahdidlarning manbai tabiat kuchlari
yoki ijtimoiy-iqtisodiy omillar bo‗lishi mumkin.
2.
Subyektiv tahdidlar – biror-bir ta‘sir oqibatida vujudga
kelgan tahdiddir. Tahdidning manbai jismoniy shaxslar (masalan,
ijtimoiy xizmat ishlovchisi), yuridik shaxslar, uyushgan
jinoyatchilik bo‗lishi mumkin.
3.
Potensial (salohiyatli) tahdidlar – tabiiy, ekologik,
antropogen, siyosiy tavsifga ega bo‗ladi.
4.
Dolzarb tahdidlar – ichki yoki tashqi muhitning inqirozli
holati natijasida vujudga keladigan tahdidlar.
5.
Ichki tahdidlar – kambag‗allik, sog‗liqni saqlash, uy-joy,
ta‘lim sohasidagi xavfsikning buzilishi, narkomaniya.
6.
Tashqi tahdidlar – tashqi omillarning, iqtisodiy va
siyosiy vaziyatlarning, migratsion oqimlarning ta‘siri.
Ijtimoiy indikatorlar (II) – statistik ma‘lumotlar yoki maxsus
ma‘lumotlar asosida hisoblab chiqiladi. BMT ning turmush
darajasini aniqlash bo‗yicha tavsiyalarida (1961-y) 12 ta
ko‗rsatkich, jumladan, sog‗liqni saqlashning holati, mehnat
sharoitlari; sport va aloqa, hayot kechirish uchun mablag‗lar,
bandlik, kiyim-kechaklar, sotish (sog‗lomlashtirish tadbirlari
majmui) va h.k hisoblab chiqiladi.
Ijtimoiy innovatsiya bu aholini ijtimoiy-maishiy shart-
sharoitlarini, ekologiyani, gigiyenani, mehnat xavfsizligini
ta‘minlash, madaniyat va dam olishni yaxshilashga qaratilgan
innovatsiyalar
tushuniladi.
Ijtimoiy
indikatorlar
orasida.
Daromadlardagi tengsizlik darajasini aniqlash uchun uning
koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi. U to‗liq tenglikda 0 ga va to‗liq
tengsizlikda 1 ga teng bo‗lgan oraliqda bo‗lishi mumkin. Hozirgi
vaqtda ijtimoiy xavfsizlik kafolatlari ijtimoiy siyosatni siyosat
o‗tkazishni, milliy siyosat va iqtisodiy o‗sishni o‗z ichiga olinadi.
554
Iqtisodiy o‗sishning asosi innovatsiyalarga, importning o‗rnini
bosishga va o‗z kuchiga tayangan holda o‗sish modeli bo‗lishi
mumkin. O‗sish modeli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy-
texnikaviy salohiyatini, tabiiy resurslarini va ulardan samarali
foydalanishni saqlab qolish kiradi.
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida quyidagilar
ijtimoiy rivojlantirishning asosiy sifat maqsadli yo‗nalishlari
sifatida belgilangan:
2030-yilgacha aholi tarkibida kam ta‘minlanganlar
darajasini 2 baravarga qisqartirish;
umr ko‗rish darajasini 78-80 yoshgacha oshirish; onalar
o‗limi ko‗rsatkichini uchdan bir qismga va endi tug‗ilgan
chaqaloqlar o‗limini ikki baravar kamaytirish, bemavrid o‗limni
30 foizga kamaytirish hamda mamlakat hukumati tomonidan
tasdiqlangan barqaror rivojlanishga doir milliy maqsadlar va
vazifalardan kelib chiqadigan boshqa sifatli qadamlar;
aholining turar joyga (bir kishiga 20 kv.m.), toza
ichimlik suvga (100%), elektr energiyasiga (100%) bo‗lgan
ehtiyojini to‗liq qondirish;
ta‘lim va tibbiy xizmatlarda xalqaro sifat darajasi
standartlarini taqdim etishga erishish;
shahar aholisi ulushini 60 foizga yetkazish, bu esa uni
kompleks rivojlantirish imkonini beradi va aholi farovonligini
jiddiy oshiradi;
barcha fuqarolarning faol dam olishini ta‘minlash,
turistlar, shu jumladan, ichki turistlar sonini 30 mln. kishiga
yetkazish;
fuqarolar yashash joyidan, shu jumladan, qishloq
joylarda yashayotganligidan qat‘i nazar ishlab chiqilgan eng
555
kichik ijtimoiy standartlarni inobatga olgan holda davlat ijtimoiy
kafolatlarini ta‘minlash (iste‘mol byudjeti, ish haqi va pensiyaning
eng kam darajasi, ta‘lim, sog‗liqni saqlash xizmatlari bilan
ta‘minlanganlik va hokazo).
Umuman
olganda,
aholi
farovonligini
oshirishning
belgilangan sifatli maqsadli yo‗nalishlari O‗zbekistonga ijtimoiy
yutuqning jahon tizimida munosib o‗rin egallash imkonini beradi
va ularni monitoring qilishning doimiy tizimini yaratishni nazarda
tutadi. Ishsizlik yoki o‗ta qashshoqlik davrida ijtimoiy himoya
dasturlari qator muammoli masalalarni samarali hal etishda
aholining muayyan guruhlari uchun iqtisodiy islohotning salbiy
oqibatlarini yumshatishda muhim rol o‗ynashi mumkin.
Oqilona hududiy mutanosibliklarni qo‗llab-quvvatlash va
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‗rtasidagi asossiz katta
tafovutga yo‗l qo‗ymaslik aholi turmush darajasini oshirishning va
kam ta‘minlanganlikni kamaytirishning muhim omili hisoblanadi.
Har bir hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali
foydalanishni hisobga olgan holda aholining hayot faoliyati,
farovonligi oshishi uchun nisbatan teng imkoniyatlar yaratish,
mintaqani rivojlantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadlar, xarajatlar
tarkibi
o‗zgarishi, uzoq foydalaniladigan tovarlar bilan
ta‘minlanganlik va zamonaviy texnologiyalar asosida bilim olish
va sog‗liqni saqlash tizimidan qoniqish ko‗rsatkichlari bilan bir
qatorda aholi turmush darajasini baholash uchun aholining
farovon va zamonaviy uy-joy bilan ta‘minlanganligi, aholi
yashash muhiti rivojlantirilganligi va obodligi, zarur infratuzilma
mavjudligi va uning samaradorligi kabi turmush shart-sharoitlari
va standartlarini ifodalovchi ko‗rsatkichlardan ham foydalaniladi.
556
Iqtisodiyot o‗sib borgani sayin aholining bazaviy ijtimoiy
xizmatlardan, shu jumladan, sifatli ta‘lim va sog‗liqni saqlash
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish barqaror
o‗sishning muhim xususiyati hisoblanadi. Davlat-xususiy
sheriklikni rag‗batlantirish doirasida nodavlat tashkilotlarni bu
sohaga jalb etish hisobiga ijtimoiy xizmatlar ko‗lami va hajmini
kengaytirish.
Respublika viloyatlari va tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish darajasi indeksi ijro etuvchi organlar, mahalliy o‗zini
o‗zi boshqarish organlari, vazirliklar, tashkilotlar bilan o‗zaro
bog‗liqlikda shakllantiriladigan va respublikaning hududiy
birliklarini
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
jarayonlarini
baholashning yagona tizimini joriy etishga yo‗naltirilgan milliy
kompleks, tarkibli indikatorlar hisoblanadi.
Baholash ko‗rsatkichlarining eng muhim yo‗nalishlari
sifatida aholi bandligini ta‘minlash, mehnat resurslarining
raqobatbardoshligini
shakllantirish
va
inson
kapitalini
rivojlantirish, hayot darajasini va aholi hayot sifatini yaxshilash,
aholi sog‗lig‗ini muhofaza qilishni va sog‗lom turmush tarzini
ta‘minlash, aholining murojaatlari bilan mahalliy davlat
hokimiyati organlarining ish olib borishi samaradorligi tanlangan.
Bunda,
qulay
ishbilarmonlik
muhitini
yaratish
va
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; mintaqaviy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini va industrlashtirilganligini oshirish, yuqori
qo‗shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xomashyo
resurslarini chuqur qayta ishlash, xizmatlar sohasi va servisni
rivojlantirish; oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash va qishloq
xo‗jaligini
diversifikatsiyalash;
bank-moliya
sohasini
rivojlantirish, davriy so‗rovlar o‗tkazish va monitoring olib borish
muhim natijalarga erishishini ta‘minlash uchun asos hisoblanadi.
557
O‗zbekiston hududlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va
diversifikatsiyalash, mahalliy resurslar va salohiyatni hisobga olib,
yangi quvvatlar yaratish, investitsiya faoliyati va tadbirkorlik
salohiyatini faollashtirish uchun barqaror baza yaratish, aholi
turmush sifati va shart-sharoitlarini oshirish bo‗yicha keng
ko‗lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Iqtisodiy rivojlangan
hududlardan tashqari asosiy e‘tibor tadbirkorlik faoliyatini
faollashtirishga va iqtisodiyot agrar sohaga yo‗naltirilgan uncha
rivojlanmagan hududlarning mahalliy xomashyo resurslarini
ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilishga qaratiladi.
Yuqorida bayon etilgan muammolarni bartaraf etish uchun
infratuzilmani
rivojlantirish,
ayniqsa,
qishloq
joylarida
rivojlantirish, investitsiyalar jalb etuvchanlikni va hududlarning
mahalliy tashabbuskorligini oshirish, mahalliy xomashyo va
resurslar chuqur qayta ishlanishini tashkil etish, ishlab
chiqarishlarni tashkil etishning yangi samarali shakllarini,
jumladan, klasterlar, texnoparklar, sanoat zonalari yaratish bilan
bog‗liq masalalarni hal qilish zarur.
Hududlarning
barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
ta‘minlash, shuningdek, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona
joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan
va raqobat ustunliklaridan imkon qadar foydalanish hisobiga
hudud aholisi turmush sifati va darajasini oshirish hududlarni
rivojlantirishdan ko‗zlangan maqsad hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Hududlarning
jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlashga doir ustuvor
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2017-yil 8- avgust, PQ-3182-sonli
Qaroriga binoan hududlar sektorlarga bo‗linib, ularga rahbarlar
belgilandi, sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini tashkil etish va hal qilish, shu
558
jumladan, aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan
javobgarlik yuklandi hamda vakolatlar berildi. Bunda respublika
hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining
maqsadli hududiy dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishdagi
vakolatlari va vazifalari aniq belgilanishi lozim bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-
martdagi ―Obod qishloq‖ dasturi to‗g‗risida‖gi PF-5386-sonli,
2018-yil 27-iyundagi ―Obod mahalla‖ dasturi to‗g‗risida‖gi PF-
5467-sonli Farmonlariga muvofiq so‗nggi ikki yilda ―Obod
qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida respublikaning
159 ta tuman, 30 ta shahar va Toshkent shahrining 11
tumanlaridagi jami 1116 ta qishloq va mahallalarida istiqomat
qiluvchi aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish bo‗yicha
aniq maqsadga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Obod qishloq‖ va
―Obod mahalla‖ dasturlarini 2020-2022-yillarda amalga oshirish
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2019-yil 29-
noyabrdagi qaroriga muvofiq 2020-2022-yillarda ―Obod qishloq‖
va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida qishloq aholi punktlarining
me‘moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks
rivojlantirish,
yo‗l-transport
infratuzilmasi,
muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo
etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini
yuksaltirish maqsadi va vazifalari belgilandi.
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning
taraqqiyot strategiyasining 33-maqsadi: Hududlarni mutanosib
rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4-1,6 baravarga
oshirishdan iborat etib belgilangan. Mazkur maqsaqni amalga
oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
559
14 ta hudud bo‗yicha tuman va shaharlar kesimida
ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‗rsatkichlari ―qoniqarsiz‖
bo‗lgan shahar va tumanlar bo‗yicha amaliy chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash
uchun
urbanizatsiya
siyosatini
yanada
takomillashtirish.
Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda ―millionlik
shaharlar‖ga aylantirish bo‗yicha choralar ko‗rish. 450 ming
aholiga mo‗ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir
nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo
viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish;
shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini
baholovchi ―Shaharlar qulayligi‖ indeksini joriy etish;
shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish
ishlari sifatini oshirish va ―Aqlli shahar‖ konsepsiyasiga muvofiq
rivojlantirish;
Toshkent shahrida barpo etilgan ―INNO‖ innovatsion
o‗quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish.
Innovatsion
hududga
aylantirilayotgan
tumanlarda
yuqori
qo‗shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab
chiqarish texnologiyalarini o‗zlashtirish;
oliy ta‘lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida
olib
borilayotgan
ilmiy
izlanishlarni
amaliyot
bilan
uyg‗unlashtirish;
qurilish
sohasini
texnik
tartibga
solish.
Aholi
punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini
tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta‘minlash
dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish;
560
aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish.
Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan
uylar o‗rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-
joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi
massivlarga ko‗chib o‗tishi uchun sharoit yaratish.
Mintaqalarni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish,
ularning
raqobatbardoshligini
oshirish
va
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlashda territorial-tarmoq klasterlar muhim rol o‗ynaydi.
Klasterlarda ba‘zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni,
xomashyolarni ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunga Asakadagi
yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab
chiqarishning
tashkil
etilganligi
hamda
hozirgi
vaqtda
mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan paxtachilik-tekstil
klasterlari misol bo‗ladi.
Klaster hudud manfaatini korxonalar manfaati bilan
uyg‗unlashtiradi. Klaster terriorial-ishlab chiqarish ichida raqobat
muhitini yaratib, ichki va jahon bozorlariga mahsulot ishlab
chiqarishni tashkil etadi hamda mazkur hudud aholisini ish bilan
ta‘minlashni yaxshilaydi, hududni har tomonlama rivojlanishiga
imkoniyat yaratadi. Klaster ishtirokchisi bo‗lgan xo‗jalik
subyektarining o‗zaro aloqadorligini, birgalikda ilmiy tadqiqot,
yangi texnologiyani joriy etish ishlarini birgalikda amalga
oshirish, tajriba, bilim va asosiy fondlardan birgalikda
foydalanish, risklarni kamaytirishda, jahon bozorlariga chiqishda,
hududni rivojlantirish va obodanlashtirishda o‗zaro hamkorlik
qilishi kuchayadi.
Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
561
yetarli
darajada
rivojlanmagan,
umumrespublika
darajasidan
orqada
qolayotgan
hududlarni
rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqishning yagona metodikasini tasdiqlash;
respublika shahar va qishloq tumanlaridagi iqtisodiy va
ijtimoiy
ahvolni
monitoring
qilish,
ularning
rivojlanish
darajalariga ko‗ra tipologiyasini ishlab chiqish;
hududiy dasturlarni, orqada qolgan tuman va shaharlarni
qo‗llab-quvvatlash
dasturlarining
loyihalarini
ekspertizadan
o‗tkazishni tashkil etish.
Raqamli texnologiyalardan ommaviy foydalanishga o‗tish
oqibatida yuzaga kelgan chuqur o‗zgarishlar mintaqaning
iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashdagi muammolar ko‗lamini
sezilarli darajada kengaytiradi. Shuning uchun, bu mintaqaviy
iqtisodiyotga tahdid va muammolarga mintaqaviy xavfsizlik
tizimining faoliyat yuritishi asosida qarshi kurashadi, uning
barqaror rivojlanishini rag‗batlantiradi, O‗zbekiston Respublikasi
subyektlari va butun bir davlatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollarini belgilaydi.
2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning
taraqqiyot strategiyasining
Dostları ilə paylaş: |