564
XIX BOB. MAMLAKATNING IQTISODIY
XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASH
19.1-§. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan
o‗rni. Milliy manfaatlarga tahdidlar
XX asrning oxirgi choragida jahon hamjamiyatining
iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi rivojlanishi globallashuv
jarayonlari ta‘sirida amalga oshdi. Globallashuvning iqtisodiy
mazmuni va mohiyati,
birinchi navbatda, xo‗jalik taraqqiyotining
manbalari, omillari va shakllari bilan bog‗liqdir. Bu yerda gap
sarmoyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi, intellektual va moliyaviy
resurslar, boshqaruv va boshqalar to‗g‗risida ketmoqda. Ushbu
jarayonlar xalqaro savdo va investitsiya hajmlarining o‗sishi,
jahon moliya bozorlari va ishchi
kuchi bozorlarining misli
ko‗rilmagan tarzdagi diversifikatsiyasi, jahon xo‗jalik aloqalarida
transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi,
global raqobatning
keskinlashuvida namoyon bo‗lmoqda.
Globallashuv iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan
postindustrial bosqichiga o‗tish davrining mahsuli bo‗lib
hisoblanadi. Demak, globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi
kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayondir. Jahon banki
ma‘lumotlariga ko‗ra, 1995-yilda dunyo aholisining 90 foizi
globallashuv jarayonlariga tortilgan edi.
Globallashuv – baynalmilallashuvning eng yangi bosqichi
bo‗lib, unda dunyo xo‗jaligi yagona
iqtisodiy organizmga aylana
boshlaydi. Mamlakatlararo tovar va xizmatlar, kapital va axborot
oqimlarining,
xalqaro
miqyosda
mehnat
resurslari
harakatchanligining keskin o‗sib borishi globallashuvning
xarakterli xususiyatlaridan biridir.
Keyingi davrlarda ishlab
chiqarishning milliy bozorlarga emas, ko‗proq dunyo bozorlariga
565
yo‗naltirilganligi dunyo iqtisodiyoti globallashuvining hozirgi
bosqichini
harakatlantiruvchi
kuchi
bo‗lib
hisoblanadi.
Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar
iqtisodiy xavfsizligiga
ta‘siri masalalarini o‗rganishda ―iqtisodiy globallashuv‖
muammosiga ko‗proq ahamiyat berish kerak bo‗ladi.
Transmilliy korporatsiyalarning o‗sib borishi, ya‘ni ishlab
chiqarishning integratsiyalashuvi, xalqaro miqyoslarda pul
ko‗rinishidagi kapitalning turli
shakllarda harakat qilishi
―iqtisodiy globallashuv‖ tushunchasiga sifat jihatdan yangi
mazmun baxsh etdi.
Dostları ilə paylaş: