570
va aksincha rivojlanayotgan davlatlarning ulushi 30%dan
55%gacha
1
o‗sganligi bilan baholash mumkin.
Tadqiq etilayotgan davrda jahon iqtisodiyotining muhim
mintaqaviy guruhlari bo‗lgan rivojlangan, rivojlanayotgan va
MDH
davlatlarining
iqtisodiy
ko‗rsatkichlariga
nisbatan
O‗zbekiston Respublikasi YAIM hajmini yuqori sur‘atlarda o‗sish
tendensiyasiga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi uzoq muddatli
istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan
mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni,
xavf-xatar
va
tahdidlarni hal etish, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‗tishning
maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash va aholi hayot
darajasini oshirish bilan bog‗liqdir.
Konsepsiyada
istiqbolda
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan potensial xavf-xatar
va tahdidlar tahlil qilingan. Xavf-xatarlarni tahlil qilishning
asosiy xulosalari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: